JAMOATCHILIK NAZORATI OAV E’TIBORIDA

Samarqandda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida «Sog‘­lom ona va bola yili» Davlat dasturi ijrosini nazorat qilishda OAVning o‘rni va roli» mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

 Davlat dasturi ijrosini nazorat qilishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining roli nimalarda ko‘rinadi, dastur ijrosini yoritishda qaysi jihatlarga ahamiyat berilishi kerak? Tadbirda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Senati a’zosi N.Rabbimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Pardaev ushbu masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

— Jamoatchilik nazoratining to‘rtta sub’ektidan biri ommaviy axborot vositalari hisoblanadi, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Pardaev. – Jurnalistlar jamiyatdagi voqea-hodisalardan bir qadam oldinda yursagina mazkur nazoratni amalga oshirishda samaradorlikka erishishi mumkin. Ommaviy axborot vositalarida Davlat dasturi ijrosi yuzasidan ko‘plab axborotlar berib boriladi. Mazkur axborotlarda belgilangan vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlarga ham e’tibor qaratilishi lozim.

Tadbir doirasida shuningdek, «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati qoshida tashkil etilgan «Jurnalistik mahorat maktabi» tinglovchilariga sertifikatlar ham topshirildi. O‘n yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mazkur maktab tinglovchilari bugun viloyatdagi qator ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

— Tinglovchilar soni yildan-yilga oshib boryapti, — deydi «Jurnalistik mahorat maktabi» rahbari Farmon Toshev. — O‘tgan yillar davomida 15-20 nafar tinglovchi mahorat mashg‘ulotlariga qatnagan bo‘lsa, bu yil ularning soni 30 nafarga yaqinlashdi. Eng muhimi, maktab turli sohada tahsil olayotgan, ishlayotgan yoshlarni qamrab olgan.

2016 yilgi Mahorat maktabi ting­lovchilarining maqolalari tuman, shahar, viloyat, respublika miq­yosidagi matbuotlarda nashr etildi. Olti oy vaqt mobaynida bosma nashrlar, televidenie, radio, internet jurnalistikasi bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

— Teleboshlovchilarga, muxbirlarga havasim ulg‘ayganim sari maqsadga aylana boshladi, — deydi Samarqand-STV televideniesi Yoshlar telestudiyasi rahbari, «Mening yurtim» telekanalining viloyatdagi muxbiri Mo‘’tabar Nurmuhammedova. – «Kamolot» loyihalarida ishtirok etib yurgan kunlarimda Harakat qoshida yoshlar studiyalari tashkil qilinayotganini eshitib qoldim. Bu men uchun katta imkoniyat edi, uni qo‘ldan boy bermadim. Ammo lavhalar tayyorlash jarayonida sohada bilishim kerak bo‘lgan nazariy jihatlar talaygina ekanligini tushundim. «Zarafshon» tahririyati qoshida mahorat maktabi borligini, u yerda barcha yoshlar ting­lovchi sifatida ishtirok etishi mumkinligini eshitgach, bu ham men uchun bir imkoniyat ekanligidan quvondim. Mazkur mahorat maktabini 2009 yilda tugatdim va o‘rganganlarim bugunga qadar menga asqotib kelmoqda, qator tanlovlardagi yutuqlarimga omil bo‘ldi.

— Mashg‘ulotlar davomida jurnalistika nazariyasi bilan bir qatorda jamiyatimizdagi yangilanishlardan ham doimiy ravishda boxabar bo‘lib turdik, — deydi mahorat maktabining joriy yilgi tinglovchisi Valijon Murtazoev. – O‘tgan vaqt mobaynida tajribali jurnalistlardan kasb saboqlarini oldik. Qolaversa, viloyat teleradiokompaniyasi, bosmaxona faoliyati bilan joyiga borib yaqindan tanishdik. Maqolalarimiz mahorat maktabining «Ziyo» o‘quv gazetasida, viloyat nashrlarida chop etildi.

Anjuman davomida 25 nafar ting­lovchiga gazeta qoshidagi «Jurnalis­tik mahorat maktabi»ni muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

 Gulruh MO‘MINOVA

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Oltinimiz mo‘l. Tillamiz-chi?

2018-09-12 13:02:55

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

«Qalamimni tortib ololmaysiz!» Keksa ...

2018-09-12 13:11:24

Shubhali giyoh

2018-08-29 14:03:40

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.