MABLAG‘LAR ANIQ MAQSADLARGA SARFLANDI

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining 2014 yil va 2015 yilning birinchi yarimidagi davlat subsidiyasi asosida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. 

O‘zida 100 ga yaqin nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan assotsiatsiya har yili o‘ndan ortiq loyihalarni amalga oshirib keladi. Mazkur loyihalarning aksariyati jamoat fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib kelinmoqda. O‘zEOAVMAning joriy faoliyati ham fond tomonidan ajratib kelinayotgan davlat subsidiya mablag‘lari hisobidan olib boriladi.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ijrochi direktori Nasimjon Alimovning aytishicha, 2014 yilda Assotsiatsiya tizimidagi nodavlat teleradio tarmoqlari tomonidan subsidiya doirasida 8 ta loyiha bajarilgan. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyihalarga 350 million so‘m miqdoridagi davlat subsidiya mablag‘i ajratilgan. Loyiha mablag‘lari hamda homiylarning ko‘magida o‘tgan yili «Mening yurtim» telekanali ishga tushirildi. 2014 yilning dekabr oyi­dan boshlab telekanal ko‘rsatuvlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati miqyosida efirga uzatilmoqda. SHuningdek, nodavlat telekanallarning ijodiy-texnik xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar, master- klasslar o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Assotsiatsiya nodavlat teleradiouzatish sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan faoliyati uch yo‘nalishda olib borilmoqda.

Birinchi yo‘nalish — a’zo teleradiostansiyalarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, ularni hi­moya qilish, OAVni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan qonunlarni tayyorlashda faol ishtirok etish;

ikkinchi yo‘nalish — nodavlat teleradiostansiyalarda faoliyat yuritayotgan ijodiy va texnik xodimlarning kasbiy malakasini oshirib borish;

uchinchi yo‘nalishda esa Vatanimiz taraqqiyoti va xalq­imiz farovonligini yanada yuksaltirish, sohalarni modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda milliy manfaatlarimizga mos media-mahsulotlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi.

— 2015 yilning o‘tgan davrida assotsiatsiya tomonidan 19 ta seminar, 2 ta umumiy konferensiya, 1 tadan xalqaro konferensiya, va festival o‘tkazildi, — dedi O‘zEOAVMA ijrochi direktori Nasimjon Alimov. — Bundan tashqari, «Jurnalistlar bahori» ko‘rik tanlovi va «Ozod yurt to‘lqinlari» ijtimoiy media mahsulotlari milliy festivali ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilganini ta’kidlash zarur. SHuningdek, mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqeliklarni o‘z ichiga qamrab olgan loyihalarni  tayyorlash borasida jamoamiz hamisha faol. Jumladan, joriy yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini keng yoritishga yo‘naltirilgan «Nodavlat teleradiouzatuvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini keng yoritish» loyihasini alohida aytib o‘tish darkor. Ushbu loyiha doirasida «Mening yurtim» telekanalida 4 ta «Parlament soati» axborot tahliliy dasturi, 10 ta «Saylov kundaligi» efirga berildi. Saylovda qatnashishga targ‘ib etuvchi 18 ta rolik tayyorlanib, 503 marotaba efirga uzatildi.

Hisobotda keltirilishicha «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarning tezkor va mahorat bilan yoritilishida nodavlat teleradiouzatuvchilarga ko‘maklashish» loyihasi ham jamoat fondi tomonidan ajratilgan subsidiya ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 24 ta axborot yo‘nalishidagi, 21 ta ijtimoiy mavzudagi roliklar tayyorlangan. Radioda esa 150 xabar va 50 ta reportaj tayyorlanib nodavlat radiostansiyalar orqali efirga uzatilgan.

Tadbirda assotsiatsiya vakillari barcha loyihalar doirasida bajarilayotgan ishlar yuzasidan to‘liq axborot taqdim etishdi.  Parlament komissiyasi a’zolari yig‘ilishda hisobat taqdim etgan tashkilotning davlat subsidiyasi doirasida qilgan ishlarini ijobiy baholashdi. SHuningdek assotsiatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Jobir XO‘JAQULOV,

«Hurriyat» muxbiri  

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Oltinimiz mo‘l. Tillamiz-chi?

2018-09-12 13:02:55

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

«Qalamimni tortib ololmaysiz!» Keksa ...

2018-09-12 13:11:24

Shubhali giyoh

2018-08-29 14:03:40

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.