ASL DEHQONLAR BOZORI

 

Sharq bozorlari... Turfa noz-ne’matlar, mahsulotlarini xaridorga taklif etayotgan sotuvchilarning o‘ziga xos reklamalari (chaqiriqlari), xaridorlarning ovozidan vujudga kelgan ajoyib simfoniya...

 Bozor azaldan mard, tanti dehqonlar bilan fayzli bo‘lib kelgan. Afsuski, keyingi paytlarda, ayniqsa, shahar bozorlarimizda asl dehqonlarni ko‘rish noyob hodisaga aylanib qolgan edi.

 

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasida bunyod etilayotgan yangi — Ekobozor nomini olgan ulkan savdo majmuasida esa, nasib etsa, butkul o‘zgacha manzaraning guvohi bo‘lamiz. 

— Ekobozorni qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri — xaridorlarning sifatli, arzon mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir, — deydi bozor loyihasi moliya ishlari bo‘yicha mutaxassisi Ismoilxo‘ja Ja’farov. 

Savol tug‘iladi: bu o‘z-o‘zidan bo‘ladigan jarayonmi? Ham sifatli, ham arzon narxdagi mahsulotlarni qaerdan keltirish mumkin? Bu savolimizga Ismoilxo‘ja Ja’farov:

— Birinchi navbatda dehqon-fermerlar o‘z mahsulotlari uchun savdo rastalariga ega bo‘lishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Ular o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini hech qanday to‘siqlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozorga olib chiqishadi, bu holat esa o‘z-o‘zidan narx-navoning mo‘’tadillashuviga zamin yaratadi, deya javob berdi.

Ekobozordagi qulayliklar faqat shulardan iborat emas. U yerga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning kayfiyatiga yaxshi ta’sir etadigan vositalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yashil maydonlar, favvoralar barpo etiladi. Bozor — bu yerga kelib kerakli mahsulot va buyumlarni xarid qilib ketish uchungina emas, kishilarning kayfiyatiga ham kayfiyat qo‘shadigan maskan bo‘lishiga harakat qilinmoqda.

Umuman olganda, yangi shakldagi ushbu ekobozor odatiy bozor va zamonaviy savdo markazlari sifatlarini o‘zida uyg‘unlashtiradigan majmua bo‘ladi. Bu faqatgina mazkur manzilda emas, yurtimizning boshqa go‘shalarida ham bunyod etiladi, boshqacha aytganda, u yirik bozorlar tarmog‘iga aylanadi. 

Bu yerda yuqori sifatli barcha ozuqa mahsulotlarini xarid qilish mumkin. Eng asosiysi, bularning bari yuqori laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tadi. Mahsulotlarning tabiiyligiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunga qo‘shimcha tarzda dengiz mahsulotlari assortimenti ham ko‘paytiriladi. Shu o‘rinda, bu mahsulotlar qaerdan olinadi, degan savol tug‘ilshi tabiiy. I.Ja’farovning aytishicha, ayni paytda tadbirkorlar bilan shartnoma imzolash ustidan ish olib borilmoqda. 

Shuningdek, ekobozor hududida maishiy kimyo, dorixona va ko‘plab boshqa turdagi do‘konlar qurilishi rejalashtirilgan. 

Ekobozor yopiq maydondan iborat bo‘lib, hududi 10 000 kvadrat metrga mo‘ljallanayotgan bozor — keng savdo zali konditsioner va isitish tizimi bilan jihozlanadi. Xuddi supermarketlardagi singari aravachalar bilan ta’minlanadi. Ijarachilarga ham barcha sharoitlarga ega 18-20 kvadrat metrga teng 50 ta do‘kon barpo etilmoqda. Binoning o‘rtasida esa 1200 ta rasta joylashadi. Bu esa o‘z navbatida 1200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, deganidir. 

Ijarachilarga bozor hududida savdo qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, ularga sanitariya, xavfsizlik xizmati, sovitkich kameralari, tarozilar, vitrinalar va boshqa uskunalar doimiy ravishda yetkazib beriladi. Dehqon-fermer xo‘jaliklari bemalol o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini ushbu majmuada sotishlari mumkin bo‘ladi. 

 

Xurshid MARULOV

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA ...

2017-12-13 05:47:42

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.