Keksalar duosi bilan

Har kuni ishga ketishdan oldin dasturxon boshida onam uzundan-uzoq duo qiladilar va oxirida “shu bolamni o‘zing panohingda asragin” deb qo‘yadilar.

Read more...

ZULFIYAXONIM — mohir publitsist

“Tong kuychisi” deya ta’riflangan atoqli shoira Zulfiya fasohatli notiq va mahoratli publitsist hamdir. U O‘zbekiston xotin-qizlari jurnali “Saodat”da o‘ttiz ikki yil mobaynida bosh muharrir bo‘lgan. Bu davrda jurnal adabiy va ijtimoiy muhitning diqqat markazida turgan va nufuzli nashrlardan biriga aylangan. Zulfiyaxonimning turli yillarda chop etilgan maqolalari, suhbatlarini mutolaa qilarkanmiz, publitsist sifatidagi qiyofasi ko‘z oldimizda gavdalana boshlaydi. Chunonchi, u suhbatlardan birida muxbir savoliga javob berarkan: “Men tashkiliy ishlarning o‘zida ham ishtirok etdim, publitsist sifatida maqolalar ham yozdim, qolaversa, yozuvchilarning ko‘pdan-ko‘p anjumanlarida shundoq minbarga chiqib ham gapirdim” deya o‘z faoliyati haqida ma’lumot beradi.

Read more...

NOSHUKURLIK KASOFATI

Musofir yurtning havosi, suviyu tuzi tomog‘ingga tiqilib o‘tarkan. Uyning to‘rt devori, hissiz xonalar, bu yerga huzur-halovat izlab kelgan odamlarning hech narsani anglab bo‘lmaydigan ma’yus nigohi yurakni g‘ashlaydi.

Read more...

Hayot va ijod sabog‘i

Taniqli jurnalist Dilbar Mahmudovaning navbatdagi kitobi — “Halima” deb atalgan bitigini bir nafasda o‘qib chiqdim desam, ajablanmang. Mazkur asar yurtimizning iste’dodli shoirasi Halima Xudoyberdievaning hayoti, ijodiy faoliyati, ta’bir joiz bo‘lsa, taqdiri haqida. Uni varaqlagan kitobxon, ayniqsa, yosh ijodkorlar o‘ziga juda ko‘p saboq olishi mumkin.

Read more...

Ilm va odob – inson ziynati

O‘zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati raisi, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla UVATOV bilan suhbat

Read more...

KA’BA QAYERDA?

Ilon izi kabi egilib-burilib borib, tog‘ yon-bag‘rida ikkiga bo‘lingan, biri Qo‘rg‘oncha daryosi bo‘ylab Dehibolo qishlog‘igacha cho‘zilgan qarovsiz so‘qmoqda yurish jon azobi edi. Nazardan uzoq  so‘qmoqni ifoqaga keltirish kimning xayolida?

Read more...

BUGUNGI O‘SMIR ERTAGA KIM BO‘LADI?

Bu savol o‘zini farzand tarbiyasiga, uning kamoliga mas’ul deb bilgan har bir ota-onani chuqur o‘ylantirishi tabiiy. O‘zbek oilasida bola dunyoga kelsa, avvalo, unga go‘zal ism qo‘yiladi, beshikka belanib, momolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan dilga xush yoquvchi allalar aytiladi. Qarabsizki, bola go‘daklik chog‘idan ma’naviyatimizning boqiy chashmalaridan bahramand bo‘lib ulg‘ayadi. Bunday betakror va umrboqiy an’analarimizning farzand tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanligiga shak-shubha bo‘lishi mumkin emas.

Read more...

YOSHLAR NAZDIDA VATAN MADHI

Qo‘liga qalam tutishni biladigan kimsa istagancha kitob chiqarishi mumkin va uning sira yomon tomoni yo‘qdek ko‘rinadi. Axir, kitobning ko‘paygani yaxshi-da! Ikkinchi tomondan esa, “o‘sha chiqayotgan kitoblarning saviyasi qanday, ular o‘quvchisini topayaptimi yoki shunchaki muallif va uning yaqin qarindoshlari, do‘st-birodarlari uchungina quvonchli hodisa bo‘layaptimi?..” degan savollar kishini o‘ylantiradi.

Read more...

«ILIK UZILDI»NING SHIFOBAXSH TAOMLARI

Bahor kelishi bilan kunlar isiy boshlab, ba’zida bir kecha-kunduz yilning to‘rt faslini eslatadi. Ob-havoning bunday o‘zgarishi sog‘lom odamga ham  ta’sir qilib, organizmda immun holatining pasayishi, vitaminlar va mikroelementlar tanqisligiga sabab bo‘ladi. Bunday fasliy charchash, holsizlanish, toliqish va ayrim kasalliklarning avj olishi dono xalqimiz orasida: «ilik uzilish davri» degan ibora bilan ta’riflanadi.

Read more...

RASHIDOVNING DASTXATI 2

Gupponning savlati boru bilimi o‘ziga yarasha. Ammo, “lagan”likni qoyilmaqom o‘zlashtirgan. Bundan kelajakda ustasi farang bakovul, dasturxonchi chiqadiganga o‘xshaydi...

Read more...

“Endi so‘zga sig‘mas bizlarning suhbat”...

Shunday shoirlar borki, u elining yuzini yorug‘, nomini ulug‘ qiladi. Ularning ijodini ko‘tarib dunyoga bo‘ylagan xalqning bo‘yi osmon bo‘ladi. Boisi ular faqat qalbida borini yozadi, boshqani emas. Qalbning esa millati bo‘lmaydi. O‘zbekiston halq shoiri Usmon AZIM “Dunyo va odam haqida yoz”adigan, “Xudo ko‘ngliga solganini yoz”adigan ijodkor. Shoir bilan she’r va so‘z qadri haqida gurunglashdik.

Read more...

ASRLARNI BO‘YLAGAN BOBUR

Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi rahbari, 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zokirjon MASHRABOV 

bilan suhbat

Read more...

Yuksak fazilatlar sohibi

ULUG‘LAR ZIKRIDA 

Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga taratgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri o‘laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o‘rgatadi. 

Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor bo‘lmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi.

Islom KARIMOV, o‘zbek davlat arbobi

 

 

Bog‘i Bobur — Kobul shahrining bir chekkasida, eski shahar bilan yangi shahar o‘rtasida, Sherdarvoza nomli tepalik yonbag‘ridadir. Bog‘ning maydoni bir necha gektar bo‘lib, atrofi kungurador devor bilan qurshalgan. Ko‘cha tomondan kiraverishda katta darvoza bor. Aytishlaricha, bu darvoza hamma vaqt barchaga ochiqdir...

Tepalikka keng zinapoyadan chiqiladi. Chap tomonda katta tosh hovuz, o‘ngda esa Boburning pannevarasi Shahobiddin (Hindiston podshosi Shoh Jahon) 1646 yili qurdirgan oq marmar masjid bor. Shahobiddin o‘sha yili Balx va Badaxshonni bosib olgach, Kobulda ham talay vaqt turib, 40 ming rupiya xarajat bilan shu masjidni qurdirgan...

Zinalardan yana yuqori ko‘tarilib, Bobur maqbarasi qurilgan supaga qadam qo‘yasiz. Maqbara tomi to‘rtta ustunga o‘rnatilgan. Sag‘ananing bosh tomoniga marmar lavha qo‘yilgan. Unga Bobur sharafiga madhiyalar va uning faoliyatidan ma’lumotlar yozilgan. Lavhalarni Akbarshohning o‘g‘li Nuriddin Jahongir 1607 yilda yozdirgan ekan. 

Sag‘ana boshiga tik o‘rnatilgan tosh lavhada mana bu satrlarni o‘qidik: 

“Podshohni, uning taxtidan nuri Alloh sochilur edi,

Ular Zahiriddin Muhammad Boburshoh edi.

Ulug`vor va davlatli va iqbolli va odildor va dindor,

Sipohlari tavfiqli va fayzli va fotih edi.

Olam jismni qo`lga oldi va ravshan bo`lib ravon bo`ldi”.

(Hamidulla Hasanovning “Sayyoh olimlar” kitobidan)

 

Bobur — dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan. U san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq va ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan. Mard, jasur, iste’dodli lashkarboshi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga, u harakatchan, o‘z ishini davom ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor bo‘lish uchun intiluvchi odam bo‘lgan.

Javoharla’l NEHRU, hind davlat arbobi

 

Jahon madaniyatiga o‘zining boy merosi bilan ulkan hissa qo‘shgan Zahiriddin Muhammad Boburning asarlari mana 500 yildan ortiq davr mobaynida xalqimizning ma’naviy yuksalishiga, uni dunyoga tanitishga xizmat qilib kelmoqda.

Boburning shoh asari — “Boburnoma” turli soha olimlari uchun qimatli manba bo‘lish bilan birga, milliy ma’naviyatimizning noyob durdonasi sifatida xalqimiz tafakkurining o‘ziga xos jihatlari, ko‘hna qadriyatlarimiz, shonli tariximizni bamisoli tiniq ko‘zgu kabi aks ettirib turadi.

Saidbek HASANOV, 

filologiya fanlari doktori, professor

 

Zahiriddin Bobur — Sharqdagi Uyg‘onish davrining eng atoqli siyosiy va madaniy arboblaridan biridir.

Sergey TOLSTOV, rus sharqshunosi

 

Boburning xotiralari bir askarning harbiy yurish va chekinishlari haqidagi oddiy kundalik daftar emas; bu xotiralarda Sharq adabiyotini juda yaxshi bilgan, nozik va bilimdon kuzatuvchi, odamlarni sinchiklab o‘rganadigan, ular haqida xolis va odil fikr yurita oladigan mutaassir qalb egasining dunyo haqidagi shaxsiy taassurotlari va nozik fikrlari berilgan. 

Uning o‘z qiyofasini chizishdagi samimiyligi, fazilat va nuqsonlarini ham mardona tasvirlashi, ochiqko‘ngilligi, haqqoniyligi va ajoyib hazilkashlik tuyg‘ulari bu go‘zal xotiralarning qadri va ahamiyatini yanada oshiradi.

Leyn PUUL, ingliz boburshunosi 

 

Har qanday sinovga bardosh bera oluvchi, iroda va matonatni mujassamlashtirgan bu zot o‘zida harbiy hiyla va jasoratni uyg‘unlashtira olar, zarur bo‘lganda jazolashga ham, afv etishga ham qodir edi; u iste’dodli harbiy arbob va ishning ko‘zini biladigan, qo‘shinlarni mohirlik bilan boshqara oladigan, ularning ishonchini qozona olgan sarkarda edi...

Ehtiyotkor davlat arbobi bo‘la turib, u har qanday mayda narsaga ham e’tibor berar edi. Bu shoh faqat fotih bo‘libgina qolmay, yaratuvchi-bunyodkor ham edi. Avlodlari orasida Sulton Akbar va Avrangzebdek uning o‘zi kabi mumtoz zotlar kam uchraydi.

Ma’lumki, bunday aql-zakovat sohibi hayotda ashaddiylik, keskinlikni rad etadi. Shu bois Bobur o‘zining dabdabalardan xoli, oddiy hayoti bilan turli kishilarni o‘ziga jalb qilgan. Hazil-mutoyibani yoqtiradigan va boshqalarning hazilini ham ko‘taradigan, iqtidor va qobiliyat egalarini qadrlaydigan, nazm va musiqani yurakdan sevadigan, barcha iste’dodli insonlarga, ularning kim bo‘lishidan qat’i nazar, iltifot bilan qaraydigan Bobur o‘z atrofiga eng yaxshi odamlarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va ko‘pchilikning yuksak hurmat-ehtiromini qozondi.

Pave de KURTEYL, fransuz sharqshunosi

 

Bobur fe’l-atvoriga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan.

Eduard HOLDEN, ingliz tarixchisi

 

 

 

 

 

Rashidovning dastxati

Ustozlar an’anasini faol davom ettirayotgan iste’dodlar qatorida Jahongir Ismoilovning nomi ko‘pchilikka tanish. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Oltin qalam” Milliy mukofoti Xalqaro tanlovi g‘olibi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi bo‘lgan bu ijodkorning o‘ndan ortiq she’riy, nasriy va badiiy-publitsistik kitoblari nashr etilgan. Yaqinda u “Poezddagi chiptasiz odamlar” nomli salmoqligina badiiy asar ham yozdi. Unda sho‘ro davrida va istiqlol yillarida viloyat gazetasi tahririyatida ishlagan, unga yetakchilik qilgan jurnalist Haqnazar Isroilovning kechinmalari orqali soha xodimlari faoliyat tarzi, ichki olami, odamlar bilan munosabat, hayotning murakkab, sirtdan qaraganda ilg‘ash oson bo‘lmagan qirralari ochib berilgan. Asarda Haqnazarning ustozi, umri matbuot sohasida kechgan, o‘z davrining taniqli shoiri Jonpo‘lat Said hayoti bilan bog‘liq voqealar ham salmoqli o‘rin tutadi. Yurtimizni ozod va hur ko‘rishni orzu qilgan, ijodida kuylagan va mustaqillik qo‘lga kiritilishdan besh yilcha muqaddam olamdan o‘tgan bu inson boshiga malomat yog‘dirilib, badnom etilishiga bir bahya qolganida respublikaning birinchi rahbari, taniqli davlat va siyosat arbobi, o‘sha davr ziyolilari, jumladan, ijod ahlining rahnamosi Sharof Rashidov tufayli shoir sha’niga qora dog‘ chaplanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Read more...

ABADIYATGA YO‘L

Daho san’atkorlar qalamiga mansub asarlarning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ularning har birida hayot haqiqati o‘zining mukammal badiiy ifodasini topadi.

Read more...

KITOBLI VA KITOBSIZ DUNYO

Jahon hamjamiyati kun sayin rivojlanib borayotgan XXI asrni “texnika asri”, “yuksak texnologiyalar asri”, “intellektual taraqqiyot asri” kabi e’tiroflar bilan atamoqda. Albatta, bu gaplarda to‘la jon bor. Zero, uzoq va yaqin atrofga nazar solganda, bu sohalarda olamshumul kashfiyotlar yaratilib, odam bolasining aqlini lol qoldirgulik darajada buyuk  ishlar amalga oshirilayotganini inkor etib bo‘lmaydi.

Read more...

Onalarga chorlov yoxud oriyat isyoni

 BU QANDAY JAZO?

Qishloq chekkasidagi hujradekkina uyda bir no‘g‘oy kampir yashardi. Uni bir paytlar shu yerlik yigit “armiyadan olib kelgan” degan gap qulog‘imizga chalingan. Ular turmush qurib, bir qiz ko‘rishgan. Dadilgina, odamoxun bu ayol tez orada ko‘zga tashlanib, avval qishloq, so‘ng tuman xotin-qizlarining yetakchisi bo‘lgan ekan. U paytlar diplomi bo‘lmasayam og‘zidan gap kelsa bo‘ldi, ko‘tarilib ketaverardi, deydi keksalar. El orasida yurib, so‘zi sinmagan, ko‘pni ortidan ergashtirgan, shu xalqning qadriyatlarini o‘ziniki qilib ulgurgan bu ayolning qizi bir noma’qulchilik qilib quyadi-yu, ona sho‘rlik yotib qoladi. Oilali odamdan homilador bo‘lib qolgan behayo qizni nima qilarini bilmay, ota-ona uni uydan haydab yuborgan. Qizi dom-daraksiz yo‘qolib ketgach, eri ham bandalikni bajo keltirgan ekan. Qishloq ahli yolg‘iz ayolni tashlab qo‘ymagan, albatta. Qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yning daldasi bilan biroz o‘ziga kelgan, biroq avvalgi dadilligu shodumonlikdan asar ham qolmagan edi. Uyidan chiqmaydigan, deyarli hech kim bilan gaplashmaydigan bo‘lib qolganini ko‘rib, “o‘zi ham bir paytlar ota-onasidan qochib kelgan bo‘lsa, endi bu menga jazo deb o‘ylayotgandir”, deya taxmin qiladiganlar ham topildi. 

Biz o‘smir qizaloqlar edik, ikki-uchtamiz yig‘ilsak, “yuriylar, mumkampirning uyiga qarab kelamiz”, deb chopqillashib ketardik, ammo ichkari kirishga botinolmay, derazadan bir qarab qochardik. Uzzu kun mum tishlab, bir nuqtaga tikilgancha o‘tiradigan “abiy” (unga shunday nom berilgan edi) o‘sha payt bizga g‘alati, qo‘rqinchli ko‘ringan bo‘lsa kerak. Keyinchalik biroz o‘ziga kelib, oftobning ko‘zida bir nimalar to‘qib o‘tiradigan bo‘ldi. O‘sha vaqtlar uni bu ahvolga solgan narsa nima ekanini anglamaganmiz. Ha, bu or-nomus edi...

Bir yigitga ergashib, begona yurt, begona odamlar orasiga kelib qolgan bu ayol atrofdagilarga el bo‘lib yashashni o‘rgandi, o‘zga millat qadriyatlarini qadrladi, or-nomus, andisha nima – barini angladi. Shu yurtda tug‘ilib, shu xalq ichida ulg‘aygan qizi esa, afsuski, bularni anglamagan ekan.

Yaqinda “Toshkent” telekanali orqali namoyish etilgan fojiali voqea o‘sha no‘g‘oy kampir va uning andishasiz qizini eslatdi. Yo‘lxaltaga solinib, ko‘p qavatli uy pod’ezdiga tashlab ketilgan chaqaloqni ko‘rgan har qanday onaning yuragi bir qalqib tushadi. Buni qarangki, o‘tgan yili poytaxtning o‘zida xuddi shu ahvol besh marta sodir etilibdi. Yaratganning inoyati bilan beshala chaqaloq ham omon qolgan, hozir mehribonlik uyida tarbiyalanyapti. Ming afsuski, ularning hech biri o‘zga millat vakili emas, o‘zimizniki... 

 XULOSA O‘ZINGIZDAN...

Bir urg‘ochi itimiz bo‘lardi. Har yili bolalashidan bezor bo‘lgan otam bir gal kuchukchalarni ko‘zi ochilmay turib ko‘mib keldi (ko‘zi ochilgach, bunday qilolmasdi, nazarimda). Bittasini qoldiring, deganimizga ham ko‘nmadilar. O‘shanda otamni o‘zimizcha rahmsizlikda ayblagan bo‘ldik. Ona it bolalarini izlab-izlab holdan toydi. Ko‘klam payti, yerlar nam, kun ora yomg‘ir yog‘ardi. Haligi it sharros yomg‘irda ham panaga qochmay, uzala tushib yotib oladigan odat chiqardi. Ko‘p o‘tmay, uning o‘ligini topishdi...

 

 

ACHCHIQ IQRORDAN FOYDA YO‘Q       

No‘g‘oy kampir-chi, sizningcha, u oriyatni nega bu qadar chuqur his qildi, oqibatda odamovi bo‘lib qoldi?! Faqat qizi yo‘l qo‘ygan xato uchunmi?! Yo‘q, negaki, atrofidagilar shunday edi, hech bir oilada bunday sharmisorlik takrorlanib turgan emasdi. Boshqa millatni qo‘ya turaylik, hozir qizining noma’qulchiligi uchun o‘sha kampir kabi iztirob chekayotgan, odamoviga aylanib, o‘zini o‘zi jazolayotgan onalar bormikin?! Buni hech birimiz uchratayotganimiz yo‘q, negaki, o‘sha muqaddas hislar o‘lib boryapti, “atrofimdagilarning hech biri menga ta’na qiladigan ahvolda emas”, degan fikr shakllanib ulgurdi.

Qo‘shni davlatdagi minglab onalar farzand ko‘rishdan cho‘chiydi, chunki go‘dagini bexavfu xatar ulg‘ayishiga ishonch yo‘q. Ona bo‘lish yoshidagi xotin-qizlarning o‘zlari tug‘ilib voyaga yetgandan buyon ko‘rguliklari faqat qonli to‘qnashuv, zo‘ravonlik, ochlik va xo‘rlik. Jillaqursa bir kungina osoyishta, xavfdan xoli yashashni, tunlari tinchlik-xotirjamlikda o‘tishini istaydigan ota-onalar, dunyoni anglashga ulgurmayoq qurbon bo‘layotgan go‘daklarning sanog‘i qancha. Bularning bariga urush otlig‘ jaholat sababligi hammamizga ma’lum. Unda yonginamizga tashlab ketilayotgan go‘daklarga bo‘lgan onalarning g‘ayriinsoniy munosabatiga sabab nima?! To‘qlikka sho‘xlik, tinchlik va poklikka xiyonatmi?!      

Yaxshi qiz mahallasidan ortmaydi, degan gap bor. Hozir atrof to‘la qiz bo‘lsa-da, o‘g‘lini uylantirishga chog‘langan ona borki, yillab munosib kelin izlaydi. Bunday izlanish, tanlov shunchalik avj oldiki, uning ortidan biznes qiladiganlar ko‘paydi. Butun boshli ro‘yxatdan ma’qul qizni tanlab olasiz va o‘rtadagi “sovchi” (yoki “ishbilarmon”)ga so‘raganini berasiz. O‘qigani kerakmi, o‘qimaganimi, oliy yoki o‘rta ma’lumotlisimi – ro‘yxatda hammasidan bor. Uylanmoqchi bo‘lgan yigit ham shunga rozi, kelin tanlovini onasiga ishonib topshirgan, chunki o‘zi topgan qizning odobiyu bokiraligiga ishonch yo‘q. Ha, to‘g‘ri, bular mayda gaplar, ammo bundan ko‘z yumishga haqqimiz bormi? Taassufki, qizlar tarbiyasidagi nuqsonlar tufayli ana shunday qusurlar yuzaga chiqmoqda, begunoh go‘daklar ko‘chada qolib ketayotir. Nahot onalar mas’uliyati shu qadar sustlashdi?!         

Bu gaplar nega kerak, shuning o‘rniga chiroyli hayotimiz yoki uddaburon kelinning ishlari haqida yozsak ham bo‘lardi. Ammo qalbi, his-tuyg‘usi mudrab qolgan onalarga, ha, aynan onalarga chorlov kerak. Toki, qizining noma’qul xatti-harakatiyu uning oqibatlari ota-onadan tortib, barcha yaqinlarining qalbini yaralamasin, no‘g‘ay kampir hayoti kabi achchiq iqror bo‘lib umrbod isyon qilmasin. Alaloqibat, go‘daklar keraksiz buyum kabi tashlab ketilmasin...

 

 Xolida FAYZIYEVA

 

«SARBADORLAR» QORAQALPOQ TILIDA

O‘zbek tarixiy romanchiligining sara asarlaridan biri — «Sarbadorlar» yaqinda qoraqalpoq tilida chop etildi. Avval «Amudaryo» jurnalida, keyin kitob holida bosilgan romanni o‘zbek tilidan qoraqalpoqchaga shoir va nosir, publitsist va noshir, tarjimon Abulqosim O‘tepbergenov o‘girgan.

Read more...

RUHIYAT FASLLARI

Bugungi o‘zbek she’riyatida hissiy tafakkur hayotni,inson tabiatini  anglash va tushuntirish borasida alohida tamoyil sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Shu ma’noda o‘tgan yili “O‘zbekiston” NMIUda chop etilgan shoira Halima Ahmedovaning “Yashil” deb nomlangan kitobi she’rxonlarga ajoyib tuhfa bo‘ldi, desak xato qilmaymiz.

Read more...

Zamon shitobidan ortda qolmaylik!

Vaqt o‘tgan sari zamon oldimizga bir-biridan murakkab, shu bilan birga g‘oyat muhim va ustuvor vazifalarni qo‘ymoqda. Endilikda mavjud sharoit har birimizdan, ayniqsa, rahbar xodimdan xalqning dardiga  quloq tutish, aholini qiynayotgan muammolarni hal etish, eng asosiysi, ertadan-kechgacha kabinetda o‘tirmasdan, chekka-chekka hududlardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, xalqona aytganda, “osmondan yerga tushib” o‘zining fuqarolik burchini ado etishni talab etmoqda.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yoshlar — bugun tayanchimiz, ertaga ...

2017-10-04 09:28:23

BOYSUN MO‘JIZALARI 2

2017-10-04 09:33:48

Olovli sahifalar

2017-10-04 09:26:07

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

October 2017
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31

.