KARVON KO‘P, RIZQI BO‘LAK...

Matbuotni jamiyat va davr ko‘zgusi deyishadi. Darhaqiqat, o‘z fikr-mulohazalarimizni erkin ifoda etadigan minbar aynan ommaviy axborot vositalaridir. Bugun yurtimizda ming­lab OAV faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, viloyatimizda ham ular safi kengaymoqda. “Karvon ko‘p, rizqi bo‘lak” deganlaridek, bugun axborot asrida tashkil topayotgan har bitta ommaviy axborot vositasining o‘z o‘rni, o‘z ovozi bor. Ularning har biri o‘ziga xos uslubda keng ommani zarur axborotlar bilan ta’minlamoqda. Bu borada mahalliy nashrlar faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Read more...

HUQUQ VA BURCH UYG‘UNLASHGANDA...

“O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi”, - degan edi Sitseron. Burch bilan huquq bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni ayro tasavvur etish qiyin. Chunki huquqini yaxshi bilgan odam burchini ham ado eta oladi. Shu orqali hayotda o‘z o‘rnini topadi, jamiyat uchun xizmat qiladi.

Huquqiy madaniyat rivoji har qanday muammo yechimining asosiy mezonidir. Jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonuniylikni mus­tahkamlashga yo‘naltirilgan targ‘ibotga alohida e'tibor qaratilayotganining asosiy sababi ham shunda.

Read more...

TOSHKENT TELEKANALI: QIYOFA VA MAZMUN

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, umuman, televideniyemiz taraqqiyotning ajralmas bir bo‘lagi sifatida istiqlol yillarida jadal rivojlandi, rivojlanmoqda. O‘zbekistonda televideniye ish boshlaganida birgina kanal bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib o‘ndan ortiq kanal faoliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya zamonaviy texnikalar bilan dunyodagi eng rivojlangan davlatlar televideniyesidan qolishmaydigan darajada jihozlangani ko‘rsatuvlar saviyasida o‘z ifodasini topmoqda. Talantli, izlanuvchan telejurnalistlarning safi ortib, kanallarning ijodiy xodimlari o‘rtasida izlanish, sog‘lom raqobat kuchaydi. Buni teletomoshabin e'tiborini tortadigan, biri ikkinchisini takrorlamaydigan ko‘rsatuvlardan ham bilsa bo‘ladi. Hamma kanallarda yuqori saviyada tayyorlanayotgan ko‘rsatuvlar ko‘p. Ammo biz «Toshkent» telekanalidagi o‘zgarishlar haqida to‘xtalishni maqsad qildik.

Read more...

JURNALIST SIYOSATCHI...MI?

Globallashuv jarayonida mamlakatlar, mintaqa, hudud va xalqaro tashkilotlar manfaatlari doirasi tobora kengayib borayotgan bir paytda axborot olish, undan to‘g‘ri va samarali foydalanish mas'uliyati ham kun sayin ortib bormoqda. Mafkura poligonlarining xurujlari yadro poligonlariga nisbatan tobora kuchayib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, masalaning naqadar dolzarbligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.

Read more...

BUGUNGI «ZARAFSHON», UNING IZDOSHLARI

Kasb taqozosiga ko‘ra «Zarafshon» - «Samarkandskiy vestnik», viloyat, shahar, ba'zi tuman gazetalarining o‘tgan yil oxirlari, yangi yil boshlaridagi ayrim taxlamalarini ko‘zdan kechirish, materiallar bilan tanishish imkoni tug‘ildi. Kam sonli materiallarni o‘qib nashrlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish, tugal xulosalar chiqarish qiyin, albatta. Lekin muhim tamo­yillarni aniqlash, yetakchi tendensiyalarni tanish mumkin, albatta.

Birinchi tamoyil nashrlar viloyat hayoti ko‘zgusi vazifasini bajarib, jamoatchilik fikrini shakllantirib, omma ongi, shuuriga ta'sir ko‘rsatib kelmoqda. «Zarafshon» gazetasi tahririyati tomonidan nashr etilgan «Samarkand viloyati 2014 yilda» nomli 58 betlik kitobchada bir yilda bo‘lib o‘tgan muhim voqyealar oyma-oy, kunma-kun muntazam qayd etib borilgan. Ushbu ma'lumotnomaga qarab ham vohaning nafasi, tomir urishini anglash, his etish mumkin.

Read more...

INTERNET VIDEOKONTENTI:MUAMMO VA YECHIMLAR

Internet - reallikning ko‘zgudagi aksi, raqamli in'ikosi. U ijtimoiy hayotga yangicha shakl va mazmun bag‘ishladi. Davlat boshqaruvi, ishlab chiqarish, ijod, ta'lim, muloqot singari hodisalar qatorida OAV tizimi ham virtual kenglikdan joy oldi. Ular alohida axborot vositalaridan tarkib topgan ko‘p tarmoqli mexanizm emas, balki tipologik jihatdan qorishiq, uyg‘un mediatuzilmalar sifatida qayta shakllandi. Avval matbuot nashrlaridan boshlangan jarayon keyinchalik radio va televideniyeni ham qamrab oldi.

Ayni vaqtda milliy axborot makonida barcha ommaviy axborot vositalari o‘z veb-saytiga ega bo‘lib, bu resurslardan kontent tarqatishning qo‘shimcha kanali sifatida foydalanmoqda. Shuningdek, faqat veb-kenglikda faoliyat olib boruvchi elektron matbuot nashrlari auditoriyasi ham kengayib bormoqda. Global tarmoq foydalanuvchilariga moslashtirilgan internet-radiokanallar shakllanmoqda. An'anaviy televideniyega muqobil va raqobatchi tuzilma internet-telekanallar OAVning virtual makonga ko‘chish jarayo­nida yakuniy nuqta bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur vaziyatda internet-jurnalistika, veb-dizayn va dasturlash sohalariga ixtisoslashgan yuqori malakali kadrlar taqchilligi sezilayapti. Bu borada asosiy mas'uliyat oliy ta'lim muassasalari zimmasiga tushadi. Shuningdek, jurnalistika ta'limi jarayonida OAV tiplariga ko‘ra ixtisoslashuv bilan bir qatorda virtual makonda ishlab biladigan, universal kadrlarni tayyorlashga ham e'tibor qaratish lozim.

2013 yil may oyida O‘zbekiston hududida internet-foydalanuvchilar soni (mobil Internet foydalanuvchilari bilan birgalikda) 10 milliondan oshdi. Bu mamlakat aholisining 1/3 qismi bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich jadal sur'atlarda o‘sib bormoqda. Demak, kelgusida tashkil etilishi kutilayotgan internet-telekanallar mediamahsulotiga qiziquvchi auditoriyani barpo etish borasida muammoga duch kelinmaydi.

Internet-telekanallar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda yana bir to‘siq moliyalashtirish bilan bog‘liq. Shu jihatdan on-line telekanalni tashkil etishda dastlab g‘alati vaziyat vujudga kelishi mumkin. Reklama beruvchilar ishonchini qozonish, kapital jalb qilish uchun resursning ko‘p sonli auditoriyasini asos qilib olish eng samarali usuldir. Biroq bu auditoriyani yig‘ish, saytni “aylantirish” uchun, avvalo, mablag‘ kerak. Bunday vaziyatda dastlabki sarmoya qayerdan topiladi? Boshlang‘ich kapitalsiz ham on-line telekanal faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkinmi? Ha, mumkin. Buning uchun mediaresurs kontentini dastlab videoxostinglar orqali tarqatish va shu orqali doimiy auditoriyani qamrab olish maqsadga muvofiqdir.

Uznet miqyosida tele ham­da videotranslyatsiyalar borasidagi muammolardan yana biri www.mtrk.uz saytining milliy professional televizion kontent tarqatish borasida yagona vakillik resursi ekani bilan bog‘liq. Albatta, O‘zMTRK tarkibidagi telekanallarning umumiy manbaga birlashtirilganligi ko‘p jihatdan ijobiy holat. Jumladan, barcha markaziy teleradiokanallar mazmun-mundarijasi bilan yagona veb-saytda tanishish imkoniyati foydalanuvchilar uchun ancha qulay. Bu vaziyatda teledasturlarni on-line rejimida tomosha qilish yoki videoarxiv materiallarini ko‘zdan kechirish uchun turli resurslarga murojaat qilish shart emas. Biroq mazkur vaziyatda teleradiokanallar ijodiy faoliyatiga oid kamchiliklar yaqqol seziladi. Kontent va uslubning o‘xshashligi, raqobat munosabatlari shakllanmagani singari muammolar shular sirasiga kiradi.

Mazkur sharoitda, eng avvalo, veb-sayt “tashrif qog‘ozi”ga aylanib qolmasligi lozim. Buning uchun esa uni virtual kenglik qonuniyatlariga rioya qilgan holda yuritish, ushbu jarayonga professional veb-dizayner, IT-mutaxassislar, internet-jurnalistlarni jalb qilish darkor.

Uznet videokontentida keng tarqalgan yana bir muammo mualliflik huquqi bilan bog‘liq. Bu ayniqsa, videoxosting hamda kollektor saytlarda keng tarqalgan va quyidagi ko‘rinishlari uchraydi:

Âtelevizion efirdan yozib olingan, boshqa veb-resurslardan yuklab olingan veb-videoning joylashtirilishi;

Âsaytga joylashtirilgan videomateriallarga resurs logotipining qo‘yilishi;

Âvideofayllarni yuklab olish imkoniyatining mavjudligi.

Umuman olganda, mualliflik huquqi masalasi internet miqyosida dolzarb muammolardan biri bo‘lib, huqu­qiy jihatdan uning maqbul yechimini topish ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. O‘zbekiston sharoitida global tarmoq, telekommunikatsiyalar taraqqiyoti va faoliyatining prinsiplariga oid qator qonun hujjatlari qabul qilingan, biroq internet-translyatsiyalarning aynan ijodiy aspektlari milliy qonunchilikda e'tibordan chetda qolmoqda. Shunga ko‘ra, internetda taqdim etilgan mualliflik videokontenti O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunidagi audiovizual asarlarga bag‘ishlangan bandlar or­qali tartibga solinadi. Biroq Qonunning 15-moddasida bunday tipdagi asarlarga berilgan ta'rif veb-videoning barcha jihatlarini qamrab olmagani seziladi:

“Audiovizual asar mualliflari (hammualliflari) quyidagilardan iboratdir:

Âsahnalashtiruvchi rejissyor;

Âssenariy muallifi;

Âmuayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asari;

Âsahnalashtiruvchi operator;

Âsahnalashtiruvchi rassom...”

Bu mezonlar jamoaviy ijodiy faoliyatga asoslangan televizion hamda kinokontentga mos bo‘lib, veb-videoning ayrim ko‘rinishlarinigina qamrab oladi. Videoxostinglarga joylashtiriladigan mualliflik materiallarini huquqiy jihatdan tartibga solish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Shuningdek, UTube, Mover hamda MyTube portallaridan video yuklab olish xizmati ham mualliflik huquqi jihatidan muammolidir. Ammo UTube mazkur holatda yuqorida nomi keltirilgan Qonunning 26-moddasini asos qilib, o‘z faoliyatini yuklab olingan materiallarni ta'lim-tarbiya jarayonida ko‘rgazmali vosita sifatida qo‘llash imko­niyati bilan izohlashi mumkin. Shuningdek, MyTubedagi barcha videomateriallarni portal logotipi bilan belgilash mualliflik huquqining ham buzilishi, ham muhofazalanishi sifatida baholanishi ahamiyatlidir. Ya'ni portalni bu o‘rinda ma'lum ma'noda turdosh huquq sub'­yekti sifatida o‘z huquqini himoyalayotgan sanash mumkin. Biroq kontentda mualliflik huqu­qiga zid keluvchi jihatlarning mavjudligi resursni muammoli vaziyatga solib qo‘yadi.

Xullas, Uznet videokontenti qisqa vaqt mobaynida shiddatli tadrijiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, bugungi kunda unda televizion va videokontent rang-barangligini kuzatish mumkin. YAqin besh yilda mavjud muammolar o‘z yechimini topishi kutilmoqda. Bu borada esa internet audiovizual kontentining huquqiy kafolatlarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

 

Gulnoza NAJMIDDINOVA,

O‘zMU jurnalistika fakulteti o‘qituvchisi

DAXLDORLIK HISSI

Jurnalist - jamiyatda kechayotgan voqyeliklarga xolis munosabatchi, mavzuga yondashuvda o‘z qarashlariga ega shaxs. Uning jamiyatga daxldorligi boshqalarga nisbatan ko‘proq hamdir. Davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda: “Bugungi kunda siyosat haqida gapirganda - siyosatchi, iqtisodiyot haqida - iqtisodchi bo‘lib fikr yuritishni, ma'naviyat va ma'rifat haqida ma'rifatchi, hayotiy-falsafiy muammolar xususida faylasuf bo‘lib bahsga kirishishni - mana shunday yuksak qobiliyat va mahoratga ega bo‘lishni hayotning o‘zi jurnalistlarimiz oldiga eng muhim vazifa qilib qo‘ymoqda”.

Read more...

IJOD HAM BIR SAODATDIR

Yaqinda jurnalistika sohasida “Oltin qalam” X Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov shartlari matbuotda e'lon qilinganini o‘qib, hayajonlanib ketdim. Ikki yil oldin men ham o‘sha tanlovda qatnashib, g‘oliblar qatoridan joy olarmikanman, deb yurgan edim. Nasib etgan ekan, tanlovning matbuot yo‘nalishida mening ishlarimga ijobiy baho berildi.

O chig‘i, oramizda faqat tanlov uchun yozishga o‘rganib qolgan hamkasblar ham yo‘q emas. O‘zini va kasbini hurmat qilgan jurnalist tanlov uchun deb yoki shunchaki o‘tirib yozolmaydi. Ko‘rganiyu ko‘nglidan kechirganini qog‘ozga to‘kmasa, yuragi yozilmaydi uning. Kasbga mas'uliyatni men shunday tushunaman. Bunda jurnalistning hamrohi - qalam, e'tiqodi - so‘z, vijdoni - haqiqat. Bu qalamga “oltin” maqomning berilishi esa jurnalist uchun katta baxt. Bugun men ana shunday baxtiyor jurnalistlar safida ekanimdan xursandman. “Oltin qalam” milliy mukofoti zimmamizga ulkan mas'uliyat yuklashi bilan birga so‘z aytmoq bilan aytmoqning far­qini ham bildirib o‘tyapti.

Read more...

“OLTIN QALAM” - MUNOSIB RAG‘BAT

Qalam ahli hamisha rag‘batga, ayniqsa ma'naviy rag‘batga ehtiyoj sezadi. Qalbidan chiqib, qog‘ozga to‘kilgan so‘z jamoatchilik fikrini uyg‘ota olsa, jamiyatning, davr­ning dolzarb masalasi bo‘lib e'tibor topsa, ijodkor maqsadiga erishib, yengil tin oladi. Ushbu muhim So‘zning qadr topishi, munosib taqdirlanishi esa ijodkorga madad, kuch-g‘ayrat, mas'uliyat bag‘ishlaydi.

Read more...

MAXSUS MUXBIR KIM?

“Nega jurnalist bo‘lmoqchisiz? Bu axir xavfli kasblar sirasiga kiradi-ku. Bir yilda qancha muxbir bevaqt olamdan o‘tishi, nechtasining hayotiga suiqasd qilinishini bilasizmi?” degandi bir domlamiz o‘zining ilk darsidayoq. Kamiga u so‘zini davom ettirib, fikrlarini sonlar bilan isbotlagani ham esimda. Endigina talaba bo‘lgan kezimizda, dabdurustdan aytilgan bu gaplarni balki kimdir hazilga yo‘ygan, boshqa birov kasb tanlovidagi jasoratidan faxrlangandir, ammo men rosti qo‘rqqandim... 

Read more...

E'TIROF E'TIBORDAN BOSHLANADI

Bugun axborot maydonida raqobatning kengayib borayotgani OAV zimmasiga yanada katta mas'uliyat yuklamoqda. Mediabozorda ko‘ngildan joy ola bilgan nashrlar va audiovizual vositalar o‘z xaridori va muxlisini topib ketaveradi.

Read more...

IJTIMOIY TARMOQLAR:QULAY VA FOYDALISINI TANLANG

Texnikaning kun sayin rivojlanib borayotgani, eng avvalo, hayotimizni yanada yengillashtirishga xizmat qilayotir. Shuning barobarida ayrim yoshlar bugungi texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgani ham bor gap.

Ayni kunda zamonaviy uyali aloqa vositalarini ko‘tarib yurish o‘quvchilar uchun ham odatiy hol bo‘lib qoldi. Ular ko‘cha-ko‘yda uchratgan biror-bir qiziqarli voqyea-hodisani kadrga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishga harakat qilishadi. Xullas, bu kabi texnik yutuqlar aksariyat yoshlarning «men»iga aylanib ulgurdi.

Hammamiz ham ijtimoiy tarmoqlarda so‘zlashamiz, o‘z profilimizni boyitamiz. Bunda aniq bir obraz paydo bo‘ladi, lekin u ko‘pincha haqiqatda mavjud obrazdan farq qilishi mumkin. Ko‘plar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z obrazini ko‘klarga ko‘tarib yuboradi. Ayniqsa, yoshlar. Ular tarmoqqa eng sara rasmlarini joylaydi, ma'lumotlarni tez-tez yangilaydi. Tabiiyki, ijtimoiy tarmoqlarda uning faolligi boshqalarda mazkur shaxsga qiziqishni keltirib chiqaradi.

Qarabsizki, “internet tufayli sayyoraning istalgan joyi tezda turli soha yangiliklari bilan ta'minlanishi mumkin. Ana shu tufayli insoniyat “umumiy uy”, “umumiy taqdir”, albatta, umumiy tashvishlarga ham ega bo‘ldi”. 

Read more...

DO‘STLIK MINBARI

Mamlakatimizda zamonaviy dizaynda   jamiyat hayotining barcha jabhalarini ifoda etayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy, ma'naviy, ma'rifiy, reklama va e'lonlarga boy rangli bezakli jurnallar soni ko‘payib bormoqda. Hozirgi paytda 300 dan ortiq ana shunday jurnallar o‘quvchilarning, bir so‘z bilan aytganda, ma'naviy-ma'rifiy ozuqasiga aylanib ulgurdi. Darvoqye, “Matbuot” do‘konlariga nazar tashlasangiz ushbu nashrlarni ko‘rib, ko‘zingiz quvonadi, bir zumda o‘zingizga yoqqanini xarid qilasiz, albatta. 

Read more...

“INSON HUQUQLARI - JURNALIST NIGOHIDA” TANLOVI YAKUNLANDI

 

Yaqinda Toshkentda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Inson huquqlari - jurnalist nigohida” nomli respublika tanlovining yakunlari bo‘lib o‘tdi.

Read more...

MUAMMOLI MAQOLALAR TALQINI

 

(“Oila davrasida” gazetasi misolida)

Bugungi kunda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalar haqida tezkor xabar berishning o‘zi yetarli emas. “Inson o‘zi ko‘rgan, guvohi bo‘lgan voqyea-hodisalarni boshqalarga yetkazadi, xabar qiladi... Ammo u bilan chegaralanib qolmaydi, hayotda ko‘rgan, guvohi bo‘lgan ayrim faktlarni bir-biriga qo‘shadi, bir-biridan ajratadi, ularning kelib chiqish sabablari va pirovard oqibatlarini, tub mohiyatini bilishga intiladi, baholaydi, ma'qullaydi yoki inkor qiladi va hokazo”, deydi yozuvchi va publitsist M.Xudoyqulov. Darhaqiqat, aynan mana shu omil jurnalistlarga voqyelik haqida xabar berish bilan birga, uni tahlil qilish, baholash va shuning natijasida ma'lum xulosalarga kelish talabini qo‘yadi. Ushbu talablarni bajarish vositasi sifatida tahliliy janrlar ishga tushadi.

Read more...

“JONLI KUNDALIK” YOXUD AXBOROT XURUJIGA QARSHI FIKR DEVORI

Axborot uchun kurashda birinchilik kimning, kimlarning qo‘lida? Albatta, jurnalist va OAV xodimlarining, deyishingiz mumkin. Biroq so‘nggi paytlarda fuqarolik jurnalistikasi fenomenini vujudga keltirgan yangi toifa vakillari - bloggerlarning paydo bo‘lgani masalaga boshqacha yondashuvni talab etadi. Xo‘sh, bloggerlar aslida kimlar? Ular qachon va qanday qilib axborot bozorini mahv etdilar? Professional OAVga raqobatbardosh kuchga aylangan bloggerlar qachon minglab kishilik auditoriyani o‘z atrofida to‘plashga ulgurdi?

Read more...

ISMIGA MUNOSIB SIYMO

Xudoybergan Devonov yurtimizda fotografiya, kinematografiyaga tamal toshini qo‘ygan, yuzlab noyob suratlar, ko‘plab hujjatli filmlar yaratgan zot hisoblanadi.

Xudoybergan o‘sib, ulg‘a­yib, o‘qib, o‘rganib qutlug‘ nomiga munosib iste'dod sohibi bo‘lib yetishadi. O‘z davrida xon saroyida xizmat qilgan otasi Nurmuhammad Devonov zehni o‘tkir, tirish­qoq o‘g‘lining ma'rifatli ziyoli bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoitni yaratib beradi.

Read more...

“ZARAFSHON”NING SOYASI HAMMAGA HAM YETMAYDI


Ingliz gazetasi “Gardian” bosh muharriri J.Ferbining fikricha, “auditoriyani doimo allaqanday favqulodda, g‘ayritabiiy xabarlar o‘ziga tortadi. Bizga yoqadimi-yo‘qmi, muvaffaqiyatli tugagan barcha qatnov - safarlardan ko‘ra yagona aviatsiya halokati odamlarni ko‘proq qiziqtiradi”.

G‘arblik hamkasbimizning fikrida jon bor. Har qalay, mushtariy matbuot saviyasini “bo‘lib o‘tdi” qolipidagi axborotlar bilan emas, tanqidiy chiqishlar bilan o‘lchaydi. Bu borada Samarqand viloyatining bosh nashri - “Zarafshon” gazetasi boshqa mahalliy va markaziy nashrlarga ham o‘rnak bo‘lgulik salohiyatga ega.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

O‘ng qo‘ling berganini CHAP QO‘LING ...

2018-06-20 12:19:48

Qadimiy va BETAKROR

2018-06-20 12:31:32

Ko‘p yo‘nalishli gazeta

2018-06-20 12:22:26

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

June 2018
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

.