Mumtoz navolar tarannumi

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston xalq hofizi Eson Lutfullaev ijodiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

 

Shunday kuy-qo‘shiqlar borki, ular faqat bir-ikki emas, minglab, millionlab insonlarning shodligiga sherik, dardlariga malham bo‘ladi. Bunday kuy-qo‘shiqlarni mumtoz asarlar deb ataymiz. Mumtoz kuy-qo‘shiqlarni har qanday san’atkorlar ham maromiga yetkazib ijro eta olmaydi. Buning uchun chinakam iste’dod sohibi bo‘lish lozim. Yurtimiz san’at cho‘qqisini zabt etgan, Komiljon Otaniyozov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Tavakkal Qodirov, Habiba Oxunova, Otajon Xudoyshukurov va Eson Lutfullaevlar ana shunday san’atkorlardan edi. Ular ijro etgan qo‘shiqlar o‘zbek san’atimizning durdonasi sifatida oltin fondda saqlanyapti. O‘zbekiston halq hofizi Eson Lutfullaev repertuaridan ashula, katta ashula, maqom yo‘llari hamda o‘zbek mumtoz va zamonaviy shoirlar g‘azallariga o‘zi bastalagan asarlar o‘rin olgan. San’atkorning “Ko‘ziga surma qildi”, “Yuragi toza bo‘lsin”, “Zor etma”, “Dastingdan”, “Noz uyqusi”, “Afsona deb” kabi ashulalari ko‘pchilik muxlislar qalbidan joy olgan.

Hofiz tomonidan maqom va mumtoz ashula yo‘llarida “Navro‘zi sabo”, “Feruz”, “Mo‘g‘ulchai Navo”, “Chapandozi Bayot”, “Chorgoh”, “Buxoro Irog‘i”, “Suvora”, katta ashulalardan “Sog‘indim”, “Ohkim” kabi sara asarlar o‘ziga xos ijro uslubida talqin etilgan,

Eson Lutfullaevning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida Ustoz hofiz ijodiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

– Respublikamiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rik-tanlov barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Har bir millatning o‘ziga xos san’ati, musiqasi, ijrochilik an’analari bor. Maqom va mumtoz ashula shunday yo‘nalishki, uni tanlagan va mashaqqatlardan cho‘chimay astoydil intilgan ijodkor, albatta, xalqning olqishini oladi. Shuning uchun ham mumtoz ashulalarni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va ommalashtirish hamda mohir ijrochilarni izlab topishda bunday tanlovlar katta imkoniyatlar yaratadi, – deydi Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi direktori Azamat Haydarov. Tanlovda hududiy bosqichlarida 20 dan 50 yoshgacha bo‘lgan 140 nafarga yaqin yakkaxon havaskor xonandalar qatnashib, ularning 20 nafari ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazishdi. 

Ko‘rik-tanlovda birinchi o‘rin Jizzax viloyatidan Qutlug‘ Haydarovga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Andijon viloyatidan tashrif buyurgan jo‘r ovozlar Lochin Abdullaev va Azizbek Abdulazizov, Jizzax viloyatidan Otayor Amrullaevlarga, uchinchi o‘rin Samarqand viloyatidan kelgan jo‘r ovozlar Dilshod Jo‘raev va Maqsud Berdiqulov, Buxoro viloyatidan Dilshod Haydarov hamda Farg‘ona viloyatidan Sherali Rahmonovlarga nasib etdi. o‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazining diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari, shuningdek, homiy va hamkor tashkilotlarning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Abror MELIBOEV,

Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy 

ishlar respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim mudiri

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Oltinimiz mo‘l. Tillamiz-chi?

2018-09-12 13:02:55

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

«Qalamimni tortib ololmaysiz!» Keksa ...

2018-09-12 13:11:24

Shubhali giyoh

2018-08-29 14:03:40

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

September 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30

.