OAV: KORRUPSIYA jamiyatni yemiruvchi illatdir

Mamlakat taraqqiyoti va uning milliy xavfsizligiga raxna soladigan illatlardan biri korrupsiyadir. Bugun mazkur «kasallik»dan butkul qutulgan davlatni topish amrimahol. Korruptsiyaga qarshi kurashish, uni bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik tomonidan turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Read more...

Jinoyat ishlari yuritishda maxsus bilim zarurati

Mamlakatimizda sud ekspertizasi o‘tkazishning qonuniy asoslari yaratilgan. Jumladan, amaldagi Jinoyat protsessual kodeksi va “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunda bu borada zarur me’yorlar belgilangan. Ushbu qonunlar jinoyat ishlari bo‘yicha maxsus bilimlardan foydalanish o‘rni va uning baholanish tirtibini aks ettiradi.

Read more...

SUDLANGANLIK HOLATINING TUGALLANISHI VA OLIB TASHLANISHI

Ommaviy axborot vositalarida chop etilayotgan huquqiy mavzudagi chiqishlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolar tomonidan sudlanganlik holati va uning oqibatlari, sudlanganlik holatining tugallanishi yoki olib tashlanishiga oid savollar tez-tez uchrab turadi. Ayniqsa, Oliy sud Plenumining «Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingach, matbuotda bu mavzuda chiqishlar ko‘paydi. Shu o‘rinda mazkur masala yuzasidan atroflicha fikr yuritib, Oliy sud Plenumi qarorining mohiyati haqida to‘laroq ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Read more...

ISTE’MOL MADANIYATINI YUKSALTIRISH YO‘LIDA

– Jahongir Toshpo‘latovich, yaqinda Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni mamlakatimizda  ham nishonlandi. Siz rahbarlik qilayotgan federatsiya nodavlat notijorat tashkiloti sifatida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

Read more...

TADBIRKORNI QONUN HIMOYA QILADI,

faqat undan xabardor bo‘lish kerak

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatiga nisbatan har qanday to‘siqni bartaraf etishda qonun hamda qonunosti hujjatlari talablariga qat’iy amal qilish va ularning ijrosini bir xilda ta’minlash huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sudlarning diqqat markazida turibdi.

Read more...

ISLOHOTLARIMIZNING MUSTAHKAM ASOSI

Mustaqil va farovon yurtimiz bu yil 25 yoshga qadam qo‘ymoqda. Bu tarixiy qisqa davrda mamlakatimiz qo‘lga kiritgan yutuqlar, albatta, muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasidir. Buni nafaqat yurtdoshlarimiz balki, xalqaro jamoatchilik ham chuqur e’tirof etmoqda. 

Read more...

«PLASTIK»DAGI MABLAG‘ NAQDGINASI DEGANI

Mamlakatimiz pul muomalasi tizimida plastik kartochkalar muhim vositaga aylandi. Endilikda ishchi va xizmatchilarning ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar plastik kartochka orqali berilmoqda. Biroq bu borada ba’zi muammolar ham uchrayotgani rost. Boisi aholi orasida “Falonchi do‘konda plastikka savdo qilinmas ekan, boshqasida esa narxlar naqdiga qaraganda plastikka qimmatroq sotilarkan” degan gaplarni eshitib qolamiz. Albatta, bu gap-so‘zlar o‘z-o‘zidan tarqamaydi. Buning ortida oz bo‘lsa-da, haqiqat bor.  Biz shu kabi masalalarga oydinlik kiritish maqsadida Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari Bahodir HAMIDOV bilan suhbatlashdik. 

— Yurtimizda pul muomalasi tizimini takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va bankdan tashqari naqd pul aylanmasini qisqartirish, aholining bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda, — deydi B.Hamidov. — Jumladan, plastik kartochkalarni va naqd pulsiz hisob-kitoblarni himoya qilishning samarali mexanizmi yaratilgan bo‘lib, har bir plastik kartochka egasi kartochka hisob raqamidagi pul mablag‘larini tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi shaxsiy identifikatsiya raqami(PIN-kod)ga ega. U noto‘g‘ri terilgan taqdirda plastik kartochka avtomatik tarzda blokirovka qilinadi. Bu begona shaxslarning kartochkadagi mablag‘dan ruxsatsiz foydalanishining oldini oladi. Qolaversa, bu bilan fuqarolarning pul mablag‘larini tashishdagi noqulayliklar bartaraf etiladi. Plastik kartochkalardan foydalangan holda mijozlar hisob-raqamidan mablag‘ yechish va unga pul o‘tkazish Umumrespublika yagona protsessing markazi orqali amalga oshiriladi. Bu bilan mijozlar hamda sotuvchilarning turli qalloblik va aldovlardan himoya qilinishi ta’minlanadi.

  Barcha savdo shoxobchalari to‘lov terminalidan foydalanishi shartmi?

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan va bank plastik kartochkalaridan to‘lovlar qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlanishi shart bo‘lgan chakana savdo hamda xizmat ko‘rsatish ob’ektlari aniq-ravshan bayon etilgan. Unga ko‘ra, aviatsiya va temir yo‘l chiptalarini sotish, avtovokzallar va avtostantsiyalar kassalari, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar,  kredit tashkilotlari (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, ya’ni mol-mulk va buyumlarni garovga olib, vaqtincha foydalanish uchun pul qarz berib turuvchi kredit muassasalari), sug‘urta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa sub’ektlari, turg‘un savdo shoxobchalari, shu jumladan, dorixonalar (egallangan maydon hajmidan qat’i nazar), umumiy ovqatlanish ob’ektlari, aholidan uy-joy kommunal xizmatlari (telefon, shu jumladan uyali telefon aloqasi xizmatlari) uchun to‘lovlarni qabul qilish punktlari, avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, aloqa bo‘limlari, maishiy xizmat ko‘rsatish va madaniy-ommaviy hamda tomosha tadbirlarini o‘tkazish ob’ektlari, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘lov terminallari bilan jihozlanishi shart. Qonun hujjatlariga muvofiq aholi bilan pulli hisob-kitoblarni nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan ob’ektlar bundan mustasno.

Shu bilan birga yuqoridagi ro‘yxatga kiritilgan xo‘jalik sub’ektlarining to‘lov terminallari bilan jihozlash va ulardan foydalanishga oid talablarga rioya qilmasligi nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlash va ulardan foydalanish tartibini, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishga tenglashtiriladi hamda ular qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

— Bozorlardagi savdo nuqtalarida ham terminallar o‘rnatilishi belgilanganmi?

— Darhaqiqat, respublika dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari) faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari to‘liqroq hisobga olinishini ta’minlash, shuningdek, sifati past, qalbaki va kontrabanda mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Prezidentimizning 2010 yil 26 aprel kuni “Dehqon va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga asosan, 2011 yilning 1 yanvariga qadar muddatda barcha ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlarini nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallari bilan jihozlangan turg‘un savdo nuqtalaridan iborat bo‘lgan savdo komplekslari etib qayta tashkil qilish vazifasi yuklatilgan. Iste’molda bo‘lgan mol-mulk savdosi bo‘yicha bozorlar bundan mustasno.

— Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov terminalidan foydalanmaganligi uchun qanday qonuniy choralar belgilangan?

— Xo‘jalik sub’ektlarining to‘lov terminallaridan foydalanishga oid talablarga rioya qilmasliklari savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishga tenglashtiriladi hamda ular qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 119-moddasiga asosan terminal o‘rnatilishi lozim bo‘lgan holda haqiqatda terminal o‘rnatilmagan savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa pulli xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga eng kam oylik ish haqining 30 barobaridan 50 barobarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarima, mijozlarning plastik kartochkalariga savdo qilishdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida moliyaviy jarima solinishiga asos bo‘ladi. 

Nazorat kassa mashinasini ishlatmasdan savdo qilish yoki xizmat ko‘rsatish, shuningdek, sotib oluvchiga kvitantsiya, talon, chek yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»ning 164-moddasi tarkibida malakalanib, fuqarolar va mansabdor xodimlarga nisbatan ma’muriy jazo choralari, ushbu qilmishlar ko‘p marotaba sodir etilgan hollarda «Jinoyat kodeksi»ning tegishli moddalarida jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. 

 

Orifjon JO‘RAYEV

suhbatlashdi.

DAXLSIZ HUQUQLAR — OLIY QADRIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir" nomli kitobida keltirilgan "Mustaqillik biz uchun avvalo o‘zligimizni anglash, insoniy qadrimizni, urf-odat va qadriyatlarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimiz, aziz-avliyo va allomalarimizning tabarruk nomlari va merosini, g‘urur va iftixorimizni tiklash, yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kabi beqiyos imkoniyatlar ochib berganini alohida ta’kidlash zarur" degan jumlalarni o‘qir ekanmiz bu satrlarning ma’no-mazmunini shu asarning o‘zida ta’kidlanganidek, "Biz mustaqillik davrida nimalarga erishganimizni, hayotimiz naqadar o‘zgarib, yuksalib borayotganini o‘zimizga aniq tasavvur qilmasdan turib, bugungi kunda barcha jabhalarda qo‘lga kiritayotgan ulkan natijalarimizning mohiyati va ahamiyatini, ularning qadr-qimmatini tushunish, anglab yetishning o‘zi qiyin, deb o‘ylayman", degan fikrlari bosib o‘tgan hayot yo‘limizga qayta-qayta nazar tashlab, tegishli xulosalar chiqarib kelajak sari intilishga chorlaydi.

Konstitutsiyamizning inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb yozib qo‘yilgan 13-moddasi ko‘p e’tiborimni tortadi. Shu fikrlarni o‘qir ekanman, yoshligim o‘tgan "Qizil imperiya" davri ko‘z oldimga keladi. Qiziqish tufayli sobiq tuzumning 1977 yildagi Konstitutsiyasini varaqlab ko‘rdim. Undan oliy qadriyat degan tushunchani topolmadim.

O‘sha davrlarda qishlog‘imiz odamlari, bilmadim, shu qadar ongsiz bo‘lganmi yoki huquqiy ongi yetishmaganmi yoxud siyosat shuni taqozo qilganmi, har qalay oddiy bir xo‘jalik rahbari minib yuradigan "Villis" mashinasining qorasi ko‘rinsa bo‘ldi. Mashinada rais bormi, yo‘qmi farqi yo‘q. Hammasi har tomonga qarab tumtaraqay bo‘lib qochib qolishardi. Rais buvaning ko‘ziga ko‘rinishga hayiqishardi. Biz yosh bolalar ham qochib qolishga ulgurmasdan qo‘rquvdan titrab, yig‘lab yuborgudek turgan paytlarimiz bo‘lgan. Yo‘g‘on gavdali rahbar mashinadan tushib, "Qani, san, kimning bolasisan. Nega dalaga chiqmasdan o‘ynab yuribsan", kabi tahdidli savollarga tutardi. "Dalaga chiqib o‘t yulish kerak. Bilasanmi, paxtani o‘t bosib ketgan. Agar yana shunaqa yurishlaringni ko‘rsam... hammangni qulog‘ingni kesib olaman. Bildilaringmi? Qani, marsh, hammang dalaga borib, ota-onangga yordam ber. Lekin paxtani yulma. Ishingni chatoq qilaman", qo‘rqitardi rais buva deganlari. Rais buvalar paxta yig‘im-terimi davrlarida-ku rosa avjiga chiqardi. Ko‘ziga ko‘ringan odamni sog‘ qo‘ymaydigan vajohatda yurardilar. Inson, uning sha’ni, qadr-qimmati degan tushunchalar ularga yot bo‘lganmi yoki imkoniyatidan bir necha barabar ortiqcha qilib qo‘yilgan paxta "plan"i yuzing-ko‘zing demasdan muomala qilishga majbur etganmi. Bilmadim. Har qalay inson qadridan ko‘ra paxtaning tashvishi ustunroq zamonlar edi-da. Boshlang‘ich sinfda o‘qigan davrlarimizda ham paxta terimiga olib chiqishardi. U yoshda biz paxtaning ichida ko‘rinmasdan qolardik, g‘o‘za bizdan baland edi-da. O‘qituvchimizning bizlarni paxta dalasidan izlagani yodimdan chiqmaydi. Bolalar paxtani yaxshi terishmabdi, deb o‘qituvchimizni o‘quvchilari oldida izza qilishganini hozirgacha eslayman. Sirasini aytganda, shu yoshdagi bola paxta terib biror joyni obod qilarmidi. Qaytaga dalani oralab paxtani yerga to‘kadi-ku.

Eshitishlarga qaraganda paxta siyosati 50-60 yillar va undanda oldingi davrlarda yanada og‘ir bo‘lgan. U davrlarda rahbarlar otlarda yurishgan. Mashina bo‘lmagan yoki yetishmagan bo‘lsa kerak. Odamlarning ustiga otlarni haydash, qamchi bilan yag‘riniga tushurish odatiy hol bo‘lgan deyishardi. Og‘zidan chiqayotgan so‘zlardan ilon po‘st tashlaganini eslashardi. Qani, tong sahardan dalaga chiqmay ko‘ringchi. Aytilgan kilogrammni topshirmay ko‘ringchi. Holingiz ne kechar ekan. Odam bolasiga inson sifatida muomala qilmaslik, do‘q va qo‘rqituv davrlari. Bu ham tarix. Achchiq haqiqat.

O‘sha davrlarda "organning odami"dan qo‘rqish nihoyatda kuchli bo‘lganligi ham ayni haqiqat. Odamlar qishloqqa "organ" oralar emish degan gapni eshitishdimi, bo‘ldi. Eshiklarni mahkam yopib o‘zlarini dalaga urardi. Forma kiyganning turishidan rangi quv uchardi, o‘ziyam. Savol-javobdan qo‘rqishganmi. Yoki olib borib qamab qo‘yishdan qo‘rqqanmi. U paytlarda qatog‘on davrlari odamlarning hali esidan chiqmagan bo‘lsa kerak-da.

Hammasi o‘tib ketdi. Mustaqillik davrining bosh tamoyillaridan biri — bu "Islohot — islohot uchun emas, avvalo inson uchun". Fuqarolarning ongi, tafakkurida tubdan burilish yasashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘zida jo etgan shior. Olib borilayotgan islohotlar inson uchun bo‘lgandan keyin, birinchi navbatda, insonga insondek munosabatda bo‘lishni, uning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, rivojlantirib borishni nazarda tutadi.

Hozirgi odamlar tuman hokimi kelganmish degan gapni eshitsa, chopib ko‘chaga chiqadi. "Bir og‘iz gapim bor edi. Ko‘pdan beri uchrasam, deb yurgandim". Yoki tuman markaziga ketaveradi. "Bir hokimga kirmasam bo‘lmaydi. Ayrim rahbarlarning tanobini tortib qo‘ymasa haddidan oshib ketishdi". Yoki "Qarasa qarasin, bo‘lmasa ularni ham so‘raydiganlar bor". Qarangki, dunyoqarashimiz qanchalik darajada o‘zgarib ketdi. Shu mening xalqimmi, deb ba’zan hayron qolib ham qo‘yaman.

E’tibor qilganmisiz. Hozirgi paytda organ vakillari o‘zlarini qanday tutishadi. Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, organ bu jazolovchi emas, himoya qiluvchi organga aylanganining guvohi bo‘lib turibmiz. Bir zamondagidek baqiriq-chaqiriq qilib odamlarga do‘qlab yurgan formadagi organ xodimini deyarlik uchratmaysiz. Og‘ir, bosiq, muomala madaniyatidan havas qilsangiz arziydi. Murojaat qilsangiz taomildagidek javob qaytaradi. Xuddi shunday o‘zlari murojaat qilganda ham taomildan chiqishmaydi. Xizmat yuzasidan turgan joyiga yaqin borsangiz yoki o‘tib ketayotgan bo‘lsangiz yoshingizni hurmat qilib Sizdan oldin salom beradi. Bunday munosabat mash’um tuzum davridagi muomaladan xabari bor insonni albatta o‘ylantiradi ham, quvontiradi ham.

Shu boisdanki, oddiy odamlar ham turli darajadagi organ xodimlariga bemalol murojaat qilishadi. O‘zlarini erkin tutishadi. Eng muhimi formadan qo‘rqish yo‘q. Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan insonning o‘zi o‘zgarmoqda, uning fuqarolik va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati o‘smoqda. Bunday o‘zgarishlarning omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Birinchi navbatda, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat. Ikkinchidan, insonning sha’ni, qadri, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy asoslarning yaratilishi va bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilishi.

Chunonchi, ichki ishlar idoralarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish sohasining liberallashtirilishi natijasida surishtiruv va dastlabki tergovning sifati oshirildi. Ma’muriy o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rildi. Hozir tergovchilar bo‘yningga ol, bo‘lmasa, qamatib yuboraman, deb do‘q urmaydi. Yo‘q ayblarni kimningdir bo‘yniga osib ham qo‘ymaydi. Bu jarayon ustidan sudning nazorati kuchaytirilishining ham sezilarli ahamiyat kasb etganligini ta’kidlab o‘tish zarur. Oddiygina bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan, shaxsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish ham sudyaning sanktsiyasi asosida amalga oshirilishi shaxsning hayoti faqatgina bir kishiga bog‘liq emasligini anglatadi.

Shu ma’noda, fuqarolar prokuror nazorati ob’ektlari qatoridan chiqarilishi, prokuratura organlarining sud hokimiyati ustidan nazorat funktsiyalarining bekor qilinishi, prokuratura vakolatlaridan sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi chiqarilishi fuqarolarda odil sudlovning amalga oshirilishiga ishonchini oshirdi, deb aytsak adashmagan bo‘lamiz. Tuman va shahar prokurorlarining tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi.

Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Natijada u zamonlardagi prokurorning aytgani aytgan, degani degan aqida odamlarning ongidan chiqib ketmoqda. Xuddi shuningdek, sudlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish vakolatining olib tashlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki sudning o‘zi jinoyat ishini qo‘zg‘atib o‘zi sud qilishi odil sudlovning amalga oshishiga albatta salbiy ta’sir etar edi.

Odamlar men qamalib ketsam mol-mulkim musodara qilinsa, oilam, bolalarim qaerga boradi, kimning qo‘liga qaraydi, degan vahimadan butkul ozod etildi. Negaki, jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi. Yarashtiruv institutining kiritilishi esa shaxsni jazolash orqali tarbiyalash aqidasini yo‘qqa chiqardi. Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ham qonunlarning liberallashtirilishi orqali mulkka bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun sharoitlar yaratib berildi. Marhamat, tadbirkorlik qiling, qonuniy asoslarda boyligingizga boylik qo‘shing. Tadbirkorning faoliyatiga mansabdor shaxslarning, jumladan huquq-tartibot organlarining aralashishini mutlaqo taqiqlash choralari ko‘rildi.

Fuqarolarning, jumladan yoshlarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini muttasil oshirib borish chora-tadbirlari ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Bu odamlarimizda o‘zlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda juda katta turtki bo‘lmoqda.

Bu borada mamlakatimizda e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoyishi bilan  hayotimizning asosiy Qonuni bo‘lmish Qomusimizning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ib va tashviq qilish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida aholimizning, tadbirkorlarimizning huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xuddi shuningdek,  nodavlat notijorat tashkilotlarining odamlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy madaniyatini oshirishdagi amaliy ishlari ham e’tirofga sazovordir.

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yangilanish jarayoni jadal kechmoqda. Konstitutsiyamizga ko‘ra mazkur jarayonda inson omili oliy qadriyat sifatida e’lon qilingan. Uning hayotda mustahkam qaror topishi esa huquqiy ong, huquqiy madaniyat bilan chambarchas bog‘liq. 

 

O‘rol HAYITOV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi deputati

UMRBOD TA’MINLASH SHARTI

Piru badavlat otaxonu onaxonlarimizning hurmatlarini joyiga qo‘yish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, munosib turmush sharoitini yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. 

Read more...

ISHGA QABUL QILISH TARTIBOTI

Ishga qabul qilish tartiboti — murakkab jarayon hisoblanib, uni sohaga oid qonunchilik nuqtai nazaridan baholasak, mazkur holatning to‘liq va sifatli tashkil etilishi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini qaror toptiradi. Vaholanki, amaliyotda tez-tez quloqqa chalinib turadigan "tanish-bilishchilik"  singari omillar kishilar ongida noto‘g‘ri fikr shakllantirib qo‘yishi shubhasiz. 

Read more...

INTELLEKTUAL MULK — DAXLSIZ

Ijodkorning qalb qo‘ri bilan yozgan asari, qo‘shig‘i, suratga olgan kinosi uning mulkidir. Tafakkur mevasi bo‘lgan ijod mahsulini hech kim o‘zlashtirib olishga yoki undan ruxsatsiz foydalanishga haqi yo‘q. Uning mualliflik huquqi qonun bilan himoya qilinadi. Afsuski, gohida kimningdir bilim va iste’dodi, mashaqqatli mehnati evaziga qilgan ixtirosi, yozgan asari, bitgan kuy-qo‘shig‘i yoki chizgan suratining boshqalar tomonidan o‘zlashtirib olingani haqidagi xunuk xabarlarni eshitib qolamiz.

Read more...

AYBSIZLIK PREZUMPTSIYASI

UNGA AMAL QILISH JURNALISTLARGA MAJBURIYMI?

Aybsizlik prezumptsiyasi – bu nafaqat jinoiy-huquqiy, shu bilan birga, umuminsoniy qadriyat va jurnalistlik faoliyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Aybsizlik prezumptsiyasi milliy jurnalistika amaliyotida deyarli yangi institut, shuning uchun ham uni qo‘llash va unga rioya etish bir muncha mushkul kechishi mumkin. Ushbu institut bizga mustaqillik davrida kirib kelganligi bilan ahamiyatli va uning vazifasi jurnalistika ilmi nuqtai nazaridan aytganda, sud qarori bilan aybdor deb topilmagan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini OAVda himoya qilishdan iboratdir. Xorijiy davlatlarda jurnalistlar aybsizlik prezumptsiyasi talablariga qat’iy amal qiladilar. 

Read more...

BOLA HUQUQLARI HAR NEDAN AZIZ...

Rahbarimiz chorlab, ro‘parasidagi ayolga ishora qildi:

— Bu singlimizning talabiga nima deysiz? Eri bizda ishlarkan, aliment miqdori oz, ishdan bo‘shating, deyapti?..

Ayolning g‘arazli maqsadini anglaganday bo‘ldim. Uch nafar farzandni ta'minlash, yedirib-ichirish o‘z-o‘zidan bo‘lavermaydi. Xodimimizning to‘layotgan alimenti ish haqining teng yarmidan iborat. Agar u ishdan bo‘shatilsa, hech qayoqda ishlamasa yuqori miqdordagi alimentni talab qilish mumkin ekan.

Read more...

HUQUQIY MADANIYATNI YANADA YUKSALTIRISH - DAVR TALABI

Demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartlaridan biri aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, pirovard natijada fuqarolarda qonunlarga hurmat va itoat tuyg‘usini shakllantirishdir.

Read more...

Oliy xo‘jalik sudi:MAQSAD, VAZIFA, NATIJA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining kengaytirilgan Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xo‘jalik sudlarining 2014 yildagi faoliyati muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ­Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi hamda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisidagi ma'ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilishda quyi xo‘jalik sudlari sudyalari va xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etishdi.

Read more...

INSON HUQUQLARI HIMOYASI

Jinoyatning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ayniqsa, hazrati insonning haq-huquqlarini poymol etishga hech kimning haqi yo‘q. Shu ma'noda, milliy qonunchiligimizda inson huquqlarini himoya qilish masalasi har jihatdan mukammal qamrab olingan.

Ammo ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida keskin kamaygan bo‘lsa-da, soxta aldovlarga uchib, o‘z hayotini qullik girdobiga tortayotganlar ham uchrab turibdi. Demak, fuqarolarning o‘z haq-huquqlarini tanishi, huquqiy savodxonlikning yuqori bo‘lishi ayni paytda g‘oyat dolzarb ahamiyatga egadir. 

Read more...

ISLOHOTLAR SAMARASI

So‘nggi yillar mobaynida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash orqali uning jamiyat hayotidagi rolini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi. Sud-huquq sohasidagi islohotlar jarayonida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishni ta’minlovchi zamonaviy talablarga har tomonlama javob beradigan yetuk qonunchilik bazasi yaratildi. 2001 yil 29 avgustda «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi natijasida prokuratura organlari va sudlar faoliyatiga oid huquqiy yangilik amalga kiritildi. Jumladan, prokurorlarning sudlar qarorlari ijrosini to‘xtatib turish vakolati bekor qilindi. Shuningdek, ilgari prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilib kelingan qamoqqa olishga sanksiya berish va sudgacha bo‘lgan jarayonda amnistiya aktini qo‘llash masalalari sudlarga yuklatilib, prokuror vakolatlari qisqartirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 2 avgustda qabul qilgan «Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, sudya­larning ish haqi o‘rtacha ikki barobar oshirildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarni optimallashtirish, sudlarning fao­liyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yuridik ta’lim va yuridik kadrlarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari ko‘zda tutildi. Bundan tashqari, 2012 yil 10 dekabrdagi Respublika Vazirlar Mahkamasining «Sudlar fao­liya­tiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq sudlar faoliyatida kompyuterlashtirish darajasini va komp­yuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2012 yil 7 dekabrdagi «Prokuratura or­ganlari xodimlari safidan sudyalik lavozimiga kadrlar zaxirasini shakllantirish to‘g‘­risida»gi buyruqning chiqarilishi esa huquqiy davlatni shakllantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida muhim omil bo‘ldi. Ya’ni prokuratura organlari xodimlari safidan sudyalik lavozimiga tavsiya qilib borish mazkur organlarning oldiga qo‘yilgan g‘oyat muhim vazifalar qatoriga kiritilishi belgilandi. Sudya­lik lavozimiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat qilayotgan tajribali, chuqur bilimga, zarur amaliy tajribaga ega xodimlar orasidan tanlanishi qayd etilgan. Sudyalik lavozimiga nomzodlarning zaxirasi ro‘yxatiga yuqori malakali, katta hayotiy tajribaga, benuqson obro‘-e’tiborga, oliy yuridik ma’lumotga, prokuratura va Departament organlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan, o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan va ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi xulosasiga ko‘ra, ijobiy tavsiflangan xodimlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004 yil 11 maydagi «Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish to‘g‘­risida»gi buyrug‘ining chiqarilishi ham sohadagi muhim islohotlar samaradorligi uchun xizmat qiladi.

2012 yil 18 sentyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni kuchga kirishi bilan ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish masalalari ham endi bevosita prokuror tomonidan emas, balki uning sud jarayoni qatnashchi­laridan biri tariqasidagi ishtirokida hal etiladigan bo‘ldi.

 

Sadoqat ABDIRAHMONOVA,

Olmazor tuman prokurori yordamchisi

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

May 2017
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.