Ajdodlariga munosib avlod


Ba’zida kutilmagan, oddiydek ko‘ringan g‘oyalar yaxshigina samara beradigan ixtirolar yaratilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, oynasozlar shaffof shishaning kristallik strukturasini amalgama (simobning boshqa metallar bilan suyuq yoki quyuq holatdagi birikmasi) bilan birlashtirish usulini topganda, insoniyat uchun zarur ixtirolardan biri — ko‘zgu yaralishini tasavvur ham qilishmagan edi.

Read more...

AFG‘ONISTON: bugun va ertaga nima bo‘ladi?



TARIX
Afg‘onistonda 1978 yilgi Savr (aprel) inqilobi mamlakat hayotida siyosiy islohotlarni ko‘zlagan edi. O‘sha paytda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi sanoat tuzilmalarini rivojlantirishga imkon bergandi. Ammo bir yildan so‘ng, qo‘qqisdan yangi hukumatga sovetlarning mamlakatga qurol-yarog‘ bilan kirishi teskari natija berdi. Sovet ittifoqi ijtimoiy sohada qo‘llagan modernizatsiyalash an’anaviy jamiyat tuzilmalarini buzishga olib kelgandi. Urushdan oldin an’anaviy jamiyat va zamonaviy jamiyat o‘rtasida o‘zaro kurash bir tomonlama hal etilmaganda chetdan bu tariqa kirish vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Xon va maliklar (qabila boshliqlari, kuchli yer egalari) g‘arbiylashtirilgan Kobul, Mozori Sharif elitalari tomonidan tahdidlar va xavf-xatarni sezib kelishardi. Milliy kuchlar sovet askarlariga qarshi urush e’lon qilgach, minglab maktablar va ma’muriy binolar vayron bo‘ldi, yuzlab ma’rifatli insonlar o‘ldirildi. Qirq yillik urush 1978 yilgacha mavjud bo‘lgan afg‘on jamiyati ichki kuchlari tengligini buzdi va yagona afg‘on davlatini qayta tiklash, iqtisodni rivojlantirish masalasini orqaga surib tashladi.

Read more...

Birjalar o‘rtasida kelishuv imzolandi

Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish borasida jiddiy qadamlar qo‘yildi. Ayniqsa, bu borada qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etayotir.
Yaqinda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va eksport-import operatsiyalarini soddalashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan ta’minlash yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi AJ Qozog‘iston birja tovar bozorining yetakchisi — ETC Tovar birjasi AJ hamda Yevropaning yetakchi birjalaridan biri — Moskva Birjasi OAJ (Rossiya) vakillari bilan biznes uchrashuvini tashkil etdi.

Read more...

KUCHLI O‘ZBEKISTON ORZU EMAS, QAT’IY ISHONCHIMIZDIR!

TAHRIRIYATDAN

Hurmatli gazetxon “Hurriyat” gazetasining shu yil 8-sonida muallif — Said-Abdulaziz Yusupovning “O‘zbekiston degan davlat barqaror turishi uchun yana nimalar qilishimiz kerak?” sarlavhali maqolasi e’lon qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida maqolada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tahririyatga ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Turli fikr va mulohazalar bildirildi. Ana shunday munosabatni siyosiy sharhlovchi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ibrohim Normatov ham yozma ravishda taqdim etdi. Gazetaning 11-sonida uning “Orzuga ayb yo‘q, ammo...” deb nomlangan munosabati e’lon qilingandi.

 Fikr-fikrni uyg‘otar, deganlaridek Said-Abdulaziz Yusupov bildirilgan munosabatga javob yo‘lladi.

Tahririyat xolislik, fikrlar xilma-xilligi nuqtai nazaridan mulohazalarga hurmat saqlagan holda ushbu javobni o‘quvchilarga havola etmoqda.

Read more...

Afg‘on dugonamga maktub

Yarim kechasi go‘dak yig‘isidan uyg‘onaman. Shoshilib bolalarimga qarayman, Ollohga ming shukr uxlab yotishibdi. Birini yuzidan, birini ko‘zidan o‘pib qo‘yaman.

Read more...

ORZUGA AYB YO‘Q, AMMO... “O‘zbekiston degan davlat barqaror turishi uchun yana nimalar qilishimiz kerak?!” maqolasini o‘qib

Bir donishmand aytganidek, Olloh ne’matlarining oliysi idrok. Biroq har kim bilganicha idrok etadi. Shu jumladan, Said-Abdulaziz Yusupov o‘zining  “O‘zbekiston degan davlat barqaror turishi uchun yana nimalar qilishimiz kerak?!” (“Hurriyat” 2018 yil, 8-son)  sarlavhali ulkan maqolasida o‘z ko‘z qarashlari va bugungi dunyoni anglashidan kelib chiqib, idrok etibdi. Buning hech qanday hayratlanarli joyi yo‘q. Chunki, har bir inson idrok etishda o‘z aqlining rahnamosi bo‘lgisi keladi.

Read more...

YANGILANISH PALLASI: yurtimiz xotin-qizlarini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Ayollar hamisha go‘zallik, nafosat, mehr-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan. Vatan muqaddasligi ham bejiz Onaga qiyos etilmaydi. Shu bois, hamisha ular e’zoz va e’tiborda. O‘tgan yillar mobaynida yurtimiz xotin-qizlari hayotida ham tub o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘ldi. Senator, deputat, olima, tadbirkor, fermer kabi ayollar safi kengayib, jamiyatda ularning nufuzi oshdi.

Read more...

“TINCHLIK JARAYONI, XAVFSIZLIK SOHASIDA HAMKORLIK VA MINTAQAVIY SHERIKLIK” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, o‘zaro manfaatli va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta’minlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi.

Read more...

Qut va baraka — do‘stona munosabatlarda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratayotganini ta’kidladi. Yurtboshimizning “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. inch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz”, degan so‘zlari bugun o‘zining amaliy ifodasini topmoqda.

Read more...

YER DANGASA EMAS, vaqtida eksang, kechikmay hosil olasan

«Boburnoma» asarida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ona yurtimizning serhosil zaminini ko‘p va xo‘p e’tirof etgan. Asarni o‘qiyotgan o‘quvchi qaysi millat, din, irq vakili bo‘lishidan qat’i nazar, qanchalik serquyosh, ekin-tikinga boy, meva-chevasi tilyorar o‘lka haqida gap borayotganini xayolida jonlantirib oladi. Buning zamirida esa ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan xalqimizning mehnatkashligi, har bir qarich yerdan samarali foydalanishi yotibdi. Bu borada, bizga hatto chet elliklar ham havas qilishi turgan gap.

Read more...

MAKTABGACHA TA’LIM — yetuklik poydevori

Bolalikda berilgan bilim toshga o‘yilgan naqsh misoli bir umr ong-shuurda, qalbda saqlanib qoladi. Aynan shu sababli ham dunyoning rivojlangan davlatlarida maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratiladi. Shu e’tibor tufayli mazkur davlatlarda yuksalish yuz bergani ham mubolag‘a emas.

Read more...

Yoshlar ma’naviyati va erkinlik fenomeni

Kasbim taqozasiga ko‘ra ko‘p vaqtimni yoshlar orasida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Ularning hayotga, turmushga bo‘lgan munosabatlarini, ijtimoiy jarayonlardagi faolligini ko‘rib quvonaman. O‘z taqdirini millat va Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, shu yurt hamda xalq uchun yuksak mas’uliyatni sezgan yigit-qizlarni ko‘rganda ertangi kunga bo‘lgan ishonchim yanada ortadi, ulardan faxrlanaman. Mening bu fikrimga mamlakatimizdagi mutloq ko‘pchilik vatandoshlarim qo‘shiladilar.

Read more...

Kelajak shaharlariga sayohat

Mamlakatimizda zamonaviy shaharsozlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi. Xususan, Chilonzor tumanidagi Biznes-markazida yuqori va tejamkor texnologiyalarga asoslangan “High Tech Sity” shaharchasi qurilishi loyihasi bilan tanishdi. Mazkur shaharcha hududida xalqaro biznes-markaz, ko‘p qavatli turar joylar, ilmiy ishlab chiqarish klasteri, yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan institut, politexnika kolleji, savdo shoxobchalari, madaniy ko‘ngilochar inshootlar, mehmonxona va boshqa ijtimoiy ob’ektlar qurilishi mo‘ljallanmoqda.

Read more...

NAHOTKI, qog‘ozbozlikdan qutulsak?!

Keyingi paytda “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”, iborasini tez-tez uchratyapmiz.

Fuqaro borki, davlat idoralarining turli xizmatlaridan foydalanadi. Albatta, bu ishlar qog‘ozbozliksiz bitmaydi. U yerlarda kishi emas, qog‘oz so‘zlaydi. Hatto sening kimliging ham tasdiqlovchi hujjat orqali aniqlanadi. Ochig‘ini aytganda, ana shu kabi qog‘ozbozlikdan, sansolarlikdan yuragimiz zada bo‘lib qolgan. Kutish, xonama-xona yurish, kimlargadir sarg‘ayish… Bu jarayonlar, ayniqsa, tadbirkorlik yoki biror faoliyat yuritish uchun ruxsatnoma, litsenziyalarni olishda ko‘p takrorlanadi. O‘nlab joydan ma’lumotnomayu ruxsatnoma olishdan charchab, kishi niyatidan ham qaytib qolishi hech gap emas.

Read more...

Al-Xorazmiy izdoshlari

Prezidentimiz qarori bilan tashkil etilgan “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab”ning ochilishi farzandlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi.

Read more...

O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT BARQAROR TURISHI UCHUN YANA NIMALAR QILISHIMIZ KERAK?!

Sharqda Iskandar nomi bilan mashhur bo‘lgan makedoniyalik Aleksandrga fors hukmdori Doro qo‘shinlariga kechasi hujum qilishni taklif etishganda, u: “Men g‘alabani o‘g‘irlamayman!” — deya javob bergani tarix sahifalarida yozib qoldirilgan. O‘sha paytda kimlardir Aleksandrning bu qarorini xatoga yo‘ygani turgan gap. Ammo u haq edi. Dorodek qudratli shoh bunday harbiy hiylalar oqibatida yengiladigan raqib emas. U kutilmagan tungi hujumda askarlarining bir qismidan ajralar, ammo yo‘qotishlar o‘rnini qisqa muddatda to‘ldirish va jang tizginini qo‘lga olish imkoniga ega edi. Shunday ekan, Doroning shonli armiyasini mag‘lub etishning birdan-bir yo‘li ularning jangovar ruhini sindirish bo‘lib, buni esa faqat ochiq maydondagi yuzma-yuz jangda amalga oshirish mumkin edi xolos.

Read more...

Vatanning bolasi bo‘lish baxti

Bir necha yillar avval do‘stlashganim — Jalaquduqdagi maktablardan birining direktori Sadbarxon Mamitova Andijon viloyat Kengashi deputatlar guruhining rahbari ham edi. U bilan tanishganimda men Respublika “Milliy tiklanish” gazetasining Andijon viloyat muxbiri bo‘lib ishlardim. Dunyoqarashi keng, mulohazalari teran Sadbarxon yurtimizda ro‘y berayotgan xayrli ishlarning har biriga o‘z munosabatini bildirib, ko‘p bor maqolalarim qahramoni bo‘lgan. Ayniqsa, uning har uchrashganda o‘z g‘oya va mavzulari bilan fikr bildirishi ijodga ilhom berishday gap edi.

Read more...

ZABT ETILGAN MARRALAR

 

Bugun hayotimizning barcha jabhalarida erishilgan yuqori natijalar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Ahamiyatlisi, Vatan taraqqiyoti, mamlakatdagi keng qamrovli islohotlar, turmushimizning farovonligi, yurtning obodligi xalqimiz qalbu tafakkurida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.

Read more...

KALOVINI TOPSA, CHIQINDI HAM BOYLIK

O‘tgan haftada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda sohadagi kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib, tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Read more...

YANGI HAYOT EVRILISHLARI

Ko‘pchiligimiz “smart watch” — aqlli soat, “smartphone” — aqlli telefon, “smart TV” — aqlli televizor, “smart home” — aqlli uylar haqida eshitganmiz, ba’zilaridan foydalanamiz ham. Sohibining yuz tuzilishi, ovozidan tanib, eshiklarini o‘zi ochuvchi yoki qadamlarni sezishi bilan chiroqlarini o‘zi yoqib-o‘chiruvchi uylar bugun mo‘’jiza yoki bir tush emas. Inson tafakkurining mahsuli va texnikaning mo‘’jizaviy kuchi sabab bugun undan-da yuksak yutuqlarga erishilmoqda. Ayni kunda ko‘rinishi va tuzilishi jihatdan tubdan o‘zgarayotgan ba’zi shaharlar ham borki, ularni hech ikkilanmay, “aqllilar” qatoriga qo‘sha olamiz.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.