YANGILANISH PALLASI

Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz. 

Shavkat Mirziyoev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

 

TISHLANGAN  OLMA BAHOSI

Bugun hayotimizni mobil telefon, kompyuter, internet va boshqa texnika vositalarisiz tasavvur etolmaymiz. Albatta, bularning barchasi ilm-fan va innovatsion g‘oyalar mevasidir. 

O‘tgan asrning 70-yillarida ilm-texnika sohasida innovatsion g‘oyalarning ishlab chiqarishga keng joriy etilishi jahon iqtisodiyotining keskin rivojlanishiga olib keldi. Sanoat tizimlari kompyuterlashtirildi. 90-yillarda yuz bergan axborot texnologiyalari inqilobi esa yangi turdagi axborot kompaniyalarining tashkil etilishiga zamin yaratdi. 

Innovatsion faoliyat, ishlab chiqarishning ustuvorligini ta’minlash bilan birga, axboriy, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlab, hatto mudofaa uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi. Barcha sohalarda innovatsiyaga taraqqiyotning oliy mezoni sifatida qarala boshlandi. Yangi tizimlar, mutaxassisliklar vujudga keldi. Bugun jamiyatda dasturchilar, frilanserlar (buyurtma asosida ishlovchilar), kompyuter dizaynerlarining alohida o‘rni bor. 

Misol uchun eng mashhur va boy 50 ta innovatsion kompaniya ro‘yxatini boshqarib turgan Stiv Jobsning tishlangan olmasi — “Apple” korporatsiyasini olaylik. Uning amaliyotga joriy etayotgan texnikalari mana necha yildirki, misli ko‘rilmagan daromad keltirmoqda. Tashkilotning yillik pul aylanmasi 200 milliard AQSh dollari bo‘lib, sof daromadi esa 60 milliard dollarni tashkil etadi. Ishchi-xodimlarning soni bo‘yicha ham u yuqori o‘rinda. Ayni damda kompaniyada 116 ming nafardan ortiq xodim ishlaydi, ular tomonidan faqat dizaynerlik loyihalari bo‘yicha 7000 dan ortiq patent olingan. 54 ming xodimi bo‘lgan “Google” korporatsiyasining yillik sof daromadi esa 15 milliard dollarga teng. Undan keyingi o‘rinlarni “Tesla motor”, “Microsoft”, “Samsung”, “Amazon” kabi yirik shirkatlar band etgan. Ro‘yxatning 36 tasi qo‘shma shtatlar kompaniyalariga tegishliligini inobatga olsak, AQSh bejiz dunyoning eng rivojlangan davlati emasligiga guvoh bo‘lamiz.

Shu bois ham bugun barcha mamlakatlarda erkin biznes muhitini yaratish va innovatsiyalarni keng joriy etishga jiddiy kirishilgan. Chunki bu taraqqiyot garovidir. Innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishda Singapur tajribasi ham ko‘p mamlakatlar e’tiborini tortdi. Chunki u, mana, necha yildirki, Global innovatsiya indeksi reytingida (Global Innovation Index) aksariyat yirik va rivojlangan davlatlarni ham ortda qoldirmoqda. 

Ma’lumki, bugun jahon bo‘ylab turli sohalarning reyting ko‘rsatkichlari bor. Jumladan, innovatsiyalar joriy etish bo‘yicha ham. Unda ishtirok etuvchi 128 davlat ma’lum mezonlar asosida baholanadi. Mazkur ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini Shveytsariya, Shvetsiya kabi Yevropa davlatlari band etsa, to‘rtinchi o‘rinni AQSh, yettinchi o‘rinni Singapur zabt etgan. 

Bugun mazkur davlat xalqaro moliya maydonida o‘z o‘rniga ega. Chunki erkin biznes va innovatsion qulay muhit yaratilgani ko‘plab investitsiyalar kirib kelishiga omil bo‘ldi. Natijada Singapur iqtisodiyoti tez sur’atlarda taraqqiy etib, eng tez rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy oldi. 

Singapur dastlab o‘tgan asrning 90-yillarida innovatsiya va ilmiy-texnikaviy bazani rivojlantirish borasida dastur qabul qildi. Innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun Venchur fondlarining soni ortdi. Bu fondlarning milliard dollarlab sarflagan mablag‘lari tez fursatda o‘z samarasini berdi. AKT, farmsanoat, biotexnika, biznes startaplar va boshqa ko‘plab sohalarda innovatsiyalar amaliyotga keng joriy etildi. Shu bois ham ayni paytda Singapur dunyo ahli uchun innovatsion imkoniyatlarni o‘rganuvchi sinov maydonchasiga aylangan. 

 

INNOVATSIYA NIMA?

Shu o‘rinda innovatsiya haqida ikki og‘iz so‘z. Mutaxassislar innovatsiyani iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishni rivojlantiruvchi kuch, deya ta’riflashadi. Aslida “innovatsiya” so‘zi — lotin tilida “yangi”, “yangilanish”, “o‘zgartirish”, “yangilik kiritish” degan ma’nolarni anglatadi. Iqtisodiy yo‘nalishda uning mohiyati bir qadar o‘zgaradi, ya’ni yangi tovar yoki mahsulotni joriy etish, ishlab chiqarish usullarini rivojlantirish, moliyaviy va tashkiliy sohalarni takomillashtirish deya ta’riflash ham mumkin. Innovatsiya har qanday turdagi yangilik emas, ilm-fan kashfiyotlaridan farqli ravishda bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirish hamda yuqori samaradorlikka erishishdir. Innovatsion faoliyat esa tizimga uzluksiz yangilik kiritib borishdir. 

Innovatsion jarayon o‘z ichiga bir qancha bosqichlarni qamrab oladi. Bular: yangi g‘oyalar tug‘ilish bosqichi; ixtiro qilish, ya’ni yangilik kashf etish bosqichi; yaratilgan yangilikni amalda qo‘llash bosqichi; kashfiyotni yoyish, uni keng tatbiq etish bosqichi; kashfiyotning hukmronlik bosqichi, undan so‘ng yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotish va uning samara beradigan muqobili paydo bo‘lish bosqichi. 

 

YANGILANISH PALLASI

Yurtboshimiz tomonidan 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilindi. Bu nafaqat tadbirkorlik yoki ishlab chiqarish yili, balki barcha sohalarga bevosita aloqador yildir. Chunki har bir soha yangilik yaratishi, o‘z ustida izlanishi, kashfiyotlar qilishi zamon talabi bo‘lmoqda. Shu bois ham yurtimizda barcha sohalarda modernizatsiya, AKTlarni, innovatsion texnologiyalarni joriy etishga davlat tomonidan jiddiy e’tibor berilayotir. Ammo aksariyat tashkilot va idoralarda ularni amaliyotga jalb etishga panja ortidan qarab kelinayotgani ham sir emas. Buning isboti sifatida o‘sha tashkilot va idoralarning internet saytlari yaqqol misol bo‘la oladi. 

Yurtboshimiz ham o‘z chiqishida “Bugun sohalarda ilm-fan yutuqlarini tezda joriy etish davr talabidir”, deya ta’kidlagan edilar. Chindan-da bu masala ancha dolzarb. Ko‘p yo‘nalishlarda ilm-fan o‘z yo‘lida, ishlab chiqarish o‘z yo‘lida davom etmoqda. Nazariya boshqa, amaliyot boshqa bo‘lib qolmoqda. Shuni ham aytish joizki, bugun yurtimizda ko‘plab kashfiyotlar qilinib, ijobiy natijalarga erishilayotir. Ammo ularni amaliyotga tatbiq etish masalasi qiyin kechmoqda. Natijalar, kashfiyotlar o‘z joyida qotib qolmoqda. Mana shu karvonni yurgizib yuboradigan kuch yetishmayapti. Shu bois ham Yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 29 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. Poytaxtimizdagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi  va «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining tashkil etilishi ham bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi. Endilikda mana shu vazirlik va markazlar innovatsion g‘oyalar ustida bosh qotirib, soha va tarmoqlarni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun ishlaydi. Ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashi tayin.

 

Bobur MUHAMMADIYEV,

“Hurriyat” muxbiri

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-89.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-93.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.