Fidoyi inson

Markaziy Osiyoda eng yirik hisoblanadigan, nom qozongan, mamlakatimizda esa, shunday korxonalarning karvonboshisi, Sirdaryo Issiqlik elektr stantsiyasi fao­liyati bilan tanishish, yana ham aniqrog‘i, shu stantsiyaning bosh direktori, mamlakatimizning mashhur energetiklaridan biri — O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Mirzahmad Shoimov bilan uchrashgani, bu ajoyib inson rahbarlik qilayotgan korxona faoliyati haqida nimadir yozmoq niyatida Shirin shahriga yo‘l oldim. Karvonboshi deganimning sababi, stantsiya bir yilda 17 mlrd.kilovatt elektr quvvati ishlab chiqaradi, bu O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan 51 mlrd.kilovatt elektr tokining uchdan birini tashkil qiladi. Boshqacha aytsak, O‘zbekistonda porillab yonib turgan har uch chiroqning bittasi Sirdaryo IESiga tegishlidir, degani.

 

Shirin shahrigayetgach, katta darvozadan bir yam-yashil boqqa kirdik. Soya-salqinli bog‘ nihoyatda orasta, shinam. Men hamrohlarim — O‘zbekis­ton Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari shoira Hayotxon Ortiqboeva bilan adiba Noriniso Qosimovaga qaradim:

— Buyer kurortmi yo sanatoriymi? Bizlarga issiqlik elektr stantsiyasi kerak edi, shekilli?.. Adashmadikmi?

Ular kulishdi:

— Yo‘q, adashganimiz yo‘q, ustoz! Bu joy xuddi o‘sha biz izlab kelayotgan Sirdaryo Issiqlik elektr stantsiyasi hovlisi! — dedi Hayotxon.

Kuni kechagina mamlakat shaharlari qatorida e’tirof etilgan Shirin shahri tarixi 1943-1948 yillarda qurilgan Farhod GESi bilan bog‘liq. Bugungi kunda katta sanoat markaziga aylangan (unda mashinasozlik zavodi, energetika texnikumi, maktablar, maishiy xizmat korxonalari, GES, IES, madaniyat va istirohat bog‘i, bozor mavjud) Shirin shahri ana shu GES quruvchilari uchun bunyod etilgan.

O‘ylasam, buyerlarga kelmaganimga ko‘p yillar bo‘lgan ekan. Bolaligimda kattalarga ergashib ko‘p kelib turardim. Chunki biz, uzoqmas, Sirdaryoning narigi tomonida, Bekobod tumanining Jumabozor degan qishlog‘ida yashardik, o‘shayerdagi maktabni bitirganman. Menga bu joylar o‘sha paytlardayoq ertakka o‘xshab tuyu­lardi. Go‘yo buyerda qahramonlar istiqomat qiladilar. Yana bir tomoni, Ikkinchi jahon urushidan qaytgan nogiron otam Ahmadqul so‘fi Beknazar so‘fi o‘g‘li, xuddi shuyerda Far­hod GESi qurilishida umumxalq hasharida ishtirok etgan edi... Zavqlanib ko‘p bu haqda gapirib berganlari esimda. Ertakka o‘xshaydi, deganim, avvalo Farhod nomi bilan bog‘liq, qolaversa, Shirin ham shuyerda... Ular yonma-yon umrguzaronlik qilishmoqda... O‘sha Farhod qazigan ariq — kanal ham, ana, ayqirib oqib yotibdi...

ïðï

Mirzahmad Shoimov bilan avval ko‘rishmaganman. Xayolimda, u kishi chinakamiga pahlavonlardan bo‘lsalar kerak, norg‘ul, chorpaxil, salobatli... deb o‘ylayman. Buyerda yashaydigan odamlar hammasi ham shundoq bo‘lsalar kerak, deyman-da. U kishining hayotiga oid ayrim ma’lumotlar bilan tanishganimda ham ko‘rdim: Mirzahmad aka, u yoqda-bu yoqda emas, ayni Farhod GESga yaqin qishloqda, Toshkent — Andijon temir yo‘li bo‘yida 1953 yilda tug‘ilgan ekan... Axir qahramonlar ertakka o‘xshagan joylarda dunyoga keladilar-da...

Mirzahmad aka juda kamtarin, kamsuqum, muloyim, oq ko‘ngil dilkash inson ekan. Hayot sinovlarida qaynab-pishgan, chayir va kuchli inson. Birinchi marta ko‘rishib turgan esak-da, oz fursatda xuddi ko‘p yillardan beri tanishlarday bo‘lib ketdik. Agar qarashlar to‘g‘ri kelib qolsa, insonlar shunday holatni boshdan kechiradilar.

Mirzahmad aka bilan yaqindan tanishib, shunday xulosaga keldimki, kaminaga yurtimizdagi eng baxtli insonlardan biri bilan uchrashish nasib etibdi! U hozir 66 yoshda, yonida rafiqalari Oysafar opa, besh farzandi — to‘rt o‘g‘il, bir qiz o‘sib voya­gayetishdi, nabiralar ham bobolari atrofida parvona. Baxtlilikning eng yuksak cho‘qqisi: Mirzahmad akaning padari buzrukvori to‘qson ikki yoshli Ismat hoji bobo, qutlug‘ yoshdagi muhtarama volidasi Obida momolar ularning yonlarida, farzandlardan mamnun, qo‘llari duoda, keksalik gashtini surib yashamoqdalar! To‘rt ko‘z — tugal, deganlari shu. Mirzahmad aka qutlug‘ zamonda tabarruk ota-onalari xizmatini qilib aslo charchamaydi, savob ketidan savob oqib keladi... Bunday baxtning bahosi yo‘q bo‘lsa kerak! Bahosi — faqat shukronalik, Allohga beadad, beadad shukr qilmoqdir!

Mirzahmad bolalikdagi xotiralarni eslaydi. Shundoq ko‘z oldida, har kuni kechagina mol boqib yurgan dalada ajoyib Sirdaryo IES barpo etila boshlandi... Unda ishlasam, degan orzu unga tinchlik bermay qo‘ydi. Otasi, o‘shanda ellik yoshli Ismat aka Toshkent politexnika ins­ti­tuti(hozirgi Toshkent texnika universiteti)ga o‘qishga shaylangan, ayni paytda, oila ahvolini o‘ylab borsammi, bormasammi deb ikkilanayotgan, — u oilada bosh farzand axir, otaning o‘ng qo‘li, agar u biron yoqqa yiqilsa eng avval o‘ng qo‘l yordamga keladi! — Mirzahmadning boshini siladi: “O‘g‘lim, yaxshi o‘qish kerak, bizning borimizda o‘qib ol, oilani o‘ylama, tirikchiligimiz o‘tadi, qiynalmaymiz, axir onang ikkimiz ishlaymiz-ku! Hozir ota-onadan bolalarga meros, bu ilm olish, o‘qishdir”.

G‘aroyibi shundaki, o‘zim ham 1960 yil Moskvaga o‘qishga yo‘l olganimda, otam menga ham (men ham oilada bosh farzandman M.A.) xuddi Ismat ota aytganday so‘zlarni aytgan, hozir ota-onadan farzandga qoladigan meros – bu ilmdir, bizning davrimizda o‘qib oling, degan edi! Men bu hayratimni Mirzahmad akaga aytganimda, u ha, otalarning niyatlari hamisha ezgu bo‘lar ekan-da, deb javob berdi.

Ismat ota o‘g‘liga, mana shu GRESda ishlashing lozim, deb tayinlagan edi o‘shanda. O‘g‘il buni ko‘ngliga tugib qo‘ydi.

ïðï

Maktabdan so‘ng, oliy o‘quv yurtini bitirib muhandis diplomini olgach, Mirzahmad uzoq tunlar, kunlar ter to‘kib, izlanib misqollab olingan bilimni endi amalda sinab ko‘rish fursatlari kelganini chuqur his qildi.

Yigirma ikki yoshli yigit ishni Farhod GESda muhandislikdan boshladi, Yangier texnikumida o‘qituvchilik qildi. Bu oradayerdan bosh ko‘tarib chiqqan pahlavonday bo‘y ko‘rsatgan hammaning havasini keltirgan, hayratini oshirgan Sirdaryo IESi birinchi energobloki ishga tushib, yurtga dovrug‘ soldi. Energoblok 300 ming kilovatt elektr quvvati ishlab chiqaradi! Bu Mirzahmadning shuyerga o‘tib ishlash ishtiyoqini battar olovlantirdi, otasining so‘zlari uning esida edi. U 1976 yilda stantsiyaning texnologiya jarayonlarini avtomatlashtirish tsexiga oddiy ishchi — elektr chilangari bo‘lib ishga kirdi.

Shu tariqa Mirzahmad Shoimovning kelajakda shon-sharafga yo‘g‘rilgan qizg‘in mehnat faoliyati boshlanib ketdi. Albatta u, paytlar kelib, 2012 yildayetuk energetik sifatida “O‘zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvonga sazovor bo‘lishini bilmasdi, bu haqda o‘ylamasdi ham. Uning bilgani — otaning nasihatlarini yodda tutish, halol mehnat qilish, o‘z xizmatiga vijdon bilan yondashish, har bir qadamida insofni unutmaslik, tin bilmaslik, izlanishdan to‘xtamaslik, har qanday holatda ham vazminlikni, sabr-toqatni qo‘ldan chiqarmaslik, chin ma’noda Inson bo‘lish, sidqidildan ishlash, ishlash va yana ishlashdan iborat edi. Bilimdon va izlanuvchan yigit darhol rahbarlarning ham, jamoaning ham, xalqning ham nazariga tushdi. U oddiy ishchilikdan stantsiya­ning boshqaruv pultiga navbatchi va smena boshlig‘i bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Avtomatika tsexi boshlig‘i muovini vazifasiga ko‘tarildi. Avtomatika Mirzahmadning joni-dili ekanini nazarda tutsak, bu vazifa unga juda porom kelganini anglash qiyin emas. Keyin stantsiyaning Gaz taqsimlash punktida muhandis va boshliq, Avtomatika tsexi boshlig‘i, Issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlari tsexi rahbari (buyerda 180 dan ortiq xodim mehnat qilardi), 1998 yilda esa Sirdaryo IES ining bosh muhandisi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi. Bu vazifada o‘n yil mehnat qildi. 2008 yilda Mirzahmadga stantsiya bosh muhandisi vazifasi topshirildi.

Elektrotexnika uskunalarini eks­pluatatsiya qilish, ularning himoya vositalaridan foydalanish Mirzahmadning asosiy sohasi edi. Bu sohani oliy o‘quv yurtida o‘qiyotganida chuqur egallashga harakat qildi. Generatorlar, dvigatellar, yuqori kuchlanishli kommutatsiya apparatlari, elektron hisob mashinalari, transformatorlar, bug‘ va gidrotrubinalar, podstantsiyalarni chuqur o‘rgandi, ularning tuzilishi, yasalishi, ishlashi, holatlari, turfa “noziklik”lari va mayda-chuydalarigacha, uni qattiq qiziqtirar edi. Boshqacha aytganda, ularning “ichiga kirib chiqdi”, barini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Sir-sinoatlardan hayratlarga tushdi.

Ha, elektr energiya — bu o‘zi bir mo‘’jiza ekan! Bu sanoat emas, balki san’at degulik nozik kasb edi, u Mirzahmadni butunlay o‘ziga rom qildi. Sankt-Peterburg shahriga tajriba o‘tash uchun borganda, uyerda metallurgiya zavodi va mashhur “Elektrosila” zavodida bo‘ldi, bug‘ turbinalarining, yuqorida aytganimizdek, qanday yasalishi va sinovdan o‘tkazilishini obdan kuzatdi, ko‘p narsalarni zehniga joyladi...

Elektrik sohasida mutaxassis, issiqlik texnikasi va mexanika qonunlari bo‘yicha ko‘p tajribalarga ega bo‘ldi. Energobloklarning nazorat o‘lchov asboblari, avtomatikasi, boshq­aruv hamda himoya tizimlarida kabellarni montaj qilish, loyihalash, kerakli asboblarni tanlash, soz­lash ishlari… Bular stantsiyada Mirzahmad akasiz bajarilmaydigan bo‘lib qoldi. Shu sababdan uning obro‘-e’tibori jamoa ichida orta bordi, kattalar maslahat oladigan, yoshlar esa suyanadigan bilimdon murabbiyga aylandi.

2013 yilda Mirzahmad Shoimov Sirdaryo Issiqlik elektr stantsiyasi bosh direktori etib tayinlandi.

ïðï

Sirdaryo Issiqlik elektr stantsiya­sining quvvati tobora kuchayib bordi. Stantsiya Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Surxon vohasigacha elektr energiyasiyetkazib beradi. O‘nta energoblok mavjud, so‘nggi energoblok 1981 yilda ishga tushirildi. 5-10 energobloklarni bunyod etishda Mirzahmad Shoimovning xizmatlari kattaligini hamma e’tirof etadi.

— “Quldek ishlash kerak, bekdek yashash kerak!” — onamning bu so‘zlari hech qachon esimdan chiqmaydi, — deydi Mirzahmad aka. — Bu hayotimning shioriga aylangan. Unga doim amal qilaman. Kam bo‘lganim yo‘q. Maktabda Abduqayum Islomov degan juda fidoyi inson matematika o‘qituvchim edi. Undan bag‘oyat minnatdorman, u menda matematika faniga bo‘lgan katta mehrni uyg‘ota oldi! Matematikaga juda qiziqib ketdim. Ajoyib fan ekan! Ustozimning bergan saboqlari keyin menga juda asqotdi.

Ayniqsa, Abduqayum Islomovning bir kuni darsda biz — o‘quvchilarga aytgan so‘zlari hamon esimda turibdi: “Matematika — bizning ona fanimiz, tushundingizmi? — degan edi u. — Shuni bilib qo‘yinglar! Uni Muhammad al-Xorazmiy bobomiz yaratganlar, algebra ul zotning asaridan tug‘ilgan, “algoritm” so‘zi uning ismidan olingan! U hayotning mazmuni! Shu sababdan bu fanni bilmasak uyat bo‘ladi!”

Rostdan ham, bu so‘zlar Mirzahmadning ko‘ngliga qattiq o‘rnashib qoldi. Uyga berilgan vazifalarni bajarishga kirishganda, ishni doim matematika fanidan boshlar edi. Qiyin masalalarni anglash, o‘qib ma’nosini aniqrog‘iyechimini topish,yechgandan keyingi quvonch unga rohat, huzur bag‘ishlar, butun charchoqlarini yozib yuborardi.

Sirdaryo GRESi — uzoq yillar O‘zbekistonga rahbarlik qilgan taniqli davlat arbobi va adib Sharof Rashidovning g‘oyasi, orzusi edi. Uning harakatlari bilan qurilish 1966 yil kuzda boshlangan. Tap-taqiryerda. 1972 yilda birinchi energoblok ishga tushdi. 1981 yilda stantsiya qurilishi nihoyasigayetdi — ja’mi 10 ta energoblok qurib bitkazildi. Har bir blok ishga tushganda davlat rahbari albatta buyerga kelar, bunyodkorlarni tabriklab ketar edi. Hozir stantsiyada minglab odamlar mehnat qiladi. Bir hisobotda ko‘rdim: stantsiya har kuni o‘rtacha 2,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarar ekan.

Mirzahmad aka meni stantsiyaning bosh imoratiga taklif qildi. Mana ulkan imoratda kezib yuribmiz. Besh qavat balandligida, uzunligi olti yuz metrlar chiqadigan mahobatli bino, bamisli daryoday cho‘zilgan, unda yuqorida aytilgan o‘nta energoblok joylashgan, guvillab ishlab turibdi, harorat kuchli, shtormga tushgan dengiz shovqinini yodga soladi. Tasavvur uchun aytay: bamisli tog‘ qoyalarini (asbob-uskunalar juda-juda yirik, ularning og‘irligi tonnalar bilan o‘lchanadi!) olib kelib bino ichiga zichlab joylashtirib qo‘yilganday... O‘zimcha fikr qildimki, energoblok — IES yuragi ekan! “Energoblok №1”... “Energoblok №5”... “Energoblok №10”... Ularni ishga tushirishda ozgina bo‘lsa ham nosozlikka yo‘l qo‘yilmasligi kerak. “Nosozlik” degan so‘z nurchilarning lug‘atida yo‘q! Buyerda — mas’uliyat va yana mas’uliyat! Nihoyatda hushyorlik talab etiladi. Ishni sekundlar hal qiladi, barchasi avtomatlar or­qali bajariladi. O‘n energoblok bo‘lsa u boshqaruv pulti orqali 5-6 kishi tomonidan boshqariladi xolos!

Biz “daryo”ning o‘ng qirg‘og‘ida yurib boryapmiz. Pastda yigitlar bari — qora ko‘zlar, charx urib ishlab yurishibdi.

— Qozon-trubina tsexlari, bug‘ generatori, qozon avtomatikasi... Bu iboralar bizlar uchun juda muhim sanaladi, — deydi Mirzahmad aka. — Har bir energoblokda soatiga 900-1000 tonna suv va bug‘ to‘xtovsiz aylanib turadi. Har bir energoblok balandligi 40 metrdan oshadigan 2 tadan qozonga ega. Qozonning vazifasi — bosimi 240kg./sm2 va harorati 545 tselsiy bo‘lgan bug‘ni soatiga 960 tonna miqdoridayetkazib berishdan iborat, bunda 35 tonnagacha yoqilg‘i sarflanadi. Qiziq fakt: shu palla o‘t yonish yadrosida harorat 2000 darajadan oshadi!

Bular men uchun dabdurustdan aql chamalay olmaydigan hodisalar edi.

ïðï

Suhbatimiz davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning korxona faoliyatiga hamisha katta e’tibor berib kelayotganlari haqida so‘z ketdi.

— Hali 2013 yilda Sirdaryo IES 1 va 2 energobloklarini modernizatsiya qilingani haqida suhbatlashdik-ku, — dedi Mirzahmad aka. — 2012 yilda Shavkat Miromonovich Bosh vazir maqomida ekanlarida, mazkur modernizatsiya uchun 57 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratib berdilar. 2016 yilda korxonamizga tashrif buyurganlarida, muhtaram Prezidentimiz energetiklarning turmush-hayoti bilan qiziqdilar, modernizatsiya qilishni davom ettirish, yangi IES qurish bobida qimmatli yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berdilar.

— Modernizatsiya o‘zi bir so‘z-ku, ammo mazmuni, yuki katta shekilli?

Bir tushuntirib bering, — so‘rayman Mirzaahmad akadan.

— Ha, bir so‘z, — deydi u kulib. — Mazmuni, aytganingizday olamcha bor...

Ayrimlarini aytib o‘tay. Buyerda to‘rtta narsa muhim: turbina, generator, bug‘ ishlab beradigan qozon va yordamchi uskunalar. Birinchidan, turbina bo‘yicha, yuqori bosimli tsilindrning rotor va diafragmalarini modernizatsiya qilingan yangi toifasiga almashtirish. Ularning zichlanish zonasini orastalash, modernizatsiya qilish. Bu ish o‘rta va past bosimli tsilindrlarda ham amalga oshiriladi. Shuningdek, podshipniklarning yangi modifikatsiyasini joriy etish zarur. Generator bo‘yicha: stator bilan rotorni to‘liq rekonstruktsiya qilinadi. Qozon bo‘yicha yuqori va past bosimli bug‘ quvurlari, regenerativ havo qizdirgichlari yangilanadi... Modernizatsiya ishlari Sankt-Peterburgdagi “Elektrosila”, Germaniyaning “SIEMENS” korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilib kelinmoqda.

— Bir voqeada ustozning qilgan fidokorona mehnatlari hech yodimdan chiqmaydi, — deydi Issiqlik avtomatikasi va o‘lchash tsexining boshlig‘i Bekmirza Rahmonqulov. — 1997 yili 5-energoblok atrofidagi rele shkaflari ostki qismida yong‘in tufayli juda ko‘plab kabel liniyalari kuyib ketdi... Juda xavfli hodisa. Biz tsex ustalari sarosimaga tushib qoldik, uni tiklashga ketadigan vaqtu qilinishi lozim bo‘lgan ulkan ish hajmini o‘ylab yuragimiz orqaga tortib ketar edi. Lekin rahbarimiz M.Shoimov o‘ta sovuqqonlik bilan his-hayajonga berilmay, tezlikda ishni tashkil qildilar, bir kecha uxlamasdan tuzib chiqqan rejalari asosida ish olib borib, qisqa muddatda vazifani muvaffaqiyatli ado etishga erishdik...

Bekmirza Rahmonqulov — yosh kadr­lardan chiqqan tsex boshlig‘i. Unga o‘xshagan yoshlar ko‘p. Yosh kadrlarniyetuk mutaxassislarga aylantirish ishlari korxonada izchil tizimga ega. Kollej bor, Shirin energetika texnikumi, stantsiya qoshida o‘quv markazi, kadrlarni tayyorlash markazi ishlab turibdi...

— Milliy kadrlar xususida bizda, umuman olganda, hamma sohalarda ham taqchillik qattiq sezilishi hammamizga ma’lum, — deydi Mirzahmad aka. — Yoshlarimiz juda tirish­qoq, boshqalardan kam emaslikka intilishadi va shundoq ekanliklarini isbot etishadi ham. 1995 yillardan boshlab bu sohada o‘zgarishlar qilishga erishdik. Yoshlarimiz asta-asta mas’uliyatli lavozimlarni egallay boshlashdi. Bundan juda quvonaman. Ayniqsa, jonkuyarlik bilan o‘z bilimlarini oshirgan, o‘zlariga talabchan mas’uliyatni chuqur his etadigan quyidagi xodimlarimizni — energetiklarimizni aytib o‘tgim keladi. Bular: A.Xayrullaev, K.Aliyarov, B.Sadiev, M.Sodiqov, Z.Ataev, S.Ro‘ziev, B.Rahmonqulov, I.Sultonov, F.Xolnazarov, G‘.Xo‘jaqulov... Bari o‘zimizning kadr­larimiz. Ular ko‘p.

Mirzahmad aka chindan ham kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berib keladi. Chunonchi, Shirin energetika kasb-hunar kollejiga doim homiylik yordami ko‘rsatadi, ta’lim sifatini nazorat qilib boradi, bitiruv imtihonlari taniqli energetiklar rahbarligida o‘tishini ta’minlaydi.

Stantsiya qoshida barpo etilgan o‘quv markazi qizg‘in faoliyat olib bormoqda. Buyerda yaxshi o‘rganish uchun energoblok(energoblok emas, ulkan qoya tosh deng!) maketini yaratishda, barcha jihozlarning maket usulida o‘rnatilishida va unda muntazam o‘quv kurslari tashkil etilishida ustoz Mirzahmad Shoimovning xizmatlari beqiyos.

— Ha, — dedi Mirzahmad aka. — Biz, o‘zbeklar stantsiyada asta-sekinlik bilan yuqori lavozimlarni egallay boshladik, boshqaruv pultlarini qo‘limizga ola boshladik…

Bir narsa mening diqqatimni qattiq o‘ziga tortdi. Mamlakatimizdagi barcha korxonalarda ilgari rusumda bo‘lgan bir necha yuzlab, minglab ishlab chiqarish, lavozim yo‘riqnomalari boshqa tilda yozib kelingan. Bu ma’lum haqiqat. Sirdaryo IESi ham bundan mustasno emasdi. Mirzaahmad aka idoraning nizomlarini qayta ko‘rib chiqish, mustaqil yurt sha’ni va zamon talablari asosida standartlarga moslashtirish, yangilarini yaratish ishlarini o‘ziga dolzarb vazifa deb hisobladi. Har bir rahbar shunday bo‘lmog‘i kerak. U hujjatlarni ona tilimiz – o‘zbek tiliga o‘girishda jonbozlik ko‘rsatdi, hamma bo‘limlarning mas’ul xodimlari bilan alohida ish olib bordi, barchasiga bosh-qosh bo‘ldi. Yo‘riqnomalardagi har bir gapga, jumlaga texnik, ilmiy, badiiy jihatdan yondashib, ularni tarjima qilishda katta jonbozlik ko‘rsatdi.

Jamoada ota kasbini davom ettirayotgan farzandlar va nabiralar shodasi yoki energetiklar sulolalari paydo bo‘lgani quvonchli hodisadir. Chunki otalar boshlagan ishni farzandlar davom ettirishi xalqimizning yaxshi urf-odati hisoblanadi. Darvoqe, men ana shunday neftchilar sulolalaridan birini yaxshi bilaman. Chimyonlik neftchi usta (mas­ter) Muxtor Saydahmedovning o‘g‘illari va nabiralari ana shundaylar sirasiga kiradi. Keksa neftchi Muxtor ota, uning o‘g‘li Shamshiddin Saydahmedov, uning nabirasi Nuriddin... Mana, neftchilarimizning turli avlod vakillaridan misollar. Ular turli rahbarlik lavozimlarida ishlamoqdalar. Endi energetiklar sulolalaridan ayrimlarini aytib o‘tay: Isroil Mirzaxolov elektromontyor edi, uning besh o‘g‘li barchasi ota kasbini tanladi. Jonazar Xolnazarov energotizimda Farhod GESda (1947-1975 yillari) traktorchi bo‘lib ishlagan: olti farzandidan to‘rttasi — energetik bo‘libyetishdi. Beshta aka-uka Sharipovlar va Yoribekovlar — Mazbut, Turg‘un, Shodi, Hamid va Said­boylar boshqa bir sulolani tashkil qilishadi. Ular turli vazifalarda, kasblarda mehnat qilishmoqda. Avlodlar ishi davom etmoqda.

ïðï

Sirdaryo Issiqlik elektr stantsiya­sida ishlar hamishagidek qizg‘in ketmoqda. Barcha energobloklar asta-sekin modernizatsiyadan chiqarilmoqda. Ish jarayonini avtomatlashtirish yana ham rivojlantirilib, yuksak takomiligayetkazilmoqda. Sirdaryo IES yonida yangi 4 energoblokdan iborat umumiy quvvati 2400 megavatt kuchga ega IES qurilishiga kirishilmoqda. Qiyos uchun: birgina Sirdaryo viloyatini ta’minlamoqqa 250 megavatt elektr quvvati kifoya qiladi. Stantsiya bitgach, 2000 odamga yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bunday ezgu ishlar boshida Sirdaryo Issiqlik elektr stantsiyasi bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis senati a’zosi haqiqatda fidoyi inson Mirzahmad Shoimov turibdi.

Ha, har kim ham o‘z halol mehnatidan topadi. Zamonamiz qahramoni Mirzahmad Shoimov — ana shu sodda haqiqatni teran anglabyetgan, mahkam tutgan o‘zbekning asl farzandlaridandir.

ïðï

Ocherk yozilganiga bir oycha bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Qahramoni Mirzahmad Shoimov bundan uch hafta avval O‘zbekiston issiqlik elektr stantsiyalari aktsiyadorlik jamiyati texnika bosh­qarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U endi faqat Sirdaryo IES korxonasi emas, balki respublikamizdagi jamiki shunday korxonalar faoliyati ustida bosh qotiradi, yangi energobloklar bunyod etadi. Hurmatli Prezidentimiz yaqinda Sirdaryo mehnatkashlari bilan uchrashuvda  Sirdaryo GRES­i  tarkibida yana 4 ta energoblok  qurilishi hayotiy zarurat ekanini ta’kidladilar.

Muhammad ALI,

O‘zbekiston xalq yozuvchisi,

Davlat mukofoti laureati

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

MEHR RISHTASI

2019-08-21 06:21:09

Kasallikni davolagandan ko‘ra...

2019-08-21 10:27:02

O‘zbekiston

2019-08-21 11:19:53

“Axborot”da kechgan yillar

2019-08-21 05:30:04

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2019
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

.