“DARS BERAR U SAMIMIYATDAN...”

Avlodlar shakllanishida ular ulg‘ayayotgan davr muhiti bilan bir qatorda, sohada ijodiy salohiyati ajralib turgan ustozlarning ta’siri ham kuchli bo‘ladi. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” degan yuksak  unvon sohibi Saydi Umirov ham o‘z davrida yetuk ustozlardan tahsil olib, kamolot sari yuksaldi. Bugun sakson yoshni qarshilagan ustozning, yoshlardek serg‘ayratligi, ishchanligiga har qanday kishi havas qilsa arziydi. Uni yaqindan tanimaydigan odam, yoshini chamalay olmaydi. Domlaning dili pokligi, umrini ezgu ishlarga bag‘ishlab, insonlarga yaxshilik ilinib, yaxshilarga yo‘ldosh bo‘lib yashayotgani, bag‘rikengligi unga shunday imkon berayotgan bo‘lsa ajab emas.

 

Ustozning muborak 80 yosh¬ni qarshilashi munosabati bilan 10 fevral kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalist¬lari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov ochib berdi:

– Saydi Umirov nafaqat yoshlarning ustozi, balki bugun ham faol ijod qilib, qanchadan-qancha yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan jurnalistika dar¬g‘alaridan biridir, – dedi u. – Ustoz bir qarasangiz, Qoraqalpog‘istonda, yana bir qarasangiz, Surxondaryo yo Farg‘onada. Bugun sohada faol xizmat qilayotgan ustozlar, olimlar safida jurnalist, publitsist, munaqqid Saydi Umirovning borligi quvonarli hol, albatta.

Anjumanda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi filologiya fanlari doktori Baxtiyor Nazarov ustoz haqida ushbu dil so‘zlarini izhor etdi.

– Hozirgi kunda bir soha borki, busiz yashash qiziq bo‘lmay qoldi. Bu jurnalistika, publitsistika sohasidir. Zotan gazeta, jurnal, radio, televidenie va internet bugungi hayotimizga chuqur singib ketdi. Ayni kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlarni keng ommaga yetkazishda, taraqqiyotimizni belgilashda, tadbirkorlik, innovatsiya g‘oyalarini hayotga tatbiq qi¬lishda, jurnalistikaning o‘rni katta. Ayniqsa, mamlakatimizda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetining tashkil etilayotgani sohaga qaratilgan ulkan e’tibordan yana bir darakdir.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Saydi Umirovning ustozlar va do‘stlarga sadoqati haqida ham iliq fikrlar aytishdi. Xususan, o‘aybulla Salomov, Abdulla Oripov, Boybo‘ta Do‘stqoraev, o‘ulom o‘ofurovga o‘xshagan ustozlari va do‘stlari publitsist hayotida muhim o‘rin tutadi.

— Bugun biz matbuotimizni, OAV taraqqiyotini yakdillik bilan bitta maqsad yo‘lida birlashib, amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev. – Ushbu tavallud ayyomi jurnalis¬tikamizning ham bayramidir. Shunday davralarda ijodkorlar bir-birini ko‘radi, fikr almashadi. Biz hozir “Harakatlar strategiyasi” jarayonini amalga oshirmoqdamiz. Aynan bugun shu ustozga o‘xshagan harakatchan, professional kadrlarning tajribasiga muhtojmiz. Mana shunday g‘ayrat, shijoat hech qachon tark etmasin.

— Saydi akaga mening havasim keladi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, atoqli adabiyotshunos Ibrohim o‘afurov. – Uning  yuzlari doim quyoshdek charaqlab turadi. Jurnalistika va publitsistikada ustozlari izidan borib, o‘zining katta ostonasini kashf qildi. So‘zning ham energiyasi bo‘ladi. Yuragimizga kirgan, qalbimizdan chiqqan so‘z buyuk energiyadir. Saydi Umirovni so‘zlarida shunday energiya mavjud. U so‘zni anglaydigan, biladigan va shu energiyani yuzaga chiqarish salohiyatiga ega.

Saydi Umirovning ijodi haqida O‘zbekiston Milliy universiteti professori taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboev Chingiz Aytmatov ijodini hammamizdan yaxshi o‘rgangan olim bu Saydi Umirovdir. Publitsistik tahlillarda Saydi Umirovning mushohada usuli o‘ziga xos. Buning nomi alohida mahorat va usul deyiladi. Xususan, maqolalardagi sarlav¬halarga e’tibor bersak. Ochil Tog‘aev haqida yozilgan “Changi va dong‘i chiqqan yolg‘iz ot”, “Ash’orlari esh, qobil ijodkor”, Sharof Rashidov haqida “Sharofnoma, sharafnoma”, “Shoxiga ursang tuyog‘i zirqiraydi” kabi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir ustoz Saydi Umirov, balki butun OAV sohasida xizmat qilayotgan kishilarni quvontirdi. Zero, domlaning shogirdlari ayni kunda yurtimizning barcha burchaklarida mehnat qilishayotgani bor gap. Xulosa o‘rnida Saydi Umirovga yana bir bor “Hormang, ustoz!” deymiz.

Xurshid MA’RUF tayyorladi.

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

February 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28

.