CHIN ISTE’DOD TARBIYASI YO‘LIDA

Hayot — bu rangin qo‘shiq. Uning har bir ohangida ajib bir go‘zallik yashaydi. Dunyo dunyo bo‘lib yaralibdiki, shubhasiz, musiqa kishilar hayotining ajralmas bir bo‘lagi sifatida shakllanib kelmoqda.

 Davrlar silsilasida o‘ziga turfa xildagi xususiyatlarni mujassamlashtirgan mazkur san’at, shubhasiz, kishilik jamiyati taraqqiyotiga ham munosib ulush qo‘shgan, deya olamiz. Sababi, bundan million yillar avval yer yuzida paydo bo‘lgan ilk odamlarda ham aynan musiqiy tovushlarga bo‘lgan qiziqish turli yo‘llar va ko‘rinishlarda namoyon bo‘la boshlagan. Demak, hech qanday e’tirozlarga o‘rin qoldirmagan holda biz musiqani inson jismiga jon baxsh etgan mo‘’jizaga mengzay olamiz.

Musiqa va san’at inson ongiga ta’sir etib, uning barkamol rivojlanishiga xizmat qiluvchi omil bo‘lsa, shu bilan bir qatorda, u kayfiyatni ko‘tarinki qiluvchi, qalb va ruhni poklovchi hayotbaxsh vositadir. Azal-azaldan musiqa va san’atga o‘zgacha mehr qo‘ygan ajdodlarimiz xalq yo‘lida kuylanadigan milliy qo‘shiqlarni maromiga yetkazib ijro etishgan. Shu sabab bo‘lsa kerak, butun dunyo bizni qo‘shiqsevar, asl iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlaydigan xalq sifatida e’tirof etadi. Albatta, bundan faxrlansak arziydi. Tarixda qanchadan-qancha buyuk san’atkorlarimiz o‘zlarining dastxatlarini zarhal harflar bilan bitib ketganlar. Bugun ularning yo‘lini davom ettirayotgan ijodkorlar esa ustozlarga munosib bo‘lishga harakat qilishmoqda.

Mustaqillik yillarida alohida ijrochilik salohiyatiga ega bo‘lgan zamonaviy  estrada musiqasi va qo‘shiqchiligi bugungi kunda ustoz-shogird an’analari asosida rivojlanib bormoqda. Endilikda, milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti, barkamol insonni tarbiyalash masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu o‘rinda milliy musiqiy estrada san’ati ijrochiligini professional darajaga ko‘tarish, jumladan, estrada xonandaligi milliy maktabini yaratish va rivojlantirish yo‘lida ijobiy harakatlar qilinmoqda.

Poytaxtimizning obodligi, ko‘rkamligi bilan ajralib turadigan, milliy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan muhtasham oliy ta’lim dargohi — O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga ko‘pchilikning nazari tushgan bo‘lsa kerak. U yerda san’atning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlanadi. Ularga esa malakali professor-o‘qituvchilar ta’lim beradilar. Ayniqsa, tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan "Estrada xonandaligi» kafedrasida ham ta’lim jarayonlarining yanada mukammal darajada olib borilishi inobatga olingan. Fakultetga O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi, professor Dilorom Omonullaeva yetakchilik qilmoqda. Bu yerda faoliyat yuritayotgan o‘nlab, el tanigan estrada xonandalari pedagogik jarayonlarga jalb qilindi. Ular endigina katta hayotga kirib kelayotgan bo‘lajak estrada xonandalariga o‘zlarining ko‘p yillik ish tajribalari asosida amaliy saboqlar bermoqdalar.

Biz buyuk allomalarga beshik bo‘lgan Vatanda yashaymiz. Dunyoda Beruniy, Forobiy, Ibn Sino nomini eshitmagan inson topilmasa kerak. Ularning bosib o‘tgan ibratli umr yo‘llari, hayotligida yaratgan benazir asarlari butun dunyoni lol qoldirgan. Endilikda, chet elga borib "Men o‘zbekistonlikman» desangiz, ular sizga ajablanishmaydi. Aksincha, hayrat bilan, havas bilan qaraydilar. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi moddiy-ma’naviy o‘zgarishlar, har sohada yoshlarga ilm olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni-ku, aytmasangiz ham bo‘ladi. Mustaqillik bizga erkimizni, g‘ururimizni, or-nomusimizni, o‘zligimizni qaytardi.

Inson — tabiatning shoh asari. U barcha mavjudotlardan o‘zining ongi va farosati bilan ajralib turadi. Ammo bizga berilgan mana shu buyuk in’omdan foydalanib, jamiyat uchun naf keltirsak nur ustiga nur bo‘lardi.

 Ulug‘bek MIRZAHMEDOV

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-89.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-93.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.