Ko‘ngillar quvonchga to‘ldi

Uzoq yillar ommaviy axborot vositalarida ishlab, ijod qilgan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan faxriy jurnalistlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular holidan xabar olish – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va uning joylardagi bo‘limlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri. Bu borada O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan Respublika tovar xom-ashyo birjasi o‘rtasida tuzilgan “Do‘stlar klubi” muhim o‘rin tutmoqda.

Kuni kecha uyushma va Respublika tovar xom-ashyo birjasi  vakillari Toshkent shahrida yashovchi bir guruh faxriy jurnalistlarning uylarida bo‘lib, ular bilan dildan suhbatlashdi, yashash sharoiti va sog‘ligi bilan qiziqdi. Shuningdek, ularga yigirmadan ortiq turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi. 
Sovg‘a-salomlarni qabul qilib olganlar orasida 88 yoshli Lola Isomuhamedova ham bor. Yakkasaroy tumanida yashovchi onaxon umri davomida bir joyda – “Pravda Vostoka” gazetasida 53 yil ishlagan. 
– Bo‘kada paxtada bo‘lganimizda hozirgi “O‘zbekiston ovozi” gazetasida ishlaydigan toshkentlik Mahkam degan yigit bilan tanishib qolganman, – deydi Lola opa. – Bir-birimizga ko‘ngil qo‘ydik, to‘yimiz bo‘ldi. Birin-ketin farzandlarimiz dunyoga keldi. Bir necha yil o‘tgach, davlat tomonidan hozirgi yashab turgan uyimiz berildi.
Lola opa turmush o‘rtog‘i bilan ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazdi, o‘qitdi. Hozir qizlarining biri tarjimon, biri hisobchi. Onaxon farzandlari bag‘rida keksalik gashtini surmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, qonunlardan, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlaridan yaxshi xabardor. Muhimi, hayotidan, bugunidan rozi.
Davlatimiz tomonidan keksalarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdorligini, uyushma tashkil etayotgan bunday ezgu ishlar faxriy jurnalistlar ko‘nglini tog‘dek ko‘tarayotganini alohida ta’kidladi.

Murod XO‘JAYEV

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31

.