45-PREZIDENT
- Created on Wednesday, 16 November 2016 06:41
- Written by Super User
- Hits: 5953
Shu yilning 8 noyabr kuni AQShda 58-marta prezidentlikka saylov bo‘lib o‘tdi. AQShda hisob bo‘yicha 45- prezident etib Respublikachilar partiyasining nomzodi Donald Tramp saylandi. Donald Trampning “Mening hayotim omadsizlarniki emas, g‘olibnikidir”, “Haq ekanligim haqida o‘ylasam, meni hech narsa qiziqtirmay qo‘yadi”, “Mening sochlarim mukammal emas. Ammo ular meniki”, “Mening tviterim shu qadar kuchliki, shu orqali raqiblarimni rost gapirishga majburlay olaman” kabi iboralari ayni paytda keng ommalashib ketgan.
OSIYO “ZUMRAD”I
- Created on Wednesday, 05 October 2016 10:07
- Written by Super User
- Hits: 5775
Ikki yarim ming yillik tarixga ega bu davlatning paydo bo‘lish ildizi qadimgi paleolit davriga borib taqaladi. Uning nomi ba’zi manbalarda Myanma, ba’zilarida esa Birma deb yuritiladi. Xo‘sh, bunga sabab nima? Bu mamlakat XIX asrda Britaniya hukumati tomonidan bosib olinganidan to 1989 yilga qadar Birma yoki Birma Ittifoqi deb atalgan. 2006 yilda rasmiy nomini BMT Myanma deb qabul qilganidan so‘ng mamlakat barcha manbalarda shu nom bilan yuritila boshlandi. Bu so‘z mahalliy aholi tilidagi “mya”, ya’ni “zumrad” so‘zidan olingan. Shuning uchun ushbu davlat boshqa xalqlar orasida Osiyo “zumrad”i nomi bilan mashhurdir.
Myanma qadimdan oltinga boy mamlakat bo‘lgani bois turli davlatlar uni qaram qilishga intilgan va bu hudud “Oltin shahar” yoki “Oltin tangalar shahri” nomi bilan insonlarga ma’lum bo‘lgan.
Mamlakatning barcha shaharlari qadimiy va o‘ziga xos. Naypyidav va Yandon Myanmaning eng yirik shaharlaridan bo‘lib, ular davlatning hozirgi va qadimgi poytaxtlari hisoblanadi. Naypyidav mahalliy aholi tilidan tarjima qilinganda “Qirollar zamini” ma’nosini anglatadi. Qadimgi poytaxti hisoblangan Yandon shahri esa Shvedagon Pagoda joyi bilan mashhur bo‘lib, u yerda Buddaning maqbarasi joylashgan. Taton, Pi kabi qadimiy shaharlarda arxeologik qazishmalar natijasida topilgan Budda ibodatxonalarining xarobalari va bronza buyumlarida hind me’morligi hamda san’atining ta’siri ko‘zga tashlanadi. Pagan shahrida esa kitoblar va qo‘lyozmalar saqlanadigan qadimiy kutubxonalar joylashgan.
Qadimiy manbalar guvohlik berishicha, bu zamin uch marta imperiyalik davrini boshdan kechirgan. Eramizdan avvalgi davrdan to milodiy XIII asrlarga qadar bu yerda hech qanday davlat yoki xalq shakllanmagan. XIII asrda yagona tub aholi qabilalardan tashkil topgan ilk Pagan davlati paydo bo‘ldi. Keyinchalik bu hududda Kanbaular davlati va nihoyat XIX asrga kelib, Birma davlati vujudga keldi.
Myanma asosan, tog‘li mamlakat bo‘lib, hududining 60 foizini o‘rmon tashkil qiladi. Ushbu hududda 76 ga yaqin millat va elat yashaydi. Myanma, karen, shan, chin va boshqalar shular jumlasidandir. Yana aholi orasida hindlar, xitoylar va yevropaliklar ham bor. Aholi notekis joylashgan. Rasmiy tili myanma, dindorlari esa asosan buddaviylardir. Bundan tashqari, musulmon, hindu va xristianlar ham bor.
Madaniyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, teatr tomoshalari azaldan diniy marosim va xalq bayramlarining tarkibiy qismi bo‘lgan. Xalq sayillari va intermediya shakllari diniy udumlar va mehnat jarayonlaridan kelib chiqqan. Kino san’ati esa biroz kech XX asrga kelibgina shakllangan. 1918 yilda “Byorma film kompaniya”sining tashkil etilishi kino san’atidagi ilk qadam bo‘lgan.
Myanmada hozirgi kunga qadar odamlar orasida urug‘-qabilachilik munosabatlari saqlanib qolgan. Bu yerda hozir ham ko‘plab qabilalar istiqomat qiladi va ularning ichida eng yirigi Padaung qabilasidir. Ushbu qabilada qadimgi odat – ayollar bo‘yniga halqa taqib yurishi saqlanib qolgan. Uch yoshidan boshlab qizlarning bo‘yinlariga halqa taqib qo‘yishadi. Bu halqalar soni har yili bittaga ko‘payib boraveradi. Natijada ayollarning yoshi anchayin keksayganiga qadar ularning soni ko‘payib, bo‘ynining uzunligi 35-40 santimetrgacha uzayadi, halqalar og‘irligi esa to‘qqiz kilogrammga borib qoladi. Eng qizig‘i, halqalar zanglamaydigan metalldan ishlanadi. Shuning uchun umrbod taqilsa-da, asli holiday turaveradi. Faqat ayollarning ikki yelkasi pastga tomon tushib borar ekan.
Yana bir eng qiziq ma’lumot — dunyodagi eng katta kitob Myanmada saqlanadi. Bu kitob eramizdan avvalgi davrda yaratilgan bo‘lib, Kutadou ibodatxonasi yaqinidan topilgan. Tosh ustunlardan iborat bo‘lgan ushbu kitobning balandligi 1,5 metr, eni 1 metr, qalinligi esa 12,7 santimetrdir.
Mamlakatda sayohatbop joylar anchagina. “New York Times” gazetasining 2012 yilgi sonida yozilishicha, Myanma sayohat qilishga qulay davlatlar o‘rtasida dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Ushbu mamlakatda kemada sayohat qilish qulay va arzondir.
Myanmada noyob maymun turi yashaydi. Ular “qanqaygan burunli maymunlar” deb ataladi va dunyoning boshqa hech qanday joyida bu turdagilari uchramagani uchun ular mo‘’jiza hisoblanadi. Ularning burunlari qanqaygan shaklda bo‘lgani uchun yomg‘ir yog‘gan payt maymunlar aksirishni boshlaydi. Bu turdagi maymunlar 2010 yilda kashf qilingan va ular faqatgina Birmaning shimolida yashashadi.
Ingliz tilidan Maftuna
XUDOYBYERGANOVA
Tarjimasi
RAQAMLI TENGSIZLIK FENOMENI
- Created on Wednesday, 03 August 2016 09:47
- Written by Super User
- Hits: 7429
Inson tabiatida o‘zini boshqalardan ko‘ra qaysidir xislati yoki qudrati bilan ustun qo‘yishga, ayni paytda ustun turishga moyillik bor. Odamzod tarixidagi barcha ayanchli hodisotlar, jangu jadallar insonning ayni shu hukmronlik istagi atrofida aylanadi.
QADIM MAYYALAR DIYORIDA
- Created on Wednesday, 03 August 2016 08:59
- Written by Super User
- Hits: 6365
Meksika qo‘shma shtatlari Shimoliy Amerika qit’asi janubida joylashgan mamlakat. Uning jami maydoni 1958,2 ming kvadrat kilometrni, aholisi 122,3 million kishi (2013 yil)ni tashkil etadi. Mexiko shahri mamlakatning yirik megapolisi va poytaxti hisoblanadi. Ma’muriy jihatdan mamlakat 31 ta shtat va 1 poytaxt federal okrugiga bo‘linadi.
TINCHLIK — HAYOTNING BOSH MAQSADI
- Created on Thursday, 26 May 2016 12:54
- Written by Super User
- Hits: 7981
Zamonaviy tamaddun o‘zining yigirma birinchi asrida yashamoqda. Talato‘pli urushlar, qirg‘inbarotlarga to‘la ikkita ming yillik ortda qoldi. Insoniyat o‘z tarixining uchinchi ming yilligiga yaxshi niyat va ulug‘ orzular bilan qadam qo‘ydi. Birodarkushlik urushlari, yer, suv, boylik talashish, ochko‘zlik, o‘zgalarning yeriga, moli-joniga qasd qilish, bo‘laklangan dunyoni qayta bo‘lish niyatlari ortda qolib ketadi, hayot yanada go‘zallashadi, deya niyat qildi.
MUAMMOLAR GIRDOBIDA QOLGAN YOSHLIK
- Created on Tuesday, 26 April 2016 14:59
- Written by Super User
- Hits: 8558
Har yili 24 aprel kuni jahonda Xalqaro yoshlar birdamlik kuni nishonlanadi. Jahon Demokratik yoshlar federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan bu tashabbusdan maqsad, bu kun jahon jamoatchiligi e’tiborini yoshlar muammolarini hal qilishga qaratish edi. Ilk bor Xalqaro yoshlar birdamlik kuni 1957 yilda “Tinchlik uchun, kolonializmga qarshi kurashish yo‘lida Xalqaro yoshlar birdamlik kuni” sifatida nishonlangan edi. Shundan buyon har yili yoshlar anjumanlari, kontsertlar, bayram tadbirlari o‘tkazib kelinadi.
BAG‘RIKENGLIK NAMUNASI
- Created on Tuesday, 19 April 2016 15:25
- Written by Super User
- Hits: 10180
Bir mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millatlar va elatlar orasidagi hamjihatlik, ahillik hamisha o‘sha yurt uchun muhim hayotiy omil hisoblanadi. Zero, XXI asrga kelib, ba’zi davlatlarda milliy-etnik munosabatlarda ziddiyatlarning yuzaga kelishi og‘ir oqibatlarga olib kelayotganini hammamiz yaqqol ko‘rib turibmiz.
MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT
- Created on Tuesday, 05 April 2016 14:51
- Written by Super User
- Hits: 18155
Dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat, minglab xalq va elatlar mavjud. Ular orasida O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror mamlakatning o‘z o‘rni va nufuzi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li borligi qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi.
IQLIM O‘ZGARISHLARI VA OQIBATLARI
- Created on Monday, 21 March 2016 16:02
- Written by Super User
- Hits: 12270
Ayni paytda Afrika qit’asi janubidagi qurg‘oqchilik tufayli mintaqada 14 million kishi ochlik girdobiga tortilishi mumkin. Bunga o‘tgan yili hosildorlikning kamayib ketishi va El-Nino deb nomlanmish tabiat ko‘rinishi sabab bo‘ldi. BMTning Jahon oziq-ovqat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil ham mintaqada kuchli qurg‘oqchilik yuz berishi ehtimoli bor.
MANFAATLAR ISKANJASI
- Created on Monday, 21 March 2016 15:36
- Written by Super User
- Hits: 3892
Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash insoniyat tarixidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Yillar mobaynida bunday kurashlar ko‘lami, darajasi hamda maqsadi o‘zgarib bordi. Xususan, dastlab oddiy qorin to‘ydirish ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lgan turli ziddiyat va to‘qnashuvlar, keyinchalik nisbatan zaif tomonning bevosita hududini (keng yaylovlari, hosildor yerlari va hokazo) egallashga qaratila boshlandi. Boshqacha aytganda, bunday to‘qnashuvlar dastlab siyosiy ahamiyat kasb etmagan va oddiy “tirikchilik manbai” bo‘lib xizmat qilgan.
LOQAYDLIK ZAMBARAGI QARSHISIDA
- Created on Wednesday, 09 March 2016 16:01
- Written by Super User
- Hits: 6164
Loqaydlik degan bir bedavo illat borki, u keltirayotgan ziyon tufayli ko‘plab ko‘ngillarga ozor yetadi. Ko‘plab hayotlar barbod bo‘ladi. Ayni kunda giyohvandlik, OITS, ichkilikbozlik kabi odamzodning kushandasi bo‘lgan illatlar nimadan kelib chiqmoqda? Shubhasiz, buning sabab va omillari ko‘p, inchunun, oila, atrof-muhit kabi. Ammo bularning bosh sababi eng avvalo ota-onaning farzand tarbiyasi, uning yurish-turishiga e’tiborsizligi yoki beparvoligi tufaylidir, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
TURIZM BAROMETRI
- Created on Tuesday, 02 February 2016 15:26
- Written by Super User
- Hits: 3575
nimani ko‘rsatmoqda?
Bugungi kunda turizm jahondagi muhim iqtisodiy tarmoqlardan biriga aylandi. Bu o‘tgan yili sayyohlar oqimining ko‘payishida ham namoyon bo‘ldi. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy sayyohlar soni 2014 yilga nisbatan 4,4 foizga oshgan. Ammo yuz berayotgan terrorchilik hodisalari tufayli ayrim hududlarga boradigan sayyohlar soni keskin kamayib borayotgani ham kuzatilmoqda.
JORIY YIL NIMALARNI VA’DA QILAYOTIR?
- Created on Thursday, 14 January 2016 06:12
- Written by Super User
- Hits: 3236
Yangi yilning ilk kunlarida BMT Bosh Assambleyasining raisi Mogens Lyukketoftning maqolasi e’lon qilindi. Unda o‘tgan yilda dunyoda yuz bergan asosiy voqea hodisalarga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, yil davomida qonli mojarolar, dahshatli terrorchilik xurujlari va global gumanitar inqirozning chuqurlashgani ta’kidlanadi. Suriyada 250 mingdan ortiq kishi halok bo‘lib, 11 millionga yaqini o‘z makonlarini tashlab ketgani o‘tgan yilning eng og‘ir jarohatlaridan biri deyish mumkin. Muallif, shuningdek, jahonning turli mamlakatlarida odamlarning qo‘rquv ostida yashayotgani, tinch fuqarolarga qilinayotgan hujumlar, ekstremistik guruhlar tomonidan odamlarning o‘g‘irlanishi va o‘ldirilishiga oid voqealarga ham to‘xtalib o‘tgan.
YOSHLIGI XAROB BO‘LAYOTGAN GO‘DAKLAR
- Created on Monday, 16 November 2015 12:07
- Written by Super User
- Hits: 4933
Dunyoda globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechmoqda. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida yoshlar turli illat va tahdidlar, ijtimoiy saytlarda targ‘ib etilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Bugungi tahlikali zamonda jahondagi "askar bolalar" soni 250 mingdan oshib ketgani aytiladi. Ularning o‘rtacha yoshi 10-12 da bo‘lib, jangovar qurollardan foydalanishni atigi 40 daqiqada o‘rganib olishgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra "askar bolalar"ning 40 foizi qizlar. Jahondagi qochqinlarning 80 foizi xotin-qizlar va bolalar ekanligi ham tashvishli holdir.
TIMSOHNING KO‘Z YOSHLARI...
- Created on Monday, 02 November 2015 13:03
- Written by Super User
- Hits: 3321
yoki “arab bahori”ning “yevropa kuzi”ga aylangani haqida
Jahon telekanallari, axborot agentliklarida Yevropaning muhojirlar bilan bog‘liq muammolariga bag‘ishlangan xabar va lavhalar keng yoritilmoqda. Poyezd yoki asfalt yo‘llari bo‘ylab ketayotgan, chegara to‘siqlaridan oshib o‘tayotgan, politsiya bilan to‘qnashayotgan muhojirlar, kema va yuk mashinalarida halok bo‘layotganlarni ko‘rib alhazar, deysan kishi.
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini kundan-kunga muhojirlar bilan bog‘liq inqiroz Yevropadagi boshqa davlatlarni ham o‘z domiga tortayotganini qayd qilib o‘tdi. “Bir necha oy muqaddam bu muammo Italiya, Malta, Ispaniya, Gretsiyaga tegishli edi. Bugun Vengriya, Germaniya, Avstriyada kuzatilmoqda. Ertaga esa boshqa davlatlarni ham qamrab olishi mumkin”, dedi Federika Mogerini. Qochqinlar oqimi 2011 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada beqarorliklar boshlanganidan so‘ng eng yuqori cho‘qqiga chiqa boshladi. Muhojirlarning Yevropaga kelishini ta'minlash ayrimlar uchun daromad manbaiga aylanib borayotgani aytiladi. Masalan, Germaniyaga yetib olish uchun bir kishi 1 ming yevro, Vengriyaga borish uchun esa 400-500 yevro to‘laydi. Kuzatuvchilarning fikricha, faqat puli borlargina Yevropaga yo‘l olmoqda.
Qashshoqlar esa “osmon uzoq, yer qattiq”, deya o‘z vatanlarida taqdirlari nima bilan tugashini kutib yotishibdi. Yaxshi hayot umidida Yevropaga kelayotgan muhojirlarning 90 foizini yigitlar tashkil etayotir.
Hatto Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelayotgan mehnat muhojirlarini ham og‘rinib qabul qiladigan Buyuk Britaniyaga afrikalik chaqirilmagan mehmonlarning yoqmasligi aniq. Muhojirlarni Buyuk Britaniyaga olib o‘tish masalasida hatto “qora bozor” yuzaga keldi. Avvallari yuk mashinasi haydovchilari bir kishi uchun 500 yevro olgan bo‘lsa, endilikda bu xizmat 1,1 ming yevroga chiqdi. Buyuk Britaniyada muhojirlarni olib o‘tayotgan haydovchilarni qo‘lga olish maqsadida amaliyot o‘tkazib turiladi. Polsha Prezidenti Andjey Duda muhojirlar to‘lqinidan kimlardir pul ishlab olayotganini ta'kidlab, deydi. “Biz Yevropaga muhojirlarning ommaviy kelishi haqida bosh qotirib yotibmiz. Aslida kimlardir pul ishlab olmayaptimi?”
Muhojirlar oqimi ko‘payib borishi asnosida, Yevropa mamlakatlari muammoni hal qilishda yakdil fikrga kela olmayapti. Mamlakatlar har biri o‘z holicha “boshiga tushgan qorni kurashga” harakat qilmoqda. Tahlilchilar, Yevropa muhojirlarga oid siyosatini asta-sekin o‘zgartirayotganini aytishmoqda. Vaziyat keskinlashgani bois Yevropa Ittifoqi “ko‘hna qita” mamlakatlariga muhojirlarni taqsimlashga qaror qildi. Yevropa o‘z eshiklarini muhojirlar uchun yopa olmaydi. Chunki aynan ўarbning Sharqqa demokratiya eksporti oqibatida mazkur mintaqalarda tinch yashab kelayotgan xalqlarning uyi va tinchi buzildi. Negaki, ularga hokimiyat o‘zgargudek bo‘lsa, tinch va osuda hayot va'da berilgan edi. Ayrim davlatlarning geosiyosiy aralashuvi tufayli mintaqada xotirjamlik yo‘qolgan ekan, endilikda Yevropa o‘z qadriyatlaridan judo bo‘lmaslik uchun ham muhojir va qochqinlarga yordam berishi kerak bo‘ladi. Ammo Yevropa muhojirlar oqimini qabul qilishga tayyor emas. Ko‘chmanchilar bilan bog‘liq mojarolar Yevropa Ittifoqi uchun bir qator muammolarni keltirib chiqardi. Bryussel rasmiylari muhojirlarning Ispaniya va Gretsiya hududlarida sodir etayotgan to‘polonlarini jiddiy muammo sifatida tan oldi. Politsiya bilan to‘qnashuvlarda uchinchi dunyo mamlakatlaridan kelgan yuzlab muhojirlar ishtirok etmoqda. Ispaniyaning Salu shahrida namoyishga chiqqan Senegaldan kelgan qochqinlar “Biz terrorchi, jinoyatchi emasmiz, biz mehnat muhojirlarimiz” degan yozuvlarni ko‘tarib olishdi.
“Siti Grup” yetakchi iqtisodchisi, Xalqaro masalalar bo‘yicha kengash eksperti Uilyam Bayterning so‘zlariga qaraganda Yevropa Ittifoqi hududlarida erkin harakatlanish xavf ostida qolgani yetmagandek, tahdidlar bilan ham to‘qnash kelmoqda. “Ijtimoiy inqirozni bartaraf etish maqsadida ayrim mamlakatlar vaqtinchalik cheklov joriy qilar ekan, bu kabi choralar nafaqat muhojirlar uchun, balki Yevropa Ittifoqi uchun ham doimiy bo‘lib qolishi mumkin”, deydi ekspert.
Amerikalik yana bir iqtisodchining aytishicha, muhojirlar bilan bog‘liq inqiroz Yevropa siyosatini “radikalizatsiyalashuviga, ksenofobiya va millatchilikka olib keladi hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari byudjetiga bir zumda ta'sir ko‘rsatadi. U muhojirlar bilan bog‘liq muammolar ўarbiy Yevropadan ko‘ra, Sharqiy Yevropa uchun bosh og‘rig‘i ekanini qayd qilib o‘tdi. Chunki shu kunga qadar Sharqiy Yevropa bu kabi inqiroz bilan to‘qnash kelmagan. Yaqinda Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezyer o‘z mamlakatida fuqarolarning erkin harakatlanishi borasidagi qoidalar bekor qilinishi mumkinligidan ogohlantirdi. Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel ham terror xavfi tufayli chegaralar to‘g‘risidagi bitim qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
O‘rta yer dengizi orqali Italiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlarga kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni oy sayin o‘sib borishi, shu bilan birga ularning halok bo‘lishi bilan bog‘liq hodisalar soni ham oshmoqda. Xalqaro muhojirlik tashkiloti yil boshidan beri O‘rta Yer dengizida Yevropaga o‘tishga harakat qilgan 2000 dan ortiq kishining halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Slovakiyada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda respondentlarning 80 foizidan ko‘prog‘i muhojirlar bilan bog‘liq inqirozni hal qilishda Bryussel mavqyeidan havotirga tushayotganlarini aytishgan. So‘rovda qatnashganlarning 36 foizi vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, u holda Yevropa Ittifoqi tarqalib ketishi mumkinligini qayd qilishgan.
Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi “arab bahori” kutilmaganda Yevropa uchun “muhojirlar kuzini” keltirib chiqardi. Uch yoshli bolakayning jasadi Internet tarmoqlarida paydo bo‘lganidan so‘ng, Yevropa uyqudan uyg‘ongandek bo‘ldi va o‘z eshiklarini qoch-qinlarga ocha boshladi. Holbuki, muammoni muhojirlar yetib kelgan mamlakatlarda emas, balki ular mansub bo‘lgan mamlakatlarning o‘zida hal qilish kerak. Buning uchun o‘sha mamlakatlarda urush va qurolli to‘qnashuvlarga barham berish zarur. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi mamlakatlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik o‘rnatilganidan keyin qochqin va muhojirlarning o‘z vatanlariga qaytishlariga hyech kim shubha qilmaydi. Zero, aytishadi-ku, “o‘z uyim, o‘lan to‘shagim”, deb.
Ta'kidlash kerakki, bir vaqtlar ўarb Sharq mamlakatlariga demokratiya va'da qilgan, hukmdorlari hokimiyatdan ketgan taqdirda farovon o‘lkada yashashlarini va'da bergan edi. Ammo hokimiyat o‘zgarganidan keyin Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida farovonlik emas, bosh-boshdoqlik yuzaga keldi. Mamlakat ahli esa tinch hayot ilinjida o‘z yurtlarini tashlab Yevropa sari yo‘lga chiqmoqda. “Nima eksang, shuni o‘rasan” deganlari shu bo‘lsa kerak.
Xo‘sh, Yevropaga yo‘l olgan noqonuniy muhojirlar qaysi davlat fuqarolari?” Ular yaqin-yaqingacha farovonlikda hayot kechirgan Iroq, Suriya, Tunis, Liviya kabi mamlakatlar fuqarolari bo‘lib chiqmoqda. Demokratiya olib kirish shiori bilan boshlangan “rangli inqiloblar” iqtisodi taraqqiy etgan mamlaktlarning o‘zini tanazzulga uchratmadimi? Aytishlaricha, timsoh ovqatlanayotganda, o‘ljasiga rahmi kelib ko‘zidan yosh oqizar ekan. Noqonuniy muhojirlar muammosini ko‘tarib chiqayotgan, bu masalani hal qilishga intilayotganini ko‘rsatayotgan, hamma aybni muhojirlarga yuklayotgan ўarb mana shu timsohni eslatayotgandek, go‘yo. Xumda tinch yotgan jinni ochiqqa chiqarish, yoki arini uyasini buzish shartmidi? Yoki buning ortida qandaydir g‘arazli maqsad yashirinmi? Buni, vaqt ko‘rsatadi.
Frontex ma'lumotlariga qaraganda, yil boshidan sentyabr oxiriga qadar Yevropa Ittifoqi hududiga 630 mingga yaqin muhojir kelgan. Yevrokomissiya muhojirlar bilan bog‘liq inqirozni Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan beri kuzatilgan eng yirik inqiroz ekanligini ma'lum qildi.
Albatta, muhojirlar bilan bog‘liq muammolarni cheklovlar joriy qilish va chegaralarni mustahkamlash bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun jahon hamjamiyati oyoqqa turishi kerak.
Muhojirlar bilan bog‘liq “portlash” xalqaro hamjamiyat oldiga bir qator jiddiy masalalarni qo‘ydi. Sir emaski, o‘ziga tinchroq makonni ko‘zlab kelayotganlar bilan bir vaqtda terrorizm, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, epidemiya va boshqa illatlar ham paydo bo‘lmoqda.
Otning o‘limi, itning bayrami, deganlaridek kishini ajablantiradigan - muhojirlar Germaniya iqtisodiyotiga faqat foyda keltirarmish, degan yana bir xabar tarqalgani hammasidan oshib tushadi. Deutsche Welle telekanali tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga qaraganda, respondentlarning 61 foizi muhojirlarni tahdid sifatida ko‘rmasliklarini aytishgan.
Ular bilan bog‘liq muammo nafaqat Yevropada, balki Osiyoda ham kuzatilmoqda. Myanmadagi xunrezliklardan charchagan roxinga millati vakillari Arakan shtatidan Malayziya va Indoneziya hududlariga bosh olib ketmoqda. Ular yog‘och qayiqlarda Andaman dengizini suzib o‘tishmoqda. Arakan shtatida 1 million 300 mingdan ortiq roxinga millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.
Qayerda millatlararo to‘qnashuvlar yuz berar ekan, o‘sha yerda mazlum aholini “yorug‘ kelajak”ka eltuvchilar paydo bo‘ladi. Ularni odam savdogarlari desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Pul evaziga ular xohlovchilarni boy davlatlarga yetkazib qo‘yadilar. Odam savdogarlari Myanmada ham paydo bo‘ldi. Myanma rasmiylarining fikricha, 1,3 milliondan ortiq roxinga millati ahli noqonuniy ravishda qo‘shni Bangladeshdan kelgan. BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissarining yordamchisi Folker Turkning so‘zlariga qaraganda, Myanma tomonidan roxingalarga fuqarolik berilmas ekan, muammo hyech qachon hal bo‘lmaydi. Ta'kidlash kerakki, roxinga xalqi mazkur mintaqada kecha yoki bugun emas, balki Myanma va Bangladesh bitta davlat tarkibida bo‘lgan vaqtdan beri istiqomat qilib keladi. Biroq Myanmada roxingalarni kelgindi sifatida ko‘rishadi. 1948 yilda mustaqillikka erishgan Myanma (Birma) hukumati shu kunga qadar birorta ham roxingaga mamlakat fuqaroligini bermagan. 2011 yildan boshlab shtatda tartibsizliklar qayd qilinmoqda. Buning oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lib, minglab kishilar qochqinga aylandi. Mahalliy amaldorlar va harbiylar bu to‘qnashuvlarni to‘xtatishga qurbi yetmayapti.
Yaqinda BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Antoniu Gutyerresh bayonot berib, jahonda qochqinlar va mamlakatlar ichida u manzildan bu manzilga ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 60 million kishidan oshib ketgani borasida bayonot berdi. Uning aytishicha, so‘nggi besh yilda dunyoda 15 ta yangi qurolli mojaro paydo bo‘lgan. Bu mojarolarning birortasi ham hozircha bartaraf etilmagan.
BMT bosh kotibi Pan Gi Munning fikricha, muhojirlar bilan bog‘liq muammo nafaqat Yevropa Ittifoqiga taalluqli, balki global ahamiyat kasb etadi. “Biz muhojirlarga har tomonlama ko‘mak berishimiz kerak”, dedi bosh kotib.
Dunyoda nimalar bo‘lmoqda? Nima uchun odamlar halok bo‘lmoqda? Nega Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq jahonning og‘riqli nuqtasiga aylanib qoldi? Nahotki jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan mintaqa insoniyatning tobutiga aylanib bormoqda? Bu kabi savollarni o‘zimizga berib, g‘aflat uyqusidan uyg‘onadigan va muammolarni hal qiladigan vaqt kelmadimi?
R.S. Yevropaga 600 mingdan ortiq muhojir kelgan va bu borada vahima ko‘tarilayotgan ekan, bir milliondan ortiq qochqin istiqomat qilayotgan Iordaniya, so‘nggi bir yilda uch million ukrainalik muhojirni qa'bul qilgan Rossiya nimaga bong urmayapti, deb o‘ylab qolasan kishi.
Sharofiddin TO‘LAGANOV
AYG‘OQCHI – SUVARAK IXTIRO QILINDI
- Created on Friday, 16 October 2015 10:55
- Written by Super User
- Hits: 2905
Kant nomidagi Boltiq federal universitetining kimyo-biologiya va fizika-texnologiya olimlari “Temir-suvarak” ixtirosini yaratishga etti oy vaqt sarflashdi.
U yuzga yaqin mayda detallardan tashkil topgan bo‘lib, o‘lchami 10 santimetrni tashkil etadi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu ixtirodan kelajakda odamlar qidiruvida hamda razvedka maqsadlarida foydalanish mumkin.
GIBRID URUSH:UNDA NOHUKUMAT TASHKILOTLAR ISHTIROKI
- Created on Monday, 22 June 2015 10:27
- Written by Super User
- Hits: 4533
Urushni tasavvur qilganda ehtimol ko‘pchilikning ko‘z oldiga ikkinchi jahon urushi haqidagi filmlardagi manzaralar, “Ura” deya miltiq ko‘tarib hayqirib ketayotgan askarlar, tanklar, katyushalar, qulab tushayotgan samolyotlar, yaradorlar, ularning to‘s-tupoloni va boshqalar keladi. Urushni shunday tasavvur qilish balki bizning baxtimizdir. Chunki haqiqiy harbiy urush qandayligini ko‘rganlar biladi.
TINCHLIK VA OSOYISHTALIK –YUKSAK MARRALARIMIZ GAROVI
- Created on Monday, 08 June 2015 10:47
- Written by Super User
- Hits: 7030
Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan va taraqqiy etgan ilg‘or demokratik davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashni maqsad qilgan O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlar jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda, tan olinmoqda. Bu, Prezidentimiz rahnamoligida rivojlanishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lining to‘g‘ri va oqilona tanlanganidan dalolatdir. Shu bois, endilikda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb atalayotgan mazkur yo‘ldan qat’iy va og‘ishmay olg‘a intilganimiz o‘zining yuksak samaralarini namoyon etmoqda.
YOGURT FOYDALIMI YOKI...
- Created on Wednesday, 20 May 2015 06:25
- Written by Super User
- Hits: 4001
Yogurtni nafaqat bolalar, balki kattalar ham xush ko‘radi. Ammo uning foyda yoki zarari hammaga ham ma’lum emas.
Aksariyat insonlar sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish, jumladan, yogurt inson organizmiga ijobiy ta’sir qiladi, deya ishonadilar.
TINCHLIK HAMMAGA KERAK
- Created on Wednesday, 20 May 2015 06:18
- Written by Super User
- Hits: 3951
Yaqinda barcha tinchliksevar bashariyat ahli, jumladan, vatandoshlarimiz ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning yetmish yilligini katta tantana bilan nishonladi. Millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan, odamzod boshiga mislsiz yo‘qotishlar, talafotlar va musibatlar keltirgan bu urush insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lganini hech kim esidan chiqarmaydi.
More Articles...
.
Тел: 244-32-68, 244-32-91
Факс: 244-32-80
E-mail:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
,
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Bosh muharrir: Qulman OCHIL