Befarqlik kulfat keltirmasin

Yong‘in xavfsizligi kunlari doirasida “O‘ztransgaz” aktsiyadorlik kompaniyasi ham zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ma’lumki, qishning sovuq kunlarida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo‘ladi. Bunday paytlarda avvalo tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanishga e’tiborni qaratish talab etiladi.

 

Afsuski, keyingi paytlarda aholi o‘rtasida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qo‘lbola, nostandart gaz jihozlaridan, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, nosoz dudburonlardan hamda xonadon ichida ochiq olovdan isitish maqsadida foydalanish holatlari uchrayapti. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning is gazidan zaharlanishiga hamda havo va gaz aralashmasining chaqnashi natijasida jabrlanishiga, hattoki halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 

Is gazi xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning to‘liq yonmasligi, ko‘mir va organik moddalarning chala yonishidan hosil bo‘ladi. U inson organizmining nafas yo‘llari va o‘pkasiga kuchli ta’sir qiladi, organizmni, xususan, markaziy asab sistemasini zararlaydi. Is gazidan organik moddalar sintez qiluvchi korxonalarda, ventilyatsiya qilinmaydigan garajlarda, yangi bo‘yalgan, shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek, uy sharoitida tabiiy gaz yonib turganda, pechka bilan isitiladigan uylarda pechka qopqog‘i o‘z vaqtida yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin.

Yuzaga kelayotgan ayrim talafotlarda yosh bolalarning jabr ko‘rayotgani kishini afsuslantiradi. Bu mudhish voqealarning asosiy sababi aholining ko‘p hollarda turmushda xavfsizlik talablarini bilmasligi yoki ularga beparvolik bilan qarashidir. 

Shuning uchun ham “O‘ztransgaz” AK tizimida is gazidan zaharlanishga qarshi qaratilgan tadbirlar har yili respublika, viloyat va tumanlar miqyosida o‘tkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlarda gaz xo‘jaligi korxonalari tomonidan uylardagi tarmoq gazida ishlovchi gaz plitalariga (boshqa gaz asboblari bo‘lmaganda) — ikki yilda bir marotaba, uylardagi suyultirilgan gazda ishlaydigan gaz plitalariga (boshqa gaz asboblari bo‘lmaganda) — har yili bir marotaba texnik xizmat ko‘rsatilishi hamda isitish mavsumi oldidan isitish va suv isitish asboblariga texnik xizmat ko‘rsatilishi, uy-joylardagi tarmoq gazida ishlovchi gaz plitalari, isitish, suv isitish asboblariga yilda bir marotaba texnik xizmat ko‘rsatilishi shartligi eslatib o‘tilmoqda. 

Shu o‘rinda yana bir muammoga diqqatingizni qaratsak.

Xizmat yuzasidan xonadonlarga borib, gaz plitalarining xavfsizligini, ularga o‘rnatilgan hisoblagichlarni ko‘zdan kechirib turishga to‘g‘ri keladi. Ajablanarlisi, ayrim kishilar gaz xo‘jaligi korxonalari xodimlarini xonadonlariga kiritmaslikka harakat qiladi. Oqibatda o‘rnatilgan gaz asboblariga belgilangan muddatlarda texnik xizmat ko‘rsatilmaydi. O‘zi asrasinu, gaz asboblarining foydalanishga yaroqsiz holga kelib kolishi, xususan, gaz jo‘mraklari va plitalardan gaz sizib chiqishi xunuk oqibatlarga olib kelishi hech gap emas! Biz amaliyotda gazdan zaharlanish holatlariga ham ko‘p bora duch kelayapmiz. Bunday holatlarning oldini olish uchun aholi o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish uchun nafaqat mutaxassislar, balki barchamiz birdek mas’ul ekanimizni yana bir bor eslatmoqchimiz. Zero, har bir murojaat va ta’kid, xavfsizlik oyliklarining tashkil etilishi zamirida mavjud tartib-qoidalarga to‘liq amal qilishga, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan talafot va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga da’vat yotadi.

 

Behzod BERDIYEV,

“O‘ztransgaz” aktsiyadorlik 

kompaniyasi matbuot xizmati boshlig‘i 

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASL DEHQONLAR BOZORI

2017-12-07 12:23:10

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.