Maqsad — HALOL TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

“Ortadogu Grup” kompaniyasi tomonidan “Halol turizm  yo‘nalishida tajriba almashinuvi, hamkorlik va istiqbolli harakat mavzu”sida anjuman tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, olimlar, OAV xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekistonga kirib kelayotgan “halol” yorliqli oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga qiziqish kun sayin ortib bormoqda. “Halol turizm” atamasi qo‘llanila boshladi.


Butun jahonda islom diniga e’tiqod qiluvchi 1,6 milliard aholi istiqomat qiladi, shundan qariyb 150 millioni har yili sayohatga chiqadi.
“Halol turizm” – bu oilaviy hordiq chiqarish, hamyonbop turar joylarda tunash, sifatli, ozoda ovqatlanish degani. Kamchiqimlikni xush ko‘ruvchi va isrofdan o‘zini tiyadigan kishilar uchun yaratilgan xizmatdir.
Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, ayniqsa, ziyorat turizmi salohiyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev qarori bilan 7 mamlakat fuqarolari uchun viza tizimining bekor qilinishi O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
2017 yilda “Halol turizm” bo‘yicha “Crescent Rating” tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingda O‘zbekiston 28-pog‘onani egallagan.
Ham tarixiy, ham til va madaniyat jihatidan O‘zbekistonga eng yaqin mamlakat Turkiyadir. Shu bois, yiliga minglab o‘zbekistonlik sayyohlar bu ko‘hna mamlakatga safar uyushtiradi. Turkiyada “halol turizm” mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda ancha rivojlangan.
40 yildan buyon nafaqat Turkiya, balki dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirib kelayotgan “Ortadogu Grup” kompaniyasi  “Halol turizm” standartlariga to‘la javob beradigan “Wome Deluxe” oilaviy mehmonxonasi va “Nisantasi” shifoxonasi xizmatlari bilan tilga tushgan.
Antaliya shahrida joylashgan mehmonxona va shifoxonada yuqorida sanab o‘tilgan jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Mehmonxona 2015 yilda bunyod etilgan bo‘lib, Turkiyada “halol turizm” standartlariga javob beruvchi birinchi mehmonxona sifatida e’tirof etilgan.
Unda erkaklar va ayollar uchun alohida hovuzlar, oilaviy hordiq chiqarish ob’ektlari, bolalar uchun o‘yingohlar mavjud. Bu amaliyotni O‘zbekistonda ham qo‘llash mamlakat turizmi uchun katta foyda keltiradi. Yurtimizga bo‘layotgan qiziqish, sayyohlar oqimining asosiy qismi musulmon mamlakatlaridanligini hisobga olsak, “halol turizm”ni rivojlantirish mamlakatning kelgusidagi turizm salohiyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Ortadogu Grup” kompaniyasi vakili Masud Menderes Karabog‘a.

                                                                                                                 Sholaziz ShOXIDOYEV (Foto)

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Fikrlaydiganlar mamlakati

2018-10-03 11:42:52

Kulrang bo‘ri

2018-10-03 11:58:50

Uyushma faoliyati tobora ...

2018-10-10 07:14:59

Rostga o‘xshagan yolg‘on. Misrning ...

2018-10-10 07:03:31

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

October 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.