GAZETA – HAYOT OYNASI

Narpay tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida «Bosma nashrlar tahririyati ishini tashkil etish» mavzuida seminar o‘tkazildi.

Viloyat, tuman va shahar gazetalari muharrirlari, bosmaxona direktorlari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari O‘.Mirzayorov, uyushmaning viloyat bo‘limi raisi F.Toshev, Narpay tumani hokimi B.Yusupov bugungi globallashuv davri va tezkor axborot almashinuvi jarayonida ommaviy axborot vositalarida hayotni to‘laligicha aks ettirish nechog‘lik muhim ekanligi xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, tahririyatlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun va shu kabi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tamoyillar asosida faoliyat olib borishlari lozimligini ta’kidlashdi.

 Seminarda muharrir salohiyati, uning dunyoqarashi, ma’naviyati, umuman, bugungi kun jurnalistiga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yuritildi. Shahar va tuman gazetalari mazmun-mundarijasini boyitish hamda sifatini yaxshilashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, gazetada manzilli va hududiy dasturlarning berib borilishi, yangiliklarni yoritishda o‘ziga xoslikka erishish, nashrlarning ko‘proq tajriba almashishi lozimligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilari «Paxtakor ovozi» gazetasida bo‘lib, u yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tahririyat muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

 – Jurnalistika, matbuot sohasida ozmi-ko‘pmi ishlagan bir inson sifatida axborotu yangilikning qanchalik qudratli kuch ekanligini yaxshi his etaman, – deydi  «Paxtakor ovozi» gazetasi muharriri Toshpo‘lat Toshmurodov. – Qolaversa, XXI asrga axborot asri, deya ta’rif berilmoqda. Shunday ekan, bugun xoh markaziy, xoh biror tarmoq yoki hududiy nashr bo‘lsin, o‘zining asosiy vazifasini bajarishi lozim. Ya’ni, odamlarning kayfiyati, turmush-tarzi, mamlakatda sodir bo‘layotgan islohotlar, dunyodagi o‘zgarishlar gazetada o‘z aksini topsin. Bir so‘z bilan aytganda, mushtariy nashrni qo‘lga olganda ma’naviy ehtiyoj yuzasidan o‘qisin, mushohada yuritsin. Ongida ijobiy ma’noda yuksalish, o‘zgarish sodir bo‘lsin. Agar shu maqsadga erishilsa, jurnalistning obro‘si ham, jamiyatdagi o‘rni ham mustahkam bo‘ladi, nashr esa o‘zini oqlagan bo‘ladi.

– Bugungi tadbirda ishtirok etib, gazetaning hayotimizda tutgan o‘rni, ahamiyati haqidagi tasavvurlarim boyidi, – deydi tumandagi  13-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Yulduz Allanova. – O‘zim ham gazeta-jurnallarni muntazam o‘qib boraman. Ayniqsa, ta’lim tizimiga oid maqolalar, yangiliklarga qiziqaman. Sevimli gazetamiz – «Paxtakor ovozi»da ham shu mavzudagi maqolalar ko‘proq berilsa, yaxshi bo‘lardi.

Tadbir davomida ishtirokchilar jamoatchilik tomonidan obodonlashtirilgan Islom shoir qabrini ziyorat qildilar. Shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan chop etilgan «Islom shoir» deb nomlangan kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi.

– Mazkur kitobning chop etilishi nafaqat men kabi baxshi-oqinlarni, balki barcha narpayliklarni quvontirdi, – deydi O‘zbekiston xalq baxshisi Ziyodulla Islomov. – Ochig‘i, ushbu kitobni katta hayajon, ulkan taassurotlar bilan o‘qib chiqdim. Chunki unda otam, elimizning alp farzandi – Islom shoirning ovozi, xarakteri, yuragi urib turibdi. Ulug‘ oqin haqidagi maqolalarni o‘qib, otamga ko‘rsatilgan ehtiromdan ta’sirlandim.

Husan ELTOYEV

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Oltinimiz mo‘l. Tillamiz-chi?

2018-09-12 13:02:55

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

«Qalamimni tortib ololmaysiz!» Keksa ...

2018-09-12 13:11:24

Shubhali giyoh

2018-08-29 14:03:40

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.