ERKIN SO‘Z MINBARI

Bundan 20 yil muqaddam O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida sobiq Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi, Milliy matbuot markazi hamda “Hurriyat” gazetasi rahbarlari bilan qariyb to‘rt soat suhbatlashib, matbuotningg jamiyatdagi o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bildirgan edi.

 

Yurtboshimiz, ayniqsa, “hurriyat” so‘zining ma’nosi haqida to‘lqinlanib gapirgan, yangi tashkil etilgan “Hurriyat” gazetasi milliy istiqlolga erishgan mamlakatimiz matbuotining chinakam bayroqdori bo‘lishi lozimligini, keyinchalik barcha OAV tsenzuradan ozod bo‘lib, “Hurriyat” yo‘lidan ketishini ta’kidlagan edilar.

Darhaqiqat, gazeta mustaqil O‘zbekistonda tsenzuradan ozod bo‘lgan ilk nashr sifatida erkin so‘z minbariga aylandi. Ijodkor sifatida hayotimning bir qismi shu qadrdon gazeta bilan bog‘liqligidan quvonaman.

2002 yilda menga Jahon gazetalari assotsiatsiyasi taklifiga binoan uning Bryusselda bo‘lib o‘tgan kongressida qatnashish va O‘zbekistonda matbuotni demokratlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qilish nasib etgan edi. O‘zbekistonda tsenzura bekor qilingani haqidagi xushxabarni butun kongress ishtirokchilari oyoqqa qalqib, qarsaklar bilan qarshi olgani hanuz yodimda. O‘shandan buyon “Hurriyat” jahondagi 900 dan ziyod ommaviy axborot vositalari kabi Jahon gazetalari assotsiatsiyasiga a’zodir. 

Yigit yoshiga yetgan qadrdon “Hurriyat” jamoasini hamda uning muxlislarini qutlug‘ sana bilan tabriklayman. U bundan buyon ham jamiyatimizdagi ilg‘or tajribalarni umumlashtiradigan, taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni ko‘rsatishdan cho‘chimaydigan, erkin so‘z va turfa fikrlar minbari bo‘lib qoladi, deb ishonaman!

 

Amirqul KARIMOV,

“Hurriyat”ning  2001–2003 yillardagi 

Bosh muharriri

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Xotin-qizlar doimiy e’tiborda

2017-11-16 11:05:39

MOZIYDAN TARALGAN NUR

2017-11-16 11:14:51

Ma’naviy talqin

2017-11-16 09:33:36

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2017
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30

.