Gdlyanning millionlari: afsonami, haqiqat? Tintuv o`tkazilgan uy besh xonadan iborat bo`lgan. Besh tergovchi va uch xolis kelgan.

1983 yil 17 oktyabrda shaxsiy tintuv o`tkazilgan chog`ida ayblanuvchi Rahmonov yonidan 92 so`m 50 tiyin pul chiqqan, 400 so`mlik tilla uzuk va 245 so`mlik “Orient” soati olingan. Ushbu pul va qimmatli buyumlarning bundan keyingi taqdiri haqida hech qanaqa ma’lumot yo`q. Ishni sudga Gdlyan yo`llagan. Ammo, Rahmonovdan olingan pul va buyumlar haqida hech narsa demagan. Rahmonov esa o`ziga tegishli buyumlarni qaytarib berishlarini so`rab bir necha bor shikoyat yozgan.

 

Yetishmayotgan qimmatbaho buyumlarning ro`yxati behisob. Savollar esa javobsiz. Ixtiyorimizda shunday ma’lumotlar va faktlar mavjud bo`la turib, N.S.Turbin ishga nuqta qo`yganligi, ya’ni jinoyatlarni yashirganligi kishini ajablantiradi. Bunday tilyoQlamalik qilish, o`z vijdoniga qarshi borish uchun kishi anchayin “uddaburon” bo`lishi kerak.

Ro`zmetovdan tortib olingan qimmatbaho buyumlar o`marib ketilganligi bizda katta qiziqish uyg`otdi. Na Trubin, na uning bevosita yordamchilari bu ma’lumotlarni mutlaqo o`qishmagan. Ishni tugatishga nihoyatda shoshilishgan. Ming afsus... 

Qarshi birlashgan aviaotryadi komandiri Ro`zmetovni 1985 yil 21 oktyabrda qamoqqa olishadi. U 3 yilu 9 oy 21 kun turmada yotadi, keyin butunlay oqlanadi. Uni hibs qilgan vaqtlarida 8 ming kilometr yurgan VAZ-2107 markali shaxsiy avtomashinasini ham olib ketishadi. Mashinada “SHarp” magnitofoni va Yaponiyada ishlangan radiopiryomnik, ikki karnayli “Stereo” bor ekan. Mashina anjomlari, ehtiyot qismlari to`la, but holda bo`lgan. Zaxira Qildiragi, qolgan to`rtala g`ildirak yangi bo`lib, Finlyandiyada ishlab chiqarilgan. O`rindiqlari qora tusdagi “velvet” matosi bilan qoplangan. Orqa oynasi chet elda ishlangan quyoshdan saqlovchi panjara bilan to`silgan. Mashina salonida Yaponiyada ishlangan kalkulyator, quyoshdan saqlovchi ko`zoynak, uchta videokasseta va yigirmata magnitofon lentasi bo`lganligi haqida ma’lumot bor.

Qamoqqa olingan kuni mashinani tergovchilardan V.R.Regeda va R.Tuktarov ko`zdan kechirishib, bayonnoma tuzishadi va salon hamda avtomashinadagi buyumlarning haqi¬qatan borligini tasdiqlashadi. 

1987 yil noyabrda A.Ro`zmetov haqidagi ishni tergovchi R.Baserov o`ziga qabul qilib oladi. U ashyoviy dalillarni ko`zdan kechirar ekan, mashina talab ketilganini aniqlaydi. Shu haqda Gdlyanga batafsil axborot beradi. U o`z navbatida avtomashinani tezda Ro`zmetovning xotiniga qaytarish haqida ko`rsatma beradi. So`ngra xotinini chaqirib, mashinani ko`zdan kechirish va topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirishadi. Mazkur hujjatlarda radioapparaturalar, dekoratsiya moslamalar, quyoshdan saqlovchi panjara, magnitofon yo`qligi qayd qilinadi. g‘ildiraklar eskisiga almashtirilgan. Kassetalar yo`q edi. Mashinaning o`zini ham A.Ro`z¬metov uyi oldiga sudrab olib kelishadi. 1988 yil 23 mayda Ro`zmetov o`g`irlangan buyumlarni qaytarish haqida Gdlyan nomiga ariza yozadi. Ammo arizasi e’tiborsiz qoldiriladi.

A.Ro`zmetov ozodlikka chiqarilganidan keyin avtomashinasini qayta tiklaydi va uni ta’mirlashga o`z yonidan pul sarflaydi. Holbuki, bu pulni Gdlyan va uning guruhi to`lashi kerak edi.

Ro`zmetovni aldash shu bilan tugamaydi. Uni qamoqqa olish vaqtida uyida tintuv o`tkazishib, chet elda ishlangan 56 ta videokassetani ham boshqa buyumlar qatorida olib ketishadi. Shundan 43 dona videokassetani qaytarishadi, u ham mahalliy mahsulot va foydalanish uchun yaroqsiz bo`lgan. Videokassetalarning aslini va to`lig`icha egasiga qaytara olmaganlariga sabab, balki pala-partish ishlataverishganidan yaroqsiz holga kelib qolganidir.

Biz ashyoviy dalillarni tekshirishda nihoyatda qiziqarli hujjatga duch keldik. U diqqatimizni tortdi. Hujjat uncha katta emasligi bois quyida keltiraman: “Akt. 1986 yil 28 oktyabrda tuzildi. Toshkent shahar. Biz, quyida imzo chekkanlar: SSR Ittifoqi prokuraturasi tergov guruhining rahbari T.X.Gdlyan, guruh shtabi boshlig`i D.S. Nepomnyashchiy, tergov guruhi tergovchisi YU.M. Vlasov va SSR Ittifoqi prokuraturasi xo`jalik bo`limining katta muhandisi V.I.Bondarenko ushbu aktni tuzdik shul haqidakim, isitish sis¬temasi ishga tushirilganidan keyin A.Ro`zmetovdan olingan videomagnit lentalar solingan qog`oz idish O`zSSR DHK tergov bo`limining 334-xonasida deraza oldida pol ustida turgan edi. Suv tegib ivishi natijasida 13 ta videokasseta butunlay yaroqsiz holga kelgan”. Shundan keyin dalolatnoma ostiga imzo chekkan kishilarni so`roq qilish masalasi kun tartibida turdi. Gdlyanni so`roq qilishning iloji bo`lmadi. Bunda uning deputatlik daxlsizligi ish berdi. YU.Vlasovni so`roqqa chaqirtirdik. Tergovchi X.Jamoldoev tanishishi uchun unga dalolatnomani uzatadi va qanday izohlaysiz, deb so`raydi. “Bu akt menga yaxshi tanish. Unga boshqalar qatori men ham imzo chekkanman. Bu 1986 yil 28 noyabr kunimidi yo yo`qmi, aniq ayta olmayman, lekin ayni 1986 yil oktyabr oyida bo`lgani aniq, mening xonamga David Semenovich Nepomnyashchiy SSR Ittifoqi prokuraturasi xo`jalik bo`limidan V.Bondaranko bilan birga kirib keldi. Ularning qo`lida shu akt bor edi, uni har ikkalasi ham imzolab bo`lishgandi, ammo o`shanda Gdlyanning imzosi bormidi yo yo`q¬midi, esimda yo`q, tunda xonada hech kim yo`q paytda isitish sistemasi yorilib, videokassetani suv bosgan, ular 13 ta videokasseta yaroqsiz holga kelganini ma’lum qilishdi va haqiqatda yaroqsiz holga kelganligi haqidagi ushbu aktga imzo chekishni mendan iltimos qilishdi. Bu odamlarga ishonmaslik uchun menda asos yo`q edi, shu vajdan men aktga imzo chekdim. Aslida o`sha kassetalarni o`z ko`zim bilan ko`rmaganman, ularni menga ko`rsatishmadi, men so`raganim ham yo`q. Kassetalarga nima bo`lganini bilmayman. O`sha vaqtda A.Ro`zmetov ishi bo`yicha uchastka kattasi kim bo`lganligi esimda yo`q, u kassetalarning hisob-kitobini olgan bo`lishi kerak, albatta. Hozir aniq esimda yo`g`-u ammo o`sha vaqtda dalolatnomada tilga olingan 334-xonada D.S.Nepomnyashchiy ishlagan edi, chamamda. ¤sha paytda u tergov guruhining shtab boshlig`i edi. Men bu xonaga kirganman ham, o`shanda isitish batareyasi oldida Ro`zmetov — G‘oipov ishi bo`yicha ashyoviy buyumlar solingan qog`oz qutiga ko`zim tushgandi. Ammo aytishim kerak, xonani suv bosgan paytini o`z ko`zim bilan ko`rganim yo`q, shuningdek, avariya qachon yuz bergani va qachon bartaraf qilingani, kim bartaraf qilgani, slesarni chaqirishganmi-yo`qmi, bular ha¬qi¬da hech nima bilmayman, ya’ni nomlari yuqorida zikr qilingan kishilarning iltimosi bilan ushbu dalolatnomaga imzo chekkanimdan bo`lak menga hech nima ma’lum emas”.

V.Bondarenko ham imzo chekkanini aytdi, ammo isitish sistemasi yorilib, avariya bo`lganini ko`rmaganini, binobarin 13 dona videokasseta qayerga g`oyib bo`lganini bilmasligini ma’lum qil¬di.

Endi D.S.Nepomnyashchiyni so`roq qilish qolgandi. U birmuncha muddat iqror bo`lmay turdi, keyin hujjatning soxtaligini to`la tasdiqladi. 1986 yil 28 oktyabrda Ro`zmetovga tegishli videokassetalarni ro`yxatdan chiqarish haqida ko`rsatma olganligini aytdi. So`ngra bo`lgan voqeani gapirib berdi. “Men mazkur dalolatnomani 334-xonada o`zim ishlaydigan mashinkada shaxsan o`zim tuzganman. Qog`ozda qayd qilinganlarning hammasi, shuningdek, dalolatnomaning o`zi ham tamomila soxta. Butunlay yaroqsiz holga kelgan, hech qanaqa magnit lentasi bo`lmagan, isitish sistemasining yorilganligi ham yolg`on, bularning hammasini Gdlyanning ko`rsatmasini bajarish uchun o`zim to`qiganman. Men tayyorlagan ushbu aktni birinchi bo`lib T.X.Gdlyan imzoladi, ke¬yin men imzo chekdim, so`ngra Vlasov va Bondarenko unga o`z imzolarini qo`yishdi. Ulardan qaysi biri birinchi bo`lib imzo chekkanini eslolmayman, shuningdek, qayerda imzo qo`yganlarini ham aniq aytolmayman. Aktni boshqa ko`rmaganligim uchun uning keyingi taqdiridan xabarim yo`q edi. Buni sizning qo`lingizda ko`rib hayron qoldim, chunki Gdlyan uni jinoyat ishiga tirkaydi, deb o`ylamagandim. Buning soxtaligini axir bilardi-ku. A.Ro`zmetovdan musodara qilib olingan 13 dona videokassetaga kelsak, shuni aytishim mumkin, T.X.Gdlyan menga A.Ro`zmetov videokassetalari haqida dalolatnoma tuzishim lozimligini aniq qilib aytdi. Men hech bir e’tiroz bildirmay, uni tuzdim. T.X.Gdlyanning o`sha vaqtda katta obro`-e’tiborga egaligi bunga sabab bo`lgandir. Men bu dalolatnomani tuzish bilan qilayotgan ishimning mohiyatini anglab yetmaganman, deya olmayman, ammo shunga qaramay, tuzdim. Hozir shu haqi¬da o`ylasam, uyalib ketaman. Ammo bo`lar ish bo`ldi. Endi bevosita kassetalarning taqdiriga kelsak, bilmayman, T.X.Gdlyan ularni shaxsan o`zi yoki boshqa biron kimsa orqali ajratib olganini ko`rganim yo`q”.

 D.Nepomnyashchiyning bergan guvohliklariga qo`shimcha qilib shuni aytish mumkinki, Gdlyan 334-xonada saqlanayotgan jamiki ashyoviy buyumlarni ko`rish va olish imkoniyatiga ega edi. Yana bir gap, videokassetalarni ro`yxatdan chiqarish haqidagi akt kunning birinchi yarmida tuzilgan, kunning ikkinchi yarmida esa Gdlyan samol¬yotda Toshkentdan Moskvaga uchib ketgan. O`shanda kassetalar ham u bilan birga uchgan, g`o¬yib bo`l¬gan, deya faraz qilish mumkin.

Yo`qolgan narsalar faqat shu kassetalar emas. 1986 yil 21 oktyabr¬da A. Ro`zmetov uyida tintuv o`tkazishadi. Tintuv uzoqqa cho`zilib, juda kech tugaydi. Kelasi kuni tintuvni davom ettirishadi. X.Ro`zmetovani bolalari bilan alohida bir xonaga kiritib qo`yishadi, tergovchilarning o`zlari esa tun bo`yi butun uyga egalik qilishadi.

Tintuvdan keyin X.Ro`zmetovaga musodara qilingan qimmatbaho buyumlar ro`yxatiga kiritilmagan bir qancha zargarlik buyumlari yo`q bo`lib qolganligi ma’lum bo`ldi. Uning Gdlyan guruhi va prokuratura nomiga bergan arizasi e’tiborsiz qoldiriladi. Bunda gap, masalan, chet elda ishlab chiqarilgan zajigalkalar kolleksiyasining bir qismi, shuningdek, 800 so`m turadigan 583 probali oltindan yasalgan milliy naqsh bilan bezalgan bilaguzuk haqida borardi. Ro`zmetovlarning arizasini shubha ostiga olish ham mumkin, albatta, zero, ular manfaatdor tomon. Ammo bizni bezovta qilgan boshqa narsa edi. Tintuv o`tkazilgan uy beshta xonadan iborat bo`lgan. Tintuv o`tkazish uchun besh tergovchi va uch xolis ham kelgan. Tergovchilardan biri mashinkada protokol tuzishga kirishgan, guvohlar uning yaqinida o`tirishgan. Boshqa tergovchilar xonalarni ko`zdan kechirishgan. Bu ishni bir vaqtda qilishgan. Har bir tergovchiga bir xonadan tekkan. Xolislar esa uch kishi bo`lib, ular ham zalda o`tirishgan. 

(Davomi bor)

Viktor ILYUXIN yuridik  fanlar doktori, professor

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31

.