BARKAMOL AVLOD — VATAN ISTIQBOLI

Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, barqaror taraqqiyotimizni ta’minlash davlatimizning yoshlarga oid samarali siyosati bilan bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning ilk davrlaridanoq yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning  huquqiy asoslari mustahkamlandi. «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida Davlat xalq manfaatlarini ko‘zlab, respublika yoshlarining ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi, deb belgilangan.

 Shu ma’noda “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga huquqiy poydevor bo‘ldi.

 Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015 yil 12 yanvarda bo‘lib o‘tgan birinchi tashkiliy yig‘ilishidagi “Qarang, bugun bolalarimiz o‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlab har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘aymoqda. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o‘z yurti, o‘z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo‘lgan bunday avlodni yengib bo‘ladimi? Bugun biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga yetishda ana shu navqiron avlodimiz hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi” degan fikrlari yoshlarga yaratilgan juda katta imkoniyat va e’tiborning ifodasidir. Bugun mamlakatimizda davlat byudjetining salmoqli qismi ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilganligi xalqimiz turmush darajasining izchil o‘sib, yoshlarimizning ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat va ishlab chiqarish sohalarida erishayotgan yutuqlarida ko‘rinmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan taraqqiyotimizning ajralmas qismi bo‘lgan “Yil dastur”larini amalga oshirish, Parlament va hukumat tomonidan qabul qilingan aholining bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar, yoshlarni, yosh oilalarni, xotin-qizlarni, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy bilimlarni yuksaltirish, respublikamizning uzoq qishloq hududlarida tadbirkorlikning kichik va oilaviy biznes, kasanachilik kabi xususiy tadbirkorlikning boshqa turlariga ayollarni, yoshlarni keng jalb qilishga qaratilgan dasturlar mazkur yutuqlarning bosh omili bo‘layotir.

Mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bunda nodavlat notijorat tashkilotlarning faol ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi, shuningdek Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan har yili o‘tkaziladigan Davlat granti tanlovlarining bitta yo‘nalishi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Unda o‘sib kelayotgan avlodda kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik, mehribonlik va insonparvarlik, bag‘rikenglik, Vatani va xalqiga sadoqat kabi yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish, keksalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘ngillilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qariyalarning turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga yoshlarni keng jalb qilish, ko‘zda tutiladi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy madaniyati, fuqarolik ongini oshirish, ularning mamlakatda davlat va jamiyat qurilishi sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida xabardorligini ortishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ona Vatan tarixi, madaniyati va me’moriy obidalar haqidagi bilimlarini, boyitish kabi mavzularda loyihalarga davlat grantlari ajratilyapti

2014 yilda o‘tkazilgan  davlat granti uchinchi tanlovi mamlakatning chekka hududlarida yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, bolalarni, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga mehrini uyg‘otish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘nalishida o‘tkazilgan. 14 ta yo‘nalishni qamrab olgan tanlovga taqsimlangan mablag‘ miqdori 700 million so‘mni tashkil etgan. Amalda esa Parlament komissiyasi tomonidan, tanlovga kelib tushgan loyihalardan 49 tasi jami 708 million 420 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlangan.

2015 yilda o‘tkazilgan davlat granti uchinchi tanlovi esa “Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog‘lom va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 42 ta tashkilotning 42 ta loyihasi ijtimoiy ahamiyatli deb topilib ularga 1 milliard so‘m mablag‘ berildi.

Loyihalarni amalga oshirish natijasida kam ta’minlangan oilalar qizlarini madaniy-ma’rifiy tadbirlarga, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, tanlovlarida ishtirok etishi uchun ularni ruhiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash ishlarida davlat tashkilotlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik ahamiyati kuchaydi. Bola tarbiyasida oila, mahalla va o‘quv muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” shiori ostida sezilarli darajada mustahkamlandi.

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida erishayotgan marralarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes maktablaridan biri — “INSEAD” tomonidan inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida ko‘rishimiz mumkin. Unga  ko‘ra O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida yuqori o‘rinlarni egallab turibdi.

To‘lqin KARIMOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Oltinimiz mo‘l. Tillamiz-chi?

2018-09-12 13:02:55

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

«Qalamimni tortib ololmaysiz!» Keksa ...

2018-09-12 13:11:24

Shubhali giyoh

2018-08-29 14:03:40

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.