SOG‘LOM AVLOD TARBIYASI MAS'ULIYATI

Hayot tasodiflarga to‘la. Ertaga nima bo‘lishini hech birimiz oldindan ayta olmaymiz. Ammo, boshiga tushadigan barcha voqyealarga insonning o‘zi sababchi bo‘ladi. E'zoza to‘rt muchasi sog‘ holda dunyoga keldi. Boshqa bolalar kabi bolalikning eng shirin damlarini o‘tkazayotgan edi. Tasodifni qarangki, uyda sodir bo‘lgan yong‘in qizaloqning taqdirini o‘zgartirib yubordi. Soniyalar ichida ota-onadan ayrilgani yetmaganidek qariyib nogironga aylandi. Yuzi, o‘ng qo‘l va chap qo‘l tanaga, barmoqlari esa bir-biriga yopishgan ahvolga tushdi.

Bu falokatga kim aybdorligi boshqa masala. Biroq, tilsiz yovning bola umriga rahna solgani ayni haqiqat edi. E'zozaning yaqinlari bir tomondan uning tirik qolganiga shukr qilishsa, tanasidagi ku­yish asoratlari ularni o‘ylantirardi. Endi buyog‘i nima bo‘lar ekan? E'zozani olib bormagan shifo dargohi qolmadi. Do‘xtirlar qizni tezroq xorijga olib borib jarrohlik amaliyoti o‘tkazish kerakligini aytishdi.

So‘rab surishtirishlardan ke­yin «Sog‘lom avlod uchun» fondidan ko‘mak so‘radim, - deydi E'zozaning bobosi Naj­middin Ahmedov. - Shifokorlarning tashxislaridan so‘ng jamg‘arma vakillari E'zozani Germaniyaga olib borish imkoniyatini yaratib berishdi. Germaniyalik shifokorlar tomonidan unga uch bosqichli davolanish kursi tavsiya etildi. Birinchi bosqichda yuz va kuyish natijasida barmoqlarning yopishib qolgani tufayli chap qo‘lda hamda o‘ng qo‘lda uch marotaba jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng tanaga yopishgan qo‘l va barmoqlar bir-biridan ajratib olindi. Ayni paytda nevaram uyda. YAqin kunlarda davolanishning ikkinchi bosqichini o‘tash uchun yana yuboramiz. Fond vakillariga hamda davlatimizga butun oilamiz nomidan minnatdorlik bildiraman.

Jismonan sog‘lom va ma'nan yetuk yosh avlodni tarbiyalash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini himoya qilish borasada mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Ayniqsa, bolalar va onalar salomatligini ta'minlash orqali ularning o‘limini kamaytirish maqsadida qilinayotgan sa'y-harakatlar natijasida bu borada O‘zbekiston jahonda yuqori o‘rinlarni egallayotgani fikrimizning isbotidir. Bu jab­hada tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki tobora ortib borayotir. Jumladan, “Sog‘lom avlod uchun» xalqaro fondining bola va ona salomatligini tiklash va asrash bo‘yicha olib borayotgan ishlari har qancha tahsinga loyiq.

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi 1993 yil 23 aprelda O‘zbekiston Res­publikasi Prezidenti Islom Karimov Farmoniga binoan tashkil etildi. Fondni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad jismonan baquvvat, ma'nan yetuk, ruhan sog‘lom farzandlar tarbiyalashni ta'minlash, onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘­lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas'uliyat­li psixologiyani shakl­lantirishda ko‘maklashishdan iboratdir. Davlatimizning ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘­lom avlodni voyaga yetkazishda oilaning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlari maqsadlari va mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etish ham shular jumlasiga kiradi.

O‘tgan yillar mabaynida fond ko‘magida Respublikamizning barcha hududida bola tug‘ish, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish masalalari bo‘yicha aholi savodxonligini oshirishga oid qator loyihalar amaliyotga taqdim etildi. Ushbu loyihalar aholining, ko‘p bolali oilalar, ayollar, nogiron bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari manfaatiga qaratilgan. Bundan tashqari, skrining, reabilitatsiya markazlari, tug‘ruqqa ko‘­maklashuvchi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga fond o‘z mablag‘lari bilan munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Tashkilotning yana bir xayr­li tashabbuslaridan biri - aholi o‘rtasida profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish orqali virusli kasalliklardan himoya qilishning ishonchliligini oshirish, nogironlikni reabilitatsiya qilish, onkologiya, sil kasalliklarni barvaqt aniqlashga qaratilgan.

Bu borada davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda har yili yurtimizning chekka tuman va qishloqlariga «Salomatlik» poyezd­lari tashkil etilayotganini aytib o‘tish joiz. Mazkur tadbirni muvaffaqiyatli tashkil etish maqsadida mamlakatimizning malakali tibbiyot xodimlari jalb etiladi.

Ana shunday yo‘nalish - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda 2014 yilning 22 martidan 1 apreliga qadar Toshkent - Tinchlik - Konimex - Kara-kata - Mustaqillik - Buzouboy - Uchquduq II - Toshkent yo‘nalishida o‘tkazildi. “Salomatlik” poyezdi mutaxassislari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 1937 nafar fuqaro chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bemorlarga sog‘lomlashtirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi. “Salomatlik” poyezdida 62,5 million so‘mlik oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda 695,5 ming AQSH dollar miqdorida dori-darmon va tibbiyot anjomlari tar­qatildi.

Navbatdagi Toshkent - Sariosiyo - Qumqo‘rg‘on - Boysun - Oqrabot - Dehqonobod - Toshkent yo‘nalishi 2014 yil 17-23 may kunlari tashkil etildi. Unda jami 1669 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholiga va davolash-profilaktika muassasalariga qiymati 160,5 ming AQSH dollar va 11,9 million so‘mlik insonparvarlik yordami ko‘rsatildi.

Joriy yilda ham mamlakatimiz bo‘ylab «Salomatlik» poyezdlari o‘z ishini davom ettirdi. Jumladan, 23-31 mart kunlari Toshkent - Tinchlik - Konimex - Kara-kata - Mustaqillik-Buzouboy - Uchquduq II - Toshkent bo‘ylab safarga chiqqan tibbiyot xodimlari viloyatning Tinchlik qo‘rg‘oni, Konimex, Tomdi va Uchquduq tumanlarida va Zarafshon shahrining chekka mahallalarida istiqomat qiluvchi 2050 kishi chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shahardan ancha olis, ekologik sharoiti noqulay bo‘lgan ushbu hududlarda yashovchi aholining salomatligi zamonaviy tibbiy asbob-uskunlar yordamida tekshiruvlardan o‘tkazildi. Laborator tahlillari va zamonaviy tekshirish usullariga tayangan holda tashxislar qo‘yildi. Bolalar orasida endokrin tizimi kasalliklari (endemik bo‘qoq), kamqonlik, allergik kasalliklar va modda almashinuvining buzilishi (raxit) kabi kasalliklar aniqlanib, ular mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalariga joylashtirildi.

- Jamg‘arma muruvvat dasturlarini amalga oshirishda Yaponiya, Germaniya, Koreya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ygan, - dedi, fond raisi o‘rinbosari Nozim Mo‘minov. - Bundan tashqari, BMT, YUNESKO, YUNISEF, JSST­ning turli loyihalarida faol ishtirok etadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda davolash imkoniyati juda kam bo‘lgan kasalliklarni (bolalarda aniqlangan) xorijda muolaja qilish uchun imkoniyat yaratishdir. Fond ko‘magida chet elda davolanish uchun yuborilgan bolalarning darddan forig‘ bo‘lib qaytishayotganini ko‘rish barchamizga, ayniqsa, ularning ota-onalariga katta xursandchilik ulashmoqda. Jumladan, fond mablag‘lari ko‘magida Germaniya davlatiga teri kuyishi, qo‘l va oyoq tug‘ma nuqsoni, qiyshiq bo‘yin, lab va tanglayning tug‘ma nuqsoni bilan og‘rigan 2945 nafar bola jo‘natilgan. Ularning barchasi to‘liq sog‘ayib, ota-onalari bag‘riga qaytib kelishgan.

Yurak xastaligi bilan og‘rigan bolalar esa davolanish uchun Janubiy Koreya Respublikasiga yuborilmoqda. Shu kunga qadar tug‘ma yurak xastaligi bilan tug‘ilgan 32 nafar bola ushbu mamlakat shifokorlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib zarur muolajalar qilingan. Joriy yilning sentyabr oyida yana olti nafar bolajon Koreyaga yuborilishi ko‘zda tutilgan.

Jobir XO‘JAQULOV,

«Hurriyat» muxbiri

TABIATNI ARDOQLASH O‘ZLIKNI ARDOQLASH DEMAKDIR

Bolaligida samodagi yulduzlarni sanashga urinib ko‘rmagan, charog‘on chaqnayotgan bu “mitti” “sayyora”ning miltillashini kuzatishdan zavqlanmagan inson bo‘lmasa kerak...

E’tibor bersangiz, yirik shaharlar, urbanizatsiyalashgan hududlarda tunlari osmon g‘uborli ekanini ko‘rasiz, yulduzlar ko‘rinmas “parda” yordamida to‘sib qo‘yilgandek xira nur sochadi. Beixtiyor o‘ylaysiz: qani mening bolaligimda kechalari cheksiz samoga boqib, sanab adog‘iga yetolmagan yulduzlar! Atmosfera tarkibining buzilishi, ifloslanishi tufayli yuzaga kelgan bu g‘ubor ko‘ngilni xira qiladi.

Read more...

MUQADDAS RISHTALAR UZILMASIN

TURLI TAQDIRLAR TUTASHGAN MASKAN

Ilhombekka yaxshi ermak topildi: dadasi mashinasini haydashga ruxsat beradigan bo‘ldi. “Nima bo‘pti, o‘n beshga kiryapti...” Afsuski, otaning qarori o‘zini oqlamadi. Kunlarning birida “Neksiya”ni g‘izillatib borar ekan, yo‘l qoidalarini tuzuk bilmaydigan Ilhombek (ismi o‘zgartirildi) nogahon kelib urilgan yuk mashinasini sezmay ham qoldi. Falokatdan hech kimning joniga jabr yetmadi-yu, mol achchig‘i – jon achchig‘i deganlaridek, mashinaning ahvolini ko‘rgan, ota g‘azabini yashira olmadi:

– Bolam, bizni katta xarajatga tushiradigan bo‘libsiz-da!

Erkatoy o‘g‘ilga bu gap og‘ir botdi.

– O‘zim ishlab,  topib beraman, – deya boshini egib turaverdi u.

Otaga bu gap negadir yoqmadi:

– Sen hali pul topishni uddalaguningcha nechta qovun pishig‘i bor?..

Bu Ilhombekka: “Sening qo‘lingdan hech narsa kelmaydi”, degandek tuyuldi. Qizishdi, “Hali ko‘rasizlar”, dedi ichida.

Taassufki, hali hayotning pastu balandini ko‘rib ko‘zi ochilmagan o‘g‘il hozircha mashg‘uloti o‘qish-o‘rganish ekanini anglab yetmadi. Oila kattalariga qo‘lidan ko‘p ish kelishini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ishlash uchun boshqa shaharlarga ketayotgan qo‘shnilarga ergashdi. Oshxonalarda xizmat qildi. O‘zicha pul topyapman, hammasini to‘g‘ri qilyapman, deb o‘yladi. Oxir-oqibat Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelindi.

Ushbu dargohga turli sabablar bilan kelib qolganlar anchagina. Ularning o‘zlari ham, nigohlari ham sabablaridek turlicha. Biri “yomon joy”ga tushib qolgani uchun o‘zini aybdordek sezib, ko‘zingizga qarashga uyaladi. Yana biri qayta-qayta kelaverib, beti qotgan, bu yerda o‘zini uyidagidek erkin his qiladi. Boshqasi esa o‘smirlik sho‘xliklari-da, shunaqasi ham bo‘lib turadi, deganday biroz qitmirlik, picha tortinish bilan qaraydi. Ilhombek shunday toifadan. U andijonlik Gulira’no, xorazmlik Dilafro‘z, toshkentlik Yulduz, Zemfira va Rizetta singari taqdir zarbalariga uchrab, aro yo‘lda himoyasiz qolmagan, yo‘qchilik-kamlik ko‘rmagan. Ko‘ziga mung cho‘kmagan, aksincha, quvnab turibdi. Sochi allambalo, kashtalik qilib oldirilgan, so‘rasangiz, “drakon... bu hozir moda”, deb kulib qo‘yadi. U bilan istagancha, erkin gaplashish mumkin. Ba’zi bolalarning nigohidagi chorasizlikni ko‘rib, savol berishdan, dilini og‘ritib qo‘yishdan qo‘rqasan, kishi. Hayot beshafqat, deyishadi. Odamlar-chi, shafqatlimi? Hayot va zamonni o‘zgartirish odamlarning qo‘lidan kelmaydimi? Nahot, o‘z zurriyodini taqdir yo‘rig‘iga topshirib qo‘yish osonu unga g‘amxo‘rlik qilish mashaqqat bo‘lsa?!

 

FARZAND BUYUK NE’MAT EMASMI?

Yulduz bor-yo‘g‘i olti yoshda. Shu yoshigacha markazga to‘rt-besh marta tushibdi. Mushtdekkina boshi bilan taqdiriga ko‘nikib, ko‘zlarida befarqlik qotib ulgurgan. Uyingga ketishni xohlaysanmi, desangiz: “Yo‘q”, deydi qat’iy. Bu go‘dakning gunohi nima? Nega ota-ona (hech bo‘lmaganda birovi)ning mehridan bebahra qolishi kerak? Ayni paytda uning ota-onasini bu huquqdan mahrum qilish uchun hujjat tayyorlanayotgan ekan. Taassuf, buyuk ne’matdan mosuvo bo‘lgan bu odamlar farzand tarbiyasidan ham zarurroq qanday ish bilan band ekanlar?!

Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini o‘qigansiz. Uning qahramoni – bola atrofidagi chirkin hayotdan bezib ketadi. Murg‘ak qalbi odamlardagi mehrsizlik, adolatsizlikni qabul qilolmaydi. Doim oq kemani kutadi, bir kun kelib uni o‘zi istagan tomonlarga olib ketishiga umid qiladi. Yoki baliq bo‘lib suzishni, suzib-suzib, uni tashlab ketgan ota-onasining yoniga yetib olishni istaydi. Isitmalab yotganida uning ahvolini so‘raydigan odam topilmaydi. Birgina mehriboni – bobosini xarob qilishgach, jismiyu qalbidagi og‘ir dardni ko‘tarolmay, go‘yo dengizga sho‘ng‘iydiyu baliq bo‘lib suzib ketadi, bir umrga... Bu bor-yo‘g‘i badiiy asar, sizu bizga begona bir taqdir, ammo har qancha tosh qotgan yurakni ham eritadi, o‘rtaydi. Atrofimizdagi, real hayotdagi go‘daklar bilan bo‘layotgan shunga o‘xshash manzaralar-chi?! Ularga qarab achinmaymizmi? Asardagi bolaning hayotdan umidi ota-onasini topish, ular mehr-muhabbatini his qilish edi. Yulduz esa ulardan umidini uzib bo‘lgan, shuning uchun ham voz kechyapti. Buning izohi og‘ir, iqrori qismatning o‘zidek achchiq. Shu achchiq qismat uni tilanchilik qilishga, o‘z kunini o‘zi ko‘rishga majbur etdi. Ota-onasi hayot bo‘laturib, go‘dakligidanoq oxiri noma’lum yo‘lda qoldirildi. Yaxshiki, mamlakatimizda bunday bolalarning boshini silaydigan muassasalar, mehribonlik uylari bor...

 

MARKAZ QANDAY VAZIFA BAJARADI?

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi 2005 yili tashkil etilgan. 2006 yilda markaz uchun alohida bino ajratildi. 160 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu dargohda uch yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar qabul qilinadi.

– Bu yerda ota-ona nazoratisiz, ko‘chada qarovsiz qolgan bolalar va o‘smirlar o‘ttiz kun mobaynida saqlanadi, – deydi markaz direktori o‘rinbosari Murod Umarov. – Shu vaqt mobaynida ularning sog‘lig‘i nazorat qilinadi, ota-onasi, qarindoshlari bor-yo‘qligi aniqlanadi, so‘ng kerakli hujjatlari rasmiylashtirilib yo mehribonlik uylariga yoki o‘z yashash manzillariga jo‘natiladi. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda bo‘lmaganlari esa o‘z hududlariga yuboriladi. Uyidan qochib, maktabdagi tartiblarga amal qilmay, ko‘chada yuradigan tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar bilan ham ish olib boramiz. Ular profilaktika inspektorlari yordamida, sud ajrimi bilan markazga keltiriladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tartibot navbatchilari va ruhshunos nazoratida bo‘lishadi. Yaxshi tomonga o‘zgarsa, uyiga, o‘zgarish bo‘lmasa, o‘g‘il bolalar Sirdaryo yo Samarqanddagi, qizlar esa Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi yoki Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi yopiq tipdagi maktablarga yuboriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarining yo‘qolgani yoki tibbiy ko‘rik natijalari sabab bo‘lib, bolalar yana o‘n besh kun markazda qolishlari mumkin. Har bir guruhga ikki nafardan xodim — tartibot navbatchilari va tarbiyachilar biriktirilgan. Ular 24 soat davomida guruh bilan birga bo‘lishadi.

Zamonaviy tipda qurilgan, ko‘rkam qiyofa kasb etgan markaz binosida bolalar uchun barcha sharoit yaratilgan. Qishki va yozgi sport zallari, cho‘milish havzalari, ma’rifat va kompyuter xonalaridan foydalanish, shu orqali sog‘lig‘ini mustahkamlash, bilimini boyitish, umuman, to‘g‘ri yo‘lga tushib ketish uchun barcha imkoniyat bor.

2010 yil 30 sentyabrdan kuchga kirgan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida birinchi galda oilalar bilan ishlash, ota-onalar o‘z qonuniy burch va majburiyatlarini bajarishlari uchun ularga ko‘maklashish zarurligi qayd etilgan. Qonunning qabul qilinishi bu boradagi ishlarning jonlanishiga turtki bo‘ldi. Joylarda uning ijrosini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Tumanlardagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhlari, profilaktika inspektorlari, mahalla va oila institutining hamkorligi o‘z samarasini berayotir. “Davomat”, “O‘smir” tadbirlarida ularning maktabga qatnashidan to uyiga qaytgunigacha bo‘lgan vaqti nazorat qilinyapti. Hatto cho‘ntagidagi telefonu boshqa shaxsiy buyumlari ham ko‘zdan kechirilmoqda. Soat 21:00 dan so‘ng internet klublarining ishlashiga ruxsat etilmayapti. Natijada voyaga yetmaganlar orasida bevaqt bemaqsad yuradiganlar ko‘rsatkichi ijobiy tomonga o‘zgardi. Markazga olib kelinayotgan o‘smirlar soni bundan to‘rt-besh yil avval oyiga to‘qson nafarga yetgan bo‘lsa, ayni paytda ellik foiz kamaygan.

Tartibot navbatchisi Marhamat Pirmatova aytganidek, bu dargoh ba’zi bolalarning yashash sharoitidan ming marta afzal. Yulduz tilanchilik qilsa, Rizetta chiqindilar orasidan baklashka izlab yurardi. Keyin ularni sotib yegulik uchun pul topardi.

– Onam yo‘q, otam har kuni ichib kelib meni uradi, – deydi Rizetta. – Menga shu yer yaxshi, biser tikyapman, to‘qishni o‘rgandim...

To‘rt mahal issiq ovqat, o‘g‘il va qiz bolalarning qiziqishlariga qarab tanlanadigan to‘garaklar ko‘cha-ko‘yda sarson yurgandan ko‘ra, albatta, yaxshi-da. Aynan shu yoshdagilar psixolog yordamiga ehtiyoj sezishi tabiiy.

– Qabul qilingan har bir o‘smir bilan psixodiagnostik, psixoprofilaktik, psixokorrektsion mashg‘ulotlar olib boramiz, – deydi markaz ruhshunosi Gulchehra Qosimova. – Agar bolaning xulqida og‘ishishlar bo‘lsa, uning ob’ektiv, sub’ektiv sabablarini o‘rganamiz. Oilasidagi muhit, maktab va o‘rtoqlari orasidagi o‘rni qay darajadaligi aniqlanadi. To‘liq ma’lumotga ega bo‘lgach, bolani ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga ko‘nikma hosil qilishiga ko‘maklashuvchi psixologik treninglar o‘tkaziladi. Masalan, tortinchoq, odamovi bola uchun individual suhbatlar ba’zan foyda bersa, gohida befoyda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda rasm chizdirish yoki boshqa mashqlar orqali uning ruhiyatidagi o‘zgarishlarni bilib olamiz. So‘ng qiziqishlari, qobiliyatiga qarab foydali mehnatga jalb qilinadi. Muhimi, tarbiyachi, profilaktika inspektori va ruhshunos mashg‘ulotlari baravar olib borilsagina natija samarali bo‘ladi. Aks holda, sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun reja asosida bamaslahat ish olib boramiz.     

 

BIRNI KO‘RIB FIKR QIL...

Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo miqyosida kuniga 17 ming bola turli kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumayotir. Besh yoshdan kichik har uch boladan biri hujjatlarda rasman qayd etilmaydi. Har yili 10 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smir va o‘spirinlarning ikki millioni immunitet tanqisligidan aziyat chekmoqda. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning yarmi (yiliga uch millioni) ochlik tufayli vafot etyapti. Ming-minglab bola qarovsiz, himoyasiz qolayotir. Ayrim davlatlarda ko‘chada tug‘ilib, ko‘chada ulg‘ayadiganlar bor. Ko‘chada suyagi qotgan bola kelajakda jamiyatning ongli a’zosi bo‘ladimi yoki jinoyat olamining dastyorimi buni taxmin qilish mumkin. Boshpana, himoya, ko‘pning ko‘magiga ehtiyoj sezib kun kechirgan boladan atrofdagilar biror nima talab qilishga haqlimikin?!

Shukrki, bizning yurtda hech bir qora ko‘z ko‘chada qolmaydi, bolajon xalqimiz, g‘amxo‘r davlatimiz taqdir taqazosi bilan qarovsiz qolganlarni voyaga yetkazib, to‘g‘ri yo‘lga solish uchun mas’ul. Ammo ayrim ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi muqaddas rishtalar-chi, uzilib ketaveradimi? Yo‘q, qon-qonimizga singib ketgan qadriyatlar  bunga yo‘l bermaydi.

 

Xolida FAYZIYEVA 

MAHALLA — HAYOT MAKTABI

Yaqinda qishloqda yashaydigan qarindoshlarimizdan bir ito‘yqildi. Ixcham, ortiqcha xarajatlarsiz va dabdabalarsiz o‘tgan to‘y shunaqa fayzli, chiroyli ko‘rindiki, uzun-uzun «avtokarvon»larsiz, tovushi quloqni qomatga keltirib «etti mahallaga eshitiladigan» musiqalarsiz ham shunday ajoyib to‘y qilsa bo‘lar ekan-ku, deya o‘yladim.

Read more...

EZGU NIYATLAR AMALIYOTGA

Tikuvchilikka Dildoraning mehri yoshligidan tushgan. Ha, demay maktab hayoti ham orqada qoladi. Yo o‘qishga kirishi yoki hunar etagidan tutishi kerak, deb o‘ylardi u o‘zicha. O‘ziga qolsa jon deb tikuvchilik kursiga borgan bo‘lardi. Buning uchun tuman markaziga qatnashi kerak. Masofa anchagina olis. Qishlog‘idagi yagona tikuvchi Mehriniso opa esa hamqishloqlarining buyurtmasidan ortmaydi.

Buni qarangki, chin dildan xohlasang niyating yo‘ldosh bo‘lar ekan. Bir kuni qishloqqa yoshlarga tikuvchilik sirlarini o‘rgatadigan o‘quv markazi mutaxassislarining o‘zi kelibdi deng. Buni eshitgan Dildora birinchi tala bgorlardan bo‘lib chiqdi. Endi u sevgan kasbining egasi bo‘lishi aniq. Saboq jarayonlari tezlashtirilgan bo‘lsa-da Dildora barcha sir-asrorlarni tezda o‘zlashtirib oldi.

Read more...

HUNAR CHASHMA ERUR...

Qachon bo‘lsayam ko‘ylaklarimizning tugmasi o‘ynoqlashib qolishi bor - hech bo‘lmasa bir marta. Qo‘yavering, tushsa tushar o‘sha tugma. Shuginani qaytib joyiga qadash ham ish bo‘ptimi? Ammo... o‘sha dam onamiz, opamiz va yo singlimiz barmog‘iga nogoh igna kirib, “voh” deb yuborganida ko‘ngildan nelar o‘tmaydi. Igna go‘yo o‘zimizga sanchilgandek seskanib ketamiz. Kun kelib bu yumush kelinchak zimmasiga tushganida o‘zni qanday tutamiz ekan - tag‘in ham etimiz jimirlab ketarmikin yoki uquving yo‘q, deya do‘q uramizmi?

Read more...

HUNARDAN ZAR UNAR

Yurtimizning boshqa hududlari qatori Namangan viloyatida ham tadbirkorlik, kasanachilik kabi sohalarga ustivor ahamiyat berilmoqda. Bu esa pirovardida yalpi hududiy mahsulotlar hajmining oshishida muhim omil bo‘layotir.

Xususan, Namangan viloyatini 2014 yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga doir hisobotdan ko‘rinishicha, o‘tgan davr mobaynida yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur'atlari 109,7 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari, iste'mol mollari  ishlab chiqarish, qurilish va boshqa sohalardagi o‘sish ham 7-21 foizni tashkil etgan.

Read more...

“QUYOSHDAY MEHRIBON VATANING - ONANG”

Bundan roppa-rosa yuz yil ilgari Xivada bir qiz tug‘ildi. Bir qiz emas, gul qiz tug‘ildi - Anabibi. Qizgina qiz bo‘lib boshqa tengdoshlari kabi beshtosh o‘ynamadi, bola bo‘lib bolalik ko‘rmadi. To‘qqizida qo‘llari go‘dak tutarga kelib, o‘zgalar bolasini yig‘lasa ovutdi. O‘ynatdi. Ko‘tardi. Boqdi. Non topdi. Chindan Onabibi bo‘ldi.

Kun qiyomdan og‘di. Husayn og‘a Ismoilov (tuman xalq maorifi mudiri) uyiga tun qoraytib qaytayotgan qizaloqni ko‘rib qoldi-yu, shunchaki o‘tib ketmadi. O‘tib ketolmadi. Yuragi uvushdi. Bibini, uning akasi Polvonni ham bolalar uyi tarbiyasiga olib bordi. O‘zi esa ularning oilasini oziq-ovqat bilan ta'minlashga ko‘makdosh bo‘ldi...

Read more...

MEHR GULLARIGA SUYANIB...

Odam dunyoda faqat o‘z huzur-halovatini ko‘zlab yashamaydi. Har kim o‘z kuniga omon bo‘lsinu, ammo turmushimizni yaxshilash har jihatdan o‘zimizga bog‘liq. “O‘z uying - o‘lan to‘shaging” deganlaridek, hammaning o‘z vatanida tinchgina yayrab yashaganiga nima yetsin! Qolaversa, O‘zbekistondek serquyosh o‘lka, mehridaryo xalqi  qayerda bor?! Afsuski, tinch va osuda kunlarga shukr qilmasdan, behisob mol-dunyo orttirish ilinjida allaqaysi yurtlarni kezib, ovorai jahon bo‘lganlarning birortasi xursand emas. Musofirchilikning og‘ir damlarini boshdan kechirib, boy bergan sog‘ligi, toptalgan or-nomusini endi qaytarib bo‘lmasligini tushunib, ich-ichidan afsus-nadomatlar chekayotgani, pushaymonlari yolg‘iz bir o‘ziga ayon. Axir, qaysi bet bilan qo‘ni-qo‘shnilari, yaqinlariga o‘z dilbandlarini yolg‘iz  qoldirib, o‘zi yetti yot kimsalarning bolalariga enagalik qilgani yoki keksa ota-onasini qarovsiz tashlab  begonalarning yaqinlariga mehr-oqibat ko‘rsatganini aytsin?!

Read more...

UNUTILMAS LAHZALAR

Yangi yil bolajonlarning g‘aroyibotlarga to‘la bayrami. Shuning uchun ham uni orziqib kutishadi. Ertaknamo Qorboboning tashrifi, yam-yashil archa atrofidagi shodon o‘yin-kulgular, har kimga o‘zi orzu qilgandek sovg‘alarning ulashilishi bayram shukuhini chandon oshiradi. Hatto kattalar ham bunday zavqdan bebahra qolishmaydi.

YAqinda Samar­qand viloyati XTMFMT va TE bo‘limi tasarrufidagi 63-maxsus maktab-internatida bo‘lgan bayram ham ana shunday ko‘tarinki ruhda o‘tganiga guvoh bo‘ldik. Unda maktab tarbiyalanuvchilari bilan bir qatorda ko‘plab homiy tashkilot vakillari  ishtirok etdilar.

Read more...

ILOJSIZLIK QURBONLARI

 U uzoqdan yaltirab ko‘ringan nur tomon chopib borardi. Qancha yugurmasin yo‘l qisqarish o‘rniga uzayib ketayotgandek. Bor kuchi bilan yugurar, sillasi qurib, oyoqlari chalishar, lekin sira manzilga yetolmasdi. Holdan toyib borayotganda nogahon yo‘lidan chiqqan tuzoq uni qulatdi. Yordam so‘rab dodladi, biroq ovozini hech kim eshitmadi, hatto o‘zi ham...

Read more...

SOG‘LOM AVLOD - SOG‘LOM KELAJAK

Xalq, millat salomatligi bugun har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi. Ayniqsa, nihoyasiga yetayotgan yilda yosh avlod kamoloti yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. “Sog‘lom bola - avvalo, sog‘lom va ahil oilaning mevasidir, degan hayotiy hikmatdan kelib chiqqan holda, yil davomida oilada o‘zaro hurmat muhitini, uning iqtisodiy va ma'naviy asoslarini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni himoyalash, opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, ularning qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi”, deya ta'kidlagandi Yurtboshimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida.

Read more...

IZLANISHLAR SAMARA BERMOQDA

Har qanday kishi ham yaxshi yashay, turmushim to‘kis bo‘lsin, deydi. Shu niyatda tinim bilmay o‘z maslaklari tomon intiladi. Ayni kunda farovonlikning maqbul yo‘li - ishbilarmonlik. Chunki keyingi yillarda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor samarasi o‘laroq mulk egalarining oshig‘i olchi. Ular o‘z turmush tarzini yaxshilash bilan bir qatorda mamlakatimiz rivojiga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Masalan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, shu yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 54 foizni tashkil etdi.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

July 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31

.