EL ARDOG‘I

Yurtdoshlarimiz, ayniqsa ayollarimizda ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy faollik tuyg‘usi yildan-yilga sezilarli darajada oshib borayotir. Komil farzand ibratli oilada, ma’naviyati boy ayol — ona bag‘rida kamol topadi. Ayol oila tinchligi, baxtiyorligi posbonidir. 

Bugungi kunda xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi rolini oshirish, o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari aniq belgilab berilgan bo‘lsa, Oila kodeksida ularning oilaviy huquqlari, Fuqarolik kodeksida esa har bir inson, jumladan, ayolning merosga vorislik va boshqa huquqlari, Mehnat kodeksida xotin-qizlar mehnatiga oid ijtimoiy imtiyozlar mustahkamlab qo‘yilgan.

Yurtboshimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” nomli asarida: “Men nima uchun ayollar haqida gapirishdan hech qachon charchamayman? Negaki, ular to‘g‘risida so‘zlaganda, mo‘’tabar, nurli siymosi doimo mening qalbimda, yuragimda yashab kelayotgan munis onamni eslayman, ko‘nglimga yaqin boshqa opa-singillarimizni xotirlayman.” – deya ayollarga ulkan ehtirom izhor etadi.

Sir emaski, ayollarimiz jamiyatda teng huquqli, yaratuvchi va bunyodkorlar safida faol ishtiroklari bilan birga, o‘zlarining bilimi, kasbiy malakasi bilan ko‘pgina jabhalarda yetakchi mavqelarni egallab kelmoqda. Chunonchi, fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda, ilmu fan, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport kabi o‘nlab soha va tarmoqlar rivojini ayollarning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Biz XXI asrda jahon hamjamiyatining rivojlangan davlatlari safiga chiqishni maqsad qilib qo‘yar ekanmiz, bunday ulug‘ vazifani ado etish, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashda ayollarimizning qo‘shayotgan hissasini e’tiborga olishimiz lozim.

Ayni paytda mamlakatimizda oilalar soni 7,5 milliondan ko‘proqni tashkil etadi. Ularning bir yarim millionga yaqini yosh oilalardir. O‘tgan yili yurtimizda 300 mingga yaqin nikoh qayd etildi. Keyingi yigirma to‘rt yil ichida aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollarning umr ko‘rishi esa 75,8 yoshga uzaydi. 2012 yilda “Bolalarni asraylik” Xalqaro tashkiloti tomonidan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida yosh avlod salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 9-o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi ayol huquqlari bo‘yicha 60 ga yaqin halqaro hujjatlarni o‘z amaliyotida qo‘llaydi. Mamlakatimizning o‘zida ayollar huquqlarini himoya qilish borasida 40 ga yaqin hujjatlar ishlab chiqilgan. Bunday sa’y-harakatlar dunyo hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilib, O‘zbekiston dunyoning 125 davlati ichida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish, onalikni muhofaza qilish borasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Xotin-qizlarmiz uchun yaratilgan huquqiy hujjatlarda uch yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollar tungi smena ishlaridan ozod qilingan. Ular uchun haftasiga 35 soatlik ish me’yor hisoblanadi. Homilador ayolni ishdan bo‘shatish yoki ishga qabul qilmaslik qonunga zid holatdir. U tug‘ruq ta’tiliga ketganda ishdan bo‘shatish mumkin emas! Bir qarashda oddiygina ko‘ringan bu holatlar zamirida ayol haq-huquqlarining ijtimoiy muhofazasi o‘z aksini topgan.

Ayol kelajak avlodni munosib tarbiyalashi uchun uning o‘zi ziyoli, yuksak madaniyat sohibasi bo‘lmog‘i zarur. Xitoy faylasufi Konfutsiy ta’biricha: “yigit o‘qisa, o‘zi uchun o‘qiydi, ayol o‘qisa – millat o‘qigan bo‘ladi”. Demak, bilimli ayolgina farzandlariga milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda tarbiya beradi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata oladi!

Onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida tibbiy madaniyatni targ‘ib etish, tibbiy ko‘riklar, ayollarni sog‘lomlashtirish masalalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod” xalqaro xayriya jamg‘armasi, tibbiyot sohasidagi o‘quv dargohlari, Skrining markazlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik onalar va bolalar salomatligi yo‘lidagi mustahkam odimlardir.

Sihat-salomatlik, ayniqsa, ayollarga nisbatan o‘ta muhim va dolzarb vazifa ekanligini qayd qilgan holda, butun e’tiborni muqaddas zot – xotin-qizlarga qaratishimiz o‘zidan-o‘zi ayon.

Tinchlik va osoyishtalik shaxs o‘zligi – oila, oila posboni ayoldan boshlanadi. Shunday baxtiyorlikka yetishish uchun g‘ayrat qilish lozim. Ayni kunda jamiyatimiz mamlakat istiqbolini yuksaltirish borasida strategik taraqqiyotni xotin-qizlarimiz faolligida amalga oshirmoqda. Shu o‘rinda Davlatimiz rahbarining “ayollarimizning turmush sharoitini yengil qilish borasida biz uchun mayda narsaning o‘zi yo‘q va bo‘lmaydi ham. Ayolning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, ayol hayotdan rozi bo‘lsa, oila hayotdan rozi bo‘ladi. Agar oila rozi bo‘lsa, mahalla, butun el-yurt rozi bo‘ladi” degan fikrlari bilan ushbu maqolamizga xulosa yasasak, o‘rinli bo‘ladi.

 Karim NORMATOV,

professor

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Oltinimiz mo‘l. Tillamiz-chi?

2018-09-12 13:02:55

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

«Qalamimni tortib ololmaysiz!» Keksa ...

2018-09-12 13:11:24

Shubhali giyoh

2018-08-29 14:03:40

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.