Korrupsiyaga qarshi kurashda OAV o‘rni

 

Bugun dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan birlamchi masalalardan biri korruptsiyadir. Unga qarshi kurashish xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Boisi ushbu illat islohotlarga jiddiy to‘siq bo‘lishi bilan birga o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida ham bevosita tahdid tug‘dirishi aniq.

 Shu sababdan mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq mazkur muammoga qarshi kurash masalalariga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida yurtimiz bu boradagi qator xalqaro hujjatlarni qabul qildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston BMTning korruptsiyaga qarshi Konventsiyasini ratifikatsiya qildi, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korruptsiya bilan kurash bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasiga qo‘shildi.

Mazkur yo‘nalishdagi e’tiborga molik ishlardan biri bu mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilganidir. «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi davlat apparati va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu xavfli illat bilan kurashdagi kuch va imkoniyatlarini birlashtirishda muhim omil bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyat mazmuni butunlay o‘zgardi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Faqat jazolash bilan qo‘rqitib, huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, balki noqonuniy harakatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish eng dolzarb vazifaga aylandi. Jumladan, joriy yilda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari hamda tijorat banklari rahbarlari tomonidan ko‘plab hududlarda aholi bilan sayyor qabullar o‘tkazildi. 

Bu muammoga qarshi kurashish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish, albatta, ommaviy axborot vositalari zimmasiga tushadi. OAV xodimlariga bu boradagi maqsad va vazifalarini tushuntirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish har qachongidan ham muhim vazifadir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Bosh Prokuratura hamkorligida Milliy matbuot markazida “Korruptsiyaga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni: yutuq va vazifalar” mavzuida seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi  ijodiy kengashlar a’zolari, Bosh Prokuratura vakillari, OAV xodimlari hamda jurnalistika fakulteti o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, ushbu jarayonda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki, bu yo‘ldagi yutuq va muammolar haqida so‘z yuritildi. Tadbirda “O‘zbekiston Konstitutsiyasi —  inson huquq va manfaatlari kafolati”, “Korruptsiyaga qarshi kurash: bugungi ahvol va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar”, “Korruptsiyaga qarshi kurashning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi masalalari” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

So‘zga chiqqanlar korruptsiya profilaktikasida OAV mas’uliyatini oshirish lozimligini ta’kidladilar. 

 

Go‘zal MALIKOVA,

“Hurriyat” muxbiri

Sholaziz SHOXIDOYEV olgan surat

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

January 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.