Oltin vasvasasi. Buxoro amirligining maxfiy xazinasi qayerda?
- Created on Wednesday, 26 December 2018 12:59
- Written by Super User
- Hits: 332
Asli kasbi qishloq xo‘jalik texnikasi bo‘yicha muhandis-mexanik va konstruktor bo‘lgan ushbu esse muallifi J.Murtazoev uzoq yillar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida xizmat qilgan fidoyi hamyurtlarimizdan. Mamlakatimizning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini mustahkamlash yo‘lida jasorat namunalarini ko‘rsatgan. Qator davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Esse to‘liq holda “Yoshlik” jurnalida chop etiladi.
Gdlyanning millionlari: afsonami, haqiqat? Mafiyaning chapak chalishi va Gdlyan sog‘lig‘i uchun qadah ko‘tarishigina qolgandi
- Created on Wednesday, 12 December 2018 11:41
- Written by Super User
- Hits: 324
Gdlyan bilan Ivanov nima sababdan shunday qilishdi, desangiz, ular shunchaki jinoyatchi shaxslar bilan til biriktirib, ularni sudga tortmaslikni va’da qilishgan, evaziga boshqa shaxslarga nisbatan guvohlik berishlari kifoya edi. Ularning bergan guvohliklari nechog‘li to‘g‘riligi bilan hech kimning ishi bo‘lmagan. Gdlyan sermashaqqat ishdan, xo‘jalik faoliyatini, savdodagi ahvolni atroflicha o‘rganishdan shunchaki voz kechdi. U shug‘ullanganida edi, o‘zi uchun ko‘p narsalarni kashf etardi. O‘z vaqtida Davlat xavfsizlik qo‘mitasi tergovchilari Buxoro shahar sanoat mollari savdosi tashkilotida taftish o‘tkazishni belgilagan edilar. 1983 yil 12 dekabrda 1610 varaqdan iborat akt Gdlyanga yuboriladi. Taftish davomida bir necha yuz ming so‘mlik kamomad, 87 ming so‘mlik ortiqcha qimmatbaho narsalar borligi va 200 ming so‘mlikdan ziyod tovar hech bir asossiz qayta baholangani aniqlanadi. Ammo, taftish aktini Gdlyan ishga tirkamaydi, aksincha uni gumdon qiladi.
“Uning boyliklari umrlarga teng”. Shoirning hamrohi xayol, hayoti xayol, qismati xayol.
- Created on Wednesday, 12 December 2018 11:39
- Written by Super User
- Hits: 320
Bolaligimda akamga qo‘shilib chamasi olti oylar maktabga borganim esimda. Shunda o‘qituvchi endi harf o‘rganayotgan bolakaylarga ertagu dostonlar, she’ru matallar o‘qib berardi. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni barcha o‘quvchilarning diliga hayratu hayajon bag‘ishlagani yodimdan chiqmaydi.
Ikki dunyo bir qadam. O‘g‘lim, bolangga yaxshilikni o‘rgataver, yomonlikni hayotning o‘zi o‘rgatadi
- Created on Tuesday, 27 November 2018 16:31
- Written by Super User
- Hits: 360
Bolakayga maktabdan o‘qituvchisi xat berib yubordi. Onasi maktubni ovoz chiqarib o‘qib berdi:
Gdlyanning millionlari: afsonami, haqiqat? Ular mafiyaning panohida ish yuritgan
- Created on Tuesday, 27 November 2018 16:28
- Written by Super User
- Hits: 360
Ishni arz qilgan odamdan boshladik. U tergovchilar o‘zi bilan qanday “muomalada” bo‘lganliklarini oqizmay-tomizmay gapirib berdi. O‘g‘lini qamash bilan qo‘rqitishganlaridan keyin u o‘ziga tuhmat qilishga majbur bo‘ladi. Gdlyan doim undan pul talab qilardi. Salim Rahmonov shunday xotirlaydi: “...1987 yil qishda meni yana Moskvaga, Butirka turmasiga olib kelishdi. Bu yerda Gdlyan mendan 300 ming so‘m berishimni talab qila boshladi. Buning evaziga o‘g‘limni bo‘shatib yuborishni va’da qildi. O‘g‘lim 10 kundan beri qamoqda edi. Menga beriladigan jazoni esa bor-yo‘g‘i besh-olti yilga kamaytirishini aytdi.
Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699
Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699
Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252
Gdlyanning millionlari:afsonami, haqiqat? Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi
- Created on Tuesday, 20 November 2018 16:27
- Written by Super User
- Hits: 408
Davomi. Boshi 42-46-sonlarda
Shunda birdan Ismoilov men tomonga tez-tez yurib keldi, u o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, hayajonlanardi. Menga murojaat qilib, Karakozov Ibrohimovdan pullarni olgach, orqasini o‘girib diplomat oldiga kelganligini, tik turgan holda pullarni diplomatga joylaganini va payt poylab turib, hech kim kuzatmayotganiga ishonch hosil qilgach ikki dasta pulni kitelining ichki cho‘ntagiga solganligini, buni o‘z qo‘zi bilan ko‘rganligini aytdi. Keyin Islomov bu 50 va 100 talik pullar edi, deb tushuntirdi. Biz ehtiyotsizlik qilib, bemalol gaplashibmiz.
Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699
Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-90.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699
Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252
Adolat g‘alaba qilishi zarur. Chingiz Aytmatov — jurnalist va publitsist
- Created on Tuesday, 20 November 2018 16:21
- Written by Super User
- Hits: 445
Taniqli yozuvchilar odatda taniqli publitsistlar ham bo‘lishadi. Mashhur yozuvchilarning ko‘pjildlik kitoblarini varaqlab ko‘rsangiz, keyingi jildlarini publitsistika — maqola, taqriz, intervyu, suhbat, esse, ocherk, feleton, nutq, xat, kundaliklari egallaganiga ishonch hosil qilasiz.
Gdlyanning millionlari: afsonami, haqiqat? Tergovchining diplomati pulga liq to‘la edi
- Created on Wednesday, 14 November 2018 10:22
- Written by Super User
- Hits: 412
Davomi. Boshi 42-45-sonlarda
Tintuvga chaqirilgan xolislarni topib, ularni so‘roq qila boshladik. E.Invareva bergan guvohligi g‘oyatda qiziqarli. Oliy pedagogika ma’lumotiga ega, vijdoniga aslo dog‘ tushurmagan, mutlaqo manfaatdor bo‘lmagan bu ayol shunday hikoya qiladi: “Tintuv tugagach, protokol tuzgan tergovchi tilla taqinchoqlar solingan uchta qutichani o‘z diplomatiga joyladi.
Absurddagi ma’no va maqsad
- Created on Wednesday, 14 November 2018 10:07
- Written by Super User
- Hits: 465
Absurd haqida qachon, qaerda, qanday davrada gap ketsa, birinchi galda, u hayotning ma’nisizligini, yashashning qizig‘i yo‘qligini targ‘ib qiluvchi adabiy oqim ekanligi ta’kidlanadi. Shunda beixtiyor xayolimizga “Agar absurd, chindan ham, hayotning ma’nisiz, turmushning tuturuqsiz ekanligini targ‘ib qilsa, adabiyotning ma’nisizlik, mantiqsizlikni tasvirlashidan, targ‘ib qilishidan nima foyda? Axir, har qanday adabiy asar insonni hayotdan zavqlanishga, o‘z orzu-niyatlariga yetishga, ma’lum maqsad bilan yashashga va unga erishish uchun kurashishga undashi shart emasmi? Bu vazifasini bajara olmasa, uning insoniyatga nima keragi bor?
Gdlyanning millionlari: afsonami, haqiqat? Tintuv o`tkazilgan uy besh xonadan iborat bo`lgan. Besh tergovchi va uch xolis kelgan.
- Created on Wednesday, 14 November 2018 10:03
- Written by Super User
- Hits: 345
1983 yil 17 oktyabrda shaxsiy tintuv o`tkazilgan chog`ida ayblanuvchi Rahmonov yonidan 92 so`m 50 tiyin pul chiqqan, 400 so`mlik tilla uzuk va 245 so`mlik “Orient” soati olingan. Ushbu pul va qimmatli buyumlarning bundan keyingi taqdiri haqida hech qanaqa ma’lumot yo`q. Ishni sudga Gdlyan yo`llagan. Ammo, Rahmonovdan olingan pul va buyumlar haqida hech narsa demagan. Rahmonov esa o`ziga tegishli buyumlarni qaytarib berishlarini so`rab bir necha bor shikoyat yozgan.
Gdlyanning millionlari: afsonami, haqiqat? “O‘zingni, xotining va bolalaringni qamaymiz!” “Diplomat pul bilan liq to‘la edi.”
- Created on Wednesday, 24 October 2018 12:52
- Written by Super User
- Hits: 396
“Garov”da ushlab turilganlarga taalluqli materiallarni sudga taqdim etishmaganligining yana bir sababi — ular tergov soxtalashtirilganligini oshkor qilib qo‘yishdan xavfsirashgan.
Bolalar dunyosida yashayotgan adib. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi TO‘XTABOYEV bilan suhbat
- Created on Wednesday, 24 October 2018 12:39
- Written by Super User
- Hits: 459
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, davlat mukofotlari laureati, bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlari nemis, italyan, frantsuz, ecton, latish, fin, chex singari dunyoning o‘ttizdan ortiq tillariga tarjima qilingan. Teleromanlari asosida ekranlashtirilgan filmlar yosh tomoshabinlarning mehrini qozona oldi.
Kulrang bo‘ri
- Created on Wednesday, 03 October 2018 11:58
- Written by Super User
- Hits: 491
O‘rin cho‘ponning qo‘y boqishga ishqi tushdi, o‘zimning chorvam bo‘lsin, yoniga qo‘shnilarning qo‘yini qo‘shib, toqqa haydayman dedi. Shu-shu har yili yerdan qishning hovuri ko‘tarilishini kutadi. Bahorning ilk chechaklari nishlay boshlagach kayfiyati ko‘tariladi, uzoq yurtlarga safarga chiqayotgandek tayyorlanadi, ko‘ch-ko‘ronini tartibga soladi. So‘ng qo‘shnilarni daraklaydi, qo‘ylarni jamlab toqqa haydaydi...
Qanot juft bo‘ladi
- Created on Wednesday, 15 August 2018 07:04
- Written by Super User
- Hits: 727
Talaba edim. Qishda, muzg‘alakda sirpanib ketdim-u, o‘ng qo‘lim sindi. Bir oydan ortiq zilday gipsni bo‘ynimga osib yurdim. Darsga borsam — yozolmayman, uyga kelsam — emin-erkin ovqatlana olmayman. Kiyinish — undan azob. Yorug‘ dunyo ko‘zimga tor ko‘rinib, asablarim qaqshar edi. O‘shanda sog‘lik dunyodagi eng bebaho ne’mat ekanligini, tik oyoqda yurish, gurunglarga qo‘shilish, yaqinlaringni bag‘ringga bosa olishning o‘zi katta baxt ekanligini anglagandim.
Dilda istak so‘nmasa
- Created on Wednesday, 01 August 2018 13:55
- Written by Super User
- Hits: 680
Temur aka bilan dastlab “Tong yulduzi”, keyinchalik “Gulxan” jurnalida birga ishladik. Temur aka jamoamizga tezda singishib ketdi. Nafaqat o‘ziga, mualliflarga ham o‘ta talabchan edi. Hikoyasimi, she’rimi, ertagimi — barchasini astoydil tahrir qilar, bolalarga tushunarli va qiziqarli bo‘lishiga intilardi. Mualliflar ham “Temurvoy, eti — sizniki, suyagi — bizniki. Ishonamizki, ism sharifimizga qalam urmaysiz”, deb hazillashardilar. Surhondaryodan — Hamid Badalov, Namangandan — Robiddin Ishoqov, Andijondan Muqimjon Niyozov, Muqimjon Qodirov, Odil Abdurahmon, Samarqanddan Meli Boboqulovning asarlari ana shu tariqa chop etilardi.
Oydinda yurgan odamlar
- Created on Wednesday, 01 August 2018 13:21
- Written by Super User
- Hits: 779
Har yili mehnat ta’tilida ota yurtim Buxoro tomon yo‘l olaman. Va har gal, albatta, talay yangilik meni qarshi oladi. O‘tgan yili viloyatdagi eng chekka qishloqlarda ham “Toza hudud” shiori ostida harakatlanayotgan “Maxsustrans” xizmati mashinalarini ko‘rib hayron qolgandim. Bir paytlar Kuynaro‘t kanali xas-xashak, go‘ng, turli jonzotlar jasadi bilan to‘lib oqardi. Xayrli tashabbus tufayli bugun qishloq ahli chiqindisini idishlarga solib, mashina kelishini kutadi. Kanal suvi ham toza, ko‘chalar ham obod.
Rizq
- Created on Wednesday, 25 July 2018 08:55
- Written by Super User
- Hits: 1076
Odatda aksariyat odam rizqi kamayib, ro‘zg‘orining kemtik bo‘lishidan hadikda yashaydi. Bu kemtiklarni to‘ldiraman, deb ertadan-kechgacha zir yuguradi. Bu yo‘lda aql bovar qilmaydigan «tadbir»larga, hatto hiyla-nayranglarga ham qo‘l uradi. Oqibatda ruhiy xotirjamlikdan mosuvo bo‘ladi.
Umrboqiy merosimizga ziyon yetmasin
- Created on Wednesday, 18 July 2018 11:27
- Written by Super User
- Hits: 857
Xalqimizning faxrlanishga, dunyoga ko‘z-ko‘z qilishga arzirli boy madaniy-ma’naviy merosi, qadriyatlari ko‘p. Necha ming yillarni qamrab olgan tariximiz, ilm-fanimiz, madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz bunga dalil. Noyob me’moriy yodgorliklarimiz — ularning muhim bo‘lagi. Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi qadimiy va o‘lmas obidalar asrlar osha betakror jozibasi bilan jahon ahlining hayrat va havasini tortib kelayotir. Zotan, bu buyuk va umrboqiy meros.
Mamlakatimizdagi me’moriy yodgorliklarni muhofaza qilish, tiklash, ta’mirlash ishlari fidoyilaridan biri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining Me’morchilik bo‘limi mudiri, me’morchilik fanlari doktori Mavluda YUSUPOVA bilan shu haqda suhbatlashdik.
O‘Z ZAMONI BILAN O‘TGAN zamonni tarozu qilib
- Created on Friday, 29 June 2018 13:57
- Written by Super User
- Hits: 905
Bu zamin ulgag‘aytirgan yirik alloma, mutafakkir, shoiru adiblarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini gapirib ado qilolmaymiz. Birgina, Namanganning o‘zi qanchadan qancha ulug‘ zotlar – Maxdumi A’zam, Mavlono Lutfullo Chustiy, Boborahim Mashrab, Fazliy Namangoniy, Nodim Namangoniy, Muhammadsharif So‘fizoda, Ishoqxon to‘ra Ibrat, Chustiy domla, Usmon Nosir, Zafar Diyorga beshik bo‘lgan. Ularning barchasi elni ma’rifatga yetaklagan.
Qadimiy va BETAKROR
- Created on Wednesday, 20 June 2018 12:31
- Written by Super User
- Hits: 944
Maqom — sehrli san’at. Qalbga sokinlik, orom, ruhiyatga poklik, mo‘’tadillik bag‘ishlaydi. Uning mo‘’jizakorligi bu qadimiy merosimizni o‘zbek tilini mutlaqo tushunmaydigan xorijliklar ham sehrlanib, sel bo‘lib tinglashida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan milliy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uni yoshlarga bezavol yetkazish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar milliy maqom san’ati rivojiga ko‘rsatilayotgan g‘oyat ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlikda yorqin ifodasini topmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O‘zbekiston xalq hofizi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazining «Ustoz-shogird maktabi» bo‘limi rahbari Mahmud TOJIBOYEV O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:
More Articles...
.
Тел: 244-32-68, 244-32-91
Факс: 244-32-80
E-mail:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
,
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Bosh muharrir: Qulman OCHIL