Barchasi inson manfaati uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda inson manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan izchil siyosatning yana bir yorqin timsoli bo‘ldi.

 

Istiqlolning o‘tgan chorak asrdan ziyod davri o‘zbek xalqi uchun haqiqiy hurlik va ro‘shnolik yillari bo‘lib tarix zarvaraqlariga bitilmoqda. Bugun qay bir shahar yoki qishloqqa bormang, o‘zgacha manzara namoyon bo‘ladi. Shaharlarimizdagi hashamatli binolar, ravon yo‘llar, jahon andozalariga mos muassasa va korxonalar bir taraf bo‘lsa, qishloqlarimizda Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va g‘oyasi bilan qad ko‘targan, bugungi kunda yanada takomillashgan arzon, shinam va qulayliklarga boy namunaviy turar joylar bir taraf bo‘lib, yurtimiz jamolini dunyo¬ga ko‘z-ko‘z qilmoqda, desak aslo mubolag‘a emas.

Yaqinda yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlarda hamyurtlarimiz Prezidentimizning “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini katta qoniqish bilan kutib olganliklariga guvoh bo‘ldim. Darhaqiqat, shahar va qishloqlarimizda aholiga qulay, sifatli va eng asosiysi, xavfsiz avtomobil transporti xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bugunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib qolgandi. Endi mazkur qaror asosida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar tufayli avtotransport xizmatlari ko‘lami yanada rivojlantiriladi.

Bugungi kunda shahar va qishloqlarimizda yo‘lovchi tashish transportlarining yangi yo‘nalishlari ochilib, ularda o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar xizmat ko‘rsatib,  xalqning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilmoqda. So‘nggi uch yilni olib ko‘radigan bo‘lsak, mamlakatimizda 3 mingga yaqin avtobus va 12 mingta yengil avtomobil ana shu maqsadlarga xizmat qilayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Buning uchun yangi avtovokzallar, shohbekatlar, yo‘nalishlarda bekatlar barpo etilayapti, yoki qayta ta’mirlanib, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda. 

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorda avtotransport xizmatini yanada takomillashtirish tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Boshqacha qilib ayt¬ganda, qabul qilingan qaror aynan respublikaning shahar va qishloqlarida, birinchi nav¬batda qishloq joylarida aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni namunali tashkil etishga, ularning xavf¬sizligini ta’minlashga qaratilgan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 — 2021 yillarda 303 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochilishi, ulardan 204 tasini yoki 79,2 foizini shahar atrofida va qishloqlardan o‘tadigan shaharlararo qatnovlar tashkil etishi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, yangi yo‘nalishlar ochish bilan birga, avtobuslar yetishmasligi oqibatida qatnovlar to‘xtab qolgan yo‘nalishlar qayta tiklanadi. Bu maqsadlar uchun kelgusi yilda 8,6 mingta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalanish uchun qulay bo‘lgan mikroavtobuslar xarid qilinishi rejalashtirilmoqda. 

Yo‘lovchilarga zarur qulayliklar yaratish maqsadida quriladigan avtostantsiyalar, bekatlarni arzon materiallar hisobiga barpo etishga ham alohida e’tibor qaratiladi va ularning barchasi namunaviy loyihalar asosida amalga oshiriladi.

Ushbu sohadagi yana bir yangilik shundan iboratki, qatnov yo‘nalishlarida avtotrans¬portlar harakatini, belgilangan jadval asosida harakatlanishini va xizmat sifatini nazorat qilib turish maqsadida avtobus va mikroavtobuslarning ishini onlayn rejimida doimiy kuzatib borish xizmati yaratiladi.

Aholiga transport xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yuksaltirishda yo‘l haqi to‘lovini takomillashtirish masalasi ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu jihatga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada bundan keyin yo‘lovchilar yo‘l haqini bank plastik kartalari orqali naqd pul tarzida to‘lashlari uchun zarur sharoitlar bosqichma-bosqich joriy etiladi. 

Qarorga asosan tasdiqlangan Dasturni moliyalashtirish uchun 840 milliard so‘mdan ziyod, asosan, “O‘zavtosanoatlizing” va boshqa lizing kompaniyalarining mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy sarmoyalar va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar yo‘naltiriladi. O‘z navbatida, lizing kompaniyalari yoki yo‘lovchi tashuvchilar o‘zlari sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘im to‘lovidan ozod qilinadilar. Bu, bir tomondan xaridorning mablag‘lari tejalishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan boshqa xarajatlarning ham kamayishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, qarorda belgilab qo‘yilganidek, ularning bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod qilinishi e’tiborga molikdir. 

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning mazkur qarori xalqimiz turmush farovonligi va manfaatlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi shubhasiz.

 

Muhammadjon 

MAQSUDOV, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

Senati a’zosi

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Xotin-qizlar doimiy e’tiborda

2017-11-16 11:05:39

MOZIYDAN TARALGAN NUR

2017-11-16 11:14:51

Ma’naviy talqin

2017-11-16 09:33:36

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2017
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30

.