Ulug‘ fazilatli kunlar

Arafa

Prezidentimiz tomonidan shu yilning 2-avgustida imzolangan “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorda alohida ta’kidlanganidek, milliy-diniy merosimizni asrash va ulug‘lash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Zero, muborak Qurbon hayiti bayramining mazmun-mohiyatida ham mehr-oqibat, shukronalik, bag‘rikenglik singari ulug‘ fazilatlar mujassam.

 

Muqaddasdinimiz, shariyatimizdajoriyetilgan harbir hukumnito‘liqanglab, so‘nguniamaliyotgamukammaltatbiqetishuchun, avvalo,uninglug‘aviyvaaslma’nolarinibilibolishjoiz. Alloh taolomo‘minbandalarizimmasigabadan, tilvaqalbbilanbajariladiganibodatlarbilanbirqatordamoliyaviyibodatlarni hamyuklaganki, busizubizuchunrahmatdir. Bu ibodatlar Alloh taoloning rizoligiga, hidoyat va inoyatiga erishishda muhim, albatta.

“Qurbonlik” so‘zi lug‘atda yaqin bo‘lish, qurbat hosil qilish ma’nosini anglatadi.

“Qurbonlik”ning fazilati ulug‘ bo‘lib, Alloh rizoligi uchun chin ibodat ila sobit niyat bilan muayyan kunlarda turi, yoshi va boshqa jihatlari asosida dinimiz belgilagan jonliqni qurbonlik qilishdir.

Qurbonlik qilishdan asosiy maqsad esa ilohiy amrga itoat etgan holda, Alloh bergan ne’matlarga shukronalik keltirmoq hisoblanadi.

Qurbon hayiti kunlari so‘yiladigan jonliq “uzhiya” deb ataladi. Bunday nomlanishiga sabab hayitning birinchi kuni choshgohda qurbonlik so‘yish vaqtining boshlanishini anglatadi.

Qurbonlikka atalgan hayvonning qiymatidagi mablag‘ (pul)ni sadaqa qilish qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi. Albatta, har kim imkoniyetsa, so‘yiladigan jonivorni Alloh rizoligi uchun qurbonlik qilishi darkor.

Suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlariga qurbonlik qilishning vojib bo‘lgani — ulug‘ saodat.

Qolaversa, qurbonlik qilish faqatgina Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlarida emas, balki bashariyat yaratilgandan beri mavjud. Alloh taolo o‘zining muqaddas kalomida marhamat qiladi:

“Bas, Rabbingga nomoz o‘qi va jonliq so‘y” (Kavsar surasi, 2-oyat).

Jaloliddin Rumiy hazratlari “Masnaviyi ma’naviy” asarida ajib bir hikoyani keltiradi. Bir qishloqda nihoyatda g‘arib, kambag‘al kishi yashar edi. Bir yili qahatchilik bo‘lib, quduqlar, hovuzlar qurib qoldi. Odamlar holdan toygan, haligi bechoraning esa ahvoli yanada og‘ir edi.

Bir kuni xotini unga: “Bag‘dod xalifasi nihoyatda karamli, saxovatli, deb eshitganman. Uning oldiga boring, shoyad biz ham ro‘shnolik ko‘rsak”, dedi. Eri unga: “Xalifaning huzuriga sovg‘a-salom bilan borish kerak. Bizda hech vaqo yo‘q bo‘lsa”, — dedi. Shunda xotini: “Soyda chuchuk suv yig‘ilib qolgan. Bunday shirin suv xalifa huzurida bo‘lmasa kerak. O‘sha suvdan bir idishga solib olib boring” — dedi. Bu fikrdan mamnun bo‘lgan er suvni ko‘zaga solib, yo‘lga ravona bo‘ldi. Xotin esa erining eson-omon borib kelishini Yaratgandan tilab duo qildi.

U Bag‘dodgayetib borib, xalifa huzuriga kirdi. Xalifa undan: “Qo‘lingdagi nima?” — deb so‘radi. Haligi odam: “Bu jannat suvi. Bunday suvni hech kim, hech qachon ichmagan” — dedi.

Xalifa xizmatkorlariga musofirni bir ko‘za oltin bilan siylab, daryo yo‘li bilan kuzatib qo‘yishni buyurdi. Haligi odam yo‘lida Dajla daryosini ko‘rib, nega xalifa shuncha suv bo‘la turib mening suvimni olib qoldi va evaziga shuncha oltin berdi, deb hayron bo‘ldi.

Aslida xalifa u ko‘zada keltirgan suvga muhtoj emas edi. Biroq, u saxovati tufayli Allohning bu bandasi ko‘nglidagi ixlosini qadrlash, uni shod etish uchun bir ko‘za oltin hadya qilgandi. Shub­hasiz, shunday ehson qilib Yaratganning saodatiga ham orzumand edi.

Qissadan hissa shuki, Alloh taolo bizning qurbonliklarimizga muhtoj emas. Biz esa doimo Rabbimizning inoyatiga, rahmati va mag‘firatiga muhtojmiz. Oyati karimada: “Allohga (qurbonlik) go‘shtlari ham, qonlari hamyetib bormas. Lekin u Zotga sizlardan taqvoyetar” (Haj surasi, 37-oyat), deya marhamat qilingan.

 

Tolibjon NIZOM.

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

MEHR RISHTASI

2019-08-21 06:21:09

Kasallikni davolagandan ko‘ra...

2019-08-21 10:27:02

O‘zbekiston

2019-08-21 11:19:53

“Axborot”da kechgan yillar

2019-08-21 05:30:04

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2019
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

.