EHTIYOJSIZ ZAMONAVIYLIK YOKI «OMMAVIY MADANIYAT»NING TURFA TA’SIRLARI
- Created on Tuesday, 20 September 2016 12:00
- Written by Super User
- Hits: 1626
Tabiatimizdagi orzu-havas, ta’sirchanlik, taqlidchilik kabi xususiyatlarga ko‘proq ayollar beriluvchan bo‘ladi. E’tibor bersangiz, har qanday qiz va yoki ayol eng avvalo go‘zal bo‘lishga, chiroyli kiyinishga, yaxshi yashashga intiladi.
“O‘YLAB GAPIR, MUXBIR O‘TIRIBDI...” YOXUD AYRIMLAR NEGA OAV XODIMLARIDAN O‘ZINI OLIB QOCHADI?
- Created on Tuesday, 20 September 2016 11:48
- Written by Super User
- Hits: 1309
Ish yuzasidan tashkilot va idoralar rahbarlari bilan tez-tez uchrashib turishga to‘g‘ri keladi. Yashirib nima qildik, bu boradagi o‘zaro munosabatlarimiz hamisha ham silliq kechadi deb aytolmaymiz. Ba’zan muloqotlarda o‘rtamizda allaqanday ko‘rinmas devor bordek tuyuladi. Yo‘q, bu bilan jurnalistni kirishimli emaslikda ayblashga shoshilmang, iltimos. U o‘ziga berilgan topshiriqni sidqidildan bajarishga kirishar ekan, kasbiy tamoyillariga sodiq qoladi: bor imkoniyatini ishga solib, kerakli mas’ul shaxsdan ma’lumot olishga tirishadi. Ammo...
ALIMENT BOLA MANFAATIGA XIZMAT QILYAPTIMI?
- Created on Wednesday, 10 August 2016 06:36
- Written by Super User
- Hits: 3329
Inson hayoti ma’lum mezonlar bilan mukammal. Oila qo‘rg‘onining ham o‘z qonun-qoidalari bor. Uning qay bir a’zosi ana shu qoida va mezonlarni buzdimi, mukammallikka putur yetadi. Endi ular murosa qilib yashashiga to‘g‘ri keladi. Inson tabiati, ko‘ngil sir-sinoatlari oldida murosa ham ojiz qolgach, gal oilaviy ajrimga yetadi. Uning ortidan kelib chiqadigan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini esa hech nima bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. O‘rtada farzandlar bo‘lsa, muammolar ham shunga yarasha ko‘payishi tayin: sud, aliment, tortishuv...
SAYG‘OQ SHOXLARI KONTRABANDASIGA CHEK QO‘YILDI
- Created on Wednesday, 03 August 2016 08:19
- Written by Super User
- Hits: 1845
Mamlakatimiz faunasini oqquyruq, ya’ni sayg‘oqsiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbekiston ushbu noyob jonivorlar saqlanib qolgan dunyoning atigi beshta mamlakatidan biri hisoblanadi.
O‘G’IRLIK MOL BUYURMADI
- Created on Thursday, 07 July 2016 09:11
- Written by Super User
- Hits: 1979
Ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash bo‘limlari tomonidan xalq xo‘jaligi ob’ektlari va fuqarolar xonadonlari ishonchli qo‘riqlab kelinmoqda. Ularning qatoriga toifalangan ob’ektlar, mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi yirik korxonalar, suv omborlari, banklar va boshqa ko‘plab muassasalar kiradi.
Qing‘ir ishning qiyig‘i
- Created on Friday, 01 July 2016 14:07
- Written by Super User
- Hits: 1629
Xalqimizda “Nafsim mening balodur, yonar o‘tga solodur” naqli bejiz aytilmagan. Nafs, chindan ham odamni ne ko‘ylarga solmaydi deysiz. Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi Zamira Eshpo‘latova (ism-shariflar, joy nomlari o‘zgartirilgan) ham shunday nafs quliga aylandi-yu, oqibatda qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi,
“DUGONALARING QURSIN...”
- Created on Friday, 01 July 2016 13:56
- Written by Super User
- Hits: 1775
Oydin Dadamirzaeva (maqolada keltirilgan ism familiyalar o‘zgartirilgan) oilada bitta qiz farzand edi. Yoshligidan ota-onasi uni hech kimdan kam bo‘lmasin, deb barcha aytganlarini muhayyo etishdi. U 7-8 sinfda o‘qib yurgan kezlari o‘zini sinfdoshlaridan ancha baland tuta boshladi. Ayniqsa, o‘zidan yuqori sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar davrasida bo‘lishni yoqtirar edi. Ko‘cha-ko‘ydagi gap so‘zlar oilaga ham yetib keldi. Otasi har qancha tergasa-da, u o‘z aybini tan olmasdi.
GIYOHVANDLIK VOSITALARI YO‘Q QILINDI
- Created on Friday, 01 July 2016 13:48
- Written by Super User
- Hits: 1666
Poytaxtimizda narkobiznesga qarshi kurashish davomida musodara qilingan giyohvandlik vositalarining navbatdagi to‘plamini yo‘q qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan hamda giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda 1 tonna 438 kilogramm giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.
Obunachi dodini kim eshitadi?
- Created on Thursday, 30 June 2016 13:29
- Written by Super User
- Hits: 1702
Har kuni hech bo‘lmaganda bitta yangi gazeta yoki jurnalni varaqlamasam, ko‘ngil tinchimaydi. Nafaqaga chiqqanimdan so‘ng ham “Tafakkur”, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Kitob dunyosi” gazetalariga obuna bo‘ldim. O‘zing suygan nashrlar seni yo‘qlab uyingga kelsa, o‘tirib, mazza qilib o‘qisang, qanday yaxshi. Obuna bo‘lgan paytimda xuddi qo‘sh-qo‘sh poshshoyi ko‘ylak olgandek suyundim, desangiz...
TARMOG‘INGDAN AYLANAYMI, QARMOG‘INGDAN?!
- Created on Friday, 17 June 2016 17:41
- Written by Super User
- Hits: 1675
– D6slar wowilin ke4ikvosiz...
Avvaliga hayron bo‘ldim. Bu nima degani? Keyin yozib yubordim:
– Iltimos, o`zbekcha gaplashaylik!
Man uzbek4a gapirvoman, tuwinmasayiz ayb6zizda. (Bu gap aslida tinish belgilarisiz yozilgan edi).
ISTE’DODNING BAHOSI QANCHA?
- Created on Thursday, 26 May 2016 13:02
- Written by Super User
- Hits: 2373
Iste’dod‚ bu — mo‘’jizadir. Chunki u juda ko‘p buyukliklarni kashf etishga qodir. Iqtidorli o‘g‘il-qizlarni mehrli og‘ushida ulg‘aytirayotgan ona O‘zbekistonimizning qaysi bir hududiga nazar solmaylik, yoshlar qobiliyati bilan dunyoga kelayotgan mo‘’jizalar bisyor. Ularning bari maqtovga loyiq, tahsinga sazovor.
KO‘CHANING ODAMI YOKI BELBOG‘SIZ ERKAKLAR
- Created on Wednesday, 04 May 2016 11:15
- Written by Super User
- Hits: 2144
Yaqinda tahririyatimizga bir ayol kelib, “Gazetalaringda bo‘sh ish o‘rinlari haqida e’lon beribsizlar, o‘sha sonni topolmadim. O‘zimga loyiq ish izlab yurgandim”, deb qoldi. Aytishicha, turmush o‘rtog‘i avtohalokatga uchrab, nogiron bo‘lib qolibdi. Uning dori-darmoniga ko‘p mablag‘ kerak bo‘layotgani aniq.
PO‘SHT, MASHINALI TALABA!..
- Created on Tuesday, 19 April 2016 15:35
- Written by Super User
- Hits: 2170
Ko‘chalarimizni to‘ldirib harakatlanayotgan mashinalar turmushimiz farovonligidan darak beradi. Bundan atigi to‘rt-besh yil avval yurtimizdagi har bir xonadonga o‘rtacha bittadan avtomobil to‘g‘ri keladi, deya faxrlangan bo‘lsak, endilikda bir oilada ikki-uchtadan shaxsiy mashina borligini ko‘rib, quvonchimiz yanada ortadi.
TUMAN «OYNA»SIDAGI DOG‘LAR
- Created on Tuesday, 05 April 2016 14:47
- Written by Super User
- Hits: 2108
Matbuotning boshqa ommaviy axborot vositalaridan ham yaxshi, ham yomon tomoni bor. Yaxshi tomonidan boshlay qolaylik: oradan necha yil o‘tmasin bosma OAVda chop etilgan materialingiz kimningdir uyida, ishxona yoki kutubxonadagi taxlamlarda turaveradi.
“TAXI”: BAYRAM BAHONA “KETMONI UCHGAN”LAR
- Created on Tuesday, 05 April 2016 14:37
- Written by Super User
- Hits: 1979
Tanish-bilish, do‘st-birodarlar, hatto aka-uka, opa-singil — tug‘ishganlar ham bir-birini yo‘qlab, holidan xabar olib turmasa, ular yiroqlashib, begonalashib ketishi hayotda o‘z isbotini topgan. Hozirgi texnika-texnologiya rivojlangan tezkor zamonda bu vazifani uyali aloqa vositasi yordamida bir zumda uddalash mumkindir.
SOVCHIMISAN, OVCHIMISAN, NAMASAN?
- Created on Tuesday, 29 March 2016 16:32
- Written by Super User
- Hits: 2492
E, bu tushlar ham bor bo‘lsin-da! Ba’zi tushlar naq ertakning o‘zginasi. Bir tush ko‘ribman: eshik qo‘ng‘irog‘i tugmasi bosilibdi. Ochsam, tog‘ora ko‘targan ikki ayol turganmish. Salom-alikdan so‘ng tanimasdan hayratda turganimni tilimdan avval nigohim “aytib” qo‘ydi, shekilli, haligilar qulchilikka keldik, deyishdi.
GLOBALLASHUV JARAYONLARI:MA’NAVIY O‘ZIGA XOSLIK
- Created on Monday, 21 March 2016 15:32
- Written by Super User
- Hits: 9031
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda butun dunyoning uyg‘unlashuvi — globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Barcha narsaning ikki qutbi bo‘lganligidek, globallashuvning ham o‘ziga yarasha salbiy va ijobiy tomonlari mavjud.
QAHRGA MUNOSIB "QAHRAMON"LAR
- Created on Tuesday, 16 February 2016 16:13
- Written by Super User
- Hits: 2109
— Dada, “xiyonat” nima degani? — so‘radi besh yashar bola otasidan.
— Bu so‘zni qaerdan olding? — hayron bo‘ldi ota o‘g‘liga nima deb javob berishni bilmay.
— “Muhabbat tantanasi”dagi (serial nazarda tutilmoqda) senor Sandaval xiyonat qilibdi-ku, oyim aytdi...
Norasida bolasining og‘zidan chiqqan bu gap otani sergak torttirdi. O‘g‘lini yoniga o‘tirg‘izdi-da, bu so‘zning yomon so‘z ekani, bunday ishni qilgan odam ham yomonligi, yaxshisi o‘sha kino(serial)ni ko‘rmaslik kerakligi haqida tushuntirdi...
TO‘RT MUCHASI SOG‘ “TILANCHI”LAR
- Created on Tuesday, 09 February 2016 15:49
- Written by Super User
- Hits: 1896
— Ona qizlarim, iltimos, pulingiz bo‘lsa, yo‘lkiraga ozgina beringlar, bozorda hamyonimni o‘g‘irlatib qo‘ydim, qishlog‘imga ketolmayapman.
EBOLA, UNDAN KEYIN ZIKA
- Created on Tuesday, 09 February 2016 15:44
- Written by Super User
- Hits: 2122
yoxud dard ustiga chipqon
Ayni kunlarda urushlar, ofat va falokatlardan tashqari turli yuqumli kasalliklar ham vaqti-vaqti bilan insoniyatga tahdid solmoqdaki, buning oqibatida ko‘pgina kishilar hayotdan ko‘z yummoqda. Sir emaski, keyingi yillarda ebola xastaligi infektsiyasi ko‘pgina mamlakatlarni qamrab oldi va buning oqibatida minglab kishilar nobud bo‘ldi. Dunyo shifokorlariga ushbu kasallik bilan jiddiy kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. Shu kunlarda esa nafaqat Lotin Amerikasida, balki yer yuzining ko‘plab mintaqalarida yana bir zika, deb nom olgan xavfli virus keng tarqalmoqda.
More Articles...
.
Тел: 244-32-68, 244-32-91
Факс: 244-32-80
Email:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.