SAMARQAND — YER YUZINING SAYQALI

 

Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast,

Jamolingni ko‘rib kim bo‘lmagan mast.

Oy ilinib qolar gumbazlaringga,

Yulduzlarning joyi chinoringdan past. 

Camarqand degan so‘zning jaranglarida, ohanglarida bir sir bor, sehr‚ qudrat bor. Yuraging hapriqib ketadi bu sirdan, yashaging kelib ketadi bu sehrdan‚ quvvatga inasan bu so‘zdan. Samarqand tarix zarvaraqlarida hamisha g‘olib, dunyo go‘zalliklari jamlangan yurt bo‘lib kelgan.

Yer yuzining sayqali deb tan olingan yurtimiz sobiq tuzum hukmronligi davrida kundan-kunga so‘lib borayotgan daraxtga o‘xshardi. Sohibqiron Amir Temurdan meros o‘n to‘rt bog‘ning nomlari kitoblarda qolgan edi. Olamga mashhur obidalarimiz xarobalarga aylanib borayotgani ham sir emas edi. Ma’rifat va ziyo ahlining ham qo‘li kalta edi. Mustaqillik quyoshi shahrimiz ko‘chalariga ham nur bo‘lib kirdi. Keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari olib borildi. O‘zgarishlar ko‘pligidan nafaqat mehmonlar, o‘zimiz ham eski ko‘chalarni tanimay qolamiz. Har kuni bir yangilik. Samarqand azaldan yeri, suvi, havosi, tarixiy obidalari bilan jahonga mashhur yurt. Shahar haqida so‘z ketganda, albatta, uning osori-atiqalari, boy tarixiga to‘xtalmay iloj yo‘q. Mustaqillik tufayli uzoq yillar davomida oyoqosti bo‘lib yotgan ziyoratgohlar, aziz qadamjolarning asl shuhrati qayta tiklandi, obod maskanlarga aylantirildi. 

Birgina Xoja Doniyor ziyoratgohining bugungi ko‘rinishiga qarab, kechagi kunning nechoqlik ayanchli bo‘lganligini tushunish mumkin. Hududda qisqa muddatda amalga oshirilgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlaridan so‘ng tanib bo‘lmas darajada ko‘rkamlik kasb etgan ushbu ziyoratgohning avvalgi holatini bir eslang. Ko‘rimsiz, harakatlanish uchun noqulay bo‘lgan tor ko‘chalardan kirib kelinadigan mazkur ziyoratgohga ko‘pchilik kirishni istamasdi. Atrofi obodonlashtirilmagan, Siyob arig‘idan chiqqan suvlar ta’sirida zax bosib ketgan ziyoratgohda xorijliklarni uchratish mushkul edi. Bugungi obod go‘shadan esa bir zum bo‘lsa-da, ziyoratchilarning qadami uzilmaydi. Ularning aksariyatini xorijlik mehmonlar tashkil etishi faxr-iftixorimizni ming chandon jo‘sh urdiradi. Shuning o‘zi ham “Kim edigu kim bo‘ldik” degan haqli savolga ta’rifsiz javobdir.

 Mustaqillik yillarida Samarqandda har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” festivalida ne-ne mamlakatlarning xonandalari yig‘ilishib, o‘z tillarida chah-chahlashadi.

Bu kabi o‘zgarishlar, yangilanishlarni shahrimizdagi bir zamonlar e’tibordan chetda bo‘lgan, hatto kirish ta’qiqlangan, shavkati poymol etilgan madrasa va maqbaralar, xilxonalar, ziyoratgoh va me’moriy majmualar bugun istiqlol sharofati tufayli butun bo‘y-bastini ko‘rsatib, qo‘li gul usta va hunarmandlarimiz mehnati, el mehri va e’zozidan nurlanib turibdi. Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Oqsaroy, Bibixonim jome’ masjidi, hatto mashhur Siyob dehqon bozori misolida tarix va bugunni o‘zida ifodalagan Sharq gavhari — Samarqand yer yuzidagi abadiy va muazzam shahar ekanligini yana bir bor his etish mumkin. Chunki, uning shunday e’tirofga munosib yashayotgan, mehnat qilayotgan bunyodkor va fidoyi odamlari bor.

Samarqandni bir bor ko‘rishga ishqibozlar soni kun sayin ortib borayotgani sir emas.  Samarqand o‘zining sayyohlik salohiyati bilan nafaqat mamlakatimizda, balki, mintaqamizda ham alohida o‘ringa ega. Sayyohlik tizimida mehmonlarni kutib olish, ular uchun zarur maishiy sharoitlar yaratish hamda kuzatib qo‘yishdan iborat zamonaviy servis xizmatining ahamiyati katta. Bugungi kunda shahrimizda 80 ga yaqin mehmonxona va ular qoshida 40 qa yaqin sayyohlik firmalari mehmonlar xizmati uchun safarbar etilgan. Eng muhimi, shahrimizga tashrif buyurayotgan mehmonlar bu yangi markazlarning zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan xizmatidan bahramand bo‘lmoqdalar.

Eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalar, muhtasham inshootlar, turarjoy binolar, yangidan-yangi ta’lim va shifo maskanlari, sport inshootlari, mehmonxonalar, magistral va halqa yo‘llari, keng va ravon ko‘chalar, mahobatli ko‘priklar, yam-yashil va so‘lim xiyobonu maydonlar, istirohat bog‘lariyu jahon andozasidagi bozorlar, favvoralar Ona shaharimizning qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy shaharsozlikning eng yuksak talablari asosida shaharning tor, egri-bugri ko‘chalari kengaytirildi, nurab, zax bosgan eski binolar o‘rnida zamonaviy binolar qad ko‘tardi, yangi xiyobon va oromgohlar barpo etildi. Yuksak did va mahorat bilan qayta qurilgan Dahbed, Mirzo Ulug‘bek, Panjakent, Beruniy, Bo‘stonsaroy, Spitamen ko‘chalari, Registon va Shohi Zinda ansambllari, Amir Temur maqbarasi va Xoja Doniyor ziyoratgohi singari ko‘plab ob’ektlarda amalga oshirilgan qurilish-rekonstruktsiya yumushlari mazkur yo‘nalishdagi ishlarning yorqin timsolidir.

Shaharning me’moriy qiyofasi o‘zining tarixiy jozibasini saqlagan holda yangilanib, uzoqni o‘ylab tuzilgan rejaga binoan izchil rivojlanmoqda. Imoratlar bir-birini takrorlamaydigan loyihalar asosida barpo etilmoqda. Ayni paytda ularning har biri atrofidagi binolar, maydonlar, xiyobonlar, ko‘chalar bilan uyg‘unlik hosil qilmoqda. Sir emaski, har qanday shaharda ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar uning yaxlit umumiy manzarasini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan markaziy ko‘chalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari alohida e’tiborga molik. Samarqandning markaziy Dahbed ko‘chasida shahrimiz me’moriy qiyofasini yangilash va obodonlashtirish, aholi turarjoylari sharoitini tubdan yaxshilash dasturi doirasida ulkan hajmdagi ishlar bajarildi. Katta bunyodkorliklar amalga oshirilgan mazkur ko‘chadagi G‘arb va Sharq me’morchiligi uyg‘unlashgan imoratlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi nuqtalar, keng va ravon yo‘l qalblarni iftixorga to‘ldiradi. Bu hududda qurib bitkazilgan yana bir mehmonxona, yozuvlar tarixi va nazariyasi bilan bog‘liq boy eksponatga ega o‘ziga xos markaz hisoblangan “Shayx-ul Islom” masjidi, “Yangi Xayrobod” mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan shinam mahalla markazi diqqatingizni tortadi.

Ko‘chada 237 ta xonadonga mo‘ljallangan 169 ta 2-3 qavatli yangi turarjoy binolari barpo etildi. Uylarning birinchi qavatida ijtimoiy-maishiy, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari joylashgan. Ko‘cha chetiga maysalar, butalar, gul ko‘chatlari o‘tqazilib, “Ko‘ksaroy” xiyoboni tashkil etildi. Bu tabiiyki, majmuadagi savdo, maishiy komplekslar va idoralarga kelganlar uchun ham qator qulayliklar yaratadi. Barcha imoratlarni bunyod etish, pardozlashda havo harorati, namligi hisobga olinib, eng zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanildi.

Bo‘stonsaroy, Amir Temur, ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Spitamen, Beruniy, Registon, Toshkent va boshqa ko‘chalarda ham marjonga tizilgan marvaridday bezab turgan yangi inshootlar, uylar taraqqiyot, ma’naviyat va ma’rifat sari o‘z eshiklarini ochdi.  

Bugun Samarqanddagi 48 ta yangi zamonaviy favvoralar bir vaqtning o‘zida 3 mingga yaqin jo‘mraklardan birdaniga suv purkab, shaharga ajib ko‘rk va ulug‘vorlik baxsh etib turibdi. Ayniqsa, Registon, Ruhobod maydonidagi, Universitet xiyobonidagi go‘zal favvoralar Amir Temur haykaliga uyg‘unlashib ketganligi, betakror ko‘rinishlari kishini maftun etadi. Bu davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Samarqand shahrining 2025 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bosh loyihasi asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning samarasidir.

Keyingi yillar ichida bog‘lar va xiyobonlar singari xushmanzara maskanlar shahrimiz infratuzilmasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Yo‘lbarslar xiyoboni, musiqali favvora, Alisher Navoiy nomli markaziy madaniyat va istirohat bog‘i, “Yoshlik”, “Sug‘diyona” istirohat bog‘lari va boshqa so‘lim xiyobonlar yurtdoshlarimiz hamda mehmonlarning sevimli maskanlariga aylangan. Ayniqsa, “Sug‘diyona” istirohat bog‘ida keng ko‘lamli ta’mirlash, obodonchilik va bunyodkorlik ishlari olib borildi. Natijada 1200 o‘rinli amfiteatr, yapon texnologiyasi asosida bog‘ tashkil qilindi. Ko‘rib guvohi bo‘layotganingizdek, bog‘ning barcha yo‘laklariga yangi plitkalar yotqizildi. 3500 kvadrat metr maydon ko‘kalamzorlashtirilib, zamonaviy landshaft dizayni yaratildi. O‘nga yaqin yangi attraktsion, stol tennisi va sun’iy qoplamali futbol maydonlari tashkil qilindi. Bugun bu maskan eng aholi gavjum go‘shalardan biriga aylandi.

G‘urur bilan aytish mumkinki, yurtimizda tadbirkor va yaratuvchan insonlar talaygina. Nafaqat ichki, balki tashqi bozorlarni ham sifatli, xaridorgir, import o‘rnini bosadigan hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarayotgan o‘nlab korxonalar ana shunday yurtdoshlarimizning el farovonligi yo‘lida tinimsiz izlanishlari samarasidir. Xususan, “SamAntepGilam”, “Agzar Samarqand”, “Safo baxsh sifat maxsulotlari”, “lift Groff”, “Zamon Tekistel”, “Afrosiob Jins”, “Daka Text”, “Bofanda”, “8-mart”, “Havrenko” kabi korxonalarda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan belgi ostida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilib, jahon bozorida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Ishlab chiqarishning barcha sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotgan mamlakatimizning, xususan, Samarqandning sanoat salohiyati yuksak darajada rivojlanmoqda. Birgina avtomobilsozlik bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bugun «Samarqand avtomobil zavodi»da ishlab chiqarilayotgan «Isuzu» rusumidagi turli avtoulovlarning nafaqat yurtimiz, balki xorijiy mamlakatlar ko‘chalarida ham  uchratish mumkin. Yoki paxtani qayta ishlash orqali tayyor mahsulotlar olish borasidagi yutuqlarimizdan, gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarishdagi natijalardan har qancha faxrlansak arziydi.

Ha, istiqlol baxsh aylagan qanotlar bilan kun sayin yuqorilasa, yuksak marralarni ko‘zlasa arziydi. Inson o‘z umri davomida bir marotaba borib ko‘rishi shart bo‘lgan 50 mamlakatning biri sifatida Samarqandning e’tirof etilishi ham mustaqillik bergan ne’matdir! Oqqan daryo oqaveradi! Tinchlik bo‘lsa, xalqimiz sog‘u omon bo‘lsa bas! Samarqand Xizr nazar solgan, duo ketgan yurt!

 

O, sening yerlaring baxt maydonidir,

Shohlar orzu qilgan taxt maydonidir.

Kimki mehr qo‘ysa, kuch-qudrat bergan,

Shiddat maydonidir, shaxt maydonidir.

 

Samarqandni sevib, sayragim keldi,

Sha’niga so‘z izlab yayragim keldi.

Sevgim chinligiga ko‘zim yetsa ham,

Uning tasvifiga so‘zim yetmadi.

 

Xosiyat BOBOMURODOVA, 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-89.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-93.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.