Bebaho meros

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2018 yilda Termiz shahrida “Baxshilar maktabi” tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’dodli yoshlarni kashf etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni xalq og‘zaki ijodining boy xazinasi bilan yaqindan tanishtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

 

 Prezidentimizning 2018 yil 1 noyabrda qabul qilingan  “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ana shu noyob san’atimizni dunyoga tarannum etish uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyat, beqiyos g‘amxo‘rlik  namunasidir. 

Milliy dostonchilik va baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish yosh avlod qalbida unga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirish, xalqlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik, do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilib, ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. 

 “O‘zbekiston” NMIU tomonidan “O‘zbekiston baxshilari” nomli kitob albomining nashr etilishi mazkur xalqaro festivalga munosib tuhfa bo‘ldi. Yurtimizda yashab ijod etgan baxshi-shoir va oqinlarning ijodi, ular ijro etgan termalardan namunalar, shuningdek, ko‘plab fotosuratlari jamlangan mazkur albomda Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Bola baxshi, Islom shoir Nazar o‘g‘li, Qodir baxshi Rahim o‘g‘li kabi o‘nga yaqin ustoz baxshilar, Shoberdi Boltaev, Qahhor Rahimov, Qora baxshi Umirov, Abdunazar Poyonov, Yetmishboy Abdullaev,  Gulbahor Aqimbetova kabi yigirmadan ortiq mustaqillik yillarida “O‘zbekiston xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan baxshilar hamda ustozlaridan doston aytish sir-asrorlarini o‘rganib, yosh bo‘lsa-da, ko‘plab yutuqlarga erishayotgan Feruz Normatov, Ilhom Norov, Janibek Piyazov, Lola Mahammaddinova, Salamat Ayapov kabi baxshichilik san’atining yosh vakillari haqida batafsil ma’lumotlar o‘rin olgan. Albom taqdimoti xalqaro festival doirasidagi  ilmiy-amaliy anjumanda bo‘lib o‘tdi.   

Nazokat YUSUFJONOVA.

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

July 2019
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.