MEHR BALQQAN MASKAN

Har tomonda kuladi gullar,

Har go‘shada saodat fasli.

Yaxshilarga eltadi yo‘llar,

Har ko‘chada yaxshilar vasli.

 

Dunyoda kasblarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Hammasi inson ehtiyojidan kelib chiqqan. Ko‘pchiligidan bexabarmiz ham. Biroq bir kasb borki, uni bilmagan va bu kasb egasini hurmat qilmagan inson zoti bo‘lmasa kerak.

Dugonam Dilbar Xalilovaning iltimosi bilan shu yil bahorda Jizzaxga bordim. Kayfiyat ham bahoriy. Dilbar meni chiroyli, ozoda, mahobatli binoga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali, urologiya bo‘limiga boshladi.

— Men bu yerda yaqindagina davolanib chiqdim. Anchadan buyon ahvolim yaxshi emas edi. Boshqa joylarda davolanib ham ko‘rdim, biroq najot topmadim. Shu yerga kelib, mehribon va bilimdon shifokorga duch keldim. Urologiya bo‘limining boshlig‘i o‘aybulla aka Ubaydullaev meni qiynab kelgan dardga aniq tashxis qo‘ydi, lozim paytda tajribali hamkasblarini taklif qilib, aniq xulosaga keldi va batamom davoladilar. To‘g‘risi, yillar davomida buyragimga azob berib kelayotganimni o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman. 

Davolanish jarayonida shunga amin bo‘ldimki, faqat men emas, bu bo‘limda davolanayotgan ko‘plab bemorlar ham, shifokor o‘aybulla Ubaydullaev haqida yaxshi fikrda bo‘lib, u kishining fidoyiligi, o‘z kasbiga sadoqati va bemorlarga e’tibori, xushmuomalaligini minnatdorlik bilan so‘zladilar, — deydi Dilbar hurmat bilan.

Shifokor o‘aybulla Ubaydullaev bizni ochiq chehra bilan qarshiladi. Oppoq xalatiga, izlanishda o‘tgan uzoq yillar suratini chizgan oq soch-lariga, nur yog‘ilib turgan yuziga, hamsuhbatiga hamdardlik bilan boqib turgan ko‘zlariga qarab, bu insonning qo‘lidan faqat yaxshilik kelishiga ishonasan, kishi... 

Samarqand tibbiyot institutining davolash fakultetini tugatgan o‘aybulla o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti Jizzaxga kelib, dastlab urolog vrach sifatida ish boshladi. 

Odatda bemorlar hayotlarini tahlikali chog‘larida shifokorlarga ishonadilar, ulardan najot kutadilar. Ularning bir og‘izgina shirin so‘zi, bir qatragina mehri bemorni hayotga qaytishiga, kasallikni yengishiga ishontiradi. Albatta, oqil va ma’naviyatli shifokorlar bemorlar bilan qanday gaplashishni biladilar. Bu bo‘limda ishlovchi shifokorlar va hamshiralar o‘rtasida totuvlik, bir-birini tushunish, o‘zaro hurmat mavjud. o‘aybulla akaning ko‘p o‘qishi, izlanishi, ma’naviy ma’rifiy ishlar, turli tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi, radio va televidenie, matbuot orqali chiqishlar qilinayotgani o‘z izini qoldirmoqda.

RShTYoIM Jizzax filiali ma’naviyat markazi bo‘yicha mas’ul qilib tayinlangan o‘.Ubaydullaev bu borada ham o‘z salohiyatini, bilimini, jonkuyarligini namoyon qilmoqda. Yil davomida har haftaning payshanba kunlarida olimlar, shoirlar, san’atkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Oliy toifali vrach o‘aybulla akaning turmush o‘rtog‘i Do‘lti opa hamshiralikdan nafaqaga chiqdi. Inoq oilada uch o‘g‘il, bir qiz o‘sib, ulg‘aydi. Katta o‘g‘il Dilshodjon tadbirkor, Ilhomjon ichki ishlar xodimi, militsiya kapitani, Sherzodjon qishloq xo‘jaligi soxasida mehnat qilardi, Dilfuzaxon ota-onasining izidan borib hamshiralikni tanladi.

o‘aybulla akaning yaxshi nomi uzoqlarga ketgan. Qo‘shni viloyatlardan ham uni izlab kelishadi. Eng qiyin lahzalarda malakali, tajribali vrachni o‘zlariga do‘st bilishadi. o‘aybulla Ubaydullaev hech kimdan vaqtini va yordamini ayamaydi. 

“Tabobat hamma san’atlar ichida eng olijanob san’atdir” deganda ming bora haqligini siz yashayotgan mazmunli umr tasdiqlab turibdi. Yaxshilikning umri uzoq bo‘ladi. Sizning ham umringiz uzoq bo‘lsin, o‘aybulla aka! Qalbingizdagi mehr quyoshi abad nur sochsin. Shoir aytganidek:

 

Inson bilan tirikdir inson,

Muhabbatdir hayotning boshi.

Odamlarga baxsh etadi jon,

Odamlarning mehr quyoshi.

Xosiyat BOBOMURODOVA, 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Oltinimiz mo‘l. Tillamiz-chi?

2018-09-12 13:02:55

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

«Qalamimni tortib ololmaysiz!» Keksa ...

2018-09-12 13:11:24

Shubhali giyoh

2018-08-29 14:03:40

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.