HUNAR CHASHMA ERUR...

Qachon bo‘lsayam ko‘ylaklarimizning tugmasi o‘ynoqlashib qolishi bor - hech bo‘lmasa bir marta. Qo‘yavering, tushsa tushar o‘sha tugma. Shuginani qaytib joyiga qadash ham ish bo‘ptimi? Ammo... o‘sha dam onamiz, opamiz va yo singlimiz barmog‘iga nogoh igna kirib, “voh” deb yuborganida ko‘ngildan nelar o‘tmaydi. Igna go‘yo o‘zimizga sanchilgandek seskanib ketamiz. Kun kelib bu yumush kelinchak zimmasiga tushganida o‘zni qanday tutamiz ekan - tag‘in ham etimiz jimirlab ketarmikin yoki uquving yo‘q, deya do‘q uramizmi?

Read more...

HUNARDAN ZAR UNAR

Yurtimizning boshqa hududlari qatori Namangan viloyatida ham tadbirkorlik, kasanachilik kabi sohalarga ustivor ahamiyat berilmoqda. Bu esa pirovardida yalpi hududiy mahsulotlar hajmining oshishida muhim omil bo‘layotir.

Xususan, Namangan viloyatini 2014 yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga doir hisobotdan ko‘rinishicha, o‘tgan davr mobaynida yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur'atlari 109,7 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari, iste'mol mollari  ishlab chiqarish, qurilish va boshqa sohalardagi o‘sish ham 7-21 foizni tashkil etgan.

Read more...

“QUYOSHDAY MEHRIBON VATANING - ONANG”

Bundan roppa-rosa yuz yil ilgari Xivada bir qiz tug‘ildi. Bir qiz emas, gul qiz tug‘ildi - Anabibi. Qizgina qiz bo‘lib boshqa tengdoshlari kabi beshtosh o‘ynamadi, bola bo‘lib bolalik ko‘rmadi. To‘qqizida qo‘llari go‘dak tutarga kelib, o‘zgalar bolasini yig‘lasa ovutdi. O‘ynatdi. Ko‘tardi. Boqdi. Non topdi. Chindan Onabibi bo‘ldi.

Kun qiyomdan og‘di. Husayn og‘a Ismoilov (tuman xalq maorifi mudiri) uyiga tun qoraytib qaytayotgan qizaloqni ko‘rib qoldi-yu, shunchaki o‘tib ketmadi. O‘tib ketolmadi. Yuragi uvushdi. Bibini, uning akasi Polvonni ham bolalar uyi tarbiyasiga olib bordi. O‘zi esa ularning oilasini oziq-ovqat bilan ta'minlashga ko‘makdosh bo‘ldi...

Read more...

MEHR GULLARIGA SUYANIB...

Odam dunyoda faqat o‘z huzur-halovatini ko‘zlab yashamaydi. Har kim o‘z kuniga omon bo‘lsinu, ammo turmushimizni yaxshilash har jihatdan o‘zimizga bog‘liq. “O‘z uying - o‘lan to‘shaging” deganlaridek, hammaning o‘z vatanida tinchgina yayrab yashaganiga nima yetsin! Qolaversa, O‘zbekistondek serquyosh o‘lka, mehridaryo xalqi  qayerda bor?! Afsuski, tinch va osuda kunlarga shukr qilmasdan, behisob mol-dunyo orttirish ilinjida allaqaysi yurtlarni kezib, ovorai jahon bo‘lganlarning birortasi xursand emas. Musofirchilikning og‘ir damlarini boshdan kechirib, boy bergan sog‘ligi, toptalgan or-nomusini endi qaytarib bo‘lmasligini tushunib, ich-ichidan afsus-nadomatlar chekayotgani, pushaymonlari yolg‘iz bir o‘ziga ayon. Axir, qaysi bet bilan qo‘ni-qo‘shnilari, yaqinlariga o‘z dilbandlarini yolg‘iz  qoldirib, o‘zi yetti yot kimsalarning bolalariga enagalik qilgani yoki keksa ota-onasini qarovsiz tashlab  begonalarning yaqinlariga mehr-oqibat ko‘rsatganini aytsin?!

Read more...

UNUTILMAS LAHZALAR

Yangi yil bolajonlarning g‘aroyibotlarga to‘la bayrami. Shuning uchun ham uni orziqib kutishadi. Ertaknamo Qorboboning tashrifi, yam-yashil archa atrofidagi shodon o‘yin-kulgular, har kimga o‘zi orzu qilgandek sovg‘alarning ulashilishi bayram shukuhini chandon oshiradi. Hatto kattalar ham bunday zavqdan bebahra qolishmaydi.

YAqinda Samar­qand viloyati XTMFMT va TE bo‘limi tasarrufidagi 63-maxsus maktab-internatida bo‘lgan bayram ham ana shunday ko‘tarinki ruhda o‘tganiga guvoh bo‘ldik. Unda maktab tarbiyalanuvchilari bilan bir qatorda ko‘plab homiy tashkilot vakillari  ishtirok etdilar.

Read more...

ILOJSIZLIK QURBONLARI

 U uzoqdan yaltirab ko‘ringan nur tomon chopib borardi. Qancha yugurmasin yo‘l qisqarish o‘rniga uzayib ketayotgandek. Bor kuchi bilan yugurar, sillasi qurib, oyoqlari chalishar, lekin sira manzilga yetolmasdi. Holdan toyib borayotganda nogahon yo‘lidan chiqqan tuzoq uni qulatdi. Yordam so‘rab dodladi, biroq ovozini hech kim eshitmadi, hatto o‘zi ham...

Read more...

SOG‘LOM AVLOD - SOG‘LOM KELAJAK

Xalq, millat salomatligi bugun har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi. Ayniqsa, nihoyasiga yetayotgan yilda yosh avlod kamoloti yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. “Sog‘lom bola - avvalo, sog‘lom va ahil oilaning mevasidir, degan hayotiy hikmatdan kelib chiqqan holda, yil davomida oilada o‘zaro hurmat muhitini, uning iqtisodiy va ma'naviy asoslarini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni himoyalash, opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, ularning qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi”, deya ta'kidlagandi Yurtboshimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida.

Read more...

IZLANISHLAR SAMARA BERMOQDA

Har qanday kishi ham yaxshi yashay, turmushim to‘kis bo‘lsin, deydi. Shu niyatda tinim bilmay o‘z maslaklari tomon intiladi. Ayni kunda farovonlikning maqbul yo‘li - ishbilarmonlik. Chunki keyingi yillarda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor samarasi o‘laroq mulk egalarining oshig‘i olchi. Ular o‘z turmush tarzini yaxshilash bilan bir qatorda mamlakatimiz rivojiga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Masalan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, shu yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 54 foizni tashkil etdi.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

June 2019
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.