NOSIR VA NOSHIR SO‘ZI

Nosir Fozilov! Bu nom kitobsevar xalqimizga yaxshi tanish.

 

Uning bolalik yillari Ikkinchi jahon urushi davriga to‘g‘ri keldi. U tengqurlari qatori yoshligidanoq og‘ir va mashaqqatli hayotni boshidan kechirdi. Erkaklar urushga ketgan. Qishloqda keksalar, ayollar, bolalar... Dala yumushlari, asosan, xotin-qizlar va bolalar zimmasida. Nosir Fozilov ham hamqishloq bolalar kabi tong otmasdanoq dalaga chopadi, to qorong‘u tushgunga qadar kuchi yetgancha mehnat qiladi.

O‘sha damlarni Nosir Fozilov shunday xotirlagan edi:

— 1930 – 1933 yillardagi ocharchilikda kechdi bolaligim. U paytlarda odamlar o‘qish-yozishga havas qo‘yishdan ham ko‘proq qorin qayg‘usi bilan qattiq bog‘langan edi. Qishlog‘imizda faqat bitta – Qahhor degan odamda patefon bo‘lib, salgina bo‘lsa-da, dillardan g‘amlarni yuvib, xayolingni uzoqlarga olib keta olardi. Biroq kitobxonlik kuchli edi. Odamlar o‘qish-yozishni deyarli bilmasalar-da, menga o‘xshagan 7-8 yoshdan maktabga borib, sharillatib o‘qishni qoyillatadigan bolalarga kechalari “Go‘ro‘g‘li”, “Hasanxon”, Ravshanxon”, “Avazxon” kabi xalq dostonlarini takror va takror o‘qitishardi. Dostonlarni sel bo‘lib tinglashdan charchashmasdi. Keyinchalik tushunsam, shu dostonlarda ushalmagan armonlarini ko‘rishar, ular bilan birga tug‘ilib, birga yashab, g‘am-hasratlarini unutishar ekan. Adabiyotning kuchini qarang-a!

Kunlarning birida Nosir Fozilovning qo‘liga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning bir kitobi tushadi. Savodi yaxshi bo‘lganligi bois har kechqurun qishloqdoshlariga o‘sha kitobni o‘qib berardi. Shu asnoda kitoblarga, adabiyotga mehr qo‘ydi. Hayot mashaqqatlari ham ortda qola boshladi. 1949 yilda Toshkentga kelib hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan Nosir Fozilovning taqdiri poytaxt bilan bog‘landi. O‘qib-o‘rganish, izlanishdan sira erinmadi. Yurak buyurgan satrlarni qog‘ozga tushirish, bir so‘z bilan aytganda, so‘z san’ati bo‘lmish adabiyotga sadoqatli bo‘lishga ahd qildi. Va, buni amalda isbotladi.

Nosir Fozilov shunday yozgan edi: Ijod deb atalmish yo‘lning boshi, tom ma’noda tug‘ilish, bolalik dunyosi, bu dunyoning ulg‘ayib, katta yo‘llar yaratishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu o‘rinda yodga, albatta ota-ona, oilaviy muhit, tarbiya keladi, zero, ular biz uchun hayot maktabi. Oddiy dehqon oilasida tug‘ildim, otam Fozil, onam Jahonbibi – ismi jismiga monand xulq-atvorli, mehnatsevar insonlar edi. Esimni tanibmanki, ular katta oilamizning tashvishlari, orzu-umidlari bilan yashashni baxt deb bilishdi. Ularning zahmatkashlik, tirishqoqlik, bir ishga ishtiyoq bilan kirishishi menga ham, ijodimga ham o‘tgan bo‘lsa, azizlarim – ota-onam oldida yuzimning yorug‘ bo‘lgani bu.

Nosir Fozilovning ilk hikoyasi 1953 yilda hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida bosilgan edi. Adibning birinchi kitobi 1959 yilda “Irmoq” nomi bilan nashr qilindi. 1962 yilda “Oqim”, oradan ikki yil o‘tgach, “Robinzonlar” nomli kitoblari o‘quvchilarga tuhfa etildi. Shundan so‘ng “Qush qanoti bilan”, “Qorxat”, “Ko‘klam qiyoslari”, “Diydor”, “Bolaligim — poshsholigim”, “Shum bolaning nabiralari”, “Ustozlar davrasida”, “Ko‘nglim yorishur”, “Munavvar lahzalar”, “Noshir va nosir so‘zi” kabi mazmunan boy va qiziqarli kitoblari nashr qilindi.

Ko‘pincha adiblar, shoir va tarjimonlar Nosir Fozilovni ustoz deya e’zozlashadi. Buning boisi bor, albatta. Adib “Gulxan”, “Sharq yulduzi” jurnallarida va nashriyotlarda faoliyat yuritgan kezlarda, ya’ni o‘tgan asrning ikkinchi yarmida endigina adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan yosh ijodkorlarning boshini siladi. Haqiqiy iste’dodlardan o‘zining qimmatli maslahatlarini ayamasdi. Ularning eng yaxshi asarlarining chop etilishiga ko‘maklashardi. U kishidan mehr ko‘rgan ijodkorlar, adabiyotimizga sadoqatli bo‘lib, sidqidildan qalam tebratib, adabiyotimiz rivojiga hissa qo‘shib kelishyapti.

“Shukronalar bo‘lsinki, shogirdlarimning o‘zlari endilikda ustoz adib va shoir sifatida yosh qalamkashlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, ularga adabiyot sirlarini o‘rgatishyapti”, degan edi Nosir Fozilov.

“Topdimu, yo‘qotmadim”. Abdulla Qahhor, o‘afur o‘ulom, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda kabi adabiyotimiz fidoyilari bo‘lgan ustoz adib va shoirlar haqida gap ketganda Nosir Fozilov shu iborani qo‘llaydi. Ustozlar bilan bo‘lgan unutilmas lahzalar bitilgan kitobni ham “Topdimu, yo‘qotmadim” deb nomladi.

“O‘zbek va qozoq adabiyotining ma’naviy ko‘prigi”. Nosir Fozilovga shunday ta’rif berishadi. Bu bejiz emas. Nosir Fozilov Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, o‘abit Musrepov, o‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboev, Abdujalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblarining asarlarini mahorat bilan o‘zbekchaga o‘girib nashr ettirdi. Qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa bir qancha tillardagi sara asarlar ham Nosir Fozilov tarjimasida o‘zbek kitobxonlariga tuhfa etildi. Nosir Fozilov qalamiga mansub hikoya va qissalar rus, turkman, qozoq tillariga o‘girildi.

Betakror nosir, bag‘ri keng noshir Nosir Fozilov SO‘Zni sidqidildan qadrladi. SO‘Z esa zahmatkash iste’dod sohibini adabiyot atalmish qutlug‘ dargohda o‘z o‘rnini topishiga, obro‘-e’tibor qozonishiga, elga tanilishiga kamarbasta bo‘ldi.

– Jurnalda ishlagan paytlarim, xonamning eshigini ochsam ba’zi yozuvchilar xonamga kirishga botinolmay, tizzalari qaltirab turardi, – deya yarmi hazil, yarmi chin ma’noda gurung bergandi ustoz bir gal suhbatlashganimizda, – badiiy jihatdan sayoz asarni muallifning qo‘liga tutqazardim. Tosh bosadigani bo‘lsa, fikrimni ochiq aytib, muallifni ishlatib, keyin asarni tahrirdan chiqarardim. Muallifi kim bo‘lishidan qat’i nazar, yaxshi asar biz uchun bayram edi!

Nosir Fozilov o‘sha paytlarda endigina adabiyotimizga qadam qo‘ygan Abdulla Oripov, Shukur Xolmirzaev singari qalamkashlarning iste’dodini payqab, ularning ijod namunalari uchun jurnaldan sahifa ajratadi. Bu esa ularga qanot bag‘ishlaydi. Bag‘ri keng ustozlarga duch kelish, ularning mehridan bahramand bo‘lish o‘zining samarasini berdi. Yosh ijodkorlar yillar o‘tib adabiyotimizning ulkan vakillari safidan o‘rin olishdi.

1992 yil. Yozuvchilar uyushmasi nasr kengashida adiblarni mukofotga tavsiya etish masalasi qo‘yiladi. Hamma jim. Shunda Nosir Fozilov shasht bilan o‘rnidan turib:

– Adabiyotimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan Ne’mat Aminov “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga arziydi-ku. Ne’mat Aminov nomzodini beringlar, – deydi. O‘sha yili hajviy adabiyotimizning yirik va zabardast vakili, betakror adib Ne’mat Aminov yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.

– Har sohada bo‘lgani kabi adabiyotda ham adolat tarozusi tosh bosadi, – deya benihoya xursand bo‘lgan edi Nosir Fozilov.

Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboevning xotirlash uchun yozilgan ehson dasturxonida Nosir Fozilov qirg‘izistonlik nufuzli mehmonlar davrasida o‘zining iliq fikrlarini aytib:

– Tursunboy o‘zbek va qirg‘iz adabiyotining jonkuyari edi, – dedi. – Endi oqsoqollar hali aytganimday, yurtingizga borgach, Tursunboy Adashboevning asarlarini, “Saylanma”sini nashr ettirishga kirishinglar, biz esa nashriyotlarimizda shoirning “Saylanma”sini chiqaramiz. Bu ishlar amalga oshirilsa savob ish bo‘lardi. Tursunboydan juda katta adabiy meros qoldi...

Nosir Fozilov qaerda va qachon hozir bo‘lsa, suhbat mavzusi beixtiyor adabiy jarayonga burilardi.

 

Davlat mukofotlari laureati, Xalqaro “Alash” adabiy mukofoti sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Nosir Fozilov mustaqillik yillarida faol ijod qildi. Ustoz nosir va noshirning samimiyatga yo‘g‘rilgan SO‘Zlari ta’sirida qanchadan-qancha shoir va adiblar o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar. Qanchadan-qancha badiiy yetuk asarlar dunyo yuzini ko‘rdi. Bir so‘z bilan aytganda, Nosir Fozilov adabiyotimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi.

 

Abdulla AYIZOV,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

 

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-89.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-93.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.