Iymon salomat bo‘lsa...

Hidoyat

Muqaddas manbalarda qayd etilishicha, Alloh taolo bandalariniyer yuzini obod qilishga, oila qurishga va boshqa xayrli ishlarga buyurgan, jamiki gunoh ishlardan esa qaytargan. Payg‘ambarimizning muborak hadislarida ham “Har bir ish niyatga bog‘liq, kim nimani niyat qilsa, o‘shangayetadi”, deyiladi. Bularni anglolmagan kishi nima qiladi, kayfiyatini qay tarzda bayon etadi? O‘z joniga qasd qilish bilanmi?

 

17 iyul kuni samarqandlik (Urgut tumanidagi Oq buva qishlog‘ida yashagan) to‘rt nafar farzandning onasi 42 yoshli G. H. Darg‘om kanaliga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Uning yonida 6 yashar qizalog‘i ham bo‘lgan. Qizchani yaqin-atrofdagi odamlar qutqarib qolgan. Bu ayolni shu ishga majbur qilgan sabab nahotki to‘rt bolaning taqdiridan ustun bo‘lsa? U farzandlari voyagayetguncha ularning hayotiga mas’ul edi-ku! Nega mo‘’tabar kalom — ona maqomidan voz kechdi?

25 iyul kuni Samarqand shahridagi 64-sonli o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ygan...

Ijtimoiy tarmoqlarda kun — kun ora tarqalayotgan bunday sovuq xabarlarni o‘qish, eshitish bilan vujudingiz muzlaydi, og‘ir o‘ylar iskanjasida qolasiz.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 4-5 million kishi o‘z joniga qasd qilish tufayli olamdan o‘tar ekan! So‘nggi yillarda o‘z joniga sui­qasdning eng yuqori ko‘rsatkichi rivojlangan mamlakatlarda qayd etil­ya­pti. Har 100 ming kishiga Litvada 68,1, Belarusda 63, Rossiyada 58, AQShda 52, Shri Lankada 44, Ukrainada 40 ta holat to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlari bu borada oldingi o‘rinlarda turibdi. Ana shunday mudhish qarorga kelib, dunyodan ko‘z yumganlar orasida mashhur shaxslar ham bor. Bunday xabarlarni ko‘pgina saytlarda uchratish mumkin. Ushbu global muammoning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham mavjud, albatta. O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish Xalqaro assotsiatsiyasi Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda har yili 10 sentyabrni jahonda o‘z joniga qasd qilishlarning oldini olish kuni deb e’lon qilgan.

O‘zbekistonda mana shu ayanch­li holat bo‘yicha yiliga har 100 ming kishiga 5,2 holat to‘g‘ri kelayotir. Bu haqda yaqinda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘tkazgan brifingda ma’lum qilindi. Mamlakatimizda joriy yilning o‘tgan davrida o‘ziga-o‘zi suiqasd qilish ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, erkaklar bilan bog‘liq holat 57,3, ayollar bilan bog‘liq holat 42,7 foizni tashkil etgan. Respublikamiz aholisi 33 milliondan oshganini inobatga olsak va foizlar kesimida chamalasak, yiliga 700 dan ortiq erkak hamda 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilayotgani ma’lum bo‘ladi.

Bu nima o‘zi? O‘z-o‘zini jazolashmi yoki ojizlikmi?

— O‘z joniga qasd qilish og‘ir gunoh ekani unga tayinlangan jazodan ham ma’lum, — deydi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Kulol-Qo‘rg‘on” jome masjidi imom-noibi Bahodir Muhammad. — Bu inson o‘z qo‘li bilan sodir etadigan eng og‘ir jinoyatlardan biridir. Dinimizda ushbu jinoyatning hukmi gunohi kabira (ulkan gunoh) sanaladi. Alloh kechirmaydigan gunoh esa shirkdir. Shirkdan boshqa barcha katta-kichik gunohlar uchun banda xolis tavba qilsa, kechirilishiga umid bor. Alloh taoloning gunohkor bandalari uchun tavba eshiklari doimo ochiq. Lekin inson o‘z joniga qasd qilsa, unga tavba qilishga imkon bo‘lmaydi. Chunki bu gunohi kabirani sodir etgan kishining hayoti ana shu shum harakati bilan tugaydi. Bu ishga qo‘l urgan kishi odam o‘ldirgan bilan barobar ko‘riladi. Achinarlisi, yaqinlarini dog‘da qoldirib, Alloh bergan umr ne’matiga noshukrlik qilgan bo‘ladi.

Islomda xoh o‘zini, xoh birovni hayotidan mahrum qilib o‘ldirsin gunohi bir xildir. Chunki oyatda bir kishini nohaq o‘ldirgan odam ko‘pchilikni o‘ldirgan, bir kishiga hayot baxsh etgan kishi esa butun insoniyatga shuni ravo ko‘rgan bilan tenglashtiriladi. Muqaddas Qur’oni karimning An’om surasi 151-oyatida shunday deyiladi: “Alloh taqiqlagan jonni nohaq qatl qilmangiz”.

Bundan kelib chiqadiki, bandai mo‘min Yaratganning o‘lchab bergan umriga xiyonat, qasd qilishi gunohi azimdir. Nima bo‘lganda ham odam farzandi bu besh kunlik sinov dunyoda boshiga keladigan qi­yinchilik va mashaqqatlarga bardosh bera olmay, umr deb atalgan buyuk omonatga xiyonat qilishi ulkan gunoh bo‘lishi bilan birga, muammoningyechimi ham bo‘lolmaydi. Aksar hollarda insonni bunga undovchi omil yagona emas. Dinsizlik, ma’rifatsizlik, to‘qchilik, yo‘qchilik, shahvoniy, nafsoniy sevgi, o‘z joniga qasd qilishni muammoningyechimi sifatida ko‘rish, oxirat, qayta tirilish, qiyomat va do‘zaxdagi azob-uqubatlardan bexabarlik, ruhiy xastalik kabilar ana shunday mudhish xatoga yo‘l qo‘yishga sabab bo‘ladi. Sanab o‘tilganlar orasida ruhiy xastalikdan tashqari boshqa muammolarningyechimini topish mumkin. Ma’rifatli, Yaratganga muhabbatli inson o‘ziga o‘zi bunday hukm chiqarish kufr ekanini biladi. Demak, najot ma’rifatda, ilmda.

Ha, darvoqe, suitsid ham shariatda, ham jamiyatda hamisha qoralangan. O‘z joniga ixtiyoriy tarzda qasd qilish jamiyatga, axloqqa, Allohga qarshi qaratilgan jinoyat, deb baholanishi kerakmi yoki bu uning yashash huquqiga o‘xshash huquqlaridan biri bo‘lib, inson undan o‘zi istagancha foydalanishi mumkinmi, degan savollar ham o‘rtaga tashlangan. Ayni paytda turli xalqlarning o‘ziga o‘zi bunday hukm chiqarishiga qarshi qo‘llaydigan qonuniy jazo choralari ham bor. Masalan, Hindistonda o‘zini o‘ldirishga uringan shaxs bir yil ozodlikdan mahrum qilinadi yoki jarimaga tortiladi. Singapurda ham xuddi shu sabab tufayli bir yil qamoq jazosi beriladi.

Mamlakatimizda o‘zini o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxs­da shu hisni uyg‘otgan kishiga nisbatan jazo belgilangan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 103-moddasida qayd etilgan bo‘lib, bunday shaxslar ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Joriy yilning 13 fevralida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish kontsep­tsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori esa ana shunday noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan. Kontseptsiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatlari borasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan ilg‘or mamlakatlar tajribasiga asoslangan yondashuvlarni qamrab oladi. Ushbu qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari joriy qilingan.

Bundan tashqari, joriy yil 7 iyunda Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquq­buzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishyetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, jumladan, oilaviy muammolar (ajrimlar, oiladagi nizolar, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq), “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlariga tobelik, o‘z joniga qasd qilish holatlari davom etayotgani qayd etilgan. Ushbu qaror asosida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Qarorda respublikaning chekka hududlarida amaliyotchi psixologlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2019–2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish kabi bir qator vazifalar belgilangan.

Yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” asaridagi Anvar obrazini esga olaylik. Haqiqat, adolatga topinadigan bu yigit atrofidagi nohaqliklarga qarshi kurashol-may, o‘z joniga qasd qiladi. Yozuvchi o‘sha davr jamiyatidagi chirkin muhit hur fikrni qanday bo‘g‘ib o‘ldirganini ushbu obraz orqali ko‘rsatgan. Bugun-chi, bugungi suitsidlarga ko‘proq nimalar sabab bo‘lmoqda?

— Odamlarda hayotga bo‘lgan munosabat, dunyoqarash o‘ta sayozlashib borayotgani ana shunday og‘ir gunohga qo‘l urishga olib kelyapti, — deydi psixologiya fanlari nomzodi Odina Otajonova. — Jiddiy qiyinchiliklar insonni ruhan kuchli, chuqur mulohazali bo‘lishga undaydi. Hozirgi kunda bunga hojat yo‘q,yengil hayot esa odamni kurashuvchanlikdan qaytaradi. Mayda-chuyda ikir-chikirlarni ham qabul qilolmaydigan ojiz qilib qo‘yadi. Keyingi vaqtda kishilar, ayniqsa, yoshlar narsaning, voqeaning tashqi tomonidan qarab xulosa qilmoqda, ichki mohiyatga e’tibor berishmayapti. Buyuk faylasuflardan biri aytgani kabi inson avvalo o‘zligini, dunyoga kelishdan maqsadini anglamog‘i kerak. Globallashgan bugungi dunyoda faqat mukammal diniy va dunyoviy tarbiyagina insonlarni asrab qola oladi. Temperamenti jihatdan o‘ta ta’sirchan bo‘lgan melanxoliklarga hushyorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Ko‘pgina hollarda ular ana shunday mudhish xatolarga yo‘l qo‘yishlari mumkin...

Mutaxassislarning fikricha, o‘z joniga qasd qilish birdaniga, bir kunda ro‘y berib qolmaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, o‘zini o‘ldirganlardan 90 foizi qaysidir darajada ruhiy salomatlik muammosiga yo‘liqqanlardir. Ammo dastlabki bosqichda bu u qadar sezilmaydi. Shuning uchun mutaxassislar erta ogoh beruvchi xavotirli belgilarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlashgan.

Odam zotining joni qanchalik qadrli ekanini shundan bilsa ham bo‘ladiki, jonga talafotyetish xavfi bo‘lgan paytda dinning arkoni bo‘lgan ibodatlardayengillik berilgan. Masalan, suv ishlatish xavfi bo‘lganda tayammum qilish, namozni tik turib o‘qishga imkoni yo‘q inson o‘tirib o‘qishi, bemor kishi ro‘zani boshqa vaqtda, ya’ni tuzalgach, tutib berishi, yo‘li xavf­li bo‘lgan kishiga to ushbu xavfdan xalos bo‘lgunicha hajning farz bo‘lmay turishi kabi jihatlar shular jumlasidandir.

Ha, biz insonlarga Yaratgan tomonidan ko‘p ne’matlar ato etilgan. Shulardan eng ulug‘i iymondir. Ushbu ne’mat tirik jonlar ichida faqat mukarram zot — odamgagina xos. Uni asray bilgan kishi esa o‘z hayotini ham asray oladi.

Xolida FAYZIYEVA.

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

MEHR RISHTASI

2019-08-21 06:21:09

Kasallikni davolagandan ko‘ra...

2019-08-21 10:27:02

O‘zbekiston

2019-08-21 11:19:53

“Axborot”da kechgan yillar

2019-08-21 05:30:04

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2019
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

.