MUSTAQILLIGIMIZNING MUSTAHKAM ASOSI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” nomli kitobini o‘qiyapman-u xayolimda o‘zimiz ko‘rgan, guvohi bo‘lgan, boshimizdan kechirgan hayotiy voqealar gavdalanadi. Ularni bugungi kun bilan solishtiraman.

 Otam ishdan qaytib hovliga qadam bosishi bilan omborxonaga bosh suqardi. Hech narsa gapirmasdi. Undan chiqib qo‘radagi qo‘ylarni, mollarni ko‘zdan kechirardi. Suv ichganmi, yo‘qmi, emish berilganmi, birma-bir surishtirardilar. Hovlidagi ekin-tekinlarga razm solardi. Har kuni shu hol takrorlanardi.

Omborxonada g‘alla va un saqlanardi. Kechki payt choy ustida un yana necha kunga etishi, un sotib olish yoki bug‘doyni yordirib kelish zarurligi kabi masalalarni onamiz bilan maslahatlashardi. Biz o‘tirib eshitardik. Hamma yig‘iladigan kechki ovqat paytida deyarli har kuni shu gurung takrorlanardi. Magazinda unning narxi, bozorda qancha va hokazolar albatta qolib ketmasdi. Keyin qo‘radagi jonivorlar ahvoli, ekin-tekinlar holati muhokama etilardi.

Bolalik qiziqishi ustun kelib, men ham omborxonaga kirardim. Kamida ikki xalta un bor. Namuncha, vahima qiladilar, axir shuncha un turibdiyu – o‘ylardim. Uyda un kamaygani sari otamning tashvishli qiyofasi kuchayib borar, toki mo‘ljaldagi un omborxonada turmas ekan, tinchimasdi. Umri davomida ne qiyinchiliklarni boshdan kechirgan insonning tashvishi tushunarli holdek tuyulsada 10 dan oshiq a’zosi bo‘lgan oila uchun ikki xalta un hech narsa emasligini boshimizga oila tashvishi tushganda his qildik.

Bu 70-yillarning gapi. Un masalasi butunlay echimini topmagan, balki yildan-yilga muammosi ortib borardi. 90-yillarga kelib, un tanqisligi yaqqol sezila boshladi. Negaki, hamma joyda paxta. Ilgari g‘alla ekilgan lalmi erlar o‘zlashtirilib paxta maydonlariga aylantirildi. Endi omborlarda bug‘doy yo‘q. Hamma magazinga ko‘z tikkan. Aholi sonining ortib borishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Un asosan mamlakatimizga chetdan olib kelinar, do‘konga un kechikib olib kelinganida ur-to‘polon boshlanardi. Un keltirilganini eshitgan barcha yoshu-qari magazin tomon chopardi, butun qishloq ko‘chib borardi, deb aytsak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Talashish-tortishish avjiga chiqardi. Kimga un tekkan, kimga esa yo‘q. Shunday paytlarda onamiz yoshligi qanday o‘tganligi, odamlar bir tuyur (burda) nonga zor bo‘lganiyu nonga hech qachon qorni to‘ymaganliklarini gapirib berardilar. 60-yillargacha umuman nonni ko‘rmaganliklarini, bolalar urushgacha, urush va undan keyingi yillarda yalangoyoq holda tak-tak, yaltirbosh, ko‘kbosh, bug‘doyiq va yana qanday o‘simliklarning donini terganliklarini, yorg‘uchoqda yorib qatpatir qilib yoyishganlarini eslardilar. Ne bir yaqinlarining kunjara eb o‘lib ketganliklarini alam bilan gapirib berardilar. YAna shunday zamon kelmasin, deb yaratganga iltijo qilardilar. Hammaning og‘zida shu masala! Demak, hamma xonadonda ham bu masala asosiy ekanda deb xulosa qilardim. Nonning azizligini tuyushimizda mana shunday holatlar va suhbatlarning ta’siri katta deb o‘ylayman.

Hozir uyda bolalarga nonni oshiqcha olib kelmanglar, behuda isrof qilmanglar, oz-ozdan olib kelinglar, mana magazin, birrov borib kelish qiyin emas, ortib qolgan nonlarni yaxshilab saqlab qo‘yinglar, asqotadi, deb tushuntiramiz. Qayta va qayta takrorlab turamiz. Shunda ham ularning qilayotgan ishlaridan ba’zi ba’zida ko‘nglimiz to‘lmaydi.

1991 yilda – Mustaqillikka ayni erishgan davrimizda O‘zbekistonimizning omborlarida bor bo‘lgan g‘alla atigi bir hafta – o‘n kunga etar ekan. Hozirlar qishloqqa borib qolsam, odamlarning gurungiga quloq tutaman. “E-e, bu yil g‘alla mo‘l bo‘ldi, nima g‘am bor. Eng muhimi, uyda non bor. Birovning eshigiga sarg‘ayib borib turmaymiz. Dehqonchilik, chorvachilik – bu hammasi bo‘ladigan narsa. Hammasi mana shu nonga bog‘liq. To‘y qilamiz. Boshqa niyatlar bor. Tinchlik bo‘lib tursa hammasi bo‘ladi. YAratgan tinchligidan ayirmasin...

Darhaqiqat, Mustaqillikning dastlabki yillarida magazinlarda un tanqisligi ko‘zga tashlanib qiynalib qolgan vaqtlar ham bo‘ldi. Odamlar talvasaga tushib ochiqchasiga daladagi g‘alla o‘rilmasdan boshoq yulishga qo‘l urgan vaqtlar ham bo‘ldi. o‘allani xirmondan tayyorlov idoralariga olib ketayotgan transport vositasining yo‘lini to‘sib g‘allani to‘kib olishga urinish hollari kuzatilgan.

o‘alla mustaqilligi! Uning ahamiyatini biz vaqt o‘tgani sayin teran his qilib boryapmiz. Nonning azizligi uning faqat inson uchun buyuk ne’matligida emas ekan. Kerak bo‘lsa non bizning Mustaqilligimiz belgisi va kafolati hamdir. Mana shu ma’noda g‘alla mustaqilligiga erishish uchun olib borilgan barcha sa’y-harakatlar – tom ma’nodagi mustaqillik uchun kurash edi.

Qishloqdoshlarimdan biri shunday degani hech ±dimdan chiqmaydi: «Bir tuyur non so‘raymiz. Bir tuyur non so‘rash mumkindir. Lekin, birinchidan, uni har kuni so‘rash uchun yuz kerak. o‘ururi bor, o‘zini er deb hisoblagan inson hech qachon bunday qilolmaydi. Ikkinchidan, olmoqning bermog‘i bor. Kimdandir nimadir olmoqchi bo‘lsak, albatta yo qaytarish kerak, yo to‘lab qo‘yishni oldindan o‘ylash kerak».

Mana shu ma’noda 2,5 million aholiga 700 ming gektar sug‘oriladigan erning bo‘lib berilishi odamlarning qaddini tiklashga imkon yaratish bilan ularning tinchlik va xotirjamligini ta’minladi, ko‘zini to‘q qildi. U endi birovning eshigiga borib bosh urmaydi, g‘alla o‘rimigacha bug‘doydan biroz qarz berib turgin demaydi. Unga berilgan er uni mutelik kayfiyatidan xalos etdi. Erkinligi va mustaqilligini ta’minladi. Mamlakatimiz Mustaqilligini mustahkamladi. Mustaqilligimiz dastlabki yillarida davlatimiz rahbari tomonidan bu ishning dangal amalga oshirilgani xalqni omon saqlab qoldi.

Odamlar mana shu erlarga kuzda g‘alla ekib, hosilini yig‘ishtirib olganlaridan keyin ikkinchi ekin ekishdi. Oilasini butlab bolalariga uy-joy qilib berishdi. To‘ylarni o‘tkaza boshlashdi. Hayot o‘z o‘rniga tusha boshladi. YUrtboshimizning g‘alla mustaqilligiga erishishdagi dastlabki qadamlari — siyosati mana shunday tub o‘zgarishlarga olib keldi. Paxta  maydonlari – suvli erlarda g‘alla etishtirish mamlakatimizning g‘allaga bo‘lgan to‘la ehtiyojini qondirdi. Odamlar asta-sekin o‘zlariga tomorqa sifatida ajratilgan erlarda umuman g‘alla etishtirmasdan boshqa ekinlarni etishtira boshladilar. Negaki, bozorlar to‘la g‘alla, magazinlar to‘la un.

Hozir borib onamiz bilan suhbatlashsangiz, «E-e, bolalarim, bunday zamon bo‘lgan emas. Uning qadriga etish kerak. Hamma narsa muhayyo. Faqat mehnat qilish kerak, ishlash kerak. Mehnatdan qochmaganning oshig‘i olchi. Shukr qilish kerak. Odam shunday davrda tug‘ilib yashayotganidan shukr qilish kerak. Bizlarning yoshligimiz qiyinchilik va etishmovchilikda o‘tdi. Sabrni unutmaslik kerak. Sabrimiz bizni shunday zamonlarga etkazdi. Etkazganiga shukr, bizning avlodlarimizga (bolalariga, navaralariga, chevaralariga mehr bilan boqadi) shunday zamonlarda yashash nasib etganligiga shukr» deb yaratgandan mingdan-ming roziligini bildiradilar.

Paxta yakkahokimligiga barham berilishi bilan 24 yil davomida bog‘-rog‘lar yaratish, intensiv texnologiyalarni joriy etish, yuqori mahsuldor zotli qoramollarni mahalliylashtirilishi, xalqimizni oziq-ovqat bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Xalqimizning sifatli va to‘yimli ovqatlanishi uchun sharoitlar tug‘dirildi. Mahsulotlarni xorijga eksport qilishga yo‘l ochildi. Mamlakatimizda bugun mazkur sohaning yana bir eng muhim jihatlaridan biri – oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Huquqiy asoslarini takomillashtirish va yangi qonun hujjatlarini yaratish borasida ishlar olib borilmoqda. Endilikda aholimizga sifatli va zararsiz mahsulot etkazib berish bosh masalaga aylanib bo‘ldi. Alqissa, Mustaqillik kim uchun kerak. Mana shu xalq uchun kerak. Sog‘ligi, salomatligi, to‘yimli va sifatli oziqlanishi esa uning o‘zining mustaqilligi, mamlakat mustaqilligi uchun kerak. Bu mustaqillikning tamal toshi g‘alla mustaqilligi e’lon qilinganda qo‘yilganligini ta’kidlasak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

 

O‘ral HAYITOV,

Qamashi tumani