BAHAYBAT MAXLUQ MASHHUR BO‘LDI

Britaniyalik fotograf yirik maxluqni ob'yektivga muhrlashga erishdi. Ushbu haybatli jonivor Angliya hududida ko‘p yildan buyon yashayotgan ekan. 

Kambriya grafligidagi Uindermir ko‘li qirg‘og‘ida olingan g‘aroyib fotolavhalar g‘arbning ko‘plab ommaviy axborot vositalarida chop etildi. Ularda dinozavrni eslatuvchi maxluqning ko‘lni beparvolik bilan kesib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Britaniyalik fotografning qanday qilib uni suratga olishga erishgani esa ko‘pchilikni hayratga solmoqda. 

Shunisi qiziqki, maxluqning nomi ham, turi ham aniq emas.