Shu yurtda yashamoqlikning o‘zi omad

Bundan o‘n bir yil muqaddam davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator manfaatdor tuzilmalar hamkorligida o‘zbek matbuoti tarixida ilk marotaba Milliy mukofot ta’sis etildi va tanlovda ishtirok etish uchun e’lon berildi. “Oltin qalam” Milliy mukofoti shu tarzda yurtimiz mediaolamiga kirib keldi. Bu voqea mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi nufuzi va mas’uliyatini yanada oshirish uchun xizmat qilib kelyapti, shubhasiz. Ushbu mukofotni qo‘lga kiritishni orzu qiladigan va shunga loyiq hamkasblarimiz soni yildan-yilga ortib bormoqda. Har bir kasb egasi, jumladan, ijodkor xalqi ham rag‘batga ehtiyoj sezadi. Mazkur tanlov ana shu rag‘batga yo‘l ochib, jurnalistning iqtidorini sinovdan o‘tkazadi.

 

Ayni paytda barcha sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlar, ularning borishi, aholining turmush tarzi, madaniyati-ma’naviyatini yanada yuksaltirish uchun qabul qilinayotgan farmon va qarorlar ijrosini, odamlarning ushbu o‘zgarishlarga munosabatini, ularning quvonchu tashvishlarini o‘z vaqtida yoritib borish biz jurnalistlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shukrki, yurtimizda soha vakillari faqat ezguliklar, bunyodkorlik va yaratuvchanlik haqida so‘z yuritish uchun mas’ul. Qo‘shni mamlakatlardagi hamkasblarimiz esa inson qalbini larzaga soladigan qonli to‘qnashuvlar, odamlarning oldinga emas, necha yillab ortga qarab ketayotgan turmush tarzi, ko‘z yoshlariyu armonlarini qo‘li titrab yozishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday qiyosdan qalbimizga qayg‘u inadi, ammo birni ko‘rib fikr qil, ko‘pni ko‘rib shukr, deb bejiz aytilmagan. Biz o‘zimizga berilgan imkoniyat, shart-sharoitu omadning qadrini his qilishimiz va buni keng xalq ommasiga, ayniqsa yoshlar qalbiga singdirishda yetakchi bo‘lishimiz darkor. Chunki shunday jannatmonand yurtda yashamoqlikning o‘zi katta omad.    

Haqiqiy jurnalist o‘z vatani, el-yurti, insonlar manfaati uchun ijod qiladi, izlanadi. Xalqimiz ma’naviyati juda boy, odamlarimiz sofdil, samimiy. Ko‘rsatuvlar tayyorlaganda ko‘pincha aynan shu jihatga e’tibor beraman. Shu bois qahramonlarim mehnatsevar va soddadil insonlar. Men ham yuzlab hamkasblarim qatori ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lganim uchun avvalambor qahramonlarim va albatta kamtarona mehnatimni munosib baholagan insonlardan minnatdorman.


Saodat O‘RMONOVA – televideniya yo‘nalishi bo‘yicha 

1-o‘rin sohibasi:

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASL DEHQONLAR BOZORI

2017-12-07 12:23:10

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.