Tekin joy turganda

Ertalab ishga ketayotganda ko‘p qavatli uylarning piyodalar yo‘lagida turgan mashinalar orasidan turtinib-surtinib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Bir-ikki ko‘cha yurib, maxsus qurilgan “avtoturargoh” yonidan chiqasiz. 15-20 ta avtomobil qo‘ysa bo‘ladigan joy bo‘m-bo‘sh turibdi.

O‘ylab qolasan, kishi. Nega odamlar o‘ng‘ay, xavfsiz, aholiga noqulaylik tug‘dirmaydigan joydan foydalanishmaydi? Buning ikki sababi bor.
Birinchidan, avtoturargohlar pullik xizmat ko‘rsatadi. Bir oyga taxminan 80 ming so‘mdan 120 ming so‘mgacha. Ko‘p qavatli uylar, hatto, pod’ezd va piyodalar yo‘laklari, shaxsiy uylar yon-atrofiga ulovingni tekin qo‘yish imkoni bo‘lsa, pullik xizmatdan foydalanish shartmi? Zotan, u yoningda bo‘lsa xo‘p-xo‘p, bir yoki ikki kilometr uzoqda bo‘lsa-chi? Issiq-sovuqda shuncha yo‘l bosib, mashina joylashtirish zaril keptimi?
Ikkinchidan, hozirgi avtoturargohlar zamonaviy talablarga mutlaqo javob bermaydi. Ob-havoning issiq-sovuq, qish-qirovligi e’tiborga olinmagan. Faqat usti yopilgan, atroflariga temir panjara o‘rnatilgan, xolos.
Poytaxtimizning “Gulobod” mahallasida 1 ta ko‘p qavatli zamonaviy avtoturargoh bor. Bunday binolarni mahalla va markazlarda qurishning mavridi allaqachon kelgan.
Toshkent shahrining Matbuotchilar, Buxoro, Shahrisabz, Chilonzor hamda Farhod kabi ko‘chalarida mashinalar tiqilinchligi piyodalarni qiynab qo‘yayotgani ayni haqiqatdir. Ish yuzasidan ba’zi bir davlat tashkilotlari, korxona va muassasalarga borganingizda nafaqat piyodalar yo‘lagi, hatto, gulzorlar atrofi ham avtomobillar bilan to‘lganidan taassuflanadi kishi.
Davlat yoki tadbirkorlar tomonidan zamonaviy, ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Ko‘riladigan foydaning 25 foizi ma’muriyatga, 25 foizi soliq xizmati, 50 foizi esa mahallalar, davlat va xususiy tashkilotlar ichki yo‘llarini ta’mirlashga sarflansa, ayni muddao bo‘lar edi.

Orif JUMAYEV

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.