Uzum haqida masal


Jaloliddin Rumiy

(1207-1273)

Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi haqida Rumiyning shunday masali bor.

 

Turli tilda turlicha aytilgan bir so‘z ba’zan o‘zaro nizoga sabab bo‘ladi. Turk, arab, fors va yunon millatidan bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchiga bir saxiy odam tanga hadya etadi. Yo‘lovchilar o‘rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. Forsiy tilda so‘zlovchi yo‘lovchi sheriklariga:

— Yuringlar, bozorga boramiz-da, angur sotib olamiz, — deydi.

— Ey firibgar! — uning so‘zini bo‘ladi arab. — Men angur emas, eynabyeyishni xohlayman!

Turkiy yo‘lovchi esa ularning har ikkisiga e’tiroz bildirib shunday deydi:

— Birodarlar, nega shovqin ko‘tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz?

Yunon yo‘lovchi esa:

— Qanday odamsiz o‘zi? Kelinglar, stafil sotib olamiz-da, maza qilibyeymiz, — deydi.

Shu tariqa to‘rt yo‘lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Aslida ular aynan bir narsani istashardi.

To‘rt yo‘lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rosa do‘pposlashdi.

Agar ularning orasida ko‘proq tilni biladigan odam bo‘lganda bir so‘z bilan nizoga chek qo‘yishi mumkin edi.

S.Jo‘raeva tayyorladi.

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

MEHR RISHTASI

2019-08-21 06:21:09

Kasallikni davolagandan ko‘ra...

2019-08-21 10:27:02

O‘zbekiston

2019-08-21 11:19:53

“Axborot”da kechgan yillar

2019-08-21 05:30:04

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2019
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

.