BOBOMIZ AYTGAN GAPLAR...

Urush...

Bu haqda bobomiz yoki momomiz aytgan.

Ular aytmagan bo‘lsa, tarix aytgan.

1925 yil. Xos qishloqlik Oysha onamizni to‘lg‘oq tutib, Qo‘shmat ota o‘g‘il ko‘rdi. Go‘dakni Eshonqul dedilar.

1927 yil. Davlatjon onamizni to‘lg‘oq tutib, Adhamboy otamiz qizlik bo‘ldi. Buvakni O‘g‘iloy dedilar.

Eshonqul yolg‘iz o‘g‘il bo‘ldi. O‘g‘iloy durday qiz bo‘ldi. Ikkovining taqdiri o‘x­shab ketdi. Eshonqul o‘n ikki yoshida otadan ayrildi. Shundog‘am nimjon bolakayning jussasini g‘am bosdi. O‘g‘iloy bola bo‘lib bolalik ko‘rmadi, qiz bo‘lib beshtosh o‘ynamadi. Yetti yashar­ligida onadan yetim qoldi. To‘qqizida otasini Sirdaryo tomonlarga olib ketishdi. Ota xat yozaman deb edi, xabar bo‘lmadi. Olti oy deganda o‘sha tomondan allaqanday poezdda olib ketishayotganining daragi yetdi...

Read more...

KO‘NGLI DALASIDEK KENG

 

“Dalalarimdan qor aridi.

Uzun qish qorayib-qorayib yotmish dalalarim yerrang-errang bo‘ldi...

Dalalarimda omonat-omonat qotib yotmish kesaklar umalib-umalib tuproq bo‘ldi...

Dalalarim ko‘pchib-ko‘pchib qoldi...”

Dalalarim to‘lg‘ondi....

Dalalarim entikdi.

Dalalarim uyg‘ondi. Dalalarim ko‘z ochdi.

Dalam meni imladi, dalam meni chorladi”. 

Read more...

SIFATLI, CHIDAMLI, KO‘RKAM

Bolaligimizda katta bo‘lsang, kim bo‘lasan deb so‘rashsa, o‘ylanmasdan “uchuvchi bo‘laman” derdik. Hozirgi bolakaylarga shu savolni bering-chi, g‘urur bilan: “Biznesmen bo‘laman” deydi aksari. Istiqlol yillarida tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratildi. Bu esa o‘z navbatida ko‘plab hamyurtlarimizga kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkonini bermoqda. Natijada ularning safi yildan-yilga kengayib borayotir. Erkin raqobat muhitining yaratilishi, mahsulotlarning sifati va narxiga sezilarli ta’sir etdi.

Read more...

“UNING NOMI O‘ZBEKISTONDIR”

Jurnalist kasbi ko‘pchilikka ma'lum. U omma­ni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlovchigina emas, elning vijdoni hamdir. Shu asno o‘zi bilmaganlarini hayotdan izlab topadi, xulosa chiqaradi va mulohazalarini gazetxonga ilinadi. Afsuski, topganlarining hammasi ham yoqimli bo‘lavermaydi.

Qo‘limda fotoapparatim bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, ba'zan alg‘ov-dalg‘ovli joylarida bo‘lganman. YAqin kunlarda esa Sharq mamlakatlaridan Xitoy, Turkiya, Ozarboyjonda bo‘lib qaytdim.

Read more...

QAYDA BOR BUNDAY MAKON?!

Bu diyorning fayzi bo‘lakcha. Bu o‘lkaning odamlari o‘zgacha. Bu yurtning tuprog‘ida zar unadi. Musaffo osmonida qaldirg‘ochlar chax-chax urib, hur va ozod parvoz qiladi. Xalqi bunyodkor, mehnatkash, mehr-oqibatli, insof-diyonatli, yaratish, yashnatish ishqi bilan yonib yashab, dunyoga dovrug‘ solgan ajdodlariga munosib vorislar bo‘lishga intiladi. Keksalari duogo‘y, yoshlarining qadamidan o‘t chaqnaydi, g‘ayrat-shijoati ichiga sig‘maydi, bilimi va iqtidori, yuksak intellektual salohiyati, jismoniy kuch-quvvati bilan jahonga bo‘ylashadi. Bu elda har bir inson baxtiyor va farovon umrguzaronlik qiladi. Bu davlat qisqa muddat ichida shunaqa ulkan marralarni zabt etdiki, olam ahli uning yutuqlaridan lolu hayron, hayratu havasda...

Read more...

SAYLOV JARAYONLARI XALQARO KUZATUVCHILAR E'TIBORIDA

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida saylov qonunchiligiga saylov huquqi erkinligi prinsipining yanada to‘liqroq amalga oshirilishiga, mamlakatimiz saylov tizimining yanada demokratlashuviga, nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqotini o‘tkazish borasida teng shart-sharoitlar yaratish samaradorligini oshirishga, saylovning ochiqligi va shaffofligi prinsiplarini mustahkamlashga qaratilgan qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Saylov mobaynida shaffoflikni ta'minlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtirildi.

Read more...

ERKIN VA FAROVON JAMIYAT E'TIROFI


29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tadorik qizg‘in pallaga kirdi. Yuksak demokratik talablarga javob beradigan mamlakatimiz saylov tizimi fuqarolar eng muhim siyosiy huquqini to‘liq amalga oshishiga xizmat qilayotir. Asosiy Qonunimizdagi fuqarolarning saylovga oid huquqlari kafolatlarida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.

Read more...

YO‘LSOZLIKDA SHAXDAM ODIMLAR

Yurtimizda azaldan yo‘llar ravonligi, ko‘chalar obodligiga alohida e'tibor bilan qaralgan. “Ko‘chani iflos qilma”, “Ko‘changni orasta tut”, “Yo‘l sol­ganni duo qil” degan purma'no hikmatlar, nasihatlarni eshitib voyaga yetganmiz. Qolaversa, Amir Temur, hazrat  Alisher Navoiy, Mirzo Bobur davlatdorlik, arboblik faoliyatida yo‘lsozlik, ko‘chalar obodligiga katta ahamiyat qaratishgani tarixiy manbalardan ma'lum. Xususan, hazrat sohib­qiron qayerda madrasa, maqbara qurdirsa, avvalo, raiyatning bu maskanga kelib-ketishi uchun yo‘l qurishni buyurgan ekan. Muqaddas kitoblarda, chunonchi, hadislarda ham kimki, ko‘chani ravon qilsa, yangi yo‘l solsa, ayniqsa, ko‘prik qursa, unga bisyor savob yozilishi ko‘p o‘rinlarda ta'kidlangan. Binobarin, yurtimiz bo‘ylab safarga chiqqan kishi orasta va shinam, keng va ravon, kunduzlari nurafshon, kechalari charog‘on yo‘llardan yurganda baayni yuqoridagi o‘y-xayollar yodidan o‘tsa ajab emas... 

Read more...

ASRGA TATIGULIK YILLAR

Nabiram Dildoraning kutilmagan savoli o‘ylantirib qo‘ydi.

— Bobojon, siz tutgan kundalikni qiziqib o‘qiyotgandim. Bir joyini yaxshi tushunolmadim. Unda “Moskva vaqti bilan soat 6 da Toshkentdan Buxoroga uchdim” deb yozibsiz. O‘zbekis­tonning o‘zida Moskva vaqti nima qiladi?

Read more...

BUGUNGI HARAKAT - ERTANGI BARAKAT

Bir paytlar oqibatini o‘ylamasdan ekin maydonlariga tonna-tonnalab kimyoviy moddalar bilan “ishlov berilgan”ini ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Natijada, yillar o‘tib yerlarimizning meliorativ holati yomonlashdi, ekologiya buzildi... Faqat istiqlol yillariga kelib mulkka munosabat butkul o‘zgardi.

Read more...

O‘Z ERKIGA EGA MULKDORLAR

Xalqimiz muhim siyosiy jarayon qarshisida turibdi. Mart oyining oxirida mamlakatimizda prezidentlikka saylov bo‘lib o‘tadi. Ma'lumki, sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda prezidentlik instituti joriy etilgandi. Bunga osongina erishilgani yo‘q, albatta. Mustabid tuzum parokandalikka yuz tutayotganiga qaramay, jilovni qo‘ldan bermaslikka intilgan kuchlar bunga bor imkoniyatlarini ishga solib, qarshi chiqdilar. Murakkab va tahlikali vaziyat yuzaga kelgan, xalqning hukumatga ishonchi so‘nib borayotgan bir paytda maydonga chiqqan ulug‘ Yo‘lboshchi qat'iyat va tashabbus bilan o‘z yo‘lida davom etdi.

Read more...

“KO‘NGLIMGA ORZULAR SOLGAN QISHLOG‘IM...”

Poytaxtdan vodiy tomon ketib borayapmiz. Uzoqdan qaraganda tog‘lar boshiga bulutlardan qalpoq kiyib olganga o‘xshaydi. Nahotki, hozir shu bulutlar orasiga kirib ketsak, deb o‘ylayman ichimda. Tog‘ning yon bag‘rini kesib o‘tgan ravon yo‘lda ketib borar ekanmiz, shu dam odamzotning qudrati, zakovatiga tahsin aytgimiz keldi. Shunday katta tog‘ni o‘yib, undan yo‘l ochish uchun qanchadan-qancha Farhodlar ter to‘kmayapti, deysiz. Ular tog‘ni o‘yib, toshni talqon qilib, vodiyga po‘lat iz solayaptilar.

Qishgi ta'tilni o‘tkazish uchun Qamchiq dovoni osha uyga - Namanganga o‘zbekona mo‘'jizalardan biri bo‘lmish “Kobalt”da g‘urur-la ketar ekanman, yuqoridagi o‘y-xayollar ko‘ngildan o‘tdi. Mashina yumshoq, qulay, tog‘ yo‘llari bo‘ylab goh u tomon, goh bu tomon chayqalib borarkan, o‘zingizni xuddi belanchakdagidek tasavvur qilasiz. 

Read more...

ZARIFANING QALB SO‘ZLARI...

 

1923 yil. Qohira.

Tadqiqotchilar qadimgi Misr fir'avni Tutanxamon maqbarasini o‘rganish natijasida tol novdasidan yasalgan tebranma kursi o‘sha davrlarda ham mavjud bo‘lganini, hunarmandlikning bu turi qadimiy ekanini aniqladilar.

Read more...

TUB ISLOHOTLAR SAMARASI

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda temir yo‘l sohasi tubdan rivojlandi. Respublikamizning shimolini janubiy hududlar bilan bog‘laydigan «Navoiy - Uchquduq - Sulton Uvaystog‘ - Nukus» hamda «Toshguzar - Boysun - Qumqo‘rg‘on» temir yo‘l liniyalari qurildi. Bundan tashqari O‘zbekiston temir­yo‘lchilari tomonidan Afg‘oniston tarixida ilk bor «Hayraton - Mozori Sharif» temir yo‘li bunyod etildi. Hozir Farg‘ona vodiysini markaz bilan bog‘laydigan Angren-Pop yo‘nalishida yangi yo‘l qurilishi jadal davom etmoqda. 

Read more...

ISHCHI-XODIMLAR MANFAATLARI HAMISHA USTUVOR

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash, munosib turmush darajasini shakllantirish hamisha ustuvor vazifalardan bo‘lib kelgan. Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun” shiori ostida ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida mehnatni tashkil etishdan to ishchilarning nafaqa yoshida maroqli hordiq olishlarigacha - umuman barcha mehnat munosabatlarida faol vositachilik qilayotir.

Read more...

“UZSALAMAN”: EKSPORT SALOHIYATI ORTMOQDA

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka davlat miqyosida alohida e'tibor berilishi natijasida, soha vakillari oldida keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Mustaqillik tufayli yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan samarali foydalanib, ichki va tashqi bozorda muvafaqqiyat qozonayotgan tadbirkorlik sub'yetlari qatorida ko‘plab qo‘shma korxonalar ham bor. Xususan, Istiqlolning dastlabki yillarida tashkil topgan «O‘zsalaman» O‘zbek-German qo‘shma korxonasi faoliyati ko‘p jabhalarda boshqalarga o‘rnak, namuna bo‘lib kelayotir. Ayni paytda korxonaning mulkchilik maqomi o‘zgargan bo‘lib, u endilikda aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Read more...

BOLALAR SPORTI:TURMUSH TARZIMIZNING BIR KO‘RINISHI

Mamlakatimizda sog‘lom avlod tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Kelajak avlodning ta'lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, sog‘ligini ta'minlash borasida istiqlol yillarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta'lim sohasida olib borilgan islohotlar jahon jamoatchiligining e'tirofiga sazovor bo‘layapti. Shuningdek, yurtimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportning ommaviyligini ta'minlashga ham katta e'tibor qaratilayotir.

Read more...

“SUVSOZ”: YANGI TEXNOLOGIYALAR JORIY QILINGACH...

Ayni paytda, jahon aholisining har 10 nafaridan 4 tasi toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekadi. Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, 2025 yilga borganda sayyoramizning 5,5 milliard aholisi toza ichimlik suvi tanqisligiga uchrashi mumkin. Chunki, chuchuk suv iste'moli, isrofgarchiligi muntazam ravishda ortib bormoqda.

Yurtimizda ham ichimlik suvidan tejab-tergab foydalanish borasida qator izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, “Suvsoz” korxonasi Toshkent shahri va shahar atrofidagi tumanlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash va foydalanilgan oqava suvlarni qayta tozalash bilan shug‘ullanadi.  Sohada qanday yangiliklar bor? Qanday yangi texnologiyalar tizimga joriy qilindi? Quyida “Suvsoz” korxonasi mutasaddilariga shu kabi savollar bilan murojaat qildik.

Read more...

MARDGA MAYDON TOR KELMAS

Osiyo kubogi musobaqalari haqida mulohazalar

Avstraliyada davom etayotgan Osiyo kubogi musobaqalarining guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi. 16 jamoadan 8 tasi chorak finalga yo‘l oldi. Chorak finalning dast­labki uchrashuvida «A» guruhi g‘olibi Janubiy Koreya «V» guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan maydonga tushadi.

Yakuniga yetgan guruh uchrashuvlaridan keyin qit'amiz futbolining bugungi nufuzi hamda bosh jamoamizning maydonda ko‘rsatayotgan mahorati borasida mulohaza yuritsak.

Read more...

ISLOHOTLAR SAMARASI

O‘tgan yil sarhisobida kelajak avlod barkamolligi borasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar ustuvorlik qildi. Bu xayrli ishdan biror bir tashkilot, idora va boshqa mehnat jamoalari chetda qolgan emas. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi ham shular jumlasidandir.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi yakunlari bo‘yicha Federatsiya tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, yil davomida kasaba uyushmalari tizimida mazkur dasturni hayotga tatbiq etish borasida salmoqli ishlar qilingan.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

April 2017
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.