Barmoqlar sehri

Iste’dod — Yaratgan tomondan insonga berilgan ne’mat. Bu kuchni to‘g‘ri yo‘lga boshqarish uchun o‘tkir zehn va imkon kerak. Yurtimizda qancha musiqa maktabi, madaniyat va san’at kollejlari, oliy o‘quv yurtlari mavjud. Ularda oddiy bolalar tahsil olayotgani yo‘q. Nufuzli xalqaro musiqa festivallarida ishtirok etib, Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga taratayotgan san’at g‘unchalari orasida Diyora Tursunovaning ham nomi alohida jaranglaydi.

 

O'zbek san’ati rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan qahramonimiz bolaligidan san’atga oshufta muhitda voyaga yetgan, ota-onasi musiqachi bo‘lgani uchun yoshligidan orzu-umidlariga alohida e’tibor berishgan. Fortepianoda turli asarlar ijrosini tinglab o‘sgan qizaloqning qalbida san’atga mehr-muhabbat uyg‘ongan. Bu uchqunni yuzaga chiqarish uchun esa tinimsiz mehnat va bilim kerak. Umidli qalb sohibining oiladagilari farzandining intilishlarini inobatga olib, fortepiano asoslari va nazariyasini o‘rganish uchun Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik  litseyiga olib boradi. U yerda mahoratli ustozlaridan saboq oladi. 

 

Albatta, bugungi yengil-elpi kuy-qo‘shiqlar, bir-biriga o‘xshash ovozlar, xatti-harakatlar orasida san’atkor o‘z ijro yo‘lini topishi oson emas. Diyora musiqiy asarlarni o‘qish-o‘rganishdan tashqari, onasi — bastakor Xurshida Hasanova, otasi — zarbli asboblar ijrochisi Vahobjon Tursunovlarning ham ijodiy ko‘magiga suyandi. Olti yoshida “Oltin humo” nomli bolalar tanlovida g‘olib bo‘lgani  Diyoraga katta san’at yo‘liga chiqishiga mustahkam zamin yaratdi. U 2000 yilda V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik  litseyida o‘qib yurgan kezlarida maxsus fortepiano saboqlarini mukammal o‘rganadi. 2002 yilda “Yangi avlod” tanlovlarida ishtirok etadi. Unga muvaffaqiyat keltirgan eng nufuzli tanlovlardan biri  esa 2001 yil oktyabrda pianinochilarning XXI yosh “Le Muse” (Agropoli, Italiya) konkursi bo‘ldi. Diyora unda II o‘rinni egalladi. San’atning nonini yeyish oson emas, degan gaplar bejiz aytilmagan. Har bir yutuq ortida qanchadan-qancha zahmatlar, san’atning nozik sirlarini ilg‘ash uchun tinimsiz izlanishlar va o‘ziga bo‘lgan ishonch kerak. U 2012 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga kirgan yili Muxtor Ashrafiy tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan kontsertda Xurshida Hasanovaning “Fantaziya” asarini ijro etib, ustoz san’atkorlar e’tiboriga tushdi. 2013 yil kuzida Frayburg (Germaniya) akademiyasi ansambli o‘qituvchilari — “Recherche” ansambli musiqachilari o‘tkazgan an’anaviy va zamonaviy musiqa ijrochilik amaliyoti mahorat saboqlarini olib, bilim va tajribasini boyitdi.

 O‘zbek san’atini jahon sahnalarida yangrashini istagan Diyoraxonning ijodiy izlanishlariga parvozlar tilaymiz.

 

Adiba UMIROVA  

Sholaziz SHOXIDOYEV olgan suratlar

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA ...

2017-12-13 05:47:42

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.