Oq bo‘z ortidagi xaroba

Bugungi kunda butun mamlakatimiz bo‘ylab “Obod mahalla” dasturi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi  “Katta xirmontepa” mahallasi ham birinchilardan bo‘lib obod etildi. O‘ydim-chuqur ko‘chalar tekislandi, ko‘p qavatli uylarning tashqi qiyofasi yangilandi, ariqlar tozalanib, manzarali gullar, yashil maydonchalar yaratildi. Bolalar sport maydonchalari va o‘yingohlar qurilgani keksa-yu yoshni quvontirdi. Ammo...

 

Mahalla hududidagi 477- va 537-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rtasida qarovsiz bog‘ va “to‘kilib yotgan” ikki qavatli bino bor. Hayron qolarli jihati — zanglab ketgan temir to‘siqlar bo‘ylab oq bo‘z mato ilinib, go‘yoki, bu xunuk manzara “yashirib” qo‘yilgan. 

— Ikki yilcha avval shu temir to‘siqqa e’lon osilib, binoda bolalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun turli to‘garaklar ochilishi xabar qilingan edi, — deydi mahalla fuqarosi Ziyoda Eminova. — Juda xursand bo‘lgandik. Lekin, bino adoi tamom bo‘layaptiki, va’dadan darak yo‘q. 

Oq bo‘z ortidagi xaroba e’tiborsizlikka qo‘yilgan “haykal” bo‘lib yana qancha turar ekan? 

Sitora 

TOJIDDINOVA,

jurnalist.

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

May 2019
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.