KLUBNING EGASI BORMI?

Qashqadaryo viloyati  Qarshi tumani «Hilol» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Hilol» qishlog‘ida 1992  yilda  qurilgan  qishki  klub binosi mavjud. 2003  yilda jamoa va davlat xo‘jaliklari  fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi munosabati bilan mazkur inshoot  fuqarolar yig‘ini balansiga o‘tkazilgan.

Tuman hokimligining 2005 yil 7 yanvardagi X-11/1 sonli qarori bilan  klub ichidagi mavjud jihozlari bilan  «Chempion sport klubi» balansiga o‘tkazilgan. Binoni bolalar sportini rivojlantirish maqsadida olgan «Chempion sport klubi» bor-yo‘g‘i bir yil faoliyat ko‘rsatgan. Shundan buyon u egasiz.
Buyog‘ini surishtirsak, aslida «Chempion sport klubi» sport bilan shug‘ullanuvchi tashkilot sifatida biror joyda ro‘yxatdan ham  o‘tmagan ekan.
Shunday qilib, qishloq ahli, «Hilola» ansambli klubda kontsertlar qo‘yish, bayram tadbirlari o‘tkazish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyunda «2013—2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori chiqqanida bu muammo  hal bo‘lar  ekan, deb aholi quvongan edi. Afsuski, natija bo‘lmadi. Qarshi tumani hokimligiga yozilgan arizalar,  og‘zaki murojaatlar, majlislardagi talablar e’tiborsiz qolmoqda.
Chorasi bormi?

                                                                                                                                     Nazar QODIROV

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yigitlarning sarasi

2018-08-15 07:13:13

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

Kasbning nufuzi ustasiga bog‘liq. Xira ...

2018-08-15 07:16:32

Davlat xizmatlari: ishonch ...

2018-08-15 07:20:05

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2018
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.