BO‘RILAR HAQIDA NIMA BILAMIZ?

Nima bo‘lardi, bir vahshiy hayvon-da, dersiz. Yo‘q, biroz shoshmay turing...

AQSH geologiya xizmati xodimi Doktor Devid Mech yarim asrlik umrini yovvoyi tabiat “vakili” bo‘lmish bo‘rilar hayotini o‘rganishga bag‘ishlagan.

Bu davrda u odamlar “o‘rmon sanitari” deb ataydigan bu hayvon haqida ko‘plab ma'lumotlar to‘pladi. Olim aynan shu haqda turli xalqlarda turlicha qarashlar mavjudligini aniqladi.

 Masalan, Skandinaviya miflarida dunyoni kezib yuruvchi bir ko‘zli sayyohga doim ikki bo‘ri - Gerri va Freki hamrohlik qilgan. Shuning uchun ham bu mamlakatda bo‘rilarga hamon “Yaratganning xabarchilari” sifatida qaraladi. Shunday bo‘lsa-da, odamlarning yovvoyi tabiat qo‘yniga ko‘chib borishi natijasida yirtqich hayvonlar bilan insoniyat o‘rtasida “kelishmovchilik” yuzaga kela boshladi. Ba'zan ular odamlar yashaydigan joylarni vayron qilib ketadigan bo‘lishdi. Ammo bu kamdan-kam hollarda ro‘y beradi. Qachonki, o‘z o‘rgangan kulbasidan “quvilgan” yolg‘iz bo‘rilar bo‘lsa! Bunday bo‘rilar ko‘pincha ochlikdan qiynalishadi va mushkul ahvolda qolganidan ularga ziyon yetkazgan odamlarga hamla qilishi mumkin. Ammo so‘nggi dalillar shuni ko‘rsatdiki, aslida bo‘rilar xonaki itlarning ajdodi ekan. Demak, kamida insonning do‘sti, deb qabul kilinishi lozim. Shunisi tuzuk. Axir, xalqimiz yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan musulmon dinidan chiqadi, deb bejiz aytmaydi-da!

 

XOTIRA QORONG‘ULIKDA UYG‘ONADI

Bugungi texnika taraqqiyoti va axborot asri xotiramizni ancha sustlashtirib qo‘ygani bor gap. Axir, ma'lumot, axborot ko‘p bo‘lgach, miya ham qay birini sig‘dira olsin. Qarabsizki, yoshu qari xotiradan shikoyat qiladi. Ammo eslash qobiliyatini tarbiyalash mumkin ekan. Endilikda yodga olishning yana bir qulay, ishonchli yo‘li topildi.

Britaniyalik olimlar biror ma'lumotni ko‘zni yumgan holatda yodga olish osonroqligini aniqlashdi. Buning uchun tajriba o‘tkazilib, unda 178 nafar kishi qatnashdi. Ular sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati tasviri tushirilgan videoni tomosha qilishgach, jinoyat bilan bog‘liq savollarga ikki - ko‘zlari ochiq va yumilgan holatda javob berishdi. Natijada esa ko‘z yumuq holatda tasvirdagi ko‘proq tafsilotlar yodda qolgani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, eshitish orqali olingan ma'lumotlar ham xuddi shu tarzda sinovdan o‘tkazildi va unda ham ikkinchi holat “ustun” chiqdi.

Demak, endi xotirani “titkilash”ga to‘g‘ri kelganda qanday yo‘l tutishni bilasiz.

 

KUNDUZGI UYQU - KONI FOYDA

Uyquchi bo‘lish yaxshi odat emas. Ammo ba'zan uyqusizlik oqibatida ishchanlik qobiliyatingiz pasayishi, bu kayfiyatga ham ta'sir etishi mumkin.

Buyuk Britaniya va Germaniya universitetlari olimlari uyqu va rivojlanish o‘rtasidagi aloqani o‘rganib chiqishdi. Tajribada olti oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklardan 216 nafarini qatnashtirib, harakatli o‘yinni bajartirishdi. So‘ng bolajonlar qo‘g‘irchoq qo‘lidagi qo‘lqopni yechish mashg‘ulotini qanchalik o‘zlashtirishgani aniqlandi. Jarayonda kunduzi hech bo‘lmaganda yarim soat uxlagan bola bu harakatni adashmay, xarxasha qilmay bajardi.

Psixologiya fanlari doktori Djeyn Gerbertning fikricha, bola aqliy faoliyatini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan uyquning o‘rni kattalar uchun ham foydali. Kunduzi bir mizg‘ib olish bilan ko‘plab hayotiy masalalar yechimi ijobiy hal bo‘lishi mumkin. Shuningdek, olimlar uxlash oldidan kitob mutolaa qilish xotirani mustahkamlashini qayd etishmoqda.         

 

YANGI SAYYORALAR TOPILDI

Samodagi sir-sinoatlar hamisha insonni hayratga solib, o‘ziga chorlayveradi. Bu sirlar, hodisotlar yangi-yangi izlanishlarga yo‘l ochmoqda.

Ma'lumki, Quyosh sistemasida to‘qqizta sayyora mavjudligi haqida bilardik. Ammo endi bu tushuncha yangilanadigan bo‘ldi. Taniqli ispan astronomi, Madrid universiteti professori Karlos de la Fuente Markosning fikricha, sayyoralar to‘qqiztadan ko‘p. Astronomning bu fikrga kelishiga Quyosh sistemasining eng cheti Koyper belbog‘ida g‘aroyib osmon jismlarining harakati kuzatildi. Bu esa qandaydir ko‘rinmas sayyora mavjudligi haqida bizga xabar beradi, deydi olim. Professor nazariyasiga ko‘ra, sirasini aytganda, yirik osmon jismi orbitadagi nisbatan kichik va yiroqroq ob'yektlarning harakatlanishiga ta'sir etmoqda. Ushbu, hozircha noma'lum sayyoralarning hajmi Yerdan biroz kattaroq, degan taxmin bor. Ayni paytda topilgan yangi sayyoralarning ikkitasi Yerga juda o‘xshash. Kepler teleskopi yordamida topilgan bu ikki sayyora o‘z yulduzlari atrofida aylanadi. Tadqiqotchilar ularning yulduzlari bizning Quyoshdan sovuqroqligini ma'lum qilishmoqda.    

 

Internet materiallari asosida

X.Axmadjonova tayyorladi.

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-89.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-93.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.