Mustaqillikning zalvorli odimlari

Kitob bag‘ri ilmlarga to‘la muallim, tarixdan saboq beruvchi ustoz. Mana shunday nodir xazinaga e’tibor bugun yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani alohida ahamiyatga ega. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvarda qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishining e’lon qilinishi har birimizni quvontirdi. Ushbu farmoyish doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar esa xalqimizda kitobga muhabbat uyg‘otmoqda.

 

Mana shunday tadbirlardan biri 21  fevralda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Cho‘lpon nomidagi   nashriyot-matbaa ijodiyot uyi bilan hamkorlikda  nashr etilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist o‘ulom Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli kitobi taqdimotiga bag‘ishlandi. 

Respublikamizdagi  yetakchi gazeta-jurnallarning bosh muharrirlari, taniqli jurnalistlar va tarixchi olimlar, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi a’zolari, talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan taqdimot muhokamaga boy bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist o‘ulom Mirzoning «Mustaqillikning zalvorli odimlari» nomli kitobi ikki jilddan iborat. Kitobning birinchi jildi — Mustaqilligimizning 25 yilligiga, ikkinchi jildi esa — Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning so‘nmas xotirasiga bag‘ishlangan.

Kitobdagi maqola, sharh, reportaj va intervyularning quyidagi jixatlariga alohida e’tibor karatish lozim. Davriylik nuqtai nazaridan, to‘plamga kiritilgan maqolalarning  e’lon qilingan sanalari 1992-2016 yillarni qamrab oladi. O‘ziga xos istiqlol solnomasini aks ettirgan ushbu to‘plamlar   timsolida kitobxonlar  mamlakatimiz mustaqilligining chorak asrlik zalvorli odimlarini yana bir bor sinchiklab o‘qib-o‘rganish imkoniga  ega bo‘ladilar. 

Mavzu ko‘lami nuqtai nazaridan qarasak,  kitoblar  iqtisodiy va siyosiy, ijtimoiy va huquqiy, ma’naviy va ma’rifiy, xalqaro va xorijiy mavzularda mustaqillik yillarida hayotimizning turli sohalarida kechayotgan o‘zgarishlarni qiyosiy uyg‘unlikda mulohaza va mushohada etish uchun imkon beradi. Kitobdan o‘rin olgan  maqola va reportajlar, sharh va intervyularning aksariyati o‘z davrida markaziy va mahalliy gazetalarda o‘zbek, rus, qozoq va tojik tillarida chop etilganini ta’kidlash joiz.  

Bir qator maqolalarda davlat va jamiyat qurilishiga doir masalalarni chuqur biladigan malakali amaliyotchi mutaxassisning nafasi yaqqol sezilib turadi. Chunki muallif istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab turli nufuzli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda u «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnali bosh muharririning o‘rinbosari vazifasida xizmat qilmoqda.

— Ushbu kitob Mustqilligimizning qanday  bebaho ne’mat ekanini kitobsevar yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu tafakkuriga singdirishda zarur va foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Uni O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan bog‘liq jarayonlarni chetdan turib kuzatuvchi emas, balki bevosita guvohi va faol ishtirokchisi bo‘lib kelayotgan zamondoshimiz tomonidan  haqqoniy va xolis yaratilgan ma’rifiy adabiyot sifatida qabul qilish mumkin, — deydi tadbirni olib borgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov.  

Darhaqiqat, ushbu to‘plamni mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va maktablarda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha fakultativ darslarda o‘qib-o‘rganiladigan  adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilishi maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Ayni chog‘da, to‘plamdagi maqola, sharh va reportajlar, intervyu hamda  muloqotlarda uz faoliyatini oddiy muxbirlikdan boshlagan va qariyb 25 yillik ijod va izlanishning mas’uliyatli, shu bilan birga, sharafli yo‘lini o‘tib kelayotgan zamondosh jurnalistning mahorat maktabi o‘z aksini topgan. Shu nuqtai nazardan, mazkur to‘plamdan jurnalistika fakultetlari, jurnalistlarning malakasini oshirish kurslarida amaliy qo‘llanma sifatida foydalanilishi mantiqan asoslidir, degan fikrdamiz.

 

Shohsanam KOMILOVA,

“Hurriyat” muxbiri

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

MDH: AMALIY HAMKORLIK INSTITUTI

2017-10-18 12:31:15

Mo‘jizalar izlab Misrdan ...

2017-10-18 12:29:50

Olovli sahifalar

2017-10-04 09:26:07

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

October 2017
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31

.