O‘ZBEKISTONDA INTERNET JURNALISTIKA

O‘zbekistonda internet jurnalistika paydo bo‘lgan ilk davrda uning istiqboli mavhum tuyulgan. O‘zbekistonda tom ma’nodagi internet jurnalistika 2000 yillar o‘rtalaridan shakllana boshlagan. Bu albatta, texnik taraqqiyot bilan bog‘liq jarayon edi. O‘sha paytlarda internet jurnalistikaning o‘zbek segmentida yangiliklar saytlari barmoq bilan sanarli edi. Ularning yarmidan ko‘prog‘i muxolif saytlar edi.

Read more...

OAV — xalqning eng yaqin ko‘makchisi, demokratiya ko‘zgusi

Bugun insonlar xolis va to‘g‘ri axborotga har qachongidan ko‘proq muhtojdirlar. Jamiyat to‘g‘ri yo‘ldan dadil odimlashi uchun ham OAVning haqqoniylik va ochiqlik tamoyillari nihoyatda muhim.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasida, endilikda fuqarolarimiz har qanday davlat organi, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan huqu¬qiy axborotni hech qanday cheklovsiz olishi kafolatlanishini qat’iy ta’kidladi. Bu borada OAV xalqning eng yaqin ko‘makchisiga va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi lozimligini ta’kidlab, hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqish ular faoliyatidagi asosiy mezon bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Kecha poytaxtimizning EOAVMA mediahallida (Zarafshon kino-kontsert zali) o‘tkazilgan “Ommaviy axborot vositalari xalqning eng yaqin ko‘makchisi va demokratiya ko‘zgusi” nomli konferentsiya ham ayni shu masalalarga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Respublika Tovar-xom ashyo birjasi va Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir Prezidentimizning O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan jurnalistika sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi qoshidagi ijodiy kengashlar a’zolari, OAV vakillari, jurnalistika fakultetlari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Konferentsiyani O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining raisi Akmal Saidovlar ochib berdi. Respublika Tovar-xomashyo birjasi raisi Aziz Nagaev esa ikki tomonlama hamkorlik kelgusida soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidlab, OAV vakillariga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da OAV oldida turgan vazifalar keng muhokama qilinib, “Matbuot va axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni: yutuq va muammolar”, “Davlat Dasturi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tezkor va tahliliy yoritish masalalari”, “Global tarmoqda mamlakat hayotida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni yoritilishi: ustuvor vazifalar” mavzularida ma’ruza va munozaralar ham bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev bosma OAVning elektron nashrlar kabi ta’sirchanlik doirasini oshirish, gazetalarni o‘qishli qilish or¬qali obunachilar soni ortishiga erishish lozimligi to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdi. 

Mamlakatimizda madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘tgan yili madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”, 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 15 avgustdagi “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari milliy mediamuhitda, chinakam ma’noda, katta voqea bo‘ldi.

— Bugun televidenie yo‘nalishida ham qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, — deydi tadbir ishtirokchisi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Xayrulla Nuriddinov. — Mamlakatimizda va jahonda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar markaziy telekanallarimiz orqali tezkor va xolis yoritilmoqda. E’tirof etish kerak bo‘lgan yutuqlarimizdan biri qator davlat idoralari vakillarining shaxsan o‘zi televidenieda chiqishlar qilib, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni boricha aytishmoqda. O‘z o‘rnida, televidenie orqali yoritilayotgan aholini qiynayotgan ayrim muammolar va bu boradagi e’tirozlar ham tegishli mutasaddilar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining xorijiy davlatlarga qilgan tashrifi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Aytish kerakki, yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarimiz ham yo‘q emas. Hozir e’tiborimizni qaratishimiz kerak bo‘lgan eng muhim masala bu — ayrim teleko‘rsatuvlarimizning texnik sifati talab darajasida emasligi va ijodkor xodimlarning mavzuga noprofessional yondashuv holatlari kuzatilayotganidir. 

Shuningdek, konferentsiyada “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da OAV oldida turgan vazifalar keng muhokama qilinib, “Matbuot va axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni: yutuq va muammolar”, “Davlat Dasturi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tezkor va tahliliy yoritish masalalari”, “Global tarmoqda mamlakat hayotida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni yoritilishi: ustuvor vazifalar” mavzularida ma’ruza va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bosma OAVning elektron nashrlar kabi ta’sirchanlik doirasini oshirish, gazetalarni o‘qishli qilish orqali obunachilar soni ortishiga erishish lozimligi to‘g‘risida taklif va tavsiyalar berildi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Respublika tovar-xom¬ashyo birjasi o‘rtasida yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatilib, “Do‘stlar klubi” tuzilgan edi. Tadbir davomida ana shu klubning “Do‘st bilan obod uying” veb-sayti taqdimoti ham o‘tkazildi. Endilikda www.jurnalistlarklubi.uz yoki www.uzjk.uz elektron manzillari orqali uyushma faoliyati bilan yaqindan tanishish va ko‘plab jurnalistlarning ijod mahsullaridan bahramand bo‘lish mumkin. 

Tadbir yakunida harbiy vatanparvarlik mavzusida faol ijod qilib kelayotgan bir qator faol jurnalistlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Go‘zal MALIKOVA

SH.SHoxidoyev

olgan suratlar

 

 

 

"Rahbar bo‘lsang, KITOB O‘QI!"

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaa¬si va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida" 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qaroriga asosan O‘zbekis¬ton matbuot va axborot agentligi kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.

Read more...

PORTRET SAN’ATINING USTASI

Ulug‘ insonlar suhbatini olish, ularga shogird bo‘lish juda katta baxt. Men ana shunday baxtiyor insonlardanman. Negaki, O‘zbekiston xalq rassomlari Abdulhaq Abdullaev, Chingiz Ahmarov, Ne’mat Qo‘ziboevlardan, ko‘pchilik qatori men ham san’atning nozik sirlarini o‘rgandim.

Read more...

“NIMA,QACHON,QAYERDA ”ga javob izlab

Bugun dunyoda yuz berayotgan voqealardan xabardor bo‘lish insoniyatning zarur ehtiyojlaridan biriga aylandi. Ularni voqea-hodisalardan xolis va haqqoniy xabardor qilish talabi, o‘z navbatida, jurnalistikada yangilik janrini paydo qilgan.

Read more...

Tvda SO‘ZLASHUV MADANIYATI

Bugungi kunda elektron OAVda adabiy til me’yorlariga rioya etmaslik holatlari tez-tez uchraydi. Ayniqsa, og‘zaki muloqotga asoslangan ko‘rsatuvlarda so‘zlashuv uslubida “gaplashayotgan” boshlovchilar, ularning savollariga javob beruvchi respondentlar nutq madaniyati qoidalarini buzayotganliklariga ko‘nikib ham qoldik. Tobora odatiy tusga kirgan bu holat chuqur ilmiy tahlillar uchun mavzu bo‘la oladi.

Read more...

BIZ QANDAY JURNALISTMIZ?!

Gapning indallosi shuki, jurnalist uchun Vaqt hamisha qadrli bo‘lgan. Undan unumli foydalanilmagan soniyalar boy berilgan hisoblanadi. Xabarning xaridori ko‘p. Shuning uchun jurnalist daqiqalarni ham nihoyatda qadrlashi kerak. O‘z vaqtida yetkazilgan xabarning egasi bo‘lgan jurnalist maydondan g‘olib chiqqan pahlavonga o‘xshaydi. Bu bitta masala. Ikkinchisi — jurnalistikaning kuchi hamisha to‘g‘ri so‘zda. Hamma gap uni qanday aytishda. Quloqqa tosh tiqmaslik kerak. “Yaxshi gapga ilon ham inidan chiqadi” degani aynan jurnalistikaga taalluqli, desak xato qilmaymiz. So‘zni eshitgan odamning ko‘nglida insof, diyonat eshiklari ochiladigan darajada aytishga bugun ehtiyoj katta.

Read more...

MAQSAD — xalq manfaatlariga xizmat qilmoq

Milliy matbuotimizga asos solingan dastlabki yillarda “Maqsad va maslagimiz — xalq manfaatiga xizmat etmak” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan ma’rifatparvar bobolarimizning sharafli ishlariga tarixning o‘zi guvoh. Istiqlol quyoshi porlagan bugungi kunlarda millat ma’naviyati deya jonfidolik qilgan ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislari shakllanib kelayotgani, boshqacha aytganda, o‘zbek jurnalistikasi tom ma’noda rivojlanish va dunyoga bo‘ylashish pallasida turgani Vatanimiz ijodkorlarini, shubhasiz, mehnatsevarlik, fidoyilik va izlanuvchanlik sari ruhlantirayotir.

Read more...

Soha rivojiga munosib hissa

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san’atimizni rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo‘llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida batafsil fikr bildirib, ularning hozirgi ahvoli haqida to‘xtalar ekan, ayniqsa ijodiy uyushmalarning moddiy imkoniyatlarini yaxshilash, soha xodimlarining to‘laqonli faoliyat yuritishlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasida fikr yuritib, yurtimizdagi yetakchi ijodiy tashkilotlarning “Do‘stlar klublari”ni tashkil etishni taklif qilgan edi.

Read more...

FARG‘ONADA JURNALISTLAR MEDIALAGERI BOSHLANDI

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi kelgusi besh yillik taraqqiyotimizni belgilab beradigan muhim hujjatdir. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida uning mazmun-mohiyati qanday yoritilmoqda? Jurnalistlar ularning mazmunini keng jamoatchilikka yetarli darajada yetkazib bera olyaptimi?

Read more...

Yosh jurnalistlar kengashdi

Yaqinda Respublika Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi Yosh jurnalistlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Read more...

“MUSTAQIL JURNALIST” KIM O‘ZI?

Asosiy faoliyati axborotni to‘plash va tarqatish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jurnalist kasbi faoliyatiga ta’rif berishda bir yoqlama yondashuvning to‘g‘ri kelmasligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Read more...

Korrupsiyaga qarshi kurashda OAV o‘rni

 

Bugun dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan birlamchi masalalardan biri korruptsiyadir. Unga qarshi kurashish xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Boisi ushbu illat islohotlarga jiddiy to‘siq bo‘lishi bilan birga o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida ham bevosita tahdid tug‘dirishi aniq.

 Shu sababdan mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq mazkur muammoga qarshi kurash masalalariga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida yurtimiz bu boradagi qator xalqaro hujjatlarni qabul qildi.

Read more...

“Men istagan hayot olddadir”

 She’riyat insonning ichki dunyosi, qalbining tub-tubiga olib kiradigan sirli olam! Iztirob. Og‘riq. Bedorlik. Bedorlikdan olingan ruhiy quvvat. Ana shu kuchdan aqlimiz, xayolimiz, tafakkurimiz tiniqlashib boraveradi. Qaniydi, hamma ham dunyoga bir lahzagina shoir nigohi bilan qarasa, hayotdan zavqlanib yashardi. Tiriklik mo‘’jizasi ham aynan – shunda! 

Read more...

NAVOIYNING ENG YAQIN DO‘STI

Iste’dod buyuk ne’matdir. Biroq ilm-ma’rifatsiz u ham qanotsiz qushga o‘xshab qoladi. Deylik, Alisher Navoiy bolaligidan mutolaaga mehr qo‘ymaganida Navoiy bo‘larmidi? Abdulla Qodiriy yoshligidan xorijiy tillarni o‘rganib (u 18 yoshida Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirganida uchta chet tilini bilardi: arab, fors va rus tillarini), jahon adabiyotini o‘qishga kirishmaganida, milliy romanchilik maktabiga asos sola olarmidi?!

Read more...

O‘G‘RINING HIKOYASI

O‘shanda o‘n ikki yoshda edim. Sinfdoshim Rasul bilan maktabdan qaytayotgandik. U o‘qishga qiziqmas, qayoqdagi oldi-qochdi gaplarga, afsonaviy, favqulodda narsalarga ishonar, tasavvuridagi mo‘’jizalarga qiziqar, bo‘lgan-bo‘lmagan voqealarni gapirib yurardi. Bezoriligi ham bor edi. Mening fe’lim unikiga umuman o‘xshamasa ham, u bilan doim birga maktabga borib-kelardik.

Read more...

KITOB BOR JOYDA QALB UYG‘ONADI

 

“O‘qing va o‘rganing. Jiddiy kitoblarni o‘qing, qolganini hayotning o‘zi beradi”, degan edi Fedor Dostoevskiy.  Haqiqatan bugun o‘qilishi zarur bo‘lgan jiddiy kitoblar ko‘p. Buning uchun esa sharoit, muhit va vaqt sinovidan o‘tgan asarlarning targ‘ibotini yaxshilashni hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining “Barkamol avlod – yurt kelajagi” nomli grant loyihasini amalga oshirayotgan Qibray tumanidagi “Iftixor” mahallasida bo‘lib o‘tgan  seminar-trening ham  yoshlarni kitobga qiziqtirishda oila, mahalla va maktabning tutgan o‘rni, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlandi. To‘g‘ri, birovga majburlab kitob o‘qitib bo‘lmaydi. Lekin odam erkin fikr yuritishi, eng ezgu tuyg‘ularni qalbiga olib kirish uchun ham muntazam kitob yoki gazeta o‘qib turishi kerak.

Read more...

SO‘Z — KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARIGA

Farmon TOSHEV, 

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi, “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri:

– Bugun Prezidentimizning jurnalist oldiga, ommaviy axborot vositalari va umuman ijodkorlar oldiga qo‘yayotgan vazifalari muhokama etildi. Jurnalist mas’uliyatini oshirish haqida so‘z borganda, nafaqat respublikamizda, balki jahonda ro‘y berayotgan voqealarga ham o‘z vaqtida munosabat bildirish lozimligi qayd etildi. Ijod mahsullarimizni, voqeliklarga munosabatimizni avvalambor mamlakatimiz OAVda, iloji bo‘lsa, xorij matbuotida ham chop ettirishga erishishimiz kerak. 

 Tovar-xomashyo birjasi bilan Jurnalistlar ijodiy uyushmasi o‘rtasida memorandum, do‘stlik klubi tuzilganidan mamnun bo‘ldik. 

Yana e’tibor qaratish kerak bo‘lgan bir qancha masalalar bor: avvalo, Uyushma qoshida jurnalist kadrlarni qayta tayyorlash kursi bo‘lishi zarur. Jurnalistika fakultetlarida sirtqi bo‘limni ochish haqida ham gap bo‘ldi. Masalan, Samarqand davlat universitetida xuddi shunday bo‘limni ochish mumkin, chunki boshqa hududlar kabi bizda ham yosh kadrlarga ehtiyoj bor. Keyin, “O‘zbekiston matbuoti” jurnali xususiy sektor qo‘liga o‘tgan ekan, menimcha, “O‘zbekiston jurnalisti” degan yangi nashrni tashkil qilib, muntazam chiqishini ta’minlash, uni hamma o‘qiy olishi uchun arzon bahoda chop etish kerak. Yana bir taklif: jurnalistlar klublari, kengashlari ishini yaxshi yo‘lga qo‘yib, ularga tajribali kadrlarni jalb qilish lozim. U yoki bu viloyatda har bir masalani operativ hal qiladigan taniqli jurnalistlar ishtirokidagi bunday yig‘ilishlar OAVda muntazam berib borilsa yaxshi bo‘lardi. Bularning hammasidan maqsad – milliy jurnalistikamiz nufuzini, kadrlar salohiyatini oshirishdan iborat.

 

Muhammadjon OBIDOV, 

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi:

— Yurtboshimizning ijodkor ziyolilarga, jumladan, jurnalistikaga qaratayotgan e’tibori, soha rivoji yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlari barcha ijod ahlini birdek quvontirdi. Ushbu e’tiborning samarasi o‘laroq, qalam ahlini birlashtirib turuvchi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi ayni kunlarda moddiy-texnik bazasini yangilash, qator tashkilotlar bilan hamkorlikda turli loyihalar ustida ish olib borish arafasida. Shuni ta’kidlash kerakki, uyushmaning hududiy bo‘limlari faoliyati ham ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. 

Har bir hududiy uyushmalar jurnalistlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va mahorat masalalariga alohida e’tibor qaratishlarini istardim. Ma’lumki, jurnalistika sohasida qabul kvotalari kamligi sababli joylarda ko‘plab nomutaxassis kadrlar faoliyat olib bormoqda. Birgina Farg‘ona viloyatida 80 dan ziyod bosma OAV bo‘lsa, shularda ishlayotgan 56 foiz xodim professional jurnalistik malakaga ega emas. Asosiy vazifamiz ana shunday jurnalistlarni qayta o‘qitish muammosini ijobiy hal qilishdan iborat. 

Shuningdek, yurtimizda va xorijda faoliyat olib borayotgan jurnalistlarni fikr almashish, tajriba o‘rganish maqsadida o‘zaro hamkorlikka jalb etish ham juda muhim. 

 

Sherjon MASHARIPOV, 

“Xiva tongi” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi:

— O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining bugungi yig‘ilishida eng e’tibortalab masala — Uyushmaning istiqboldagi vazifalari belgilab olindi va muhokama mavzusiga aylandi. 

Prezidentimizning joriy yil 3 avgustda ijodkor ziyolilar bilan o‘tkazgan yig‘ilishidagi nutqini hayajon bilan tinglagan edim. Uchrashuvdan so‘ng esa o‘zim va jamoamga tegishli qator vazifalarni belgilab chiqdim. Avvalo, har bir viloyat va tuman gazetalarida o‘rta hisobda 20-50 nafardan Uyushma a’zosi ishlashini inobatga olib, shahar va tuman gazetalarining jurnalistlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini tubdan o‘zgartirish, ya’ni doimiy ishlaydigan tashkilotga aylantirish lozim deb o‘ylayman. Ikkinchidan, viloyat bo‘limlari faoliyatini kuchaytirish, jamoatchilik komissiyalari ishini qayta tashkil etish, tajribali jurnalistlarni respublika bo‘ylab viloyatlarga va xorijiy nashrlarga tajriba almashish uchun xizmat safarlarini davomli yo‘lga qo‘yish ham kelgusida amalga oshiriladigan ishlardir. Bu hamkasblarimiz faoliyatiga o‘z ijobiy samarasini beradi. Uchinchidan, gazetalarimiz ta’sirchanligini, mazmundorligini yanada oshirish har qachongidan ham muhim vazifadir. Shuningdek, nashrlarni o‘qishli qilgan holda ularning tirajini ham oshirishga erishish zarur. Bundan tashqari, gazeta muassislari bilan ham samarali hamkorlikni, jumladan fidoiy jurnalistlar haqida kitoblar tayyorlash, yosh va iqtidorli yoki uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan tajribali jurnalistlarni ham moddiy,  ham ma’naviy rag‘batlantirishni muntazam yo‘lga qo‘ya olsak, aminmanki, ezgu maqsadlarimiz yo‘lida ayni muddao bo‘lardi.

 

“Hurriyat” muxbirlari X.FAYZIEVA, 

G.MALIKOVA yozib oldi.

 

 

 

FAOLIYATGA TAHLILIY NAZAR

O‘tgan hafta Respublika Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari, uyushmaning hududiy bo‘limlari rahbarlari, jurnalistika fakultetlarining yetakchi  o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Read more...

Ma’naviy talqin

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi muassisligida nashr etilayotgan «Ma’naviy hayot» jurnalining 2017-yildagi 3-soni nashrdan chiqdi.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

July 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31

.