UMRBOD TA’MINLASH SHARTI

Piru badavlat otaxonu onaxonlarimizning hurmatlarini joyiga qo‘yish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, munosib turmush sharoitini yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. 

O‘zbekiston Respublikasi FKning 33-bob 530-moddasiga muvofiq, keksa yoshdagi shaxsni o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy-joyini boshqa shaxsga berish shartnomasini rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Ushbu shartnomaga asosan bir taraf (oluvchi) yoshi yoki sog‘lig‘i tufayli mehnatga layoqatsiz bo‘lgan boshqa taraf (boshqa shaxsga beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur yordam ko‘rsatish tarzida) umrbod moddiy ta’minlash majburiyatini, boshqa shaxsga beruvchi esa oluvchiga uy-joy (uy-joyning bir qismini) kvartirani mulk kilib berish majburiyatini oladi.

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish shartnomasida boshqa shaxsga beruvchiga qanday moddiy ta’minot turlari berilishi, ularning pul bilan ifodalangan bir oylik bahosi va uy-joy (uyning bir qismi) kvartiraning qiymati ko‘rsatilishi lozim. Beriladigan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira va moddiy ta’minot qiymati taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi) kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim.

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi) kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, oluvchi shartnoma amal qilib turgan davrda bu uyni (uyning bir qismini) kvartirani sotish, hadya qilish, garovga qo‘yishga va uy (uyning bir qismi), kvartiraga mulk huquqini og‘irlashtiradigan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.

Agar uy-joy (uyning bir qismi) kvartirani oluvchi umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa yoki tegishli darajada bajarmasa, boshqa shaxsga beruvchi ta’minotni vaqti-vaqti bilan haq tarzida to‘lab turishga almashtirishi yoki shartnomani bekor qilishga haqlidir.

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy(kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boshqa shaxsga beruvchining talabiga ko‘ra bekor qilingan taqdirda oluvchi shartnoma amalda bo‘lgan vaqtda boshqa shaxsga beruvchini ta’minlash va uyni (uyning bir qismini), kvartirani saqlab turishga qilgan xarajatlarini qoplashni talab qilish huquqiga ega.

Oluvchi vafot etgan taqdirda umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar uning vorislariga o‘tadi. Oluvchining vorislari bo‘lmaganda yoki ular umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini bajarishdan voz kechganlarida oluvchiga berilgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira uni boshqa shaxsga beruvchiga  qaytariladi.

 Akiljon KURYAZOVA,

Xiva tuman 2-son DNI katta notariusi

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2017
S M T W T F S
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31

.