MAHALLAM - FAXRIM

Yangi yil arafasida poytaxtimizda «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi va O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamkorligida mahalla institutining samarali faoliyat yuritishiga ko‘maklashish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish idoralari faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jamiyatdagi nufuzini ko‘tarishga e’tibor berilayotgani ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi va uning hududiy tuzilmalari aholi o‘rtasida milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni targ‘ib etish, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz fuqarolar, nogironlarni ijtimoiy himoyalash, shuningdek fuqarolar yig‘inlari idoralari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlariga yaqindan ko‘mak berib kelmoqda. Binobarin, o‘tgan yilda 873 ta fuqarolar yig‘ini kompyuter jamlanmasi, 920 tasi esa yangi mebel bilan ta’minlandi. Qolaversa, 175 ta fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilindi, 19 ga mahalla binosi yangidan qurib berildi.

Fuqarolariing o‘zini o‘zi boshqarish organlarini uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirildiki, bu mahallalar ish faoliyatini yaxshilanishida muhim omil bo‘ldi. Ayni paytda fuqarolar yig‘inlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha «Maslahat markazlari» faoliyatini samarali tashkil etish borasida uslubiy tavsiyalar, «Maslahat markazi burchagi», «Maslahat markazida foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati» ishlab chiqilib, mahallalarga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Fond hisobidan yoshlarni sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlariga ko‘maklashish maqsadida 173 ta bolalar maydonchasi qayta ta’mirlandi, 152 tasi yangidan qurib berildi. Mahallalardagi 760 mingga yaqin bolalar sportning 20 dan ortiq turlariga, 161 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘garaklarga jalb etildi. Anjuman ishtirokchilari mahalla instituti xalqaro miqyosda ham katta qiziqish uyg‘otayotgani ta’kidlandi. Bu o‘rinda Janubiy Koreya, AQSH, Xitoy, Belgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya mamlakatlarida «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» kitobining hamda «O‘zbekistonda mahalla instituti: tarixiy tajriba va hozirgi kun» hujjatli filmining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tgani e’tirof etildi.

Mahallalar faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni omma­lashtirish maqsadida fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida tashkil etilayotgan ko‘rik tanlovlar, sport tadbirlari, o‘quv-seminarlarning ahamiyati katta bo‘layotir.

Tadbir davomida jurnalistlar o‘rtasida e’lon qilingan «Istiqlol - g‘ururim, mahallam - faxrim» tanlovi g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan takdirlandilar.

Tadbir nihoyasida Keksalarni e’zozlash yilida o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarni qo‘llab- kuvvatlash sho‘’basi faoliyatini joriy etish, uning tashkiliy-huquqiy tizimini mustahkamlash, yoshlarni keksa avlodga hurmat, ehtirom ruhida tarbiyalash yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

 

Shabnam AZIMOVA

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.