OAV — xalqning eng yaqin ko‘makchisi, demokratiya ko‘zgusi

Bugun insonlar xolis va to‘g‘ri axborotga har qachongidan ko‘proq muhtojdirlar. Jamiyat to‘g‘ri yo‘ldan dadil odimlashi uchun ham OAVning haqqoniylik va ochiqlik tamoyillari nihoyatda muhim.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasida, endilikda fuqarolarimiz har qanday davlat organi, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan huqu¬qiy axborotni hech qanday cheklovsiz olishi kafolatlanishini qat’iy ta’kidladi. Bu borada OAV xalqning eng yaqin ko‘makchisiga va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi lozimligini ta’kidlab, hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqish ular faoliyatidagi asosiy mezon bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Kecha poytaxtimizning EOAVMA mediahallida (Zarafshon kino-kontsert zali) o‘tkazilgan “Ommaviy axborot vositalari xalqning eng yaqin ko‘makchisi va demokratiya ko‘zgusi” nomli konferentsiya ham ayni shu masalalarga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Respublika Tovar-xom ashyo birjasi va Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir Prezidentimizning O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan jurnalistika sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi qoshidagi ijodiy kengashlar a’zolari, OAV vakillari, jurnalistika fakultetlari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Konferentsiyani O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining raisi Akmal Saidovlar ochib berdi. Respublika Tovar-xomashyo birjasi raisi Aziz Nagaev esa ikki tomonlama hamkorlik kelgusida soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidlab, OAV vakillariga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da OAV oldida turgan vazifalar keng muhokama qilinib, “Matbuot va axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni: yutuq va muammolar”, “Davlat Dasturi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tezkor va tahliliy yoritish masalalari”, “Global tarmoqda mamlakat hayotida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni yoritilishi: ustuvor vazifalar” mavzularida ma’ruza va munozaralar ham bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev bosma OAVning elektron nashrlar kabi ta’sirchanlik doirasini oshirish, gazetalarni o‘qishli qilish or¬qali obunachilar soni ortishiga erishish lozimligi to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdi. 

Mamlakatimizda madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘tgan yili madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”, 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 15 avgustdagi “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari milliy mediamuhitda, chinakam ma’noda, katta voqea bo‘ldi.

— Bugun televidenie yo‘nalishida ham qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, — deydi tadbir ishtirokchisi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Xayrulla Nuriddinov. — Mamlakatimizda va jahonda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar markaziy telekanallarimiz orqali tezkor va xolis yoritilmoqda. E’tirof etish kerak bo‘lgan yutuqlarimizdan biri qator davlat idoralari vakillarining shaxsan o‘zi televidenieda chiqishlar qilib, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni boricha aytishmoqda. O‘z o‘rnida, televidenie orqali yoritilayotgan aholini qiynayotgan ayrim muammolar va bu boradagi e’tirozlar ham tegishli mutasaddilar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining xorijiy davlatlarga qilgan tashrifi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Aytish kerakki, yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarimiz ham yo‘q emas. Hozir e’tiborimizni qaratishimiz kerak bo‘lgan eng muhim masala bu — ayrim teleko‘rsatuvlarimizning texnik sifati talab darajasida emasligi va ijodkor xodimlarning mavzuga noprofessional yondashuv holatlari kuzatilayotganidir. 

Shuningdek, konferentsiyada “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da OAV oldida turgan vazifalar keng muhokama qilinib, “Matbuot va axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni: yutuq va muammolar”, “Davlat Dasturi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tezkor va tahliliy yoritish masalalari”, “Global tarmoqda mamlakat hayotida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni yoritilishi: ustuvor vazifalar” mavzularida ma’ruza va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bosma OAVning elektron nashrlar kabi ta’sirchanlik doirasini oshirish, gazetalarni o‘qishli qilish orqali obunachilar soni ortishiga erishish lozimligi to‘g‘risida taklif va tavsiyalar berildi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Respublika tovar-xom¬ashyo birjasi o‘rtasida yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatilib, “Do‘stlar klubi” tuzilgan edi. Tadbir davomida ana shu klubning “Do‘st bilan obod uying” veb-sayti taqdimoti ham o‘tkazildi. Endilikda www.jurnalistlarklubi.uz yoki www.uzjk.uz elektron manzillari orqali uyushma faoliyati bilan yaqindan tanishish va ko‘plab jurnalistlarning ijod mahsullaridan bahramand bo‘lish mumkin. 

Tadbir yakunida harbiy vatanparvarlik mavzusida faol ijod qilib kelayotgan bir qator faol jurnalistlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Go‘zal MALIKOVA

SH.SHoxidoyev

olgan suratlar

 

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Fikrlaydiganlar mamlakati

2018-10-03 11:42:52

Kulrang bo‘ri

2018-10-03 11:58:50

Uyushma faoliyati tobora ...

2018-10-10 07:14:59

Rostga o‘xshagan yolg‘on. Misrning ...

2018-10-10 07:03:31

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

October 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.