Yugur-yugurlar barham topmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra tadbirkorlik sub’ektlariga, xususan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar (banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari) barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish Yagona markazlari tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi.

 

Shuningdek, Qarorga binoan qo‘shimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni “Yagona darcha” markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda, ya’ni 18 tasi 2017 yilda, qolgan 68 tasi 2021 yilgacha amaliyotga kiritiladi.

Endilikda tadbirkorlik sub’ektlari litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan “Yagona darcha” markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, joriy yilning birinchi choragida Toshkent shahri bo‘yicha 3030 ta yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari 4628 nafarni tashkil etmoqda. “Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 5232 ta murojaat kelib tushgan. 

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlarining davlat reestriga elektron shaklda kiritilishida keng imkoniyatlar yaratildi. Xususan, Bo.bir darcha.uz tizimida tadbirkorlik sub’ektlariga soddalashtirilgan va qulay bo‘lgan elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud. Eng muhimi, 2017 yil 1 apreldan boshlab banklar va kredit byurolaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi.

Adliya vazirining 2017 yil 13 fevraldagi buyrug‘iga asosan Toshkent shahridagi tadbirkorlik sub’ektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, nazorat qilish va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida har bir tumanga Adliya vazirligi mas’ul xodimlari biriktirildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini avtomatlashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha joriy etiladigan elektron tizimni “Yagona darcha” markazlari va boshqa mas’ul idoralar xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha alohida dastur asosida o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi. 

Xulosa qilib aytganda, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilish kabi ezgu amallar adliya organlari xodimlaridan yuksak mas’uliyat va majburiyat talab etadi. 

 

Furqat TOJIYEV,

 Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimi

 

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Kelajak energiyasi va global iqlim ...

2017-09-20 07:30:32

BOYSUN MO‘JIZALARI

2017-09-20 07:38:36

«INTIZORLIK BILAN KUTAMIZ»

2017-09-20 07:28:18

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

.