Hayratga solgan cho‘qqilar. Asil RASHIDOV:

Davlat mukofoti laureati, professor Asil Rashidov Chingiz Aytmatovning deyarli barcha asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Shu bilan birga, To‘xtapo‘lot Abdumo‘minovning “Sevgi va umid”, Mirzabek Duysenovning “Imtihon”, xitoy yozuvchisi Ma Finning “Xan Mey-Mey” asari va boshqa yozuvchilar ijodidan ham o‘ndan ziyod roman, qissa va hikoyalarni tarjima qilib,  o‘zbek kitobxonlariga havola etgan. “Lesya Ukrainka”, “O‘zbek qissalarida mehnat tasviri”, “So‘nmas yulduzlar”, “Akam haqida”, “Ezgulikka baxshida umr”, “Chingiz Aytmatovning badiiy olami” va boshqa ko‘plab kitoblari bizga yaxshi tanish. Quyida adabiyotshunos olim va mohir tarjimon bilan muxbirimiz qilgan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

Read more...

YANGI TIZIM — YANGICHA MUNOSABAT

Xalq manfaati mamlakatimizda el boshida, ish boshida turgan kattayu kichik barcha rahbarlarning bosh vazifasi etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 dekabrda e’lon qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar so‘zimizga dalildir. Zero, ushbu hujjat qabul qilingach, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni qaror toptirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar  murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etildi.

Read more...

Samarqandda KIMLAR SABZI TO‘G‘RAYDI? (Uchinchi maqola)

Samarqandda faoliyat yuritayotgan 107 mehmonxona o‘tgan yilgiga nisbatan bu yil ikki baravar ko‘paydi. Ular  4000 nafarga yetadigan sayyohlarni bag‘riga olish uchun yetarli emas. 
O‘zbekiston  turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ham sohadagi asosiy muammolardan biri mehmonxonalar yetishmasligi, deb e’tirof etildi. Uni bartaraf qilishda esa Turkiya tajribasidan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Read more...

KICHKINA DEMANG BIZNI... “Sehrli tayoqcha” sohibi

Dirijyor tayoqchasining birgina harakati butun orkestrni «oyoqqa turg‘azishga» qodir. Ohang goh tezlashadi, goh sokin tortadi. Tomoshabin ham ohangga mos goh tebransa, goh «jazavaga tushadi», ba’zan yuragi hapqirsa, ba’zan ko‘zlari mung tortadi. Bu jarayonda asosiy rolni dirijyor va uning «sehrli» tayoqchasi ijro etadi.

Read more...

CHIPTA ESDALIK BO‘LA OLADIMI? (Ikkinchi maqola)

Qaysidir shaharga borgan sayyoh shu joy ramzini anglatuvchi biror buyum ko‘ziga yaxshi ko‘rinsa, albatta, sotib oladi. Negaki, o‘sha buyum sayohatdan esdalik bo‘ladi. Shu bois, har bir turistik ob’ektda mo‘’jaz, bejirim suvenirlar savdosiga katta e’tibor beriladi. Bu suvenirlar o‘sha ob’ekt va shahar brendini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Read more...

Maqsad — HALOL TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

“Ortadogu Grup” kompaniyasi tomonidan “Halol turizm  yo‘nalishida tajriba almashinuvi, hamkorlik va istiqbolli harakat mavzu”sida anjuman tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, olimlar, OAV xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekistonga kirib kelayotgan “halol” yorliqli oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga qiziqish kun sayin ortib bormoqda. “Halol turizm” atamasi qo‘llanila boshladi.

Read more...

PARAGVAY STEVIYASI: SHIRASI TILNI YORADI




Mamlakatimizda shifobaxsh giyohlar va dorivor o‘simliklarni yetishtirib, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hamda mahalliy bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli dori-darmon bilan ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor sohaning istiqbolli yo‘llarini belgilab berdi.

Read more...

O‘zbekiston — najot qal’asi. “Men mehr-oqibat nimaligini Toshkentda o‘rgandim”



Mamlakatimizda   yaqinda  9 may  —  Xotira va qadrlash kuni katta tantanalar bilan nishonlanganiga  guvoh bo‘ldik. Darhaqiqat,  urush yillarida janggohlarda va urush ortida  jonbozlik ko‘rsatgan  ota-bobolarimiz jasoratini eslash va ular  xotirasini e’zozlash doimo biz  uchun qarz va farzdir. Zero, tinchlik-osoyishtalik, el  omonligi va  farovonligidan buyukroq ne’mat yo‘qligi hech  qachon esimizdan chiqmasin. 
Mehr-muhabbat, bag‘rikenglik odamzodni hamisha balo-qazolardan qutqarib, to‘g‘ri yo‘lga da’vat etib kelgan. Ahli basharning ming-ming yillardan buyon Yer yuzida yashab, ko‘payishi ham ana shu mehr-muhabbat, do‘stlik, qardoshlik tufaylidir.

Read more...

Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘. INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASINING 70 YILLIGI – DAVLATIMIZ VA JAMIYATIMIZ E’TIBORIDA

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi – mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘shilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biridir. Ushbu deklaratsiyaning barcha asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan.
Bu yil mazkur xalqaro-huquqiy hujjatning 70 yilligi butun dunyoda keng nishonlanadi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 5 mayda qabul qilingan farmoni bilan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi” tasdiqlangani muhim ahamiyatga ega.

Read more...

O‘zbekiston — AQSH: YORQIN KELAJAK SARI


So‘nggi ikki yilda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari faollashdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning ochiqlik, barcha yo‘nalishlardagi aloqalarni kuchaytirish, aniq-ravshan mazmun bilan to‘ldirishni namoyon etgan siyosiy irodasi tufayli o‘zaro ishonchning yuqori darajasiga erishildi.

Read more...

EL BOSHIGA DO‘NGAN G‘AYUR TO‘DA. Saksoninchi yillar gazeta-jurnallarini varaqlaganda

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ziyolilarning 1983 – 1989 yillarda O‘zbekistonda faoliyat olib borgan T.Gdlyan rahbarligidagi tergov guruhining g‘ayriinsoniy, g‘ayriaxloqiy va g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini xalqaro miqyosda xolis ko‘rib chiqish bo‘yicha adolatli taklifi qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Xo‘sh, bundan o‘ttiz yil burun matbuot bu haqda nimalarni yozgan edi?!

Read more...

Sayyohlar ko'paymoqda bunga tayyormizmi? (birinchi maqola)

Joriy yilda dunyoning yetti davlatidan sayyohlarning O‘zbekistonga bir oygacha vizasiz kelib-ketish tartibi yo‘lga qo‘yilgach, yurtimiz, jumladan, Samarqandga kelayotgan sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi. Qo‘shni davlatlar bilan ham shu tartib joriy etilgach, bu miqdor yanada keskin ko‘paydi. Yurtimizda sayyohlikning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

Read more...

EL ham rozi ellar ham rozi

Mamlakatimizning dunyo va mintaqa davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik, qardoshlik, manfaatli hamkorlik aloqalari yangi sifat bosqichiga ko‘tarilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek hamda O‘sh shahrida “O‘zbek-qirg‘iz adabiyoti – do‘stlik adabiyoti” mavzuidagi uchrashuvlar buning yaqqol dalilidir.

Read more...

KLASTER — yutuqlar garovi

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulot yetishtirishdan tortib, uni qayta ishlash, tayyor mahsulotni jahon standartlariga javob beradigan darajada sifatli qilib bozorga yetkazish jarayonlariga ilg‘or mamlakatlarda sinovdan o‘tgan tajribalar joriy etilmoqda. 2018 yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nomlanishi bu boradagi izlanishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi.

Read more...

3+1 FORMAT yoxud 4 yilda magistrlik darajasini beruvchi dargoh

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida o‘qib yurganimda Janubiy Koreyadan kelgan o‘qituvchilarning dars o‘tish usullarini kuzatardim. Ular qiziqarli o‘yinlar orqali dars o‘tishar, hatto mashg‘ulotlarga qiziqmagan bola ham bir muddatdan so‘ng tilni yaxshi o‘zlashtira boshlardi.

Read more...

O‘zbekiston — Turkiya: DO‘STLIK BULOG‘IDAN SUV ICHIB

Keyingi yillarda O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar, qolaversa, bizga hayrixoh bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlayotgani Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘si va nufuzini yanada yuksaltirmoqda.

Read more...

MAQSAD: AHOLINI ARZON GO‘SHT BILAN TA’MINLASH

Aholini arzon go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Yurtboshimiz tashabbusi bilan har bir viloyatda chorvachilik agrofirmalari tashkil etilmoqda. Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan, Xalq banki mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish masalalariga mas’ul etib belgilangani bois bank tomonidan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida qator choralar ko‘rilayotir.

Read more...

Manasdan boshlangan ezgulik qanot yozmoqda

Mening qishlog‘im olis hududda bo‘ldi. Uning qishlari qahratonli, yozlari jazirama bo‘ldi. Bolalari bog‘cha bormas qishloq bo‘ldi. Eli tappiyu, o‘tindan boshqa narsani bilmas bo‘ldi. Yo‘llari yurib bo‘lmas, avtoulov tugul ot-eshak aravalar o‘tsa, changidan odam ko‘rinmas qishloq bo‘ldi. Odamlar ariqdan suv ichar bo‘ldi. Shifoxona, sartaroshxona, hammom, bog‘cha uchun hamma uzoqlarga borar bo‘ldi. Xalq yaxshi kunlar kelar, deya umid qilar bo‘ldi. Bu kunlar ham kelar bo‘ldi.

Read more...

Olam bag‘ri butun bo‘lsin!

Hayotda hech kim rad etolmaydigan haqiqat borki, unga barcha baravar jon kuydirishga mas’ul. Bu tabiat muhofazasi masalasidir.

1993 yil boshida O‘zbekiston Respublikasi hukumatining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat atrof-muhit muvozanatini saqlashda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab berdi. Unda inson va tabiat orasidagi muvozanatga putur yetkazmaslik qonun-qoidalari kafolatlangan edi...

Read more...

Halol mehnat qilib, FAROVON YASHANG

Bugun kasb-koridan ortib, birim ikki bo‘lsin, deya qo‘shimcha daromad topishni o‘ylab yurganlar ko‘p. Bu yo‘lda kimdir o‘zini savdoga ursa, yana birov dehqonchilikka, bog‘-rog‘lar yaratishga intilmoqda. Hatto mo‘’jazgina hovlisidan millionlab qo‘shimcha daromad olayotganlar ham oz emas.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31

.